scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI".

Sobirova Dilnavoz

Abstract

Ushbu maqola Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi, milliy qadriyatlarimiz, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o‘tish yo‘llari, erkin va farovon hayot garovi hamda konstitutsiyamizning bosh yo‘nalishi - insonni va uning hayotini ulug‘lash ekanligini, inson va uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati hamda boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini yoritishga bag‘ishlanadi.

Full text

Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 64 Annotatsiya. Ushbu maqola Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi, milliy qadriyatlarimiz, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o‘tish yo‘llari, erkin va farovon hayot garovi hamda konstitutsiyamizning bosh yo‘nalishi - insonni va uning hayotini ulug‘lash ekanligini, inson va uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati hamda boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini yoritishga bag‘ishlanadi. Kalit so‘zlar: Demokratiya, konstitutsiya, qadr-qimmat, erkinlik, huquq, burch, qonun, jamiyat, inson, mustaqillik. Abstract. This article is devoted to the adoption of the Constitution of Independent Uzbekistan, our national values, a just civil society, the establishment of a democratic legal state, the ways of transition to market relations, the guarantee of a free and prosperous life, ensuring the well-being of our people in our country. The main direction of our Constitution is the glorification of man and his life, the recognition of man and his life, freedom, honor, dignity and other inviolable rights as the highest value. Keywords: Democracy, constitution, dignity, freedom, right, duty, law, society, people, independence. Абстрактный. В данной статье речь идет о принятии Конституции Независимого Узбекистана, наших национальных ценностях, справедливом гражданском обществе, построении демократического правового государства, путях перехода к рыночным отношениям, обеспечении нашей свободной и “KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI”. Qo‘qon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Amaliy psixologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Sobirova Dilnavoz [email protected] +998 906992398 Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 65 благополучной жизни, а также об основных направлениях. нашей страны. Конституция - уважение к человеку и его жизни посвящена разъяснению того, что человек и его жизнь, свобода, честь, достоинство и другие неприкосновенные права считаются высшей ценностью. Ключевые слова: Демократия, конституция, достоинство, свобода, право, обязанность, закон, общество, личность, независимость. KIRISH. Konstitutsiya – bu davlatning asosiy qonuni, uning tuzilishi va faoliyatini belgilovchi asosiy hujjatdir. Bunda davlat tuzumining asoslarini, davlat organlarining tuzilishi va faoliyatini, inson huquqlarini himoya qilish prinsiplarini, milliy birligini, davlatning boshqarilishi va fuqarolarning huquqlarini aniqlaydi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun asos sifatida xizmat qilishi barchamizga ma‘lum. Shu kunga qadar qabul qilingan qonunlar, qonunosti hujjatlari Konstitutsiyamiz ilg‘or qoidalarining ifodasidir.[ 1 ] Konstitutsiyaning muqaddimasida O‘zbekiston xalqi: inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanavor e‘lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda tarixiy, milliy qadriyatlarimizga tayanib, shuningdek xalqaro huquq sohasidagi umume’tirof etilgan prinsiplar asosida insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish maqsadida ushbu Konstitutsiyani qabul qilganligi e’tirof etilgan. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli vujudga kelgan Qomusimiz bizga tilimizni, dinimizni, tariximizni, ma‘naviyatimizni, insoniy huquqlarimizni qaytarib berdi va ularni o‘zining hayotbaxsh normalarida mustahkamlab qo‘ydi. Shu bilan birga u siyosiy qadriyatlarimizni-davlat hokimiyatini boshqarishdagi xalqning ishtirokini ta ‘minlab berdi.[ 2 ] Asosiy qism. Xalq – davlat hokimiyatining birdan-bir manbai. 1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul 1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O ‘zbekiston, 2020. 2 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O ‘zbekiston, 2023 Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 66 qilingan. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-dekabr umumxalq bayrami – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilindi. „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib, loyihani tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddama-modda muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan kuchga kirdi. “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi”. Ushbu haqqoniy e’tirof O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 16-noyabrda imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishda alohida ta’kidlandi. Bunga 30-aprel kuni boʻlib oʻtgan referendum natijasiga koʻra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos boʻldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilingan. Yangi konstitutsiya 65 foizga yangilangan. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 67 Eski konstitutsiya muqaddima 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, yangi tahrirda esa muqaddima, 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat. Yangi tahrirga ko‘ra: 1-boʻlim (I-IV bob, 1-4-moddalar) „Asosiy prinsiplar“ deb nomlangan. 2-boʻlim (V-XI bob, 19-64-moddalar) „Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari“ deb ataladi. 3-boʻlim (XII-XV bob, 65-82-moddalar) „Jamiyat va shaxs“ deb ataladi. 4-boʻlim (XVI-XVII bob, 83-90-moddalar) „Maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishi“ deb nomlangan. 5-boʻlim (XVIII-XXVII bob, 91-153-moddalar) „Davlat hokimiyatining tashkil etilishi“ deb nomlangan. 6-boʻlim (154-155-moddalar) „Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibi“ deb ataladi. Shunga muvofiq, o‘zgartirishlar kititilgan moddalarga misol sifatida quyidalarni olishimiz mumkin: Konstitutsiyaning 1-moddasidagi “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasi quyidagicha o‘zgartirilmoqda: O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Boshqaruvning respublika shakli – davlat hokimiyatining oliy organlari xalq tomonidan muayyan muddatga saylanishini anglatadi. (Konstitutsiya normalariga rasmiy sharhlar hozircha yo‘q, shu sababli undagi norma va tushunchalarga tahririyat umumqabul qilingan doirada, mustaqil izoh berib o‘tmoqda). Suveren davlat – o‘z hududida to‘la-to‘kis mustaqil hukmronlik va mutlaq yurisdiksiyaga ega bo‘lish demakdir. Demokratiya esa xalq hokimiyatini ifoda etib, davlat boshqaruvida saylanish va o‘z vakillarini saylash orqali barchaning teng huquqli ishtiroki ta’minlanishini ko‘zda tutadi. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 68 Huquqiy davlatda barcha jarayonlar qonuniy asoslar ustiga quriladi, davlat xizmatchilaridan huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy ko‘z bilan qarash talab etiladi. Qolaversa, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida teng bo‘ladi, davlat hokimiyatining oliy organlari ham qonunlarga bo‘ysunadi va qonunlarning muqarrar ijrosini ta’minlaydi. O‘zbekiston o‘zini ijtimoiy davlat deb e’lon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu – mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham sifatli ta’lim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan va qo‘llovga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatadi. Oddiyroq aytganda, eng kambag‘al oilaning bolalarida ham sog‘-salomat o‘sib-ulg‘ayib, yaxshi ta’lim olib, farovonlikka erishish imkoniyati bo‘lishi kerak. Dunyoviy davlatda davlat va din bir-biridan ajratilgan bo‘ladi. Davlat diniy e’tiqodidan qat’i nazar barchaga bir xil munosabatda bo‘ladi, dinga oid masalalarda neytral pozitsiyani egallaydi. Yangi konstitutsiyaning 154-moddasi bilan, 1-moddadagi qoidalarni qayta ko‘rib chiqish mumkin emas, deb belgilandi. Xuddi shuningdek, 154-moddaning o‘zidagi aynan shu qoidadan iborat band ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Boshqacha aytganda, bu norma – O‘zbekiston hech qachon demokratiyadan voz kechmasligi, huquqiy davlatchilikka sodiqligi, monarxiyaga yoki islomiy respublikaga aylanmasligini nazarda tutadi. O‘qituvchilar alohida e’tirofda, Konstitutsiyaga o‘qituvchilar haqida modda qo‘shildi. U ikki banddan iborat: O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 69 etiladi. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi. Avvalgi konstitutsiyaning “Ommaviy axborot vositalari” nomli bobi bitta moddadan iborat edi. Unda shunday deyilgandi: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi”. Yangi konstitutsiyaga ko‘ra, bu bob ikkita moddadan iborat bo‘ldi: Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Asosiy yangilik – OAV faoliyatiga to‘sqinlik uchun javobgarlik konstitutsiya darajasida belgilandi. MJtK va Jinoyat kodekslariga tegishli javobgarlik kiritilishi haqida 4-5 yildan beri gapirib kelinadi, lekin ularning barchasi og‘izda va qog‘ozda qolib ketmoqda. Endilikda, referendumda qabul qilingan qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qonunchilikni yangi konstitutsiyaga moslashtirish dasturini 2 oy muddat ichida ishlab chiqib, parlamentga kiritishi kerak. Bu bilan konstitutsiyaning amalda ishlamay kelgan normalaridan biri real voqelikka moslashtirilmoqda. Amaliyot shundayki, turli jabhalardagi imtiyoz va preferensiyalar nafaqat qonunlar asosida, balki ko‘p holatlarda qonunosti hujjatlar – qaror va farmonlar asosida berib kelinyapti. Xulosa. Keyingi 6 yil ichida jamiyatimiz hayotida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga ochildi, jahon hamjamiyati esa o‘zi uchun O‘zbekistonni kashf etmoqda. Mamlakat rahbariyati belgilagan surʼatlar hayratlanarli. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 70 Jamiyatimizning barcha jabhalarida iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy va madaniy hayotida tub islohotlar boshlanib ketdi.[ 3 ] Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda har bir modda barchaga tushunarli, aniq va lo‘nda bayon etilgani va sinchiklab ishlab chiqilganini ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘zgarish va qo‘shimchalar O‘zbekistonni yanada barqaror rivojlantirish, turli tahdidlarga qarshi tura oladigan salohiyatini mustahkamlashga qaratilgandir. Xalq va davlat hokimiyati organlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yilgani natijasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga munosabat tubdan o‘zgardi. Oshkoralik siyosati davlat organlarining jamoatchilik fikriga zudlik bilan munosabatda bo‘lib, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tezkorlik bilan hal etishiga olib keldi. Zamonaviy O‘zbekiston tarixida ilk marotaba xalqning o‘zi konstitutsiyaviy islohotlarda faol ishtirok etayotgan katta ahamiyatga ega. Bu esa ochiq va demokratik mamlakat taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi. [ 4 ]Eʼlon qilingan konstitutsiyaviy islohot boshlanganidan buyon 220 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan, lekin eng muhimi, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ana shu takliflar asosida shakllantirilgani, bularning barchasi Yangi Konstitutsiya tom maʼnoda Xalq Konstitutsiyasiga aylanib bormoqda. Yangilangan Konstitutsiya “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga asoslanadi, chunki unda barcha toifalar — yoshlar, ayollar, nogironlar, o‘qituvchilar va hatto jinoyatchilar (adashgan fuqarolar)ning huquq va manfaatlari o‘z ifodasini topgani bilan amaliy ahamiyatga ega. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta‘minlash, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin3 „Yangi konstitutsiya. 10 ta asosiy o‘zgarish“. Kun.uz. 1-oktabr 2023-yil. 4 Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta ‘minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.- T.:O‘zbekiston, 2017. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 71 qizlarning ijtimoiy-siesiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish kabi vazifalarni bajara borib, insonni farovon yashashini ta’minlash, uni ijtimoiy muhofaza qilish, bir so‘z bilan aytganda “Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosida “Inson-jamiyat-davlat” degan yangi tamoyilni hayotga keng tadbiq qilishdan iborat.[ 5 ] Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati nihoyatda kattadir. Rivojlangan demokratik davlatlarda hech bir fuqaro, hech bir shaxs o‘z ijtimoiy shaxsiy hayotini, o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiyasiz tasavvur eta olmaydi. Barchamiz kundalik hayotimizda Konstitutsiya belgilab bergan normalarga tez-tez murojaat qilib turamiz. Chunki, aynan Qomusimizdagina insonnig haq-huquqlarini himoya qilish ishonchli ravishda kafolatlangan. Shuning uchun Konstitutsiya qoidalarini puxta o‘rganish, uni bilish va hurmat qilish zarur. Yangi O‘zbekistonda erkin va mustaqil fikrlaydigan, uning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etadigan, o‘z so‘zini aytishga qodir yoshlarimiz uchun ham bu Qomus kundalik hayotlarida asosiy dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi desam yanglishmagan bo‘laman. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2023 3. “Yangi konstitutsiya. 10 ta asosiy o‘zgarish”. Kun.uz. 1-oktabr 2023-yil. 4. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta ‘minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-T.:O‘zbekiston, 2017. 5. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O‘zbekiston, 2017. 5 Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O ‘zbekiston, 2017.