scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

'ESP' TA'LIMIDA HAMKORLIKDA O'QITISH METODINING TALABALAR KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Bekmuratova N.A.

Full text

238 ‘ESP’ TA’LIMIDA HAMKORLIKDA O‘QITISH METODINING TALABALAR KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI Bekmuratova N.A., PhD, Qoraqalpoq davlat universitetu DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17797808 Annotatsiya. Ushbu maqolada ESP (English for Specific Purposes) — kasbiy yo‘nalishga moslashtirilgan ingliz tili ta’limi jarayonida hamkorlikda o‘qitish metodining (Cooperative Learning) ahamiyati yoritilgan. Muallif tomonidan Dewey, Lewin, Deutsch, Johnson & Johnson, Brown va Siltala kabi olimlarning nazariy g‘oyalariga tayana turib, hamkorlikda o‘qitishning asosiy tamoyillari — ijobiy o‘zaro bog‘liqlik, individual javobgarlik, yuzma-yuz muloqot, ijtimoiy ko‘nikmalar va guruh faoliyatini baholash — ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu metodni ESP ta’limida qo‘llash talabalarning kasbiy terminologiyani amalda qo‘llash, mas’uliyat, tolerantlik va ijodkorlik kabi shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga, hamda kasbiy muloqot madaniyati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu tariqa, hamkorlikda o‘qitish metodi nafaqat til kompetensiyasini, balki bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini ham rivojlantirishda samarali metodik vosita sifatida tavsiya etiladi. Kalit so‘zlar: ESP ta’limi, hamkorlikda o‘qitish, kasbiy kompetentlik, ijobiy o‘zaro bog‘liqlik, individual javobgarlik, til kompetensiyasi, jamoada ishlash ko‘nikmasi, motivatsiya. Bugungi kunda ingliz tili ta‘limi jahon ta‘lim tizimida ustuvor yo‗nalishlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ESP (English for Specific Purposes) — kasbiy yo‗nalishga moslashtirilgan ingliz tili ta‘limi — bo‗lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatida samarali kommunikatsiya yuritishi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Hutchinson va Waters (1987) ta‘kidlaganidek, ESP ―o‗quvchilarning maxsus ehtiyojlariga yo‗naltirilgan ta‘lim jarayoni‖ bo‗lib, nafaqat umumiy til bilimlarini, balki kasbiy terminologiya, muloqot va professional kompetensiyani shakllantirishni ko‗zda tutadi. XXI asrda til ta‘limida yangicha metodlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Richards va Rodgers (2014) hamda Harmer (2015) izlanishlarida ko‗rsatib o‗tilganidek, o‗quvchilarni faol ishtirokchi sifatida jarayonga jalb qiluvchi, hamkorlikka asoslangan va kommunikativ muhitni yaratishga qaratilgan metodlar yuqori samaradorlik beradi. Shu nuqtai nazardan, hamkorlikda o‗qitish metodikasi (cooperative learning) ESP ta‘limida eng samarali yondashuvlardan biri sifatida e‘tirof etilib, uning nazariy asoslari XX asrning 30–40yillarida Dewey, Lewin va Deutsch kabi pedagog va psixologlarning izlanishlarida shakllanib, keyinchalik Johnson & Johnson, Brown, Siltala kabi olimlar tomonidan rivojlantirilib, ijobiy o‗zaro bog‗liqlik, individual javobgarlik, yuzma-yuz muloqot, ijtimoiy ko‗nikmalar va guruh faoliyatini baholash kabi tamoyillarga tayanuvchi ta‘limiy yondashuv sifatida ilmiy asoslab berildi. 239 Johnson & Johnson (1975, 1994) tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy konsepsiyaga ko‗ra, hamkorlikda o‗qitish bir nechta asosiy tamoyillarga tayangan holda samarali natija beradi. Eng avvalo, bu metod ijobiy o‗zaro bog‗liqlikka asoslanadi, ya‘ni talabalar umumiy maqsad sari birgalikda intiladilar va o‗z muvaffaqiyatlarini guruhdagi boshqa a‘zolarning muvaffaqiyati bilan chambarchas bog‗liq holda ko‗radilar. Ikkinchi tamoyil — individual javobgarlik bo‗lib, unda har bir talaba o‗quv jarayonidagi yakuniy natijaga shaxsan mas‘ul hisoblanadi. Uchinchisi, yuzma-yuz muloqot jarayonida talabalar bir-birini qo‗llab-quvvatlaydi, rag‗batlantiradi va o‗z bilimlarini sheriklari bilan bo‗lishadilar. To‗rtinchi tamoyil sifatida ijtimoiy ko‗nikmalar alohida o‗rin tutadi, chunki hamkorlikda o‗qitish orqali yetakchilik, qaror qabul qilish, nizolarni hal etish va o‗zaro ishonchni shakllantirish kabi muhim ijtimoiy va kasbiy sifatlar rivojlanadi. Nihoyat, guruh faoliyatini baholash tamoyili jarayonni yanada samarali qilishga xizmat qiladi, chunki bunda talabalar o‗z faoliyatlarini tahlil qiladi, qanday jihatlar muvaffaqiyatli bo‗lganini yoki qaysi jihatlarni takomillashtirish lozimligini aniqlaydilar. Shu tariqa, Johnson & Johnson konsepsiyasi hamkorlikda o‗qitishni faqat til bilimlarini egallash usuli sifatida emas, balki shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantiruvchi samarali ta‘limiy model sifatida asoslab beradi. Brown va Ciuffetelli Parker (2009) hamda Siltala (2010) tadqiqotlarida ham hamkorlikda o‗qitishning samaradorligi alohida ta‘kidlanib, Johnson va hamkorlari esa bu metodni samarali tashkil etish uchun turli shakllarda qo‗llanishini tavsiya qilgan bo‗lib, ular orqali talabalar hamkorlikda faoliyat olib borib, bilimlarni chuqurroq o‗zlashtirish, mas‘uliyatni bo‗lishish va kasbiy hamda ijtimoiy ko‗nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‗ladilar. Va ularning uch xil guruhlari tavsiya etiladi:  Formal guruhlar — bir yoki bir necha dars davomida ma‘lum topshiriqni bajaradi;  Informal guruhlar — qisqa vaqt davomida, dars jarayonida tashkil etilib, muhokama va umumlashtirishga yo‗naltiriladi;  Asosiy (base) guruhlar — doimiy tarkibda uzoq muddat davomida ishlaydi va o‗zaro qo‗llab-quvvatlashni ta‘minlaydi. Mazkur shakllar orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlaydilar, balki kasbiy terminologiyani amaliy qo‗llashni o‗rganadilar, hamkorlik metodidan foydalanish esa ularning motivatsiyasini oshirish, mas‘uliyat, tolerantlik va ijodkorlik kabi shaxsiy sifatlarini rivojlantirish, guruhiy muhokama va qaror qabul qilish ko‗nikmalarini shakllantirishda samarali natijalar beradi. Tahlillar shuni ko‗rsatdiki, ESP yo‗nalishida hamkorlik metodidan foydalanish bir qator ijobiy natijalarga olib keladi:  Talabalarda kasbiy terminologiyadan foydalanish ko‗nikmalari shakllanadi;  Motivatsiya va faollik oshadi, til o‗rganish jarayonidagi stress kamayadi; 240  Mas‘uliyatlilik, tolerantlik, kreativlik kabi shaxsiy sifatlar rivojlanadi;  Guruhiy muhokama orqali talabalar fikr almashish, qaror qabul qilish va hamkorlikda ishlash ko‗nikmalarini o‗zlashtiradilar. Bu natijalar bo‗lajak mutaxassislarning nafaqat lingvistik kompetensiyasini, balki kasbiy kompetensiyasini ham rivojlantiradi. Xulosa qilib aytganda, ESP ta‘limida hamkorlikda o‗qitish metodini joriy etish talabalar kasbiy tayyorgarligini ta‘minlashda samarali vosita hisoblanadi. Bu metod o‗quvchilarda:  til bilimlarini amalda qo‗llash,  kasbiy muloqot madaniyatini shakllantirish,  jamoada ishlash ва qaror qabul qilish ko‗nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Shu bois, oliy ta‘lim muassasalarida ESP darslarini tashkil etishda hamkorlik metodini keng joriy etish maqsаdga muvofiqdir. Bu yondashuv bo‗lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda ularni global mehnat bozorida raqobatbardosh qilib tayyorlashda muhim o‗rin tutadi. Фойдаланилган адабиётлар 1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847-sonli ―O‗zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‗g‗risida‖ (2019 yil 8 oktabr) farmoni. 2. Mirzayeva M.N. Oliy ta‘lim muassasalari talabalarini kasbga yo‗naltirib o‗qitishda kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi. Ped. fan. fal. dok. diss. ... avtoref. – Toshkent, 2022. 3. Соломатина А.Г. Обучение иностранному языку для профессиональных целей на основе модели интегрированного предметно-языкового обучения в аграрном вузе // Вестник Тамбовского университета. Серия: Гуманитарные науки. 2018. Т. 23. № 173. С. 49-57.