Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 206 ZAMONAVIY INGLIZ TILI FRAZEOLOGIZMLARINING USLUBIY QATLAMLARI: ADABIYOT, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA OG‘ZAKI NUTQ MISOLIDA 1Muydinova Malika, 1Holiqova Sevinch, 1Ibotova Nilufar, 1Soliboyeva Sitorabonu, 2Yu.K. Xonto‘rayeva Navoiy davlat universiteti, Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) yo‘nalishi bakalavr bosqichi 4-kurs talabalari, 2Navoiy davlat universiteti, Tillar Fakulteti, Ingliz tilshunosligi kafedrasi assistent o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17802397 Annotatsiya. Mazkur maqola zamonaviy ingliz tilidagi frazeologik birliklarning uslubiy qatlamlari – adabiyot, ommaviy axborot vositalari va og‘zaki nutq – misolida o‘rganishga bag‘ishlanadi. Unda frazeologizmlarning milliy va madaniy jihatdan shakllanishi, ularning tilning turli qatlamlarida – estetik, informatsion va emotsional – qanday ifodalanishi yoritiladi. Maqolada frazeologik birliklar xalqning tarixiy tajribasi, urf-odatlari va dunyoni idrok etish uslubini aks ettiruvchi barqaror birliklar sifatida tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi ko‘plab iboralar bevosita tarjima qilinmaydi, ularni to‘g‘ri tushunish uchun kontekst muhim ahamiyatga ega ekani ko‘rsatiladi. Shuningdek, frazeologiyaning shakllanishi geografik muhit, diniy e’tiqodlar, ijtimoiy hayot va tarixiy omillar bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: frazeologiya, milliy xususiyat, madaniy xususiyat, til va madaniyat, frazeologik birlik, kontekstual tahlil, tilning milliy manzarasi. Annotation. This article is devoted to the study of stylistic layers of modern English phraseological units, exemplified in literature, mass media, and oral speech. It highlights the national and cultural formation of phraseological units and their expression across different layers of language – aesthetic, informational, and emotional. The article analyzes phraseological units as stable expressions reflecting the historical experience, customs, and worldview of a people. Many expressions in English and Uzbek cannot be translated literally; understanding them correctly requires attention to context. Furthermore, the formation of phraseology is closely linked with geographical environment, religious beliefs, social life, and historical factors. Keywords: phraseology, national characteristics, cultural features, language and culture, phraseological unit, contextual analysis, national view of language. Аннотация. Статья посвящена изучению стилистических слоёв современных английских фразеологических единиц на примере литературы, средств массовой информации и устной речи. В ней освещается национальное и культурное формирование фразеологических единиц и их проявление в разных слоях языка – эстетическом, информационном и эмоциональном. Фразеологические единицы анализируются как устойчивые выражения, отражающие исторический опыт, обычаи и мировоззрение народа. Многие выражения в английском и узбекском языках не могут быть переведены дословно; для их правильного понимания важен контекст. Кроме того, формирование фразеологии тесно связано с географической средой, религиозными убеждениями, социальной жизнью и историческими факторами.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 207 Ключевые слова: фразеология, национальные особенности, культурные особенности, язык и культура, фразеологическая единица, контекстуальный анализ, национальная картина языка. KIRISH Frazeologizmlar – bu tilning eng boy va rang-barang birliklaridan biri bo‘lib, ularning asosiy xususiyati so‘zlarning alohida ma’nolaridan farq qiluvchi barqaror ifodalar shaklida mavjud bo‘lishidir. Ingliz tilida frazeologizmlar nafaqat nutqni boyitadi, balki ularning madaniy va milliy o‘ziga xosligini ham aks ettiradi. Zamonaviy tilshunoslikda frazeologik birliklarni o‘rganish nutqning estetik, emotsional va informatsion jihatlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Frazeologizmlar adabiy matnlarda obrazlilik va metaforik ifodaning vositasi sifatida ishlatiladi. Shu bilan birga, ular ommaviy axborot vositalarida qisqa, aniq va ta’sirli tarzda ma’lumot yetkazish vositasi sifatida keng qo‘llanadi. Kundalik og‘zaki nutqda esa frazeologik birliklar suhbatni jonli, tabiiy va tushunarli qiluvchi element hisoblanadi. Shu bois, frazeologizmlarni o‘rganish tilning turli qatlamlaridagi uslubiy farqlarni aniqlash va nutq madaniyatini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Zamonaviy ingliz tilida frazeologizmlarning o‘rni juda muhimdir, chunki ular nafaqat so‘z boyligini oshiradi, balki xalqning tarixiy tajribasi, urf-odatlari va dunyoqarashini aks ettiradi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning ko‘pchiligi bevosita tarjima qilinmaydi, shuning uchun ularni to‘g‘ri tushunish uchun kontekst va madaniy fon muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, frazeologiyaning shakllanishi geografik, ijtimoiy, diniy va tarixiy omillar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular xalqning milliy va madaniy xususiyatlarini ifodalashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Mazkur maqola frazeologik birliklarning uslubiy qatlamlarini – adabiyot, ommaviy axborot vositalari va og‘zaki nutq – misolida tahlil qilishga qaratilgan. Maqola maqsadi – frazeologizmlarning turli uslubiy qatlamlardagi o‘rni, ularning milliy va madaniy xususiyatlari hamda kontekstual ishlatilishini ko‘rsatishdir. Adabiy nutqda frazeologizmlar Adabiy matnlarda frazeologizmlar obrazlilik va emotsional ifodaning eng muhim vositasi hisoblanadi. Ular yozuvchining o‘ziga xos uslubini yaratadi va o‘quvchiga matn mazmunini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Adabiy frazeologik birliklar ko‘pincha metaforik bo‘lib, matnga ritm, ohang va emotsional ton beradi. 1 Ingliz adabiyotida keng ishlatiladigan frazeologik birliklardan biri “Break the ice” bo‘lib, bu odamlar o‘rtasida iliqlik va qulay muhit yaratish ma’nosini bildiradi. Adabiy matnda bu ifoda yangi voqealarni boshlash yoki qahramonlar o‘rtasida dialogni rivojlantirish vositasi sifatida ishlatiladi. “He tried to break the ice with a joke, and the room soon filled with laughter.” Yana bir mashhur frazeologizm – “Bite the bullet”, ya’ni qiyin yoki noqulay vaziyatni qabul qilish ma’nosida ishlatiladi. Bu ifoda adabiy matnlarda qahramonning ichki kurashini yoki murakkab vaziyatga mardona qarashini aks ettirishda ishlatiladi. “She decided to bite the bullet and confront her fears head-on.” 2 1 Ubaydullayeva, M. O. (2020). “Ingliz tilida frazeologik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari.” Journal of New Century Innovations, 6(4), 22-36b. 2 Fernando, C. (1996). Idioms and Idiomaticity. Oxford: Oxford University Press, 30-31b.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 208 Frazeologizmlar adabiy matnda quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: 1. Obrazlilik – matnga metaforik va tasviriy rang beradi. 2. Emotsional ta’sir – o‘quvchida hissiy rezonans uyg‘otadi. 3. Syujetni rivojlantirish – voqealarni tabiiy va jonli tarzda bog‘laydi. 4. Madaniy kontekst – xalqning tarixiy tajribasi, urf-odatlari va dunyoqarashini aks ettiradi. Adabiy frazeologizmlar tarjimada ham muhimdir, chunki ingliz tilidagi ko‘plab iboralar bevosita o‘zbek tiliga tarjima qilinmayd. Shu sababli, ularni to‘g‘ri tushunish uchun kontekst va madaniy fonni hisobga olish zarur. Ommaviy axborot va adabiyotda frazeologizmlar Frazeologik birliklar adabiyot va ommaviy axborot vositalarida tilning eng muhim vositasi sifatida ishlatiladi. Ular matnga ritm va ohang beradi, voqealarni jonlantiradi va o‘quvchi yoki tinglovchida kuchli emotsional taassurot uyg‘otadi. Adabiyotda frazeologizmlar qahramonlarning ichki holatini, ularning his-tuyg‘ularini va ijtimoiy munosabatlarini aks ettirishda ishlatiladi. 3 Masalan, ingliz adabiyotida keng qo‘llaniladigan frazeologik birliklardan biri “Heart of the matter”, bu asosiy masalani anglash yoki muammoning markaziy qismini tushunish ma’nosini bildiradi. Shu bilan birga, “Have a head for business” kabi frazeologizm qahramonning xarakteri yoki iqtidorini ifodalash vositasi sifatida ishlatiladi. Bu frazeologizmlar adabiyotda voqealarni yanada jonli, obrazli va tushunarli qiladi. Ommaviy axborot vositalarida frazeologik birliklar qisqa, ta’sirchan ifoda yaratish va tinglovchining e’tiborini jalb qilish maqsadida keng ishlatiladi. 4 Masalan, gazetalar va internet nashrlarda ishlatiladigan frazeologizm “Break the news” – yangilikni e’lon qilish yoki muhim voqeani taqdim etish ma’nosini bildiradi. Shu kabi frazeologizmlar auditoriya bilan tezkor va ta’sirli muloqot o‘rnatishga yordam beradi. 5 Frazeologik birliklar turlicha semantik va pragmatik funksiyalarga ega bo‘lishi mumkin. Ular: Obrazlilik funksiyasi – matnni yanada tasviriy va jonli qiladi. Emotsional funksiyasi – o‘quvchi yoki tinglovchida hissiy rezonans uyg‘otadi. Syujetni rivojlantirish funksiyasi – voqealarni tabiiy va jonli tarzda bog‘laydi. Madaniy-kontekstual funksiyasi – frazeologik birliklar til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. Frazeologizmlarning shakli va tarkibi ham matndagi stilistik vazifani mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, somatik frazeologizmlar – tananing a’zolari bilan bog‘liq iboralar, masalan, “Get cold feet” (qo‘rquv yoki ikkilanayotgan holat), “Keep your chin up” (mardona turish) – adabiyot va OAVda keng ishlatiladi. 6 Ular qahramonlar hissiyotini, ruhiy holatini va syujet rivojini tasvirlashda samarali vosita hisoblanadi. 3 Alimova, Z., Mirzayeva, D., & Xaitova, M. (2019). “Ingliz tilida somatik frazeologik birliklar.” Best Publication Journal, 5(2), 12-25b. 4 Sadikova, S. M. (2019). “Frazeologik birliklarning ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimasida madaniy-hissiy ekvivalentlik.” 3(3), 55-67b. 5 Kendjayeva, G., & Zikriyoyeva, L. (2020). “Ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari.” NRJ, 34-48b. 6 Alimova, Z., Mirzayeva, D., & Xaitova, M. (2019). “Ingliz tilida somatik frazeologik birliklar.” Best Publication Journal, 5(2), 12-25b.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 209 Og‘zaki nutqda frazeologizmlar ijtimoiy muloqot va madaniy kodlarni uzatishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, kundalik suhbatlarda ishlatiladigan “Piece of cake” (oson ish) yoki “Hit the nail on the head” (to‘g‘ri aytmoq) kabi birliklar nutqni tabiiy, jonli va emotsional qiladi. Shu tarzda frazeologizmlar nafaqat yozma, balki og‘zaki nutqda ham lingvokulturologik vazifani bajaradi. Umuman olganda, frazeologik birliklar adabiyot, OAV va og‘zaki nutqda quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Matnga obrazlilik va tasviriy rang beradi. 2. Syujet va voqealarni jonlantiradi. 3. Tinglovchi yoki o‘quvchida emotsional ta’sir uyg‘otadi. 4. Madaniy kontekstni aks ettiradi va tilning milliy manzarasini namoyon qiladi. 5. Og‘zaki nutqda muloqotni tabiiy va jonli qiladi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, ingliz tilidagi frazeologik birliklar adabiy nutqning tarkibiy va mazmuniy boyligini ta’minlovchi muhim vosita bo‘lib, ular matnning obrazliligi, ekspressivligi va stilistik rang-barangligini oshiradi. Frazeologizmlar nafaqat tilning leksik qatlamidagi murakkab birliklar, balki xalqning madaniy tajribasi, mentaliteti va tarixiy xotirasini o‘zida mujassam etgan milliy-madaniy ko‘rsatkichlar sifatida maydonga chiqadi. Tilshunoslar tomonidan qayd etilishicha, frazeologik iboralar lug‘aviy barqarorlik, ma’no yaxlitligi va ko‘chma ma’no xususiyatlariga ega bo‘lib, ularning har birini to‘g‘ri talqin qilish matnni chuqur anglash uchun alohida yondashuvni talab etadi. Frazeologizmlar matnda bevosita informatsion vazifa bilan birga, estetik va emotsional yuklamani ham bajaradi, shu bois ular badiiy asarlarda, publitsistik matnlarda va kundalik og‘zaki nutqda mazmunning ta’sirchanligini oshirishda keng qo‘llaniladi. Tadqiqotchilar Cowie, Mackin, McCaig va Gathercole frazeologik birliklarni tilning semantik jihatdan eng murakkab, kontekstga sezgir va funksional jihatdan nihoyatda barqaror bo‘lgan birliklari sifatida talqin etar ekan, ularning adabiy nutqdagi o‘rni yanada aniq namoyon bo‘ladi 7 . Shu nuqtai nazardan, ingliz frazeologizmlarini o‘rganish nafaqat lingvistik bilimni boyitadi, balki madaniy konseptlarni, milliy qadriyatlarni ham chuqurroq anglash imkonini beradi. Bu esa badiiy matnni tahlil qilishda, tarjima jarayonida va til o‘rgatish metodikasida frazeologik birliklarning ahamiyati beqiyos ekanini ko‘rsatadi. FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR 1. Alimova, Z., Mirzayeva, D., & Xaitova, M. (2019). “Ingliz tilida somatik frazeologik birliklar.” Best Publication Journal. 2. Cowie, A. P., Mackin, R., McCaig, I., & Gathercole, P. (1983). Oxford Dictionary of English Idioms. Oxford: Oxford University Press. 3. Fernando, C. (1996). Idioms and Idiomaticity. Oxford: Oxford University Press. 4. Kendjayeva, G., & Zikriyoyeva, L. (2020). “Ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari.” NRJ. 5. Sadikova, S. M. (2019). “Frazeologik birliklarning ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimasida madaniy-hissiy ekvivalentlik.” 7 Cowie, A. P., Mackin, R., McCaig, I., & Gathercole, P. (1983). Oxford Dictionary of English Idioms. Oxford: Oxford University Press, 12-15b.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 210 6. Ubaydullayeva, M. O. (2020). “Ingliz tilida frazeologik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari.” Journal of New Century Innovations.