scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINFLARDA EPIK, LIRIK ASARLAR USTIDA ISHLASHDA METODIK TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH

Tursunov, Farrux G'ulomovich; Xoshimova, Nargiza Husanboyevna

Abstract

Ushbu maqola Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bolalar bilan birgalikda-maqollar, topishmoq va she’rlarni tahlil qilishlari orqali ularning bilim va ko‘nikmari, tarbiyasi ijobiy shakllana borishi va “ilm” ning inson hayotidagi o‘rni haqida.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 245 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17788922 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA EPIK, LIRIK ASARLAR USTIDA ISHLASHDA METODIK TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH Ilmiy rahbar: Tursunov Farrux G‘ulomovich Fan va texnologiyalar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, “Ma’rifat fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi Xoshimova Nargiza Husanboyevna Fan va Texnologiyalar Universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 402-guruh talabasi Bola qalbining oppoq daftariga “Inson” so‘zini yozish faqat o‘qituvchilarga berilgan... (O‘tkir Hoshimov.) Annotatsiya. Ushbu maqola Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bolalar bilan birgalikda-maqollar, topishmoq va she’rlarni tahlil qilishlari orqali ularning bilim va ko‘nikmari, tarbiyasi ijobiy shakllana borishi va “ilm” ning inson hayotidagi o‘rni haqida. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, tarbiya, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, sinflar, maqollar, topishmoqlar, she’rlar, ilm, kitob, inson. Аннотатция. В данной статье рассматривается роль начальных учителей в анализе пословиц, загадок и стихов с детьми, что способствует развитию их знаний навыков и положительного воспитания, а также значение “науки” и образования в жизни человека. Ключевые слова. Начальное образование, воспитание, учителья, ученики, классы, пословицы, загадки, стихи, наука, книга, человек. Abstract. This article discusses how primary school teachers, together with children, analyze proverbs, riddles, and poems to help them develop knowledge and skills. It also explores how their education and upbringing are positively shaped and the role of “science” in human life. Keywords: primary, education, upbringing, teachers, students, classes, proverbs, riddles, poems, science, book, human. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 246 Kirish. Beg‘ubor, oqko‘ngil bolajonlar maktab ostonasiga qadam qo‘yar ekanlar, qiziquvchanlik,cho‘chish-qo‘rquvni ularning ko‘zlaridan uqib olasiz.Aynan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar oldida turgan vazifalar: bizga ishonib topshirilayotgan bolalarni chindan sevishimiz, ularni boricha qabul qilishimiz, barchasini teng ko‘rishimiz, bor bilimlarimizni berishimiz, bolajonlarning ichki qobiliyatlarini rivojlantirib, faqat nazariy bilimlar emas, go‘zal tarbiya berishga ham mas’ulmiz. Bolalar uchun sinf rahbari -hamma sohada yetuk inson. Bu inson kezi kelganda-ota, ona, buvi, gohida do‘st, o‘rtoq bo‘ladi, gohida esa aktyor, rejissior ham bo‘ladi. Hozirgi kunda telefon, televizor, internet tarmoqlari rivojlanib borayotgan tezkor davrda bolalarga nazariy bilimlarni qiziqarli qilib, foydali, ishonchli usullar va metodlar bilan yetkazish uchun ham maqollar, topishmoqlar va she’rlar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun asosiy qo‘llanmalardir. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda bolalar uchun epik va lirik asarlar turkumiga kiruvchi maqollar, topishmoqlar va she’rlar muhim rol o‘ynaydi, bu turkumlar kattalarni ham o‘ylab, fikr yuritishga, she’rlar ichidagi asosiy g‘oyalarni tushunishga undaydi.Avvalo, maqollar, topishmoq va she’rlarning ma’no-mazmunini bilib olishimiz kerak. Maqol-nima? Maqol turmush tajribalari zaminida tug‘ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko‘pincha she’riy shakldagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli iboralardir. (“Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi “Bayoz”,2022. Maqol o‘rganish metodikasi”). Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. Bu maqol orqali bolalarga nimani o‘rgatish mumkin, buning nimasi hikmatli? degan savollar tug‘ilishi tabiiy. Bolalar ota-onalariga yordam berganlarida, o‘zxonasini yigishtirganida, uyga vazifalarni tayyorlaganlarida, jismoniy mashqlar qilganlarida albatta qorinlari ochadi, taom ham judayam mazzali bo‘ladi. Dangasaning ishdan qochishi uyga vazifalarni qilmaslik, kitob o‘qimaslik, yangi o‘tilgan mavzularni takrorlamaslikdir.Bola dangasalik qilib dars tayyorlamaydi, ustozi va sinfdoshlari oldida uyalib qoladi, a’lo baholar ham ololmaydi. “Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lar”. Bu maqol ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos bo‘lgan maqollardan GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 247 biri. Sababi bu ikki maqol ham aynan o‘quvchilarda mehnatsevarlik va tartibintizomlilikni shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. Ustozlar maqollarni ta’riflayotganlarida bolalar fe’l-atvoriga tez, ijobiy ta’sir qiladigan so‘zlarni ishlatsalar, bolalar bu maqollarni yodlab, kerakli paytda yoddan aytib beradigan bo‘ladilar. Ish quroling soz bo‘lsa o‘quvchilar kitoblari, daftar-ruchkalari,chizg‘ich va rangli qalamlari doimo ryukzaklarida bo‘lishidir. Bolalar dars jadvaliga qarab kitobdaftarlarini ryukzaklariga solishdan oldin boshqa ish qurollarini nazorat qilib, ko‘zdan kechirishlari zarur. Shundagina bolalar dars davomida boshqa sinfdoshlari kabi darslarni tez o‘zlashtiradilar. “Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, o‘rlanib so‘ramagan o‘ziga zolim”. Bu maqol bolalar o‘zlaridagi tortinchoqlik, uyatchanlik va qo‘rquvni yengib, tushunmaganlarini so‘rasalar kelajakda olim bo‘lsalar, aksincha qo‘rqib tushunmaganlarini so‘ramasalar,bu bolalar o‘zlariga, zolimlik qilgan bo‘ladilar. Zolimlik o‘ziga yomonlik qilish, o‘rganishni xohlamaslikdir. Bunda o‘qituvchining, muloyimlik bilan, tabassum bilan agar bolajonlar yaxshi tushunmagan bo‘lsalar qayta tushuntirib berishini aytishi juda ham muhim. O‘qituvchining ovozi o‘zgarganda, jahl qilganda, bolalar qayta so‘rashdan ko‘ra jim o‘tirishlikni afzal ko‘radilar.“Aql yoshdan, odob boshdan”.(Zarchechak: bolalar uchun maqollar, topishmoqlar, she’rlar. “Yurist-media markazi” nashriyoti, 2019.) Bolalar maktabga chiqishdan oldin, uylarida albatta tarbiya olgan bo‘ladilar, bu odobning boshdan ekanligi, bolalar yoshiga yosh qo‘shilgan sari aqli va odobi ham birgalikda yuksalib boraveradi. “O‘qish yaxshi, uqish undan ham yaxshi”. Bolalar o‘qigan hikoya, ertaklarining mazmunini so‘rasangiz, uning tarbiyaviy ahamiyatini aytib bera olgan o‘quvchilar o‘qiganlarini uqqan kelajak avlodlardir. Bu bolalar o‘qiganlariga amal qiladilar, yaxshilikni yomonlikdan ajrata oladilar. Hozirgi kunda xorijiy tillarga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Ammo o‘quvchilar avvalo o‘z ona tillarini yaxshio‘zlashtirib borsalar, qolgan tillarni ham oson va tez o‘rganadilar. Abdulla Avloniy aytganlariday: “Milliy tilni yo‘qotmoqmillatning ruhini yo‘qotmoq”dir. (“Turkiy guliston yoxud axloq”. “Yoshlar matbuoti”, 2024.) O‘z ona tilimiz tarixi bilan, bosib o‘tgan yo‘llari bilan o‘quvchilarimizni GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 248 tanishtirib borsak, ular boshqa tillarga ham shunday hurmatda bo‘ladilar. “Til bilgan yo‘lda qolmas”. Til bilgan inson doimo qadrlanadi. Bolalarga xorijiy tillarni o‘rgatar ekanmiz, o‘z ona tilimizni qadrlashni boshlaymiz. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar hozirda rus tili, ingliz tili, fransuz tili va boshqa xorijiy tillarni o‘rganmoqdalar. Bu esa ularning ilm poydevori mustahkam bo‘lishiga kafolatdir. Bolalar musobaqalar, olimpiadalarda o‘zga yurtlarga borar ekanlar, ko‘p do‘stlar orttiradilar, ularning madaniyati, urf-odatlari bilan oson tanishadilar, demak ilm olish, til bilish inson uchun foydali va kerakli jarayon ekan. “Ilm” to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tmoqchiman. “Ilm” so‘zi lug‘atda “bilish, anglab, tushuncha hosil qilish, bir narsaning haqiqatini, mohiyatini bilish” kabi ma’nolarni anglatadi. Xitoy qadimda “Chin” deb atalgan. “Ilmni Chinga borib bo‘lsa ham o‘rganing” degan hadis ham bor. Islom-ilm dinidir. Barcha dinlar ichida ilk bor ilmning inson hayotidagi o‘rniga ahamiyat bergan va ilmga keng yo‘l ochgan din islom dinidir. (“Ilm fazilati”. Bir hadis sharhi. sammuslim.uz) “Ilm istasang takror qil”. Bu maqol orqali bolalar olayotgan bilimlarini, yangi mavzularni doimo takrorlab tursalar, xotiralarida yaxshi saqlanib qolishini bilib oladilar. Yana bir maqol bu maqolning mazmunini yanada mustahkamlaydi. “Yoshlikda olingan bilim, toshga o‘yilar”. Tosh dengiz ostida bo‘lsa ham, yong‘inda qolsa ham toshga o‘yib yozilgan jumlalar o‘chib kermaydi. Demak, bolalar o‘rganayotgan bilimlarini o‘qib, uqib, doim takrorlasalar, bilimlarini to‘liq shaklda gapirib bera olsalar ko‘nikmalari shakllana boradi, mustahkamlanadi. Topishmoqlar narsa, hodisalarning yashirilgan belgisi bo‘lib, unda shakl,xatti-harakat, holat va vazifalarini qiyoslash orqali topish mumkin bo‘lgan she’riy yoki nasriy tuzilgan savol va topshiriqlardir. (Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi.BAYOZ» nashriyoti. 2022.) Buyuk mutafakkir, shoir so‘z mulkining sultoni bo‘lmish bobokalonimiz Alisher Navoiyning ham bir qancha chistonlari bo‘lgan. Topishmoqning ilk namunalari chiston bo‘lgan. “Chiston” forscha topishmoq degani bo‘lib Sharq she’riyatidagi lirik janrlardan biridir. Xalq og‘zaki ijodida topishmoq she’riy savol-javob shaklida paydo bo‘lgan. Bunda hodisa, narsalar belgilari ma’joziy tasvirlanib, uni topish tinglovchilarga havola etiladi. Bolalarga topishmoq o‘rgatishda GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 249 ham soddalaridan boshlaymiz. Masalan: “O” desam, ochiladi, “B” desam berkiladi...bu nima? Og‘zimiz. Bolalarga topishmoqni o‘rgatayotganda qiziqarli qilib o‘qish, ovozga o‘zgacha sho‘xchanlik qo‘shib o‘qish, bolalar topishmoq javobiga yaqin kelganlarida issiq-issiq deb yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning topishmoq javobini topishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. “Xo‘roz desam qand, Qand desam xo‘roz”. Berilayotgan savollar bolalarda tasavvurning shakllanishiga, diqqatini jamlashga, oxirigacha eshitishga o‘rgatibgina qolmay, mulohaza yuritishga ham o‘rgatadi. Topishmoqni eshitgan bolalar ko‘z oldiga avvaliga xo‘roz, keyin qand keladi, keyin esa o‘zlari sevib yeydigan “xo‘rozqand” tasvirlanadi. Bolalar topishmoqjavobini aytar ekanlar, so‘zlarni to‘liq, oxirigi harflarni tushurib qoldirmay aytishni ham o‘rgatib boriladi. “Birlashtirib kiyimni, issiq tutadi bizni”. Xo‘sh, ko‘z oldingizga nima keldi? Bolalar belbog‘ deyishlari ham mumkin, ammo yana-yana nima bo‘lishi mumkin deb so‘raysiz. Bolalar zukko, zehnli bo‘ladilar, javobini topadilar-tugma. “Kelib-ketar bir yilda, To‘rt og‘ayni har xilda”. Topishmoqning javobini ikki so‘z bir yilda” va “to‘rt og‘ayni” so‘zlariga berkitilganini mana shu so‘zlarga alohida urg‘u berib o‘qish, topishmoqning javobi tez topilishiga sabab bo‘ladi. “Ikki qo‘shni, ikki do‘st, Yonmayon turishadi. Yig‘lashsa birga yig‘lab, Baravar kulishadi”. Topishmoqni bolalarga ham o‘qitish kerak. Ular o‘qiganlarida o‘zlarini erkin tuta olishni,ustoziga o‘xshab, topishmoq javobi berkitilgan so‘z-jumlalarga urg‘u berib o‘qishni o‘rganadilar. Sinfdoshlarining javoblarini eshitishni, ovozlaridan tanib, ajratib olishni ham o‘rganadilar. Topishmoqning javobi-ko‘zlar. “Rangi har xil, nomi bir xil”. Topishmoq javobi “rangi” va “nomi” so‘zlarida berkitilgan. Mana shu so‘zlarga urg‘u berib o‘qish, keyingi so‘zning oldingi so‘z bilan chambarchas bog‘liqligini ifodali, mazmunli o‘qib berib anglatish mumkin. Rangli qalamlarga berilgan ta’rif sodda, shuning uchun bolalar topishmoqning javobini tez topadilar. Bolalarning xotiralari kuchli bo‘ladi, topishmoq takrorlansa darrov sezadilar. Endi lirika-she’rlar to‘g‘risida gaplashamiz.Lirika-(yunoncha “Cholg‘u asbobi” degan ma’noni anglatadi) adabiy tur sifatida qadimdan rivojlanib, o‘zining bir qator xususiyatlariga ega. Bosh obraz-lirik qahramonning ichki dunyosi 1- GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 250 chi o‘rinda bo‘lib, shoirning “men”i orqali ifodalanadi. Lirikaning asosi-she’lar.She’rarabchada:shuur-sezgi ma’nolarini beradi.Fikrning his-tuyg‘uga qo‘shiq ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli she’riy nutq bilan ifoda etilgan, ma’lum ichki ohangga ega badiiy asar. “She’r” atamasi orniga ba’zan “nazm” so‘zi ham qo‘llanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga she’riyatni tanishtirishda so‘zlari sodda bo‘lgan she’rlardan boshlab, bolalar uchun lug‘at bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirib, rivojlantirib borish orqali o‘zbek tilimiz so‘zga boy ekanligini, faqat 1 ta so‘zni qaytaqayta qo‘llash shart emasligini, ma’nodosh so‘zlar bilan almashtirish mumkinligini bolalar bilib oladilar. Men amaliyot o‘tayotgan Chilonzor tumanidagi 200-I.D.U.M maktabi o‘qituvchilari o‘z o‘quvchilariga har bir fanga oid she’rlarni yod oldirganlarini, tartibli-intizomli bo‘lishlari uchun ham bolalar she’rlar orqali birbirlariga ijobiy ta’sir o‘tkazayotkanlarini ham ko‘rdim. Masalan 2-»Е» sinf o‘qituvchisi Adilova Sevara Shuxratovna ham o‘z o‘quvchilariga tartibli-intizomli bo‘lish, darsni, dars o‘tayotgan insonni xurmat qilishlari, e’tiborli, fikrni bir joyga jamlash kabi ijobiy hislatlarni shakllantirib bormoqda. Masalan: Oyna! Eshik! Doska! Bolalar birgalikda 3 martta chapak chaladilar. Bu usul bolalarning diqqat-e’tiborini dars jarayoniga qaratish metodi bo‘lib, tanaffusdan keyin bolalarda diqqatni darsga qaratish qiyinroq kechadi. Lekin bu usul jamoa bilan bajarilganligi uchun ham samarali metoddir. Har bir fan o‘zgacha qiziqarli. fanlarga atalgan she’rlarni bolalarga yodlatish muhim. Ular bilan tanishamiz: Yozuv darsi uchun she’r: Har bir harf ,bo‘g‘indan Tuzamiz turli so‘zlar. Ozoda va chiroyli Yozsak, quvonar ko‘zlar. O‘qish fani uchun: She’r hikoya ertakni, Hech qiynalmay o‘qiymiz. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 251 O‘qib bo‘lgach, albatta, O‘qiganni uqiymiz . Bu she’rlar orqali bolajonlar fanlarga qo‘yilgan talablarni she’rlar orqali bilib oladilar. Matematika darsi uchun: Matematika darsi Hisob-kitoblar bahsi. To‘rt amal bilmoq uchun, Tinglamoq kerak yaxshi. Hisob-kitobni bilsang, Barcha yo‘l senga ochiq. Hayotda qoqilmaysan, G‘oliblik senga tortiq. O‘quvchilar bu fanlarning kelajakda hayot yo‘llarida naqadar muhim fanlar ekanligini bilib oladilar.O‘quvchilarning she’riyat bilan oshno bo‘lishlarida bolalar shoirining o‘z o‘rni bor.Bolalar shoiri Dilshod Rajab bilan Fan va Texnologiyalar universitetida uchrashuv o‘tkazildi.Dilshod Rajab o‘zlarining samimiyliklari,ochiq yuzli,hozirjavob va xotiralarining kuchli ekanligi bilan hurmatimizga sazovor bo‘ldilar.Shoir Buxoroning Shofirkon tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilganlar.Maktabni oltin medal bilan bitirgan.Dilshod Rajab o‘zlarini judayam omadli inson ekanliklarini bir necha bor ta’kidlab o‘tdilar. Shoirning shu kungacha 3 ta oltin medallari bor.Dilshod Rajabning yutuqlari bilan bolalarni tanishtirar ekanmiz, kelajakda siz o‘quvchilar orangizdan ham shunday omadli,sevimli,o‘z sohasining ustasi yetishib chiqishiga ishonishimizni aytib o‘tish joizdir. Uning she’rlari esa bolalarga katta maqsadlar qilishga,katta maqsadlar sari ildam borishlariga yo‘l boshlovchi bo‘ladi.Endi esa navbat she’rlarga. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 252 XAYRLI TONG! Xayrli tong! Yo‘lingiz Oydinu ravon bo‘lsin Har bir kun quyosh sari Elitguvchi dovon bo‘lsin! Bolajonlar, bu yerda oydin,ravon,elitguvchi va dovon so‘zlari siz uchun yangi,notanish so‘zlar.Demak, “oydin” so‘zi “yorug‘” degan ma’noni bildiradi. “Ravon” so‘zining ma’nosi “tekis yo‘l”.“Elitguvchi” so‘zi “olib boruvchi,yetkazuvchi”, “dovon” so‘zi tog‘lardan ham o‘tib, “tepaga, yuqoriga” chiqish degan ma’nolarni bildiradi. KITOB Kitob bor uyga nur-fayz yog‘ar, desam Bu balki kitobiy gapga o‘xshaydi. O‘qishga ochilgan kitobni ko‘ring: Duoga ochilgan kaftga o‘xshaydi. “Nur-fayz yog‘ar” -bolalarga savol beriladi, ular bu so‘zlardan nimalarni tasavvur qiladilar, eng chiroyli javob bergan o‘quvchining javobi doskaga yozib qo‘yiladi. “Kitobiy gap”-bu yerda kitobda adabiy tilda berilishi nazarda tutiladi. “Kaft” qo‘llarimizni duoga ochganday amalda birgalikda bajarib ko‘rsatamiz, “kaft” ning ma’nosi qo‘llar ekanligini doskaga yozib qo‘yamiz. KITOB TA’RIFI Kitobning bosh harfi «K» Kamolot kalitidir. I-ilmlar ildizi, T-tafakkur taxtidir. O-odob, oling ibrat, GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 253 Olam ochar sirini. B-bilim bo‘lsa behad Butun borliq sizniki, Barcha boylik-sizniki! “Kamolot”-bilim olib, aqlli, odobli bo‘lib kata bo‘lish.“Ildiz”-o‘simliklar tomirining boshqa ma’nosi.Tomiri, ildizi baquvvat daraxt,o‘simlik yaxshi unib o‘sadi. “Tafakkur”-aqlning, ongning yuqori cho‘qqisi. Bolalar qancha ko‘p bilim olsalar,tartibli-intizomli bo‘lsalar,shunchalar aqlli,odobli bo‘lib borishlari tushuntiriladi.“Taxt”-bu podshohlar o‘tiradigan maxsus o‘rindiq.Podshoh ham aqlzakovati bilan shu darajaga ko‘tarilgan. “Ibrat”- boshqalarning yaxshi xislatlarini o‘rganish. Bolalarga: Sinfdoshlaringiz orasida eng odobli, tarbiyali o‘quvchi kim? degan savolni berish va aynan o‘sha sinfdoshlaridan ibrat olishlari, ular kabi namunali bo‘lishlari kerakligi aytib o‘tiladi. “Sir”- biz bilmaydigan narsalar. “Behad”-judayam ko‘p, degan ma’noni bildiradi. Sanab sanog‘iga yetolmaymiz. “Borliq”- olam, dunyo, tabiat. “Barcha boylik sizniki!” - bilimingiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, “borliq”-olam, tabiat, dunyo sizlarga judayam ko‘p yashiringan sirlarini ochadi. Sizning bilimingiz qanchalar “behad” bo‘lsa, boylik o‘zi sizni qidirib topadi, boylik sizga xizmat qiladi.Endi esa Dilshod Rajabning harflarga oid she’rlari bilan tanishamiz. So‘z o‘yini zo‘r o‘yin.(Turkum.) Harflarga hazil(lashma.) “Nina”ga “chi” ni qo‘shdim (ninachi) Uchib ketdi pirillab. Bu so‘z o‘yinida o‘quvchilardan bir qiz bola va bir o‘gil bola doskaga chiqariladi va biriga so‘zlarni oq melda yozish, biriga esa qo‘shimcha va harflarni yashil melda yozish aytiladi. Bu jarayon o‘quvchilarning chiroyli, tekis yozishlari uchun ham foydali. Partada o‘tirgan o‘quvchilar esa sinfdoshlari yozayotgan so‘z va qo‘shimchalardan iborat yangi so‘zlarni jo‘r bo‘lib o‘qiydilar.