scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HISTORICAL AND CURRENT WORD-FORMATION IN THE UZBEKISTAN LANGUAGE

Sayqanova, Begoyim; Bozorov, Nurbek

Abstract

This article discusses the differences between historical word formation and modern word formation and their use. The division of historically coined words into meaningful parts and their etymological analysis are discussed.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1184 O‘ZBEK TILIDA TARIXIY VA HOZIRGI SO‘Z YASALISH HODISASI Sayqanova Begoyim Baydavlat qizi Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi 1-kurs magistranti Bozorov Nurbek Alisher o'g'li Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi 1-kurs magistranti Annatatsiya.Ushbu maqolada tarixiy so‘z yasalishining bugungi kundagi so‘z yasalishidan farqli jihatlari va ularning qo‘llanilishi haqida so‘z boradi.Tarixan yasama bo‘lgan so‘zlarning ma‘noli qismlarga ajratilishi,ularning etimologik tahlili haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar:yasama so‘z,sinxron va diaxron tushunchalari,tarixiy so‘zlar tavsifi,materiallar. Аннотация. В статье рассматриваются различия между историческим и современным словообразованиями, а также особенности их употребления. Рассматривается деление исторически созданных слов на значимые части и их этимологический анализ. Ключевые слова: историческое слово, концепции синхронии и диахронии, описание исторических слов, материалы. Abstract. This article discusses the differences between historical word formation and modern word formation and their use. The division of historically coined words into meaningful parts and their etymological analysis are discussed. Keywords: coined word, concepts of synchrony and diachrony, description of historical words, materials. Hozirgi o‘zbek tilida yasama so‘zlar juda ko‘p bo‘lib,ular muayyan davrlarda turlicha talqin qilingan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak,tarixan yasama hisoblangan so‘z bugungi nuqtayi nazar bilan qaraganda yasama bo‘lmasligi mumkin. Shunga ko‘ra ularni ikki guruhga ajratish mumkin: Hozirgi (sinxron)so‘z yasalishi,Tarixiy (diaxron)so‘z yasalishi Sinxron(yun.synchronos-bir vaqtli,davrli;syn-birga+chronos-vaqt, davr)ayni bir davr tilini davr,vaqt omili va lisoniy o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda tavsiflashga aloqador atama. Sinxron tilshunoslik tavsif tilshunoslik va umumiy tilshunoslik sifatida ham tanilgan.Diaxron (yun.dia va chranos-vaqt,zamon)- til tizimining lingvistik tadqiqot manbayi sifatidagi tarixiy taraqqiyoti. Til birliklarini vaqt nuqtayi nazaridan o‘rganish. XX asrning 2-yarmida diaxron yondashish,til tarixini davrlarga bo‘lib o‘rganish masalalari ko‘rib chiqila boshlangan.Tilshunoslikda sinxron va diaxron tushunchalari bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi. Hozirgi (XXI asr) o‘zbek tilshunosligida,albatta,yasama so‘z qismlari o‘rtasida ma‘noviy bog‘liqlik bo‘lishi kerak: bil+im+don+lik. Tarixiy so‘z yasalishiga nisbatan esa bu qoidani to‘liq qo‘llab bo‘lmaydi. Bugungi kunga qadar hozirgi XXI asr o‘zbek adabiy tilidagi so‘z yasalishi hodisalari haqida darslik,kitob va qo‘llanmalarda yetarlicha ma‘lumotlar keltirilgan. Bulardan o‘zbek tilshunosligida so‘z yasash muammolari bo‘yicha eng ko‘p tadqiqot ishlarini olib borgan olim Ayyub G‘ulomovdir. U so‘z yasalishi hodisalariga o‘zining quyidagicha ta‘rifini beradi: ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1185 "So‘z yasash,umuman qanday usul, qanday vosita bilan bo‘lmasin yangi so‘z hosil qilishdir ". Ammo tarixiy so‘z yasalishi haqidagi ma'lumotlar bugungi kunda juda kam uchraydi. Shuning uchun ham tarixiy so‘z yasalishi haqida ham kengroq to‘xtalish joizdir. Tarixiy yasalish ma‘noviy bog‘liqlik orqali emas,balki maxsus tekshirishlar,tarixiy kuzatishlar orqali aniqlanadi. O‘.Sharipova hamda I.Yo‘ldoshevlarning "Tilshunoslik asoslari" qo‘llanmasida quyidagicha misol keltiriladi:"...ko‘rpacha so‘zining o‘zagi hisoblangan ko‘rpa leksemasi ustga yopiladigan, ichiga paxta yoki boshqa narsa solib tayyorlangan narsani ; -chi affiksi esa kichraytirish ma‘nosini bildiradi. Lekin ko‘rpacha so‘zi kichik ko‘rpa degan ma'noni emas,balki o‘tirish joyiga to‘shaladigan narsani bildiradi. Demak,ko‘rpacha so‘zining ma‘nosini ko‘rpa va -cha qismlari ma‘nosi bilan asoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bu so‘zning yasalishi tarixiy so‘z yasalishi hisoblanadi" . Tarixiy so‘z yasalishiga yana qator so‘zlarni misol qilib keltirish mumkin. Masalan: qattiq, silliq, suyuq,quyuq,ko‘mir kabi so‘zlar tarixiy yasalishda yasalgan. Qattiq so‘zida asos qotmoq fe‘li deb qaraladi,u xuddi hozirgi yasalishda yasama so‘z hisoblangan yumshoq fe‘li tipida yasalgan. Qattiq so‘zi ma‘noning qo‘yish harakati mavjudligi uchun yasama so‘z hisoblangan. Silliq so‘zi buyumning o‘ta tekisligiga nisbat berib sili fe‘lidan yasalgan. Suyuq va quyuq so‘zlari ma‘noli qismlarga ajratilib suyulmoq va quyulmoq fe‘llariga aloqadorligi uchun yasama so‘zlar qatoriga kiritilgan. Ammo hozirgi kunda silliq so‘ziga asos bo‘la oladigan sili fe‘li mavjud bo‘lmaganligi uchun, suyuq, quyuq so‘zlari esa bir butunlikdagi yaxlitso‘zlar hisoblanganligi uchun bular yasama so‘zlar hisoblanmaydi. Ko‘mir yer tagidan kavlab olinganligi,ko‘milgan narsa bo‘lganligi uchun ko‘mmoq fe‘liga -ir yasovchisini qo‘shib hosil qilingan: ko‘m+ir=ko‘mir Ushbu so‘z ham yuqoridagi so‘zlar kabi hozirgi kunda o‘z yasamaligini yo‘qotgan.O‘zbek tilidagi qo‘shimchalar etimologiyasiga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, tarixiy qo‘shimchalar orasida - gari, -qari, -kari, -qaru kabi qo‘shimchalar ham uchraydi. Ichkari,tashqari so‘zlari aynan mana shu qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida yasalgan. Ich o‘zagi ichki qism ma‘nosini bildiradi; tashqi tomon esa tash deyilgan (Hozirgi kunda bu asos nofaol so‘z bo‘lib ma'lum o‘rinlardagina saqlanib qolgan: Molning olasi tashida, odamniki ichida). Ich, tash asoslariga esa -kari, -qari qo‘shimchalari qo‘shilib yangi so‘zlar hosil qilgan. Yana bir bor ta‘kidlash kerakki,keltirilgan so‘zlarning hammasi diaxron, ya‘ni tarixiy so‘z yasalishi hisoblanadi va bugungi kunda o‘zining yasamalik xususiyatiga ega emas. Tirik,tiril kabi so‘zlarni esa affiksal qismlari borligi sezilib turganligiga qaramay ma‘noli qismlarga ajralmaganligi uchun yasama deya olmaymiz. O‘zbek tilida xuddi shu kabi izoh talab qiladigan so‘zlar ham ko‘p uchraydi. Filologiya fanlari doktori, tilshunos olim A.Hojiyev o‘zining "O‘zbek tilida so‘z yasalishi "qo‘llanmasida shu kabi so‘zlar ustida to‘xtalib shunday deydi: "U yoki bu so‘zning tarkibida mustaqil ma‘noli qism yoki yasovchi afrikaning,yoki har ikkisining (mustaqil ma‘noli qism va affiksning)borligi sezilib tursa-da,lekin bu so‘zning ma'nosini ajralishi mumkindek ko‘ringan qismlari ma‘nosi bilan izohlab bo‘lmasa,bunday so‘z sinxron so‘z yasalishiga kirmaydi".³ Akademik olim misol tariqasida bezor, oqlik, qishloq, boshliq kabi so‘zlarni keltirar ekan, bu kabi so‘zlar yasama hisoblanmasligini,faqatgina soddalashish hodisasi yuz berganini ta‘kidlaydi. O‘z o‘rnida aytib o‘tish kerakki, A.Hojiyev "O‘zbek tilida so‘z yasalishi ", "O‘zbek tili so‘z yasalishi ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1186 tizimi" kabi qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi. Ushbu qo‘llanmalar o‘zbek tilidagi so‘z yasalishi to‘g‘risidagi yangi va qimmatli ma‘lumotlarga egaligi bilan ahamiyatlidir. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, diaxron va sinxron so‘z yasalishlarini bir-biridan farqlashda bevosita o‘zbek tilining o‘z materiallari asosida ish olib borish tavsiya etiladi. Bunda tarixiy so‘zlar lug‘ati, o‘zbek tilidagi so‘zlarning izohi hamda etimologik qo‘llanmalar muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tilida so‘z yasalishini o‘rganayotganda, albatta, ularning tarixiy muqobilini ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. So‘nggi yillarda o‘zbek tilida yangi so‘z yasalishi hodisalariga oid qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Shuning natijasi sifatida ko‘plab qimmatli qo‘llanmalar va kitoblar nashr etildi. Albatta,bu kabi izlanishlarda o‘zbek tilshunoslariU,Tursunov, A.G‘ulomov, A. Hojiyev kabi olimlarning xizmatlari beqiyosdir. Vaqt o‘tishi bilan bu yo‘nalishga doir tadqiqotlar ko‘lami kengayib borayotganligini hisobga olgan holda so‘z yasalishi haqidagi har bitta mulohaza va qarashlar ilmiy,nazariy manba sifatida e‘tiborga sazovor deyish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Hozirgi o‘zbek adabiy tili. U.Tursunov.va boshqalar. T.1992y. 2.O‘zbek tili va adabiyoti. Ayrim affikslar haqida ba‘ zi talqinlar. Muallif: Y.Tojiev. 3.Tilshunoslik asoslari. O‘.Sharipova,I.Yo‘ldoshev,T.2006. 4.O‘zbek tili so‘z yasalishi. A.Hojiyev, Toshkent "O‘qituvchi "-1989. 5.O‘zbek tili so‘z yasalish tizimi. A.Hojiyev.