MODERN REQUIREMENTS FOR PRIMARY EDUCATION AND THEIR MAIN TASKS
Abstract
In this article, views and considerations are presented regarding modern requirements in the primary education system and their main tasks. It discusses the changing conditions of our country’s education system, as well as the influence of globalization and digital technologies. The importance of modern pedagogical approaches, innovative teaching methods, and learner-centered education in primary schooling is highlighted.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 3 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us BOSHLANG`ICH TA`LIMGA QO`YILAYOTGAN ZAMONAVIY TALABLAR VA ULARNING ASOSIY VAZIFALARI Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-kurs 5BT-22 guruh talabasi Sanginova Sevinch Bunyod qizi Xudoyqulova Nilufar Raximqul qizi Annotatsiya. Ushbu maqolamizda boshlang'ich ta'lim tizimidagi zamonaviy talablar va ularning asosiy vazifalariga oid fikr mulohazalar ilgari surilgan. Unda yurtimizning ta'lim tizimidagi o'zgaruvchan sharoitlar, globalizatsiya va raqamli texnologiyalarning ta'siri haqida so'z boradi. Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik usullar, innovatsion o'qitish metodlari va shaxsga yo'naltirilgan ta'limning muhimligi yoritib berilgan. Kalit so’zlar: boshlang'ich ta'lim, raqamli texnologiya, pedagogika, ta'lim, innovatsion o'qitish, kreativlik, kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim. MODERN REQUIREMENTS FOR PRIMARY EDUCATION AND THEIR MAIN TASKS Abstrakt.In this article, views and considerations are presented regarding modern requirements in the primary education system and their main tasks. It discusses the changing conditions of our country’s education system, as well as the influence of globalization and digital technologies. The importance of modern pedagogical approaches, innovative teaching methods, and learner-centered education in primary schooling is highlighted. Keywords: primary education, digital technologies, pedagogy, education, innovative teaching, creativity, learner-centered education. СОВРЕМЕННЫЕ ТРЕБОВАНИЯ К НАЧАЛЬНОМУ ОБРАЗОВАНИЮ И ИХ ОСНОВНЫЕ ЗАДАЧИ Annotasiya.В данной статье представлены мнения и рассуждения о современных требованиях в системе начального образования и их основных задачах. В ней рассматриваются изменяющиеся условия отечественной системы образования, а также влияние глобализации и цифровых технологий. Освещается важность современных педагогических подходов, инновационных методов обучения и личностно-ориентированного образования в начальной школе.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 4 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us Ключевые слова: начальное образование, цифровые технологии, педагогика, образование, инновационное обучение, креативность, личностноориентированное обучение. Kirish. Hozirgi zamonaviylashayotgan bir davrda axborot texnologiyalarining tez sur’atlarda rivojlanishi va jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlari ta’lim tizimini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etishni talab qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichi bola shaxsining intellektual va ijtimoiy rivojlanishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qilgani uchun unga qo‘yiladigan talablar yanada takomillashib bormoqda. Zamonaviy ta’lim jarayonlari nafaqat bilim berishi, balki o‘quvchining kundalik hayotda uchraydigan vaziyatlarni mustaqil hal eta olishi, muloqotga kirisha olishi, axborot bilan ishlashi va kreativ fikrlashiga yo‘naltirilgan. Boshlang‘ich ta’limga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarning eng birinchisi – bu kompetensiyaviy yondashuvdir. Ya’ni o‘quvchi faqatgina bilim egallab qolmasdan, uni amaliyotda qo‘llay olishi, yangi vaziyatlarda moslasha olishi, mustaqil fikr yuritishi lozim. Har bir dars jarayonida o‘quvchilarning kommunikativ, tanqidiy fikrlash, muammo yechish, kreativligi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor kuchaymoqda. Ikkinchi muhim talab – bu ta’lim jarayonida axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari hisobga olingan holda ularga mos elektron darsliklar, ta’limiy o‘yinlar, innovatsion metodlar orqali bilim berish ta’lim sifatini oshiradi. Raqamli resurslar o‘quvchilarni mavzuga qiziqtiradi, ularni faol ishtirokchi sifatida dars jarayoniga jalb qilinishini ta’minlaydi.Dars jarayonida foydalaniladigan innovatsion metodlar va ta’limiy o‘yinlarning qo‘llanilishi ham zamonning talablardandir. Boshlang‘ich sinflarda rolli o‘yinlar, guruhli ishlash, aqliy hujum, muammoli vaziyatlar yaratish kabi metodlar o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularni o‘z fikrini mustaqil bayon eta olishga o‘rgatadi. Bu esa o‘quvchida mantiqiy tafakkur, ijodkorlik, kuzatuvchanlik va izlanish qobiliyatini shakllantiradi. Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda savodxonlikni shakllantirishdir. O‘qish, yozish va hisoblash malakalari o‘quvchining keyingi o‘qish bosqichlarida muvaffaqiyatli o‘qishi uchun asos bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘quvchilarning nutq madaniyati, fikrni izchil bayon etish, muloqot qilish, matnni tushunib o‘qish kabi ko‘nikmalari ham rivojlantiriladi. Xulosa o’rnida aytganda, zamonaviy boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi – o‘quvchini har tomonlama rivojlantirish, unga mustaqil fikrlash, ijodkorlik, muloqot qilish va muammolarni hal etish ko‘nikmalarini berishdir.Boshlang‘ich ta’limda qo‘yilayotgan zamonaviy talablar aynan shu maqsadga xizmat qiladi va
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 5 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us o‘quvchilarning keyingi bosqichlarga tayyor, yetuk shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qurbonova Maftuna, Umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻquv-bilish kompetensiyalarini shakllantirish ahamiyati // Xalq taʼlimi, 2020. 3-maxsus son, 29-33 bet. 2. Gulhumorxon, T., & Muazzam, R. (2022). MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASADA AMALIYOTCHI PSIXOLOG XIZMATI VA FAOLIYATI. Yosh Tadqiqotchi Jurnali, 1(2), 363-366. 3. Tojiboeva, G. R., & Pulatova, D. T. (2020). Pedagogik kompetentlik: nazariya va amaliyot. Academic research in educational sciences, (3), 209-215. 4. Raxmonjonovna, T. G., & Ismoiljon o‘g‘li, M. I. (2024). TALABALARDA BAXTLI OILAVIY HAYOT HAQIDAGI TASAVVURLAR VA OILA MUSTAHKAMLIGI. Лучшие интеллектуальные исследования, 34(1), 165-169. 5. Raxmonjonovna, T. G. (2024). OILADA SIBLING MUNOSABATLARINING SHAXS SHAKLLANISHIGA TASIRI. Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 35(1),