KOD ALMASHISH TUSHUNCHASI: TARIXIY RIVOJLANISHI, NAZARIY ASOSLARI VA O'ZBEKISTON TIL MUHITIDAGI TADQIQOTLAR
Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada kod almashish tushunchasining shakllanishi, tarixiy rivoji va asosiy nazariy yondashuvlari tahlil qilinadi. Gamperz, Poplak, Mayers-Skotton va Auer kabi olimlarning ishlari asosida kod almashishning grammatik, pragmatik va sotsiolingvistik jihatlari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonning ko‘p tilli muhitida kod almashishning hozirgi holati, zamonaviy tadqiqotlar va mavjud ilmiy bo‘shliqlar ko‘rsatib beriladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 187 KOD ALMASHISH TUSHUNCHASI: TARIXIY RIVOJLANISHI, NAZARIY ASOSLARI VA O‘ZBEKISTON TIL MUHITIDAGI TADQIQOTLAR Mavlonova Gavhar Shavkat qizi Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17802251 Annotatsiya. Ushbu maqolada kod almashish tushunchasining shakllanishi, tarixiy rivoji va asosiy nazariy yondashuvlari tahlil qilinadi. Gamperz, Poplak, Mayers-Skotton va Auer kabi olimlarning ishlari asosida kod almashishning grammatik, pragmatik va sotsiolingvistik jihatlari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonning ko‘p tilli muhitida kod almashishning hozirgi holati, zamonaviy tadqiqotlar va mavjud ilmiy bo‘shliqlar ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: kod almashish, bilingvizm, sotsiolingvistika, MLF modeli, Gumperz, Poplack, Auer, translingvizm, O‘zbekiston til muhiti, triglossiya. Abstract. This article examines the concept of code-switching, its historical development, and major theoretical frameworks. Drawing on the works of Gumperz, Poplack, Myers-Scotton, and Auer, it explores the grammatical, pragmatic, and sociolinguistic dimensions of codeswitching. The paper also discusses contemporary research and existing gaps related to codeswitching in Uzbekistan’s multilingual context. Key word: code-switching, bilingualism, sociolinguistics, Matrix Language Frame model, Gumperz, Poplack, Auer, translanguaging, multilingualism in Uzbekistan, triglossia. Аннотация. В статье рассматриваются понятие переключения кодов, его историческое развитие и основные теоретические подходы. На основе работ Гамперца, Поплак, Майерс-Скоттон и Ауэра анализируются грамматические, прагматические и социолингвистические аспекты код-свитчинга. Кроме того, освещаются современные исследования и научные пробелы, связанные с многоязычной средой Узбекистана. Ключевые слова: переключение кодов, билингвизм, социолингвистика, модель Matrix Language Frame, Гамперц, Поплак, Ауэр, многоязычие в Узбекистане, триглоссия. Til jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi kuch sifatida muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat aloqa vositasi, balki insonning o‘zligini ifoda etishi, bilim va fikr almashishi, ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatishi uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p hollarda odamlar faqat muayyan guruh yoki jamiyat vakillari bilan muloqot qilishni istaydilar. Bunday holatlarda ular tashqi guruh vakillarini suhbatdan chetlab o‘tish yoki o‘z guruhiga xoslikni ko‘rsatish maqsadida boshqalar tushunmaydigan til yoki til shaklidan foydalanishlari mumkin. Bu kabi til tanlash holatlari “kod” tushunchasi bilan bog‘liq. Sotsiolingvistika fanida "kod" atamasi til, lahja, uslub yoki kommunikatsiya shaklini anglatadi. Vardhaugh ta’kidlaganidek, kod - bu ikki yoki undan ortiq shaxs o‘zaro muloqot qiladigan tizimdir 1 . Odamlar og‘zaki muloqot qilayotganda ular foydalanadigan kommunikatsiya tizimi kod deb ataladi. 1 Wardhaugh, Ronald. An Introduction to Sociolinguistics, 3rd edition, Blackwell, 1998, p. 86.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 188 “Kod” atamasi tilshunoslikda tildagi nutq shakllari, dialektlar yoki butun til tizimlarini anglatadi. Bu tushuncha doimo ijtimoiy kontekstda o‘rganiladi. Kod — bu, shuningdek, gapiruvchining muayyan ma’lumotni yetkazish uchun ishlatadigan signali hisoblanadi. Richards, Jek va boshqalar fikriga ko‘ra, kod almashtirish (code-switching) — bu vaziyatga qarab bir til shaklidan boshqasiga o‘tish jarayonidir 2 . “Kodlarni almashtirish” atamasi ilmiy manbalarda qo’llanishidan oldin ham ikki tilli jamiyatlarda ushbu jarayon kuzatilgan. XIX va XX asrning boshlarida olimlar va antropologlar ko‘p tilli jamoalarda tillar almashinuvini qayd etganlar, bu holatlarni esa ko‘pincha “til aralashuvi” yoki “aralashuv” (interference) deb ataganlar. Biroq bu hodisalar, odatda, salbiy baholangan — tillarning buzilishi yoki bilim yetishmovchiligi sifatida tushunilgan. Dastlabki tilshunoslik tadqiqotlari yagona til me’yorlariga asoslangan edi. “Kodlarni almashtirish” atamasi birinchi marta Hans Vogt tomonidan 1954-yilda “Language Contacts” nomli maqolasida ilmiy termin sifatida ishlatilgan. Vogt uni ikki tilli shaxslarning tillarni ketm-ket qo‘llashi holatini tasvirlash uchun qo‘llagan, biroq bu izoh nazariy asosdan mukammal emas edi va ijtimoiy-lingvistik yoki funksional tahlilni o‘z ichiga olmagandi. Biroq aynan Vogt tomonidan kiritilgan atama keyinchalik mukammal nazariy modellar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. 1960–70-yillarda sotsiolingvistikaning alohida fan sifatida rivojlanishi bilan kodlarni almashtirish mavzusiga e’tibor sezilarli darajada kuchaydi. Tadqiqotlar deskriptiv yo‘nalishga burilib, ikki tillilar nega va qanday qilib turli tillarni qo‘llashlarini aniqlashga bo’lgan tadqiqotlar o’tkazildi. Kodlarni almashtirish tadqiqotlarida tub burilish 1970-yillar boshida Jan-Petter Blum va John J. Gamperz tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan bog‘liq. Ular Norvegiyaning Hemnesberget shaharchasida olib borgan etnografik tadqiqotlari asosida kodlarni almashtirishning quyidagi ikki turini ajratib ko‘rsatdilar: 1. Situatsion kodlarni almashtirish: Til tanlovi ijtimoiy vaziyatga qarab o‘zgaradi (masalan, rasmiy muhitda bir til, norasmiyda boshqasi ishlatiladi. 2. Metaforik kodlarni almashtirish: Tashqi vaziyat o‘zgarmagan bo‘lsa-da, mavzu, ohang yoki nutq doirasi o‘zgarganini bildiradi. Bu farqlash yangicha qarashlarni shakllantirdi. Kodlarni almashtirish endi tartibsiz yoki xato qo‘llanma emas, balki ikki tilli so’zlovchilar tomonidan ijtimoiy munosabatlar va nutqiy kontekstlarga moslashish uchun qo‘llaniladigan kommunikativ strategiya sifatida tushunila boshlandi. Gamperz (1982) keyinchalik kodlarni almashtirishni “kontekstualizatsiya signali” sifatida izohladi. Bu yondashuvda kodlarni almashtirish suhbat ma’nosini shakllantirishda, ayniqsa ko‘p madaniyatli va ko‘p tilli muloqotlarda, muhim vosita sifatida talqin qilinadi 3 . Uning “Discourse Strategies” (1982) asari kodlarni almashtirishni diskursiv va interaktiv jihatdan tahlil qilishga asos bo‘ldi. Kodlarni almashtirishni ijtimoiy-pragmatik tomondan tahlil qilish bilan bir qatorda, ba’zi olimlar uning grammatik va sintaktik xususiyatlariga e’tibor qaratdilar. Shana Poplak — bu boradagi eng nufuzli olimlardan biri bo‘lib, uning 1980-yilda AQShdagi ispan-ingliz tillarida so’zlashadigan ikki tilli so’zlovchilar ustida olib borgan tadqiqoti 2 Richards, Jack C., Platt, J., & Platt, H. Longman Dictionary of Applied Linguistics, Longman, 1985, p. 45. 3 Gumperz, J. J. (1982). Discourse Strategies. Cambridge: Cambridge University Press.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 189 kodlarni almashtirish tadqiqotlarida asosiy manbaga aylangan. U uch asosiy turdagi almashtirishni aniqlagan: 1. Inter-sentensial almashtirish: Gaplar orasida til almashinuvi. 2. Intra-sentensial almashtirish: Bitta gap ichida til almashinuvi. 3. Tag-almashtirish: Bitta tilga boshqa tilning kichik iborasi (masalan, “you know”, “bueno”) kiritilishi 4 . Poplak “Ekvivalentlik cheklovi” (Equivalence Constraint) tamoyilini ilgari surib, til almashtirish odatda grammatik jihatdan mos tushadigan gap qismlarida sodir bo‘lishini, ya’ni grammatik buzilishlar oldini olishini ta’kidladi. Bu yondashuv kodlarni almashtirishni til bilmaslik emas, balki til kompetensiyasi belgisi sifatida talqin qilishga olib keldi. Karol Mayers-Skotton esa 1993 va 2002-yillarda “Matrix Language Frame” (MLF) modelini taklif etdi. Bu modelga ko‘ra: Asosiy til (Matrix Language) — gapning grammatik tuzilmasini belgilaydi. Kiritilgan til (Embedded Language) — asosiy til tuzilmasiga so‘z yoki iboralar kiritadi 5 . Bu model “Tizim morfemasi tamoyili” va “Morfema tartibi tamoyili” kabi grammatik cheklovlarga asoslanadi. Mayers-Skotton tadqiqotlari kodlarni almashtirish qat’iy qoidalarga bo‘ysunishini, u tasodifiy yoki betartib jarayon emasligini isbotlab berdi. Kodlarni almashtirishning yanada murakkab shakllarini tushuntirish uchun ba’zi olimlar ko‘p qirrali tipologiyalar ishlab chiqdilar. Piter Muysken turli til juftliklaridagi kod aralashuviga asoslangan uchta asosiy strategiyani taklif etdi 6 : 1. Qo‘shish (Insertion): Bitta tilning tuzilmasiga boshqa til so‘zlari yoki iboralari kiritiladi. 2. Almashtirish (Alternation): Gap yoki bo‘lim chegarasida to‘liq til almashadi. 3. Moslashgan leksikalizatsiya (Congruent Lexicalization): Har ikkala til birgalikda bir xil grammatik struktura ichida elementlar beradi. Piter Auer esa suhbat tahliliga asoslangan interaktiv yondashuvni ilgari surdi 7 . Uning fikricha, kodlarni almashtirish grammatik qoidalar emas, balki suhbatdoshlar o‘rtasidagi muloqot dinamikasi, ijtimoiy holat, shaxsiy identifikatsiya va ma’no yaratish jarayonlari bilan belgilanadi. So‘nggi yillarda kodlarni almashtirish tadqiqotlariga tanqidiy yondashuv kuchaydi. Ofelia Gartsía va boshqa olimlar “translingvizm” (til faoliyatining uzviyligi) konsepsiyasini ilgari surib, an’anaviy “ikkita alohida kod” tushunchasini rad etdilar. Translingvizmda ikki tilli shaxslar bitta yaxlit til resursi asosida muloqot qiladilar. Bu yondashuv tilga asoslangan paradigmadan amaliyotga asoslangan paradigmaga o‘tishni bildiradi — ya’ni til chegaralari ko’rinmaydi va ularni ijtimoiy holatlar belgilaydi. Ayrim olimlar bu modelda alohida tillarning grammatik yaxlitligini e’tibordan chetda qolishini tanqid qilgan bo‘lsada, bu konsepsiya ko‘p tilli ta’lim, diskurs tahlili va tanqidiy amaliy tilshunoslikda keng qo‘llanilmoqda. 4 Poplack, S. (1980). Sometimes I'll start a sentence in Spanish y termino en español: Toward a typology of codeswitching. Linguistics, 18(7–8), 581–618. https://doi.org/10.1515/ling.1980.18.7-8.581 5 Myers-Scotton, C. (1993). Social Motivations for Codeswitching: Evidence from Africa. Oxford: Clarendon Press. 6 Muysken, P. (2000). Bilingual Speech: A Typology of Code-Mixing. Cambridge: Cambridge University Press. 7 Auer, P. (1998). Code-Switching in Conversation: Language, Interaction and Identity. London: Routledge.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 190 Bundan tashqari, raqamli muloqot ham kodlarni almashtirishning yangi shakllarini yuzaga keltirdi. Masalan, Androutsopoulos tadqiqotlarida ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar tillarni, yozuv tizimlarini va multimodal belgilarni birgalikda qo‘llab, global raqamli makonlarda harakat qilishlari ko‘rsatib berilgan. O‘zbekiston ijtimoiy va madaniy jihatdan ko‘p tillilikka ega mamlakatlardan biri bo‘lib, bu holat tilshunoslik sohasida kod almashtirish fenomenining o‘rganilishi uchun muhim zamin yaratadi. So‘nggi yillarda bu mavzuga qiziqish ortib, qator xalqaro va mahalliy olimlar tomonidan amaliy va nazariy tadqiqotlar olib borilmoqda. 2024-yilda Mizuki Sakurama Nakamura tomonidan Toshkent shahrida olib borilgan tadqiqot kod almashish jarayonini Gamperz, Mayers-Skotton va Auer (kabi nazariy modellarga asoslangan holda o‘rganadi. Tadqiqotda 140 dan ortiq nutq bo’laklari tahlil qilingan bo‘lib, bu parchalar kundalik, akademik va kasbiy muloqotlardan olingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, intrasentensial kod almashtirish eng ko‘p uchraydigan shakl bo‘lib, umumiy hollarning 58 foizini tashkil etadi. Tadqiqot shuningdek, mavzu, suhbat konteksti va ishtirokchilarning yoshi va ijtimoiy mavqei kod tanloviga kuchli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi 8 . Masalan, rus tili ko‘proq texnik va professional sohalarda qo‘llaniladi, holbuki norasmiy suhbatlarda o‘zbek va aralash kodlar ustuvor bo‘ladi. Nakamura bu holatni "post-sovet til gibridligi" va "triglossiya" deb ataydi, ya’ni o‘zbek, rus va ularning aralashmasi bo‘lgan uch tilli holat bir vaqtning o‘zida mavjud. Sadjid Valiya Valappil “A Study of the Predictors of Code-Switching Behaviour Among Young Bilinguals in Uzbekistan” maqolasida Gen Z yoshlari orasidagi kod almashishni o‘rganishga qaratgan. Muallif zamonaviy psixolinguistika, sotsiollingvistika va til o‘rganish konsepsiyalaridan ilhom olib, kod almashtirishni nafaqat lingvistik, balki ijtimoiy va kognitiv omillar doirasida tahlil qiladi 9 . Bu tadqiqot O‘zbekistonda kod almashishni zamonaviy Gen Z kontekstida, empirik va kompleks yondashuv orqali o‘rgangan birinchi izchil ish bo‘lib, unga ko‘ra Gen Z’ning har kuni kod almashtirish amaliyotlarini tahlil qilish orqali bu hodisaning jamiyat psixo-sotsiologik ta’siri aniqlangan. Umuman olganda, O‘zbekistonda kod almashishga oid tadqiqotlar tobora kengayib, nazariy, amaliy va metodologik yondashuvlarning uyg‘unlashuvi kuzatilmoqda. Bu tadqiqotlar kod almashishning til siyosati, ta’lim, ijtimoiy maqom, kommunikatsiya strategiyalari va til o‘rganishdagi o‘rnini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Shu bilan birga, istiqbolda hududlararo taqqoslov tadqiqotlari, nutq korpuslari asosida tahlillar va kognitiv aspektlarni yoritishga qaratilgan izlanishlar kod almashtirishning o‘zbek til muhitidagi ijtimoiy va funksional o‘rnini yanada aniqlash imkonini beradi. So‘nggi yillarda kod almashtirish masalasiga oid bir qator qiziqarli tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston til muhitida aynan sotsiolingvistik aspektlarga e’tibor yetarli emasligi seziladi. Jumladan, mavjud adabiyotlarda kod almashishning kommunikativ, ijtimoiy identitet, til siyosati va mavqe bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlari yuzaki yoritilgan yoki umuman tilga olinmagan. Shu bilan birga, Gamperz, Mayers-Skotton va Auer kabi olimlarning asosiy yondashuvlari O‘zbekistonda ko‘p hollarda yuzaki qo‘llaniladi yoki empirik asosdan mahrum bo‘ladi. 8 Nakamura, M. S. (2024). Multilingual Discourse Practices in Urban Uzbekistan: Code-Switching and Language Choice in Everyday Communication. Toshkent. 9 Valappil, Sajid Valiya. (2025). A Study of the Predictors of Code-Switching Behaviour Among Young Bilinguals in Uzbekistan. Crdeep Journals
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 191 Ayniqsa, mintaqaviy taqqoslovlar, yosh va jins omili, ijtimoiy qatlamlar, zamonaviy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda kod almashtirishning qanday kechayotgani hali keng qamrovli o‘rganilmagan. Bu esa O‘zbekistondagi ko‘p tillilik va tillarning o‘zaro ta’sirini chuqur anglashga to‘sqinlik qiladi. Ko‘plab tadqiqotlar til o‘rganish yoki ta’lim kontekstida cheklangan bo‘lib, kod almashtirishning ijtimoiy tafovutlarni ifodalash vositasi sifatidagi roli chetda qolgan. Shu sababli, bu sohaga oid kelajakdagi izlanishlar quyidagi yo‘nalishlarga qaratilishi kerak: birinchidan, ijtimoiy-guruhiy tafovutlar va kod tanlovi o‘rtasidagi bog‘liqlikni empirik asosda o‘rganish; ikkinchidan, ijtimoiy media va raqamli kommunikatsiyadagi kod almashtirish shakllarini aniqlash; uchinchidan, gender, yosh va kasbiy farqlar nuqtai nazaridan kod tanlovining motivatsiyasini tushuntirish. Bunday izlanishlar O‘zbekistonda kod almashtirish fenomenining ijtimoiy va madaniy ildizlarini chuqurroq yoritish imkonini beradi. XX asr o‘rtalaridagi deskriptiv tahlildan tortib, XXI asrning murakkab nazariy modellarigacha bo‘lgan yo‘l — kodlar almashinuvi jarayonining mazmunini tubdan o‘zgartirdi. Strukturaviy va grammatik modellar til almashinuvi ma’lum qoidalar asosida amalga oshishini ko‘rsatgan bo‘lsa, sotsiolingvistik va pragmatik yondashuvlar uning ijtimoiy maqom, diskurs boshqaruvi va ijtimoiy rol yaratishdagi ahamiyatini ochib berdi. Zamonaviy translanguaging konsepsiyasi esa til chegaralarini qayta ko‘rib chiqishga undamoqda. Kodlarni almashtirish atamasining tarixiy rivojlanishini o’rganish bilingvistik nutq tadqiqotlari uchun zarurdir. Bu bilim orqali tadqiqotchilar turli yondashuvlar va ularning nazariy asoslarini tan olishlari, shuningdek, terminologik aniqlik asosida yangi izlanishlar olib borishlari mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Androutsopoulos, J. (2015). Networked Multilingualism: Practices of Language Mixing in Digital Communication. Journal of Sociolinguistics, 19(2), 1–25. 2. Auer, P. (1998). Code-Switching in Conversation: Language, Interaction and Identity. London: Routledge. 3. Blom, J.-P., & Gumperz, J. J. (1972). Social Meaning in Linguistic Structure: CodeSwitching in Norway. In J. Gumperz & D. Hymes (Eds.), Directions in Sociolinguistics. 4. García, O., & Li Wei. (2014). Translanguaging: Language, Bilingualism and Education. London: Palgrave Macmillan. 5. Gumperz, J. J. (1972). Directions in Sociolinguistics. New York: Holt, Rinehart and Winston. 6. Gumperz, J. J. (1982). Discourse Strategies. Cambridge: Cambridge University Press. 7. Muysken, P. (2000). Bilingual Speech: A Typology of Code-Mixing. Cambridge: Cambridge University Press. 8. Myers-Scotton, C. (1993). Social Motivations for Codeswitching: Evidence from Africa. Oxford: Clarendon Press. 9. Myers-Scotton, C. (2002). Contact Linguistics: Bilingual Encounters and Grammatical Outcomes. Oxford: Oxford University Press. 10. Nakamura, M. S. (2024). Code-Switching Practices in Urban Uzbekistan: A Sociolinguistic Analysis. Unpublished manuscript, Tashkent. 11. Poplack, S. (1980). Sometimes I’ll Start a Sentence in Spanish y Termino en Español: Toward a Typology of Code-switching. Linguistics, 18, 581–618.