STRATEGIC DIRECTIONS FOR DEVELOPMENT OF ENTITIES THROUGH CLUSTERING
Abstract
The article analyzes the main factors for developing economic entities based on clustering. It shows that the process of development through clustering consists of consecutive stages, each with its own strategic directions. In addition, the paper outlines the key foundations that enhance the efficiency of economic clusters in the context of modern development and their practical importance
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1163 KLАSTЕRLАSH ОRQАLI SUBYEKTLARNI RIVОJLАNTIRISHNING STRАTЕGIK YOʻNALISHLARI Qarshi Xalqaro universiteti “Iqtisodiyot va muhandislik” kafedrasi dotsenti Rahimov Odil Berdiyevich ([email protected], tel: +998881107479) Annotatsiya: Maqolada klasterlash asosida iqtisodiy subyektlarni rivojlantirishning asosiy omillari tahlil qilingan. Klasterlash orqali rivojlantirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘rsatilib, har bir bosqichda o‘ziga xos strategik yo‘nalishlar yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy taraqqiyot sharoitida iqtisodiy klasterlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omillar va ularning amaliy ahamiyati bayon etilgan. Kalit soʻzlar: klaster, klasterlash, potensial, marketing, eksport, logistika, investitsiya, yashil energiya, yashil texnologiyalar, yashil iqtisodiyot. Аннотация: В статье проанализированы основные факторы развития экономических субъектов на основе кластеризации. Показано, что процесс развития через кластеризацию состоит из последовательных этапов, на каждом из которых раскрываются собственные стратегические направления. Кроме того, изложены важнейшие основы, способствующие повышению эффективности экономических кластеров в условиях современного развития, а также их практическое значение. Ключевые слова: кластер, кластеризация, потенциал, маркетинг, экспорт, логистика, инвестиции, зелёная энергия, зелёные технологии, зелёная экономика. Abstrakt: The article analyzes the main factors for developing economic entities based on clustering. It shows that the process of development through clustering consists of consecutive stages, each with its own strategic directions. In addition, the paper outlines the key foundations that enhance the efficiency of economic clusters in the context of modern development and their practical importance. Keywords: cluster, clustering, potential, marketing, export, logistics, investment, green energy, green technologies, green economy. Klasterlash orqali subyektlarni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarisubyektlar oʻrtasida bilimlar almashinuvi va texnologiyalarni tezroq qoʻllash imkonini beradi, bu esa, ularning raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Globallashuv sharoitida xalqaro bozorlarda raqobat qilishni istagan kompaniyalar uchun muhimdir. Klasterlash orqali resurslardan birgalikda foydalanish mumkin boʻlib, bu xarajatlarni kamaytiradi hamda subyektlarning samaradorligini oshiradi. Oʻz navbatida, bu klasterlar moliyaviy barqarorlikka erishishiga yordam beradi va turli sohalar vakillarining yaqin hamkorligi innovatsiyalari uchun muhim shart-sharoit yaratadi. Bu omillar subyektlar orasida yangi texnologiyalarni joriy etish, mahsulot va xizmatlarni takomillashtirish uchun tezkor muhitni ta’minlaydi. Shuningdek, klasterlash yangi ish oʻrinlari yaratishda va hududiy iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu mahalliy darajada iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi va ijtimoiy rivojlanishga hissa qoʻshadi, investitsiyalarning jalb qilinishini yengillashtiradi. Chunki rivojlangan klasterlar, koʻpincha, xorijiy investitsiyalar uchun jozibador hisoblanadi. Bu mahalliy iqtisodiyotga xorijiy kapital oqimini kuchaytirishga xizmat qiladi. Klasterlash jarayonida tashkil etiladigan o‘quv dasturlari va malaka oshirish kurslari subyektlarning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1164 Bu nafaqat oʻz xodimlari, balki hududdagi umumiy kadrlar bazasining rivojlanishiga olib keladi hamda mahalliy iqtisodiyotga turtki beradi. Chunki ular oʻz atrofidagi kichik va oʻrta bizneslarni rivojlantiradi, shu bilan birga, hududiy iqtisodiyotni barqarorlashtiradi. Bu ayniqsa, iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari cheklangan mintaqalarda juda dolzarbdir. Bundan tashqari, yashil texnologiyalarni joriy etish va ekologik toza ishlab chiqarish usullarini qoʻllash osonlashadi. Bu esa, uzoq muddatli ekologik barqarorlikka erishishga xizmat qiladi hamda jamiyatga ijobiy ijtimoiy ta’sir koʻrsatadi. Ushbu jihatlar klasterlashning nafaqat hududiy, balki milliy iqtisodiyot uchun ham dolzarb va muhim ekanligini koʻrsatadi. Klasterlash jarayoni resurslarni birlashtirish, malakali kadrlarni tayyorlash va innovatsiyalarni tezroq amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi, bu esa, uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlik hamda ijtimoiy farovonlikka erishishga yordam beradi. Mavzuga doir adabiyotlar tahlili: “Klаstеr” tushunchasi XX аsrning 80-yillаridа Mаykl Pоrtеr tоmоnidаn iqtisоdiy tushunchа sifаtidа ilmiy jаrаyоngа kiritilgаn. Pоrtеrning tаʻkidlаshichа, klаstеr – mаʻlum sоhаlаrdа fаоliyаt kоʻrsаtаyоtgаn kоmpаniyа vа institutlаrning jugʻrоfiy jihаtdаn tаrmоqlаrаrо birlаshuvi 1 hisоblаnаdi. Bu ta’rif 1990-yildа Mаykl Pоrtеr tоmоnidаn tayyorlangan “Dаvlаtlаrning rаqоbаtdоsh аfzаlligi” nоmli аsаridа kеltirilgаn. Dеmаk, klаstеr – оʻzаrо bоgʻliq kоrxоnаlаrni birlаshtirishning bir usuli bоʻlib, bu hudud iqtisоdiyоtining rаqоbаtbаrdоshligini оshirish imkоnini bеrаdi. Tаshkillаshtirish jihаtidаn, klаstеr – vеrtikаl rаvishdа intеgrаtsiyаlаshgаn tuzilmаdir. 2005-yillarda iqtisodchi olimlar – A.Rasulev, R.Alimov, D.Kurbanovalarning “Oʻzbekistonda paxtachilik kompleksini rivojlantirishda klaster iqtisodiy siyosatining muhim yoʻnalishlari” 2 maqolasida mamlakatda klasterlarni rivojlantirish asoslari yoritilgan. Journal of Management ( “Value & Ethics” Gwalior Management Academy. India ISSN-2249-9512, 2022 November Special Issue Page: 222-236 (08.00.00; №6)) jurnalida chop etilgan mualliflar Rahimov Odil Berdievich, Mukhitdinov Khudayar Suyunovichning “Kashkadarya provinceactivity of economic subjects econometric modeling of inter-territorial clustering” maqolasida subyektlarni hududlarda klasterlashni ekonometrik modellashtirish masalasini hamda “Экономика и предпринимательство” (научный журнал, 2024 г №1 (162), ISSN 1999-2300, Журнал включен в Перечень ВАКа РФ, стр.673-676.) ilmiy jurnalida chop qilingan muallif O.B.Rahimovning “Econometric model of interterritorial clustering of economic subjects” maqolasida iqtisodiy subyektlarni klasterlashni ekonometrik modellari oʻrganilgan. Tadqiqot metodlari: Iqtisodiy tahlillar. Bizning yondashuvimizga koʻra, klasterlarni strategik rivojlantirish va boshqarishni ekonometrik modellashtirish quyidagilarga asoslanib amalga oshiriladi: – sanoat va ishlab chiqarishni optimallashtirish; – hudud potensialidan foydalanish samaradorligini oshirish; – koʻp omilli ekonometrik modellarni qurish; – ishlab chiqarish iqtisodiy oʻsish dinamikasini prognozlash. 1 Porter M. Clusters and the New Economics of Competition. Harvard Business Review, 1998 // http://hbr.org/product/clusters-and-the-new-economics-of-competition/an/98609-PDF-ENG.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1165 Klasterlash orqali subyektlarni rivojlantirishda, asosiy strategik yoʻnalishlar, asosan, resurslarni optimallashtirish va oʻzaro hamkorlikni oshirish boʻlib, bir xil yoki oʻxshash sohadagi subyektlarni birlashtirish resurslardan unumli foydalanishga yordam beradi. Bu jarayon: - birinchidan, resurslarning umumiy foydalanilish xarajatlarini kamaytiradi, foydani oshiradi va yashil energiya hamda texnologik yangiliklarni qoʻllash imkoniyatlarini kengaytiradi; - turli subyektlar oʻrtasidagi yaqin hamkorlik innovatsiyalarni tez hamda samarali qoʻllash uchun zamin yaratadi. Bu yondashuv yangi mahsulotlar yoki xizmatlarni joriy etishni va texnologik yechimlarni rivojlantirishni tezlashtiradi; - xalqaro hamkorlikni hamda xalqaro miqyosda raqobatbardosh subyektlarni rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Eksport imkoniyatlarini oshirish, texnika va exnologik almashinuvini yoʻlga qoʻyish bilan xorijiy bozorlar uchun zarur sifatli mahsulotlarni taklif qilish mumkin; - logistika, transport va ta’minot tizimini samarali boshqaradi. Birlashgan subyektlar oʻrtasida logistika, ta’minot va xomashyo yetkazib berish jarayonini optimallashtirish osonlashadi. Bu har bir subyektning jadal samaradorligini oshiradi; - kadrlar tayyorlash, subyektlar oʻrtasida malakali kadrlar almashinuvi hamda ularni oʻqitish, oʻquv dasturlarini yoʻlga qoʻyish uchun koʻproq imkoniyatlar yaratiladi. Barqaror rivojlanishga yoʻnaltiradi, ekologik toza, yashil texnologiyalar asosida va barqaror ishlab chiqarishni rivojlantirishga ham imkon beradi. Bu yoʻnalishda yashil texnologiyalarni joriy etish, energiya samaradorligini oshirish kabi choralar koʻriladi. Bu esa, raqobatbardoshlikni oshirish, mahalliy va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni kuchaytirish uchun klaster doirasida maxsus marketing strategiyalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Ushbu strategiyalarni amalga oshirish subyektlar oʻrtasidagi raqobatni oshiradi, hamkorlikni kuchaytiradi va hudud yoki mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda katta rol oʻynaydi. Klasterlashning strategik yoʻnalishlari sifatida – resurslarni toʻgʻri taqsimlash, innovatsion muhit yaratish, logistika samaradorligi, xalqaro hamkorlik, kadrlarni tayyorlash, barqaror rivojlanish hamda raqobatbardoshlikni oshirish kabi jarayonlarni keltirish mumkin. Natija va muhokamalar: Klasterlash orqali subyektlarni rivojlantirish jarayoni ketma-ket bosqichlardan iborat boʻlib, har bir bosqichda oʻziga xos strategik yoʻnalishlar mavjud: 1) Tahlil qilish va baholash bosqichi, imkoniyatlarini aniqlash uchun hududiy sharoitlar, mavjud resurslar, mavjud infratuzilma va iqtisodiy muhit tahlil qilinadi. Potensial subyektlarni aniqlash, klasterda qatnashishi mumkin boʻlgan korxonalar va ularning resurslari, mutaxassislari hamda bilim bazasi baholanadi. Raqobat va hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganish orqali, boshqa klasterlar bilan raqobat qilish yoki hamkorlik qilish imkoniyatlari oʻrganiladi;
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1166 2) Strategik rejalashtirish bosqichi, klasterning umumiy vazifasi, asosiy maqsadlari va kelajakdagi rivojlanish bosqichlari ishlab chiqiladi. Maqsad hamda strategiyalarni belgilaydi, har bir bosqich uchun maqsadlar, ularga erishish yoʻllari va strategiyalar aniqlanadi, masalan, eksport salohiyatini oshirish kabi. Tashkil etish va huquqiy asos boʻlib, klasterning huquqiy maqomini aniqlash, tashkilot tuzilmasini va boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat; 3)Infratuzilma va resurslarni jalb qilish bosqichi, resurslarni birlashtirish, klasterning moliyaviy, insoniy va texnik resurslarini toʻplash hamda birlashtirish, zarur infratuzilmani tashkil qilish zarur. Investitsiya va grantlarni jalb qilish, investitsiyalar, davlat grantlari, xalqaro tashkilotlar yordamidan foydalanish va resurslarni jalb qilish, ta’lim va malaka oshirish, xodimlar malakasini oshirish, yangi texnologiyalar hamda metodlarni oʻrganish uchun treninglar tashkil etishdan iborat; 4) Faoliyatni tashkil etish va boshqarish bosqichi, ishlab chiqarish hamda xizmatlar koʻrsatish tizimi, subyektlar oʻrtasida samarali ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etish. Logistika va ta’minot tizimini tashkil qilish, xomashyo yetkazib berish hamda mahsulotni sotish jarayonlarini optimallashtirish uchun infratuzilmani yoʻlga qoʻyishdan iborat. Bu esa, hamkorlikni rivojlantirish, klaster ichida hamkorlikni mustahkamlash, resurslar almashinuvi va bilimlarni oʻrtoqlashishni qoʻllabquvvatlashga yordam beradi; 5) Marketing bosqichi, raqobatbardosh klasterlarni rivojlantirish hamda mahalliy, xalqaro bozorlarda tanitish, bozorni tadqiq qilish va sotuvni kengaytirish, bozor tahlillari asosida klaster mahsulotlari hamda xizmatlarini keng koʻlamda sotishni yoʻlga qoʻyish, marketing strategiyalari ishlab chiqish, eksport va ichki bozor uchun marketing strategiyalarini ishlab chiqish hamda mahsulotlar yetkazib berishni tashkil qilishdan iborat; 6) Monitoring va tahlil qilish bosqichi, faoliyatni nazorat qilish - klaster ish faoliyatini nazorat qilish hamda har bir bosqichda bajarilgan ishlarni tahlil qilish boʻlib, klasterning samaradorligini baholash, rivojlanish yoʻnalishlarini tahlil qilish va xulosalar tayyorlash, monitoring natijalariga koʻra strategik rejalarga oʻzgartirishlar kiritish, samaradorlikni oshirish uchun yangi yoʻnalishlarni aniqlash zarur. Ushbu bosqichlar orqali klasterlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi va subyektlar samarali rivojlanish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu jarayon hududiy hamda iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Xulosa va takliflar : Xulosa qiladigan boʻlsak, subyektlarni klasterlash strategiyalari iqtisodiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash, innovatsiyalarni targʻib qilish va mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday omillarni qo‘llash jarayonida klaster ichidagi subyektlarni aniq maqsadlar asosida guruhlash, resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish maqsad qilinadi. Quyidagi asosiy xulosalar klasterlash strategiyalarining samaradorligini ta’minlaydi. Klasterlash strategiyasi mintaqaning iqtisodiy, geografik va sanoat xususiyatlariga mos ravishda tanlangan boʻlishi zarur. Maqsadli sohalarni aniq belgilash orqali klaster ichidagi subyektlarning imkoniyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish va ular uchun maxsus strategiyalar ishlab chiqish mumkin boʻladi. Subyektlarni klasterlash jarayonida innovatsion infratuzilma, laboratoriyalar va texnologik parklar tashkil etilishi talab qilinadi. Bu klaster a’zolarining oʻzaro aloqada boʻlishiga, bilim va texnologiyalar almashinishiga koʻmaklashadi. Strategiya subyektlarni faqat iqtisodiy jihatdan emas, balki ilmiy jihatdan ham birlashtirishga yoʻnaltirishi lozim. Bu esa, universitetlar, tadqiqot markazlari va sanoat korxonalarining hamkorlikda ishlashiga hamda ilmiy tadqiqotlarni tezroq tijoratlashtirishga imkon yaratadi. Klasterlar ichidagi subyektlarni xalqaro hamkorlikka jalb qilish orqali xorijiy tajriba va texnologiyalarni mintaqaga olib kelish, shu orqali innovatsion rivojlanishga turtki berish strategiyaning
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1167 muhim qismi hisoblanadi. Bu mahalliy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga yordam beradi. Klasterlashda ekologik barqarorlik tamoyillarini kiritish – atrof-muhitni asrash, resurslardan oqilona va samarali foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash va energiya tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash, yashil energiyalarga oʻtish hamda unumli foydalanish, yashil iqtisodiyotga oʻtish orqali mintaqaviy rivojlanishni barqaror qilishga xizmat qiladi. Klaster ichidagi subyektlarga imtiyozlar va ragʻbatlar berish orqali ular innovatsion loyihalarga jalb qilinadi. Soliq imtiyozlari, subsidiya va grantlar bilan qoʻllab-quvvatlash klasterni yanada mustahkamlaydi va yangi subyektlarni jalb qilish imkonini beradi. Klasterlash strategiyasining muvaffaqiyati mintaqada ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish jarayonlarini yaxshilash, texnologik taraqqiyotni tezlashtirish hamda raqobatbardosh mahsulot yaratishda yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Shu tariqa, klasterlar orqali iqtisodiy rivojlanishni kuchaytirish va innovatsiyalarni yanada kengroq qoʻllashga erishiladi. Adabiyotlar: 1.Porter M. Clusters and the New Economics of Competition. Harvard Business Review, 1998 // http: //hbr. org/ product/ clusters – and – the – new – economics – of -competition/ an/ 98609-PDF-ENG. 2.Rahimov Odil Berdievich, Mukhitdinov Khudayar Suyunovich. Kashkadarya provinceactivity of economic subjects econometric modeling of inter-territorial clustering // OAK Journal of Management “Value & Ethics” Gwalior Management Academy. India ISSN-2249-9512, 2022 November Special Issue Page: 222-236 (08.00.00; №6). 3.Rahimov Odil. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarishni klasterlashni ekonometrik modellashtirish // Biznes Ekspert. – T.: Бизнес-Daily Media, 2022. 11-12 (179-180)-son. – B. 63-66. 4.О.Б.Рахимов. Econometric model of interterritorial clustering of economic subjects.// “Экономика и предпринимательство” научный журнал, 2024 г №1 (162), ISSN 1999-2300, Журнал включен в Перечень ВАКа РФ, стр.673-676. 5. Yaxshiyeva. Historical reality and its artistic interpretation. Neuroquantoiogy| november, 2022/11. 2510-2513.India. 6. Y.Z. Rashidovna. Activities Of Female Scientists, Scholars In The Research Of Timur Studies: Chronology And Education. Ustozlar uchun 1 (1), 217-220.2025. 7. Y.Z. Rashidovna. .Ingliz Va O’zbek Temurshunosligi Tadriji Va Taraqqiyoti. Hamkor konferensiyalar 1 (14), 1124-1127.2025. 8. Z Yaxshiyeva. Amir Temur Istilolari: Qarashlar, Izlanishlar Va Yondashuvlar. tamaddun nuri jurnali 2 (65), 338-342.2025. 9. YZ Rashidovna. S Tudies Of The Image Tamurlaine In The Field Of Russian Oriental Studies. scientific approach to the modern education system 3 (32), 4-6. 2025. 10. Aliqulova D.B. Ferdinand Dyushen romanlari syujetida psixologik tasvir tipologiyasi. O‘zbekiston milliy axborot agentligi O‘Za Ilm-fan bo‘limi elektron jurnali (OAK) 2025-yil 2-son 11. Aliqulova D.B. Erkin Vohidovning “Ruhlar Isyoni” dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. Central Asian Academic Journal of Scientific Research 38-41 bet. (2025). 12. Aliqulova D.B. Expression Of Sentimentalism In The Works Of Olmas Umarbekov. International Journal of Artificial Intelligence. (2025).
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1168 13. Aliqulova D.B. Reflection of the national vision of the world in phraseological units. Linguistics and Culture Review, 5(S2), 1281-1290. https://doi.org/10.21744/lingcure.v5nS2.1799 (2021). 14. Aliqulova D.B. F.Dyushen ijodida ayol obrazi tasviri. «Sharq-u G‘arb: Navoiv va Gyote» mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya materiallari (2023). 1. Драматическая мистерия Байрона “Каин” (по мотивам Библии и Корана). Международная заочная научная конференция. Современная филология. (Апрел -2011. г. Уфа 100-103 стр). 2. “Руссо и Байрон”. Молодой учённый Ежемесячный научный журнал. (№8 (19) Том II 2010 г, г. Чита. Стр 65-67). 3. The portrait of the image of Manfred in the translation of J.G. Byron’s poem “manfred” “Maktabgacha va maktab ta’limi” jurnal. (2025-yil, iyun, №6-son (953-957). 4. G.G.Bayronning “Manfred” poemasi tarjimasida Manfred obrazining qayta yaratilishi. The re-creation of the character of Manfred in the translation of G.G.Byron’s poem “Manfred” . TURON SCIENCES ilmiy jurnali. 2024-yil 1 –son, (35-40). 5. СРАВНИТЕЛЬНО-ТИПОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ДРАМ «КАИН» ДЖ. БАЙРОНА И «МЯТЕЖ ЧЕРТА ПРОТИВ БОГА» А. ФИТРАТА. Гуманитарные науки. Филология и искусствоведение. УДК 821.512.133 2012-yil ,(262-267). 6. Ж.Байроннинг “Шилйон тутқини” поэмаси таржимасида вазн, ритм ўзгаришлари Тил ва адабиёт таълими. Ўзбекистон Республикаси халқ таълими вазирлигининг илмий-методик журнали (2014), (45-47). 7. Safaraliyevich, Y.A. Elements of nature “Earth”, “Air” and ”Fire”: Similarities and Differences in English and Uzbek linguacultures. Germany international journals (GIJ) 2025, 181185. 8. Safaraliyevich, Y. A. Semantic Group "Elements of Nature" In English and Uzbek Linguocultures. AJLLLSE 2024, 2, (45-47).