JAMIYAT BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA AYOLLARNING OʻRNI VA ROLI: XOTIN-QIZLARGA NISBATAN TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKKA MUROSASIZ MUHITNI YARATISH
Abstract
Ushbu maqolada Jamiyat barqarorligini ta'minlashda ayollarning oʻrni va roli: xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka murosasiz muhitni yaratish borasidagi fikr va mulohazalar yoritilgan. Chunki bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti va barqarorligining muhim omillaridan biri — ayollarning hayotning barcha jabhalarida faol ishtirok etishidir. Zero, ayol – oila, jamiyat va millatning tayanchi, ma’naviyatning, mehr-oqibatning timsolidir.
Full text
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 84 JAMIYAT BARQARORLIGINI TAʼMINLASHDA AYOLLARNING OʻRNI VA ROLI: XOTIN-QIZLARGA NISBATAN TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKKA MUROSASIZ MUHITNI YARATISH Mansur Hamidov1, Husanova Shaxina Termiz davlat universiteti talabasi , Termiz , Oʻzbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17785345 Annotasiya. Ushbu maqolada Jamiyat barqarorligini taʼminlashda ayollarning oʻrni va roli: xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka murosasiz muhitni yaratish borasidagi fikr va mulohazalar yoritilgan. Chunki bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti va barqarorligining muhim omillaridan biri — ayollarning hayotning barcha jabhalarida faol ishtirok etishidir. Zero, ayol – oila, jamiyat va millatning tayanchi, ma’naviyatning, mehr-oqibatning timsolidir. Shu bois O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.Biroq ayrim hollarda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari jamiyat barqarorligiga putur yetkazuvchi omil bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda so‘nggi yillarda ayollarni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, bu borada murosasiz muhitni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Ayollarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishi to‘g‘risida”gi Qonun, oilaviy zo‘ravonlikni jinoyat darajasiga ko‘taruvchi huquqiy islohotlar, “Himoya orderi” tizimi hamda maxsus ishonch markazlarining tashkil etilishi — bu yo‘nalishdagi muhim qadamlardandir. Murosasiz muhit — bu nafaqat zo‘ravonlikka qarshi kurashish, balki bunday holatlarga nisbatan jamiyatda toqat va indifferentsiyani butunlay yo‘qotish, har bir fuqaroning bu masalaga mas’uliyat bilan yondashuvini shakllantirishni anglatadi. Aynan shunday yondashuv jamiyat barqarorligini, oilaviy tinchlikni va insoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlaydi. Kalit so’zlar: tazyiq va zo‘ravonlik, murosasiz muhit, himoya orderi,“Ayollar daftari”, harakatlar strategiyasi Abstract. This article explores the critical role and importance of women in ensuring social stability, emphasizing the urgent need to create a zero-tolerance environment towards all forms of pressure and violence against women. In today’s world, the active participation of women in every sphere of life is among the most essential drivers of societal progress and stability. Indeed, women serve as the cornerstone of the family, society, and the nation — embodying spirituality, compassion, and kindness. In Uzbekistan, safeguarding the rights and interests of women and enhancing their involvement in political, social, and economic life has become a key priority of state policy. Nonetheless, in certain cases, acts of pressure and violence against women continue to pose a serious threat to social cohesion and stability.To address this, recent years have seen significant efforts aimed at protecting women from any form of harassment or violence and establishing a zero-tolerance environment in this regard. Notable measures include the adoption of the Law “On the Protection of Women from Harassment and Violence,” legal reforms that classify domestic violence as a criminal offense, the introduction of the "Protection Order" system, and the establishment of dedicated trust centers. Creating a zerotolerance environment entails not only combating acts of violence but also 1PhD
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 85 [email protected] ORCID https://orcid.org/0009-0007-4628-8782 [email protected] ORCID https://orcid.org/0009-0007-4628-8782 eradicating societal indifference and passive acceptance of such behavior. It calls for fostering a sense of responsibility in every citizen toward addressing these issues. Such a comprehensive and proactive approach is vital to ensuring social stability, family harmony, and the primacy of human values. Keywords:harassment and violence, zero-tolerance environment, protection order, “Women’s Register”, strategy of actions Har qanday jamiyatning barqarorligi, taraqqiyoti va maʼnaviy salohiyati, avvalo, undagi ayollarning holatiga, ularning huquq va manfaatlari qanchalik himoyalanganiga bog‘liqdir. Xoʻsh jamiyatda ayollarni qadrlash , hurmat qilish qanday boshlanadi qanday targʻib qilinadi? Har kim uchun birinchi tarbiya maktabi bu oilasidir. Oilasi tomonidan avvalo otasi, aka-ukasi yoinki turmush oʻrtogʻi tomonidan eʼzozlagan iliq munosabat koʻrsatilgan ayolga farzandlar ham shunday munosabatda boʻlishadi. Ular onasini qanday ardoqlashni otasidan oʻrganadilar. Bunday muhitda boʻlgan ayol ijtimoiy hayotda, jamiyatda insonlar orasida ishda yoki koʻcha-koʻyda oʻzidan ijobiy energiya ulashadi va atrofidagilar tomonidan ham munosib ehtirom koʻrsatiladi. Ayol — oilaning tayanchi, millatning davomchisi, jamiyatda tinchlik va mehr oqibatning yaratuvchisidir. Shu bois xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ayol-oila va jamiyat birligini taʼminlovchi asosiy kuchdir. Jamiyat birligi qachon taʼminlanadi. Qachonki jamiyatda birlikda ishlovchi, bir-birini tinglovchi, taraqqiyot yoʻlida bir-birini isloh qiluvchi ilmli insonlar koʻpayganda. Bunday insonlarni tarbiyalovchi, ilmga muhabbatli qilguvchi inson ayol atalmish xilqat emasmi?! Buxoriyni onasi tarbiya qilgan, Imom Ahmadni onasi tarbiya qilgan, Shofeʼiyni onasi tarbiya qilgan, Hofiz ibn Habarni opasi tarbiya qilgan. Onalar rijollarni ishlab chiqaradigan korxona hisoblanadi. Ona isloh boʻlsa, uy isloh boʻladi, uy isloh boʻlsa jamiyat isloh boʻladi.Sharq dastlabki renessans davrini boshlab bergan.Maʼmun akademiyasining oʻzidan qanchadan qancha allomalar yetishib chiqqan. Ularning qilgan kashfiyotlari bugungi kun ilm-fan taraqqiyoti uchun asosiy poydevor boʻlgan. Qanday qilib bir oʻlkada bu darajada koʻp ilm ulamolari boʻlishining sababini bugungi kun Yevropa olimlari uzoq tahlil qilib oʻrganishgan va buning asosiy sababi ularning onalari boʻlgan degan xulosaga kelishgan. Onalarining oʻzlari ilmli boʻlgan va bolalarini ilm ahllarining qoʻliga topshirishgan.Ular umrlarini, bor mablagʻlarini farzandining ilmi uchun sarflashgan. Misol uchun, Buxoriyning otasi erta vafot etib ketadi. Onasi esa koʻzi ojiz farzandini kattalarga qoʻshib masjidga yuboradi. Tuya minib necha kilometr yoʻl bosib farzandini ilm olishi uchun Bagʻdodga tashlab keladi. Endi tahlil qilaylik nima uchun hozir Buxoriylar , Beruniylaru Xorazmiylar yetishib chiqmayapti. Bunga sabab ayollarimizning bor diqqat eʼtiborini farzandining ilmiga emas, dabdabali toʻy qilish u ,hashamatli uylarda yashash boʻlganli uchun emasmi?! Shukur-ki soʻnggi yillarda ayollarni ilmli qilish, ularni jamiyatdagi ijtimoiy , iqtisodiy va siyosiy jabhalarga jalb etish, umuman olganda jamiyat hayotida ularning rolini oshirish borasida qator chora-tadbirlar koʻrildi. Bundan tashqari, mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, joylarda “Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli oʻrganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 86 chiqish maqsadida, shuningdek, “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ishlab chiqildi.Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) sifatida qayta tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlangʻich badalini toʻlab berish hamda 2021-yilda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin qizlarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida, ularga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga: noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan taʼminlashga — 10 milliard soʻmdan; ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga — 5 milliard soʻmdan mablagʻ ajratilishi kabi qonunlar qabul qilindi. Eng quvonarlisi Oʻzbekiston respublikasi prezidenti tomonidan xotin-qizlarning oliy taʼlim yoʻnalishida davomli izlanishlari uchun magistratura bosqichi toʻliq davlat byudjetidan moliyalashtirildi .2 2Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 05.03.2021 yildagi PQ5020-son amaldagi versiyasi uchun Bu esa haqiqatdan ham ayollarning mamlakat taraqqiyoti insoniyat kamoloti naqadar muhim ekanligining yorqin ifodasidir .Shuningdek, ayollarning siyosiy hayotdagi ishtiroki jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi.Chunki ayol – ijtimoiy muvozanat va insoniylik timsoli.Jamiyatdagi siyosiy qarorlar faqat iqtisodiy yoki huquqiy manfaatlarga asoslanganda, u yerda inson omili zaiflashadi. Ayollar esa siyosiy jarayonlarga kirganida insonparvarlik, mehr-oqibat, adolat va murosa tamoyillari kuchayadi. Bu holat siyosatni “quruq hokimiyat uchun kurash” emas, balki jamiyat farovonligi uchun xizmat qiluvchi tizimga aylantiradi. Natijada siyosat – xalq bilan yaqinlashadi, fuqarolar orasida ishonch ortadi. Bu esa har qanday davlat taraqqiyotining eng muhim omilidir. Gender muvozanati esa– ijtimoiy barqarorlikning kafolati. Taraqqiyot – bu faqat texnologiya yoki iqtisodiy o‘sish emas, balki ijtimoiy adolatning qaror topishidir.Ayollar siyosatda ishtirok etganda, qarorlar faqat erkaklar dunyoqarashiga emas, balki butun jamiyat — ya’ni erkaklar, ayollar, yoshlar va bolalar manfaatiga asoslanadi.Masalan, ayollar boshchiligidagi parlamentlar ijtimoiy himoya, ta’lim, tibbiyot, bolalar va ekologiya masalalariga ko‘proq e’tibor qaratadi.Bu esa barqaror va uzoq muddatli taraqqiyotning kafolatidir. Ayollar siyosiy madaniyatni boyitadi.Shu bilan birga ayollar tabiatan mo‘tadil, murosachi va tinchlikparvar.Ularning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki qaror qabul qilish madaniyatini, muloqot va hamkorlik darajasini oshiradi.Siyosiy hayotda raqobat o‘rniga hamkorlik va muloqot muhitining kuchayishi davlat boshqaruvini yanada samarali qiladi.Demak, ayollar siyosiy tizimga axloqiy barqarorlik va ma’naviy tozalik olib kiradi.Ayollarning siyosiy faolligi – demokratiyaning mezoni.Hech bir jamiyat ayollarni siyosatdan chetlatgan holda demokratik, adolatli va barqaror bo‘la olmaydi. Ayollarning siyosiy hayotdagi teng ishtiroki — bu nafaqat gender tengligi, balki fuqarolik tengligining belgisi. Shuning uchun siyosatda ayollar sonining ortishi demokratiya darajasining oshganidan dalolat beradi. Demokratik tizim esa tezroq rivojlanadigan, o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha oladigan tizimdir. Ayollarning boshqaruvdagi ishtiroki — korrupsiyaga qarshi kuchli kurash demakdir.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 87 Ko‘plab xalqaro tadqiqotlar (masalan, BMT va Transparency International hisobotlari) shuni ko‘rsatadiki, ayollar rahbarlik qilayotgan muassasalarda korrupsiya darajasi past, halollik darajasi yuqori bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish, ijtimoiy ishonchni oshirish va tezroq rivojlanish uchun muhim omildir. Ayollarning siyosiy hayotdagi ishtiroki – bu siyosatga mehr, murosalilik va insonparvarlik olib kirishdir.Ayol siyosatda faqat “kvota”ni to‘ldiruvchi emas, balki jamiyat tafakkurini yangilovchi kuch sifatida maydonga chiqadi.Ularning ishtiroki jamiyatga ikki jihatdan foyda keltiradi: 1. Axloqiy-ma’naviy tiklanish — siyosiy madaniyatni poklaydi; 2. Ijtimoiy-iqtisodiy tezlashuv — adolatli qarorlar orqali barqaror taraqqiyotni ta’minlaydi. Shunday ekan, ayollar siyosatdagi faolligi — bu nafaqat tenglik masalasi, balki jamiyatning tez, sog‘lom va barqaror rivojlanish omilidir. Baxtga qarshi jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari ham kuzatilmoqda. Bu holat ayniqsa karantin davrida yaqqol koʻzga tashlandi. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik nima u qanday koʻrinishda namoyon boʻladi? Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik — bu ayolning sha’ni, qadr-qimmati, jismoniy va ruhiy daxlsizligini buzuvchi har qanday xatti harakatdir. yo‘qotish BMTning 1993-yilgi “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini to‘g‘risidagi deklaratsiyasi”da aytilishicha: “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik — bu jinsiga ko‘ra ayolga nisbatan sodir etilgan har qanday zo‘ravon harakat bo‘lib, unga jismoniy, jinsiy yoki ruhiy zarar keltiradi yoki keltirishi mumkin” .Demak, zo‘ravonlik faqat urish yoki tahqirlash emas — u ruhiy bosim, iqtisodiy cheklov, tazyiq, tahdid ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Zo‘ravonlikning bir necha ko‘rinishlari mavjud: Jismoniy zo‘ravonlik ayolning tanasiga zarar yetkazish: urish, turtish, tahdid qilish, ozor berish, majburan ushlab turish va hakazo. Buning natijasida sog‘liqqa jiddiy zarar, travma, nogironlik yoki hatto o‘lim holatlari kuzatilishi mumkin. Ruhiy (psixologik) zo‘ravonlik-ayolning ruhiyatiga ta’sir etuvchi tahdid, haqorat, izolyatsiya, tahqirlash, qo‘rquv uyg‘otish, o‘zini aybdor his qilishga majbur etish.Buning natijasida depressiya, o‘ziga ishonchsizlik, o‘z joniga qasd qilish xavfi kuchayadi. Iqtisodiy zo‘ravonlik-ayolni moliyaviy jihatdan cheklash: pul bermaslik, ishga chiqishini taqiqlash, mehnatini qadrlamaslik, mulkdan mahrum etish.Buning natijasida iqtisodiy mustaqillikning yo‘qolishi, qaramlik, kambag‘allik yuzaga keladi. Jinsiy zo‘ravonlik-ayolni haqoratli munosabat yoki tahdid ostida jinsiy faoliyatga majburlash.Buning natijasida jismoniy va ruhiy travma, sog‘liq va sha’nning buzilishi. Ijtimoiy yoki madaniy tazyiq-ayolni jamiyatdan ajratish, erkin fikr bildirishga yoki faoliyat yuritishga to‘sqinlik qilish, “urf-odat” yoki “sharmandalik” nomi ostida cheklash. Bu esa ayolning shaxs sifatida rivojlanishiga to‘sqinlik, ijtimoiy izolyatsiya kabi holatlarga olib keladi. Sababsiz natija va oqibatlar yuzaga kelmaydi. Xo‘sh bunday zo‘ravonlik holatlarining sababi nimada? Bunga bir qancha sabablar keltirish mumkin.Misol uchun, patriarxal dunyoqarash, “ayol erkakdan past” degan stereotiplar. Iqtisodiy qaramlik va past ma’rifat darajasi. Jamiyatda gender tengligining yetarli darajada qaror topmaganligi.Huquqiy savodxonlikning pastligi va tazyiqqa “oilaviy masala” sifatida qarash. Spirtli ichimlik, stress, ishsizlik kabi ijtimoiy omillar mavjud.Bularning barchasi ruhiy va jismoniy jarohatlar, sog‘liqning yomonlashuvi, oila hayotdan muhitining buzilishi, farzandlarning psixologik travmasi, ayollarning ijtimoiy chetlanishi, jamiyatda passivlik, jamiyatda ishonchsizlik, qo‘rquv va befarqlik kuchayishi, taraqqiyot va ma’naviy barqarorlikning sekinlashuvi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Xulosa qilib aytganda, xotinqizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik — bu nafaqat ayolning shaxsiy fojiasi, balki jamiyat barqarorligiga oilaviy qadriyatlarga va yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Zo‘ravonlikdan holi muhit yaratish — adolatli, ma’naviy va taraqqiy etgan davlat belgisi.
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 88 Buning uchun har bir inson — erkak yoki ayol, ota yoki farzand — zo‘ravonlikka befarq bo‘lmasligi, ayollarning sha’ni va huquqini hurmat qilishi zarur.Taʼlim muassasalari, ommaviy axborot vositalari va jamoat tashkilotlari orqali ayollarga nisbatan hurmat, mehr va eʼtibor muhitini yaratish — har birimizning burchimizdir.Buning uchun jamiyatda murosasiz muhitni yaratish muhim.“Murosasiz muhit” deganda — jamiyatda ayollarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik, tahqir, kamsitish yoki tazyiq holatiga befarq bo‘lmaslik, unga hech qanday bahona yoki oqlov topmaslik tushuniladi.Bu shunchaki “zo‘ravonlikni qoralash” emas, balki, har bir fuqaroning,har bir tashkilotning,butun jamiyatning ongida ayollarga nisbatan tazyiqni qat’iyan inkor etuvchi ijtimoiy qarashni shakllantirish demakdir. Ya’ni “murosasiz muhit” — bu zo‘ravonlikni normal holat sifatida qabul qilmaydigan, aksincha, unga qarshi faol kurashadigan jamiyat madaniyatidir.Zo‘ravonlik ko‘p hollarda jismoniy kuch bilan emas, sukut bilan davom etadi. Ya’nikim agar odamlar “bu oilaviy masala”, “ayol sabr qilsin” deb befarq qarasa — zo‘ravonlik kuchayadi. Demak, murosasizlik — bu befarqlikka qarshi ongiy kurash, adolatni himoya qilish holatidir. Murosasiz muhitning asosiy belgilariga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin. Jamiyatda zo‘ravonlikni oqlovchi stereotiplarga qarshi chiqish “ayol sabr qilishi kerak”, “ayolning aybi bor” kabi fikrlarni rad etish. Ayollar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qiluvchi ijtimoiy madaniyatni shakllantirish va har bir insonning mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish. Murosasiz muhitni shakllantirish bir necha yo‘nalishda olib boriladi. Bulardan biri ta’lim va tarbiya tizimi hisoblanadi. Maktab va oliy o‘quv yurtlarida gender tenglik, hurmat va insonparvarlik darslarini yo‘lga qo‘yish. Yosh avlod ongida ayolga nisbatan hurmat, mehr va tenglik g‘oyalarini mustahkamlash. Yana biri esa ommaviy axborot vositalari .Televideniye, radio, internetda ayollarni qadrlash, zo‘ravonlikni qoralash mavzusidagi rolik va ko‘rsatuvlarni kengaytirish hamda ijobiy ayol obrazini targ‘ib qilish, “zo‘ravon erkak – kuchli” degan stereotipni inkor etish. Ayollarni himoya qiluvchi qonunlarni kuchaytirish ham murosasiz muhitning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Tazyiqqa uchragan ayollarga psixologik, huquqiy va ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirish. Zo‘ravonlik holatlariga nisbatan keskin jazo va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. oilada farzandlarga hurmat, tenglik, sabr va mehr qadriyatlarini singdirish, diniy manbalardan ayollarning sha’nini ulug‘lovchi fikrlarni targ‘ib qilish (“Jannat onalar oyog‘i ostida”, “Onaning qadri baland” kabi) murosasiz muhit tayanchi hisoblanadi. Agar jamiyatda tazyiq va zo‘ravonlikka murosasizlik tamoyili mustahkam qaror topsa, ayollar o‘z huquqlarini himoya qila oladigan darajaga yetadi; Oilalarda o‘zaro hurmat, tinchlik va sog‘lom muhit kuchayadi; Yoshlar o‘z onasini, opa-singlisini, rafiqasini hurmat qilishni qadriyat sifatida qabul qiladi; Jamiyatda ruhiy barqarorlik, ijtimoiy adolat va taraqqiyot mustahkamlanadi. Bir so‘z bilan aytganda murosasiz muhit — bu qonunlar to‘plami emas, balki jamiyat tafakkurining darajasidir. U har bir insonning fikridan, har bir oilaning qadriyatidan, har bir tashkilotning pozitsiyasidan boshlanadi. Ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka murosasiz bo‘lish — bu faqat ayollarni emas, butun insoniyat sha’nini himoya qilish demakdir. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollar manfaatlarini himoya qilish borasida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. “Xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun, “Ayollarni qo‘llab quvvatlash va oila institutini mustahkamlash”ga qaratilgan davlat dasturlari — bu yo‘nalishdagi muhim hujjatlardir.“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (2019-yil 2 sentabrda qabul qilingan). Himoya orderi instituti joriy etildi — tazyiqqa uchragan ayolni zo‘ravondan vaqtincha himoya qilish imkonini beradi. “Ayollar daftari” orqali ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash yo‘lga qo‘yildi. Tuman (shahar) hokimliklarida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyat
INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 89 yuritmoqda. 2023-yil aprelida parlament va prezident tomonidan qabul qilingan qonunlar paketi — bu qonun hujjatlari oilaviy zoʻravonlikni alohida jinoyat darajasiga ko‘taradi, stalkerlikni, jinsiy tahlikani, oilaviy zoʻravonlikni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortishni belgilaydi. 2024-yil va 2025-yilda zoʻravonlikka qarshi qonunlarda qo‘shimchalar kiritilmoqda — masalan, oilaviy (uy ichida) zoʻravonlikni oldini olish, oilaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha normativ hujjatlar ishlab chiqilmoqda. Ayollarni himoya qilish bo‘yicha «himoya orderi» institutlari joriy etildi. Zoʻravonlikka uchragan ayolga vaqtincha himoya berish, joy ajratish, murojaatlarini qabul qilish mexanizmlari ishlab chiqildi. Mahalliy hokimliklar, ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda ayollar va oilalarning himoya va qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etilgan. Ta’lim tizimida gender tengligi va zoʻravonlikni oldini olish darslarini kengaytirish bu boradagi ajoyib g‘oyalardan biri bo‘lgan bo‘lar edi. Xulosa qilib aytganda, ayollarni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab quvvatlash, ularning mehnat va siyosiy hayotdagi faolligini oshirish ham tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda muhim omil hisoblanadi. Ayol o‘z salohiyatini namoyon eta olgan jamiyatda adolat, barqarorlik va taraqqiyot hukm suradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Xolmo’minov Zokir o’g’Li Mo’minmirzo, Malikaxon Qaxramon qizi Ashiraliyeva. Ayol rahbarlarning jamiyatda tutgan o’rni. Oriental Art and Culture jurnali. Qo’qon 2022, https://scholar.google.com 2. Xolmo’minov Zokir o’g’li Mo’minmirzo, Mardona Hamidjon Qizi Olimjonova. Jamiyat taraqqiyotida ayol rahbarlarning o’rni. Oriental Art and Culture jurnali. Qo’qon 2022. https://scholar.google.com 3. Turdaliyevna, A. S. (2020, November). GLOBALIZATION PROCESSES AND EDUCATION-UPBRINGING. In Archive of Conferences (Vol. 9, No. 1, pp. 47-49). 4. Turdalievna, A. S. (2021). The Renewing Uzbekistan, Democratization of Society and Freedom of the Individual. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(12), 39-41. 5. Abbosova, S. T. (2021). MORAL AND MORAL FACTORS OF THE NATIONAL IDEA IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY. Frontline Social Sciences and History Journal, 1(08), 18-27. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 05.03.2021 yildagi PQ 5020-son amaldagi versiyasi.