SIMSIZ ALOQA TIZIMLARINING HOZIRGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy simsiz aloqa tizimlarining hozirgi holati, ularning texnologik rivojlanish bosqichlari hamda istiqboldagi yo‘nalishlari tahlil qilingan. Maqolada 4G va 5G tarmoqlarining asosiy texnik afzalliklari, ma’lumot uzatish tezligi, tarmoq sig‘imi va kechikish ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Shuningdek, 6G texnologiyasining paydo bo‘lish sabablari, sun’iy intellekt va “Internet narsalar” (IoT) bilan integratsiyasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kelajakda simsiz aloqa tizimlari yuqori chastotalar, kvant aloqa va energiya samaradorligini oshirish asosida yanada takomillashib borishi prognoz qilinadi.
Full text
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 516 SIMSIZ ALOQA TIZIMLARINING HOZIRGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Joldasova Q., Baynazarov A., Uzakbayeva N., Babajanova T. Nukus davlat texnika universiteti, Nukus, Qoraqalpog’iston https://doi.org/10.5281/zenodo.17801725 Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy simsiz aloqa tizimlarining hozirgi holati, ularning texnologik rivojlanish bosqichlari hamda istiqboldagi yo‘nalishlari tahlil qilingan. Maqolada 4G va 5G tarmoqlarining asosiy texnik afzalliklari, ma’lumot uzatish tezligi, tarmoq sig‘imi va kechikish ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Shuningdek, 6G texnologiyasining paydo bo‘lish sabablari, sun’iy intellekt va “Internet narsalar” (IoT) bilan integratsiyasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kelajakda simsiz aloqa tizimlari yuqori chastotalar, kvant aloqa va energiya samaradorligini oshirish asosida yanada takomillashib borishi prognoz qilinadi. Kalit so‘zlar: simsiz aloqa, 5G, 6G, IoT, tarmoq arxitekturasi, raqamli transformatsiya. Abstract. This article analyzes the current state of wireless communication systems and their future development prospects. The paper discusses the technological evolution of wireless networks, focusing on the advantages of 4G and 5G systems, such as high data transmission speed, increased network capacity, and reduced latency. Special attention is given to the emergence of 6G technology, its integration with artificial intelligence and the Internet of Things (IoT), as well as its potential to revolutionize global communication. The study concludes that future wireless systems will continue to evolve through the use of higher frequency bands, quantum communication technologies, and improved energy efficiency. Keywords: wireless communication, 5G, 6G, IoT, network architecture, digital transformation. Zamonaviy davrda axborot almashish va uzatish jarayonlari inson faoliyatining ajralmas qismiga aylandi. Har bir sohada — ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, transport va ishlab chiqarishda — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) muhim o‘rin tutadi. Bu texnologiyalar ichida simsiz aloqa tizimlari alohida ahamiyatga ega, chunki ular ma’lumot uzatishda fizik kabelga ehtiyojni yo‘qotadi va harakatlanish erkinligini ta’minlaydi. Simsiz aloqa tizimlari zamonaviy jamiyatning asosiy infratuzilmasiga aylandi. Bugungi kunda mobil aloqa, Internet, telemeditsina, “aqlli shaharlar” (Smart City) va IoT qurilmalari bu tizimlarga tayanadi. Aloqa tarmoqlarining rivojlanishi axborot uzatish tezligi, energiya samaradorligi va xavfsizlik darajasini oshirib, inson faoliyatining deyarli barcha sohalarini qamrab olmoqda. Simsiz aloqa texnologiyalarining rivojlanishi mobil internet, bulutli xizmatlar, masofaviy o‘qitish, tibbiyotda telemonitoring, sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Shu sababli, ularning hozirgi holatini o‘rganish va kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish muhim ilmiy-amaliy masaladir. Simsiz aloqa texnologiyalari turli chastotalarda ishlaydi: radioto‘lqinlar, mikroto‘lqinlar, infraqizil va hatto yorug‘lik (optik simsiz aloqa) diapazonlarida. Mobil aloqa tizimlari so‘nggi 30 yil ichida jadal rivojlanib, har bir avlodda sifat jihatdan
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 517 yangi bosqichga o‘tgan: 1. (GSM) tarmog‘i mobil aloqa tizimining raqamli modeli bo‘lib, u bir nechta asosiy qismlardan tashkil topgan. Har bir qism o‘ziga xos vazifani bajaradi va birgalikda ovozli aloqa, SMS va ma’lumot uzatish xizmatlarini ta’minlaydi. 2. 3G (Third Generation) — bu uchinchi avlod mobil aloqa tizimi bo‘lib, 2000-yillar boshida 2G GSM texnologiyasidan keyin joriy etilgan. 3G texnologiyasi Internetga yuqori tezlikda ulanish, video qo‘ng‘iroqlar, mobil multimedia xizmatlarini ta’minlash imkonini berdi. Eng keng tarqalgan 3G standarti — UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) bo‘lib, u WCDMA (Wideband Code Division Multiple Access) texnologiyasi asosida ishlaydi. 3. 4G (Fourth Generation) – bu to‘rtinchi avlod mobil aloqa tizimi bo‘lib, 3G texnologiyasidan keyin joriy etilgan. 4G texnologiyasining asosiy maqsadi — yuqori tezlikdagi Internet, HD video uzatish, onlayn xizmatlar va sun’iy intellekt asosidagi ilovalarni samarali ishlatish imkonini berishdir. Eng mashhur 4G standarti bu LTE (Long Term Evolution) texnologiyasidir. U paketli ma’lumot uzatish tamoyiliga asoslanadi va Internet Protocol (IP) asosida ishlaydi. 4. 5G texnologiyasi — bu beshinchi avlod simsiz aloqa tizimi bo‘lib, u 4G (LTE) tarmog‘ining rivojlangan shaklidir. 5G texnologiyasi yuqori tezlik, juda past kechikish (latency), katta tarmoq sig‘imi va millionlab qurilmalarni bir vaqtning o‘zida ulash imkoniyatini beradi. 5G texnologiyasi narsalar interneti (IoT), avtonom avtomobillar, aqlli shaharlar va sanoat 4.0 uchun asosiy tarmoq hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha 4G LTE tarmoqlari to‘liq joriy etilgan va 5G texnologiyalari tez sur’atlar bilan kengaymoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham 2020-yildan boshlab 5G texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. “Uzmobile”, “Beeline Uzbekistan”, “Ucell” va “Humans” operatorlari 4G tarmog‘ining qamrovini kengaytirish bilan bir qatorda yangi avlod tarmoqlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bundan tashqari, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.3, NFC (Near Field Communication) kabi texnologiyalar kundalik hayotda keng qo‘llanilmoqda. Wi-Fi (Wireless Fidelity) lokal tarmoqlarda keng qo‘llaniladigan simsiz aloqa turi hisoblanadi. Wi-Fi 6 (802.11ax) va Wi-Fi 7 texnologiyalari yuqori tezlik (9.6 Gbit/s gacha), barqaror ulanish va energiya tejamkorlikni ta’minlaydi. Wi-Fi tizimlari hozirda nafaqat uy va ofis tarmoqlarida, balki jamoat joylari, aeroportlar, o‘quv yurtlari va korxonalarda ham keng joriy etilmoqda. Bluetooth qisqa masofada ishlaydigan (10–100 metr) simsiz aloqa texnologiyasidir. U simsiz quloqchinlar, klaviaturalar, aqlli soatlar, tibbiy sensorlar va boshqa IoT qurilmalar orasida ma’lumot almashish uchun ishlatiladi. Yangi versiyalar — Bluetooth 5.3 va Bluetooth LE Audio — energiyani kam sarflaydi va audio sifatini yaxshilaydi. Sun’iy yo‘ldoshlar orqali uzoq masofalarga aloqa o‘rnatish Sun’iy yo‘ldoshlar yordamida Yerning turli nuqtalari o‘rtasida uzoq masofali aloqa o‘rnatish imkoniyati yaratiladi. Bu tizimlar signalni yuqoriga – yo‘ldoshga uzatadi va u orqali qayta Yerga tarqatadi. Natijada, signallar minglab kilometr masofani qisqa vaqt ichida bosib o‘tadi. Bugungi kunda Starlink (SpaceX), OneWeb, va Amazon Kuiper kabi yirik loyihalar butun dunyo bo‘ylab yuqori tezlikdagi internet tarmog‘ini yaratishga intilmoqda. Ularning maqsadi – global internet qamrovini ta’minlash, ayniqsa infratuzilmasi rivojlanmagan yoki kabel tarmoqlarini o‘tkazish qiyin bo‘lgan hududlarda raqamli uzilishlarni bartaraf etishdir. Bunday texnologiyalar tog‘li,
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 518 cho‘l, o‘rmonli yoki dengiz mintaqalarida, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda (masalan, zilzila yoki to‘fonlardan so‘ng) aloqa tizimlarini tezda tiklashda muhim ahamiyatga ega. Sun’iy yo‘ldoshlar Yerning juda katta qismini, hatto eng chekka va aloqa tarmoqlari yetib bormagan hududlarni ham qamrab oladi. Bu ayniqsa tog‘li, cho‘l yoki orol hududlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Sun’iy yo‘ldosh tizimlari yordamida butun dunyo bo‘ylab aloqa o‘rnatish, xalqaro telefon, televideniye va internet xizmatlarini ta’minlash mumkin. Bu esa global tarmoqni bir butun tizim sifatida ishlashiga imkon beradi. Uzoq masofalarga aloqa o‘rnatish uchun qimmatbaho optik tolali kabellarni o‘tkazish shart emas. Bu texnologiya infratuzilma xarajatlarini kamaytiradi va o‘rnatish vaqtini qisqartiradi. Sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish, kosmosga uchirish va xizmat ko‘rsatish juda katta mablag‘ talab qiladi. Shu sababli bunday tizimlarni faqat yirik davlatlar yoki xususiy korporatsiyalar amalga oshira oladi. Ayniqsa geostatsionar orbitadagi yo‘ldoshlar Yer yuzidan 36 ming kilometr balandlikda joylashganligi sababli signalning borish va qaytish jarayonida sezilarli kechikish yuz beradi. Bu onlayn muloqot, videokonferensiya va real vaqtli xizmatlar sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sun’iy yo‘ldoshlar kosmosda joylashganligi sababli ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ta’mirlash yoki yangilash juda murakkab. Har qanday nosozlik ularning butunlay ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. IoT — bu inson hayotini soddalashtiruvchi, xavfsiz va qulay qiluvchi texnologiya bo‘lib, u aqlli uylar, shaharlar, transport, tibbiyot va sanoatning kelajagini belgilab bermoqda. Kelajakda IoT tizimlari 5G, sun’iy intellekt (AI) va bulutli texnologiyalar bilan birlashib, yanada kuchli va samarali tizimlarga aylanadi. Kelajakda har bir uy jihozi, transport vositasi, ishlab chiqarish uskunasi internetga ulanadi va o‘zaro ma’lumot almashadi. Bu texnologiya tibbiyotda (masalan, yurak urishini masofadan nazorat qilish), qishloq xo‘jaligida (aqlli sug‘orish tizimlari) va sanoatda keng qo‘llaniladi. Kvant mexanikasi tamoyillariga asoslangan bu texnologiya ma’lumot xavfsizligini mutlaq darajaga ko‘taradi. Kvant kalit almashinuvi (Quantum Key Distribution, QKD) yordamida uzatilayotgan ma’lumotni ushlab olish deyarli imkonsiz bo‘ladi. Kelajakda 5G va 6G bazaviy stansiyalarida quyosh energiyasi va shamol generatorlaridan foydalanish rejalashtirilmoqda. Bu atrof-muhitga ta’sirni kamaytiradi va barqaror rivojlanishni ta’minlaydi. Massiv MIMO (Multiple Input Multiple Output) texnologiyasi — bu 5G tarmoqlarining asosiy innovatsion elementlaridan biri bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida o‘nlab yoki hatto yuzlab antennalarni ishlatadi. Bu orqali tarmoqning o‘tkazuvchanligi, tezligi va ishonchliligi sezilarli darajada oshadi. An’anaviy MIMO tizimlari (masalan, 4x4 yoki 8x8) faqat bir nechta antennalardan foydalanadi. Ammo Massiv MIMO tizimi 64x64, 128x128 yoki undan ham ko‘p antennalarga ega bo‘lishi mumkin. Har bir antenna foydalanuvchiga alohida signal yo‘naltiradi, bu esa bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Simsiz aloqa tizimlari hayotning barcha sohalariga kirib bormoqda. Bugungi kunda ularni kundalik turmushda, ta’limda, tibbiyotda, transportda, sanoatda, qishloq xo‘jaligida va hatto davlat boshqaruvi tizimlarida ham keng qo‘llash mumkin. Masalan: -Ta’lim sohasida simsiz tarmoqlar masofaviy o‘qitish, onlayn darslar va raqamli ta’lim platformalarining rivojlanishiga imkon yaratmoqda.
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 519 -Tibbiyotda simsiz texnologiyalar yordamida masofadan bemorlarni kuzatish, tibbiy ma’lumotlarni tezkor uzatish va telemeditsina xizmatlarini yo‘lga qo‘yish mumkin. -Transport tizimlarida esa GPS, IoT va 5G texnologiyalari yordamida avtomobillarni masofadan boshqarish, yo‘l harakatini nazorat qilish va xavfsizlikni ta’minlash imkoniyati yaratilmoqda. -Sanoatda “aqlli ishlab chiqarish” konsepsiyasi – ya’ni IoT qurilmalari orqali ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish – tobora keng tarqalmoqda. -Qishloq xo‘jaligida esa simsiz sensorlar yordamida ekin maydonlari, tuproq namligi va ob-havo sharoitlari masofadan nazorat qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, hozirgi davrda simsiz aloqa tizimlari global axborot infratuzilmasining ajralmas qismi bo‘lib, ularning samaradorligi texnologik rivojlanish bilan chambarchas bog‘liqdir. 4G tarmoqlari mobil internetning ommalashuviga, 5G esa yuqori tezlik, past kechikish va ko‘p sonli qurilmalarni bir vaqtning o‘zida ulash imkoniyatini yaratdi [1], [3]. 5G texnologiyasining afzalliklari orasida ma’lumot uzatish tezligining 10 Gbit/s gacha oshishi, tarmoq sig‘imining kengayishi hamda IoT qurilmalarini real vaqt rejimida boshqarish imkoniyati muhim ahamiyat kasb etadi [2]. O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, 6G texnologiyasi 2030-yillarga borib joriy etilishi kutilmoqda [4], [7]. U sun’iy intellekt asosida o‘zini o‘zi optimallashtiruvchi tarmoq tuzilmasini shakllantiradi va 1 Tbit/s gacha tezlikda ma’lumot uzatish imkonini beradi [5]. Bundan tashqari, 6G texnologiyasi kvant aloqa, raqamli “tvins” (digital twins) va kengaytirilgan reallik (XR) kabi ilg‘or texnologiyalar bilan integratsiyalashgan bo‘ladi [4]. Muhokama jarayonida aniqlanishicha, simsiz aloqa tizimlarini rivojlantirishda chastota resurslarining yetishmasligi, xavfsizlik masalalari va energiya samaradorligini ta’minlash kabi muammolar mavjud [6]. Shu sababli, kelajakda yangi algoritmlar, energiya tejovchi modulyatsiya usullari hamda bulutli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan tarmoq arxitekturalarini ishlab chiqish zarur [8]. Xulosa Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, simsiz aloqa tizimlari zamonaviy raqamli infratuzilmaning eng muhim bo‘g‘inlaridan biridir. 4G texnologiyasi mobil internetni ommalashtirishga xizmat qilgan bo‘lsa, 5G tarmoqlari yuqori tezlik, past kechikish va keng tarmoq sig‘imi bilan ajralib turadi [1], [3]. Ushbu texnologiyalar ishlab chiqarish, transport, tibbiyot va ta’lim sohalarida raqamli transformatsiyani jadallashtirishda asosiy rol o‘ynaydi [8]. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 6G texnologiyasi kelgusida 1 Tbit/s gacha ma’lumot uzatish tezligini ta’minlab, sun’iy intellekt, kvant aloqa va “Internet narsalar” (IoT) bilan to‘liq integratsiyalashgan tarmoqlarni shakllantiradi [4], [7]. Bu esa global miqyosda tarmoq samaradorligini oshirish, raqamli xavfsizlikni ta’minlash va yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish uchun keng yo‘l ochadi [2], [5]. Shu bilan birga, chastota diapazonlarini kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish hamda kiberxavfsizlikni kuchaytirish kelajakdagi asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi [6]. O‘zbekiston sharoitida esa 5G tarmoqlarini bosqichma-bosqich joriy etish va 6G tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash mamlakat raqamli rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi [8]. Umuman olganda, simsiz aloqa tizimlarining istiqboldagi rivoji inson hayotining barcha sohalarida samaradorlikni oshirish, raqamli iqtisodiyotni mustahkamlash va axborot jamiyatini barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 520 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. А.С. Тихонов, В.А. Степанов. Системы радиосвязи и радиодоступа. — Москва: Радио и связь, 2020. 2. Х. Абдурахманов, Р. Каримов. Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2021. 3. J. Proakis, M. Salehi. Digital Communications. — 6th Edition. McGraw-Hill Education, 2019. 4. A. Goldsmith. Wireless Communications. — Cambridge University Press, 2020. 5. ITU (International Telecommunication Union). IMT-2020 and Beyond (5G and 6G evolution). — Geneva, 2023. 6. 3GPP Technical Specifications. 5G NR (New Radio) Release 17 Documentation. — 3GPP.org, 2022. 7. M. Kuranov, B. Nurmuxamedov. Mobil aloqa texnologiyalari va ularning rivojlanish bosqichlari. — Toshkent, 2022. 8. IEEE Communications Society. Trends in Wireless Networks and 6G Vision. — IEEE, 2023. 9. S. Haykin. Communication Systems. — 5th Edition. Wiley, 2020. 10. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi. O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanish strategiyasi 2030. — Toshkent, 2023.