scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ VA O'ZBEK MAQOLLARINING QIYOSIY-SEMANTIK HAMDA MADANIY TAHLILI

G.M.Barotova, Sh.Sh.Shavkatova, Yu.K.Xonto'rayeva

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning mazmuniy (semantik) tuzilishi, ularning madaniy ildizlari, milliy o‘ziga xosliklari hamda universal umumiyliklari o`zaro qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada ikki xalqning qadimiy dunyoqarashi, ijtimoiy tajribasi va ma’naviy merosi maqollarda qanday aks etishi haqida ilmiy fikrlar bildiriladi. Ingliz va o‘zbek maqollarining ma’nodosh, zid ma’noli yoki madaniy konnotatsiyalarga boy jihatlari qiyoslanib, ikki xalq mentalitetidagi umumiylik va farqlar asoslantiriladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 54 INGLIZ VA O‘ZBEK MAQOLLARINING QIYOSIY-SEMANTIK HAMDA MADANIY TAHLILI G.M.Barotova1, Sh.Sh.Shavkatova1, Yu.K.Xonto'rayeva2 1Navoiy davlat universiteti, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi bakalavr bosqichi 4kurs talabalari, 2Navoiy davlat universiteti, Tillar fakulteti, Ingliz tilshunosligi kafedrasi assistant o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17789174 Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning mazmuniy (semantik) tuzilishi, ularning madaniy ildizlari, milliy o‘ziga xosliklari hamda universal umumiyliklari o`zaro qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada ikki xalqning qadimiy dunyoqarashi, ijtimoiy tajribasi va ma’naviy merosi maqollarda qanday aks etishi haqida ilmiy fikrlar bildiriladi. Ingliz va o‘zbek maqollarining ma’nodosh, zid ma’noli yoki madaniy konnotatsiyalarga boy jihatlari qiyoslanib, ikki xalq mentalitetidagi umumiylik va farqlar asoslantiriladi. Kalit so‘zlar: maqol, semantika, qiyosiy tahlil, ingliz va o‘zbek madaniyati, folklor, milliy mentalitet, hikmat, universallik, madaniy konnotatsiya Annotation. This article provides a comparative semantic and cultural analysis of English and Uzbek proverbs. It examines how the worldview, social experience, and cultural heritage of both nations are reflected in their proverbs. By comparing similarities, differences, and cultural connotations of English and Uzbek proverbs, the research identifies both universal patterns and national specificities inherent in the proverbial systems of the two languages. Аннотация. В данной статье проводится сравнительно-семантический и культурный анализ английских и узбекских пословиц. Рассматриваются мировоззрение, жизненный опыт и духовное наследие двух народов, отражённые в пословицах. Сравнивая сходства, различия и культурные коннотации английских и узбекских пословиц, автор выявляет универсальные черты и национальную специфику каждой культуры. Kirish. Har bir xalqning yillar davomidagi ma’naviy merosi, tarixiy xotirasi va hayotiy tajribasi avloddan-avlodga o‘tuvchi og‘zaki ijod namunalari orqali saqlanib keladi. Ushbu bebaho merosning eng ixcham, eng sodda, ammo mazmunan eng teran shakli — bu maqollardir. Maqollar xalqning dunyoqarashi, axloqiy me’yorlari, e’tiqodi, turmush tarzi va madaniy qadriyatlarini qisqa, aniq va obrazli shaklda ifodalaydi. Ingliz va o‘zbek xalqlari uzoq tarix davomida o‘ziga xos hayot tarzlarini yaratgan bo‘lib, uning eng yaqqol manbalaridan biri aynan xalq maqollaridir. Bu ikki millat maqollarining shakllanishi turli davrlar va madaniy an’analarga asoslanadi. Shunga qaramay, inson hayoti, mehnat, aqllilik, adolat, yaxshilik va yomonlik kabi mavzulardagi umumiy tajribalar ularni bir-biriga yaqinlashtiradi. Shu bilan birga, o’zbek va ingliz xalqining ijtimoiy hayoti, tabiatga munosabati, diniy qarashlari va milliy mentaliteti ularning maqollarida o‘z aksini topadi. Natijada, ayrim maqollar universal mazmunga ega bo‘lsa, boshqalari faqat o‘sha xalqning madaniy tafakkuriga xos bo‘lgan timsol va obrazlar bilan boyitilgan va har ikkalasi shular asosida farqlanadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 55 Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek maqollarining semantik strukturalari, ma’no shakllari va madaniy asoslari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Qiyosiy yondashuv orqali ikki xalq maqollaridagi o‘xshashliklar, farqlar, madaniy ko‘rinishlar va ma’naviy qadriyatlarning verbal talqini aniqlanadi. Ushbu tahlil nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik, folklorshunoslik va tarjima nazariyasi uchun ham dolzarb ilmiy ahamiyat kasb etadi. Maqollarijtimoiy me’yorlarning eng muhim qismidan biri hisoblanadi. Bu shuni dalolatki, har bir millat va jamiyatga tegishli estetik madaniyati, xulq-atvor meyorlari mavjud. Bu o`zigaxosliklar ingliz va o‘zbek maqollarida ham uchraydi va shu asosida bir qancha umumiy semantik yo‘nalishlar ko`zga tashlanadi, ular asosan mehnat, do‘stlik, vaqt va sabr kabi universal mavzularda namoyon bo`ladi. Sobirova (2021) o‘z maqolasida ta’kidlaganidek: ”… Maqollarda tugal fikr, xulosa chiroyli tarzda ohangdor so’zlar, qofiya yordamida ifodalanadi. Adabiyotning boshqa janrlarida o’quvchi masalan she’r,g’azal,masal yokibutun bir hikoya, romanlarni o’qib oxirida xulosa chiqaradi. Maqollarda aksincha o’quvchi yoki tinglovchiga tugal xulosa aytiladi va tinglovchi ko’z oldida voqea yoki ma’lum bir xalqni urf-odati, yashash tarzi gavdalanadi. Shuning uchun ham maqollarda pandnasihat,didaktiklik ustuvor vazifa hisoblanadi va bu bitta insonmas muayyan hududda yashovchi xalqning o’n yoki yuz yillik hayot tajribasi,xulosasi jamlangan qofiyali so’zlar hisoblanadi. Maqollarning yaratilishi ham oson jarayon emas. Ma’lum hududda yashovchi insonlarning umumiy hayot tajribalaridan olgan xulosalari asosida qofiyalashgan tarzda yaratiladi.” 1 bu mavzular har ikki tilda eng ko‘p uchraydigan maqol toifalarini tashkil qiladi va ular insonning kundalik hayoti, ijtimoiy munosabatlari hamda axloqiy qarashlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Quyidagi ikki juft maqol ingliz va o‘zbek xalqi so`zlashuvidagi yuqorida ta’kidlangan qarashlarning o‘xshashligini juda aniq aks ettiradi: “Strike the iron while it is hot”— “Temirni qizig‘ida bos” Bu maqollar vaqtni qadrlash, imkoniyatdan o‘z vaqtida foydalanish g‘oyasiga tayangan. Ikkala xalq ham kundalik hayotda sharoit mos bo‘lganda tezkor qaror qabul qilishning naqadar ahamiyatli ekanini shu maqollar orqali yaqqol ifodalagan. Yana bir misol, “Like mother, like daughter”— “Onasini ko‘rib qizini ol” Bu maqollar avlodlar o‘rtasidagi o‘xshashlik, tarbiyaning merosiyligini, shuningdek oilaviy qadriyatlarning kuchini ifodalaydi. Ikkala maqolda ham oiladagi ijtimoiy muhitning, tarbiyaning va xulq-atvorning uzviyligi aks etadi. Bu maqollar ikki madaniyatda ham inson xulqining shakllanishi oilaga, kundalik hayot kuzatishlari, ijtimoiy munosabatlarning baholanishi, axloqiy-me’yoriy qarashlar bir-biriga yaqin ekanini isbotlaydi. Ammo har qanday fikrning boshqa, qarama-qarshi tomoni bo`lganidek, umumiyliklarga zid ya’ni farqli,ma’no va mazmun jihatdan farq qiladigan jihatlarni ham hisobga olish kerak. Ular ikki xalq mentalitetining turlicha shakllangan tarixiy-tabiiy sharoitlari ta’sirida ma’lum darajada farqlanadi. Xususan, ingliz maqollarida individualizm, o‘zbek maqollarida esa jamoaviylik va oilaviy qadriyatlar ustuvor o‘rin tutadi. Bu esa mavzularning talqinida muayyan milliy farqlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Masalan, ingliz maqollarida shaxsning mustaqil qaror qabul qilishi, o‘z hayoti uchun o‘zi javobgar bo‘lishi ko‘proq targ‘ib qilinadi “Every man is the architect of his own fortune”. O‘zbek maqollarida esa insonning jamoadagi o‘rni, oila va qarindoshlik rishtalari, bir-biriga ko‘maklashish g‘oyasi ustuvor. Masalan, “Yurt 1 Sobirova, M. – “O‘zbek va ingliz maqollarining lingvistik xususiyatlari” (maqola) Uzbek Journal of Philology, 2021 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 56 boshiga ish tushsa, el birlashadi”. Bu farqlar ikki xalqning tarixiy taraqqiyoti, ijtimoiy tuzumi hamda an’anaviy qadriyatlarida shakllangan turlicha dunyoqarashning tabiiy natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ingliz va o’zbek maqollarining semantik xususiyatlarini o’rganishda, ayrim mavzudagi maqollarning o’zaro semantik jihatlarini tahlil qiladigan bo’lsak, quyidagi fikrlar yuzaga chiqishi mumkin: Tarjima jarayonida ham, ularga muqobil variantlar izlashda asl ma’no va mazmunni saqlash juda muhimdir. Shuning uchun maqollarni ishlashdan oldin ularning semantik belgilarini va har bir maqolning haqiqiy mazmunini batafsil tahlil qilish zarur. Aks holda noto‘g‘ri talqin qilingan maqol boshqa tilda o‘zining haqiqiy mazmunini to‘liq ifoda eta olmaydi va shaxsiy semantik xususiyatining yo‘qolishiga olib keladi. Ingliz va o’zbek tilidagi mehnatsevarlik mavzusidagi maqollarning katta ko’pchligi semantik jihatdan bir-birini ta’minlaydi.Har ikki tildagi mehnatsevarlik mavzusidagi maqollarda insonni mehnatkash bo’lishga undash ,dangasalik va ishyoqmaslik insonning eng jirkanch illati sifatida qaraladi; O’zbek va ingliz tillaridagi ko’pchilik yaxshilik va yomonlik mavzusiga oid maqollar ham deyarli bir xil ma’nomazmunga egadir. Faqat har ikki tilda aynan bir-biriga mos keladigan so’zlardan foydalanilmagan. Odatda tarjimada turlicha ma’noga ega bo’lgan maqollarni semantik jihatdan chuqur tahlil qilish jarayonida bir xil ma’no anglatishi kuzatiladi. Yaxshilik va yomonlik mavzusiga doir ingliz va o’zbek maqollarining barchasida yaxshilik eng buyuk ezgu ish sifatida baholangan bo’lsa, yomonlik insoniyatning eng razil va jirkanch tomoni ekanligi ko’rsatiladi; 2 Maqollardagi ko`p uchraydigan hayvon obrazlaridan foydalanish usuli, maqollardagi asosiy funksiya yani odamlardagi salbiy va ijobiy xislatlar turli xil xarakter va sodir bo`ladigan jarayonlarni tasirli ifodalashdayordam beradi. O‘zbek maqollari (folklor)ning eng ixcham, ammo mazmunan chuqur janri sifatida xalq tafakkuri va milliy mentalitetni aks ettiradi. Ular til, falsafa va badiiy ijodning o‘ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, xalqning ko‘p asrlik hayotiy tajribasi, ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etadi. Har bir maqol o‘zida (hikmat)ni mujassam etgan holda, hayotiy vaziyatlarni, inson va jamiyatga bo‘lgan munosabatni qisqa va lo‘nda, ammo teran ifodalaydi. Shu bilan birga, maqollar (madaniy konnotatsiya) orqali milliy dunyoqarash va tarixiy tajribani avloddan-avlodga yetkazadi, tilning go‘zalligi va nutqning nafosatini yuksak darajada namoyish qiladi. Tadqiqotlarga tayanib aytish mumkinki, maqollar universallik xususiyatiga ega bo‘lib, ular turli madaniyat va tillarda yashashiga qaramay, hayotiy mantiq va insoniy tajriba jihatidan umumiylikni ko‘rsatadi. Inglizcha “Love and cough cannot be hidden” va o‘zbekcha “Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi” maqollari turli madaniyatga mansub bo‘lsa-da, mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lib, xalq tafakkurining umumiy qonuniyatlarini tasdiqlaydi. Milliy adabiyotimizda maqollarning o‘rni beqiyosdir. Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bobur, Munis, Nodira, Muqimiy, Furqat, Hamza, Abdulla Qodiriy, Oybek va G‘afur G‘ulom kabi ijodkorlar asarlarida maqollar ba’zan aynan, ba’zan o‘zgartirilgan holda qo‘llanilib, badiiy tilning boyligini, ifoda vositalarining ta’sirchanligini oshirgan. Ular asarlarga xalqona ruh, hayotiylik, donishmandlik va tafakkur mantiqini olib kiradi. Shu jihatlar orqali maqollar nafaqat 2 Qurbonova, D. B. – “Ingliz va o‘zbek maqollarining semantik-struktur xususiyatlari” Ilmiy xabarlar, 2021 89–94sahifa INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 57 milliy mentalitetni saqlash, balki xalq hikmatini, madaniy konnotatsiyasini va universallikni ifodalashda muhim vosita vazifasini bajaradi. Maqollar milliy madaniyat va adabiyotning ajralmas qismi bo‘lib, avloddan-avlodga axloqiy, estetik va intellektual qadriyatlarni yetkazadi shuningdek, global madaniyat kontekstida ham qadrlanadigan boy meros hisoblanadi. Tarixiy va geografik omillar o‘zbek va boshqa xalqlarning maqollarida ma’no shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Har bir xalqning yashash muhiti, tabiiy sharoiti va ijtimoiyiqtisodiy faoliyati uning til, tafakkur va badiiy ifodasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ingliz mamlakatining dengiz bilan bog‘liqligi, keng okeanlar, shamollar va tez-tez bo‘ronlar bilan yuzma-yuz yashashlari, ularning maqollarida kemalar, dengiz, shamol va bo‘ron kabi obrazlarning keng tarqalishiga olib kelgan. Bu obrazlar orqali ingliz xalqining tabiat kuchlariga nisbatan sezgirligi, hayotiy tajribasini ifodalash mantiqi hamda hikmatini o‘zida mujassam etgan. Shu jihatdan, ingliz maqollari nafaqat badiiy ifoda, balki, xalq tafakkurining umumiylik jihatlarini ham aks ettiradi O‘zbek xalqining yashash muhiti esa asosan agrar tabiatga bog‘liq bo‘lib, yer, suv, hosil, mehnat va sabr-toqat kabi mavzular maqollarda keng tarqalgan. Bu maqollar xalqning agrar hayotiy tajribasini, mehnatga bo‘lgan hurmatini va tabiat bilan uyg‘unlikda yashash falsafasini ifodalaydi. Shu bilan birga, ular folklorning boy manbai sifatida milliy tafakkurini shakllantiradi, xalq hikmatini avloddan-avlodga yetkazadi va badiiy til orqali madaniy jihatdan boyitadi. Axmedova ekologik-semantik yondashuv orqali maqollardagi tabiiy va geografik elementlarning ma’no tarkibiga bevosita ta’sirini tahlil qilgan va ularni xalq tafakkuri va hayotiy tajribi bilan bog‘lagan . 3 Shunday qilib, tarixiy va geografik kontekst maqollarda ishlatiladigan obrazlar, metaforalar va mavzularni shakllantirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Maqollar milliy madaniyat va folklor boyligini, xalq hikmatini va milliy tafakkurni ifodalash vositasi sifatida, shuningdek, insoniyat tafakkurining umumiylik jihatlarini ko‘rsatadigan noyob manba hisoblanadi. Bu jihatdan o‘zbek maqollari faqat badiiy ijod namunasi emas, balki tarixiy tajriba, madaniy va ekologik-geografik sharoitning til orqali ifodalangan boy merosidir. Xulosa. Ko'plab ilmiy izlanishlar maqollarning milliy va umuminsoniy jihatlari borligi haqida amalga oshirilgan. Ularning universal tomonlari asosan tuzilishida, bir yoki ko'p ma'noliligi va mavzularining umumiyligida namoyon bo`ladi. Buning asosiy omillari sifatida tarixiy taraqqiyot, xalqlar o'rtasidagi madaniy aloqalarning kengayishi va umumjahon qadriyatlarining shakllanishi misol bo`la oladi. Milliy xususiyatlar esa muayyan xalqning xarakteri, mentaliteti va ruhiyatini aks ettirib, aynan bir etnosga xos bo'lgan belgilardir. Ma'lum bir xalqning tarixi, yashash muhiti va milliy an'analarini bilmasdan turib, uning maqollaridagi asosiy g'oya va mazmunni(semantikasini) to'la anglash qiyin. Tadqiqotlar davomida biz maqollarni to'g'ri tarjima qilish muhimligi asosida ikki millat folklyor(maqol) merosininig umumiy va farqli tomonlari bilan qisman tanishdik. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Sobirova, M. – “O‘zbek va ingliz maqollarining lingvistik xususiyatlari” (maqola) Uzbek Journal of Philology, 2021 3 Axmedova, D. – “O‘zbek va ingliz maqollarida tabiat obrazlari” (magistrlik dissertatsiyasi) Andijon Davlat Universiteti, 2020 (30–35-sahifalar). INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 58 2. Qurbonova, D. B. – “Ingliz va o‘zbek maqollarining semantik-struktur xususiyatlari” Ilmiy xabarlar, 2021 89–94sahifa 3. Axmedova, D. – “O‘zbek va ingliz maqollarida tabiat obrazlari” (magistrlik dissertatsiyasi) Andijon Davlat Universiteti, 2020 (30–35-sahifalar).