scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IJTIMOIY TENGSIZLIK VA ADOLATSIZLIKLAR

Abdumajidova Shohidaxon Isroiljon qizi

Abstract

Ushbu maqolada bugungi kunda jamiyatimizda yuz berayotgan adolatsizliklar va ularga qaratilgan e’tibor hamda ma’sullar tomonidan berilayotgan yechimlar yoritib berilgan. Faqatgina bizning yurtimizda emas balki butun dunyoda global muammolardan biriga aylangan Gender tengligining noto‘g‘ri talqini ko‘plab muammolarga sabab bo‘lmoqda. Bu masalaning topilgan va topilayotgan yechimlarini quyida ko‘rib o‘tishimiz mumkin.

Full text

244 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) IJTIMOIY TENGSIZLIK VA ADOLATSIZLIKLAR Abdumajidova Shohidaxon Isroiljon qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Sotsiologiya” yo‘nalishi 3-kurs talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17791454 Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda jamiyatimizda yuz berayotgan adolatsizliklar va ularga qaratilgan e’tibor hamda ma’sullar tomonidan berilayotgan yechimlar yoritib berilgan. Faqatgina bizning yurtimizda emas balki butun dunyoda global muammolardan biriga aylangan Gender tengligining noto‘g‘ri talqini ko‘plab muammolarga sabab bo‘lmoqda. Bu masalaning topilgan va topilayotgan yechimlarini quyida ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Kalit so‘zlar: Ijtimoiy tengsizlik, Gender tengligi, iqtisodiy resurs, WHO, Karl Marks, Maks Veber. Kirish. Ijtimoiy tengsizlik va adolatsizliklar insoniyat tarixining eng dolzarb muammolaridan biridir. Har bir jamiyat taraqqiyotida teng imkoniyatlarning ta’minlanishi muhim masala bo‘lib, u nafaqat iqtisodiy barqarorlik, balki siyosiy va madaniy hayotning ham rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ijtimoiy tengsizlik masalasi sotsiologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik va huquqshunoslik fanlarida keng o‘rganilmoqda. Ijtimoiy tengsizlik tushunchasi bu jamiyat a’zolari o‘rtasida moddiy boylik, imkoniyat, huquq va imtiyozlarning teng taqsimlanmaganligi holatidir. U ko‘proq iqtisodiy resurslar, ta’lim olish imkoniyatlari, sog‘liqni saqlash xizmatlari va siyosiy huquqlardan foydalanish darajasida namoyon bo‘ladi. Karl Marks ta’limotiga ko‘ra, tengsizlikning asosiy sababi ishlab chiqarish vositalarining tabaqalar o‘rtasida notekis taqsimlanishidir. M. Veber esa ijtimoiy tengsizlikni iqtisodiy resurslar bilan bir qatorda ijtimoiy obro‘-e’tibor va hokimiyat resurslari bilan bog‘lagan. Ijtimoiy adolatsizlikning ko‘rinishlarida adolatsizlik, avvalo, inson huquqlarining buzilishi, ayrim guruhlarning imkoniyatlardan cheklanishi orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi maosh tafovuti, yoshlar va keksalarning mehnat bozorida teng imkoniyatga ega emasligi, milliy yoki etnik guruhlarga nisbatan diskriminatsiya shular jumlasidandir. Bugungi globallashuv davrida texnologik rivojlanish, migratsiya jarayonlari ham yangi turdagi tengsizliklarni yuzaga keltirmoqda. Dunyo miqyosida iqtisodiy tengsizlik eng katta muammolardan biridir. Jahon banki va BMT ma’lumotlariga ko‘ra, aholining 10 foizi dunyo boyligining 70 foizidan ortig‘iga egalik qiladi. Kambag‘allikning yuqori darajada saqlanib qolishi iqtisodiy o‘sishning barqaror bo‘lishiga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarda ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarining pulliligi ham aholining keng qatlamlari uchun imkoniyatlarni cheklab qo‘yadi. Ta’lim tizimidagi tengsizlik ijtimoiy adolatsizlikning asosiy ko‘rinishlaridan biridir. Boy oilalardan chiqqan bolalar sifatli ta’lim olish imkoniga ko‘proq ega bo‘ladi, kambag‘al oilalarning farzandlari esa ko‘pincha past sifatli ta’lim bilan cheklanadi. Natijada jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish avloddan-avlodga o‘tadi va bu jarayon ijtimoiy mobillikni pasaytiradi. 245 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) Sog‘liqni saqlashdagi adolatsizlik tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati ham ko‘plab mamlakatlarda notekis taqsimlangan. Kambag‘al aholiga sifatli davolanish xizmatlari yetarli darajada ko‘rsatilmaydi, bu esa ularning umr ko‘rish davomiyligini qisqartiradi. Dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) ma’lumotlariga ko‘ra, past daromadli davlatlarda tug‘ilishdagi o‘rtacha umr ko‘rish 60 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, yuqori daromadli davlatlarda bu ko‘rsatkich 80 yoshdan ortiqni tashkil qiladi. Siyosiy tengsizlik jamiyatdagi adolatsizlikning yana bir ko‘rinishidir. Ba’zi guruhlarning saylov jarayonlarida ishtirok eta olmasligi, siyosiy lavozimlarda vakillikning teng taqsimlanmaganligi demokratiya tamoyillariga zid hisoblanadi. Masalan, ayollarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki ko‘plab mamlakatlarda erkaklarga qaraganda ancha past. BMTning so‘nggi hisobotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha parlament a’zolarining faqatgina 26 foizi ayollardan iborat. Qolgan tarkibni erkaklar tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich oldingi davrlarning holatiga qaraganda ancha yaxshi. Xulosa. Ijtimoiy tengsizlik va adolatsizliklar jamiyat taraqqiyoti uchun katta to‘sqinlik qiluvchi omillardir. Ularni kamaytirish uchun davlat siyosatida ijtimoiy himoya tizimlarini kuchaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarini ommabop qilish, gender tengligini ta’minlash va demokratiyani rivojlantirish zarur. Adolatli jamiyat qurish insoniyat oldida turgan eng asosiy vazifalardan biridir. Jamiyatda tenglikni targ‘ib qilish va buni barqarorlashtirish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lsada, uni isloh qilish o‘z qo‘limizda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karl Marx. Kapital. Moskva, 1978. 2. Max Weber. Economy and Society. University of California Press, 1978. 3. Jahon banki hisobotlari, 2023. 4. BMT Inson rivojlanishi hisobotlari, 2022. 5. WHO Health Inequality Report, 2021.