scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AUTOPLAY DASTURI YORDAMIDA O'QUV QO'LLANMA YARATISH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH

Xoldorova Muruvvatxon Jasurbek qizi; Qurbonov Pahlavon Sirojiddin o'g'li

Abstract

Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada AUTOPLAY dasturi yordamida interaktiv elektron o‘quv materiallarini yaratishning nazariy asoslari va amaliy ko‘nikmalari yoritilgan. Qo‘llanmada dastur interfeysi, multimediya elementlarini integratsiya qilish, sahifalar o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish yaratish, testlar va ta’limiy topshiriqlarni joylashtirish kabi jarayonlar bosqichma-bosqich ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, AUTOPLAY orqali yaratilgan elektron resurslardan ta’lim jarayonida samarali foydalanishning metodik yondashuvlari ham tahlil qilinadi. Qo‘llanma o‘qituvchilar, talabalari, pedagogika yo‘nalishi tadqiqotchilari hamda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashga qiziqqan barcha foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 46 AUTOPLAY DASTURI YORDAMIDA O‘QUV QO‘LLANMA YARATISH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH Xoldorova Muruvvatxon Jasurbek qizi FJSTI Pediatriya yo‘nalishi 51.24-guruh talabasi. Qurbonov Pahlavon Sirojiddin o‘g‘li FJSTI “Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17802417 Annotatsiya. Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada AUTOPLAY dasturi yordamida interaktiv elektron o‘quv materiallarini yaratishning nazariy asoslari va amaliy ko‘nikmalari yoritilgan. Qo‘llanmada dastur interfeysi, multimediya elementlarini integratsiya qilish, sahifalar o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish yaratish, testlar va ta’limiy topshiriqlarni joylashtirish kabi jarayonlar bosqichma-bosqich ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, AUTOPLAY orqali yaratilgan elektron resurslardan ta’lim jarayonida samarali foydalanishning metodik yondashuvlari ham tahlil qilinadi. Qo‘llanma o‘qituvchilar, talabalari, pedagogika yo‘nalishi tadqiqotchilari hamda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashga qiziqqan barcha foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Kalit so‘zlar: AutoPlay dasturi,interaktiv o’quv qo‘llanma,interfeys dizayni,electron darslik. Annotation. This educational and methodological guide presents the theoretical foundations and practical skills for creating interactive electronic learning materials using the AUTOPLAY software. The guide provides step-by-step instructions on working with the program interface, integrating multimedia elements, creating logical connections between pages, and adding tests and educational tasks. In addition, it analyzes methodological approaches to the effective use of electronic resources created with AUTOPLAY in the educational process. The guide is intended for teachers, students, researchers in the field of pedagogy, and all users interested in applying digital technologies in education. Keywords: AutoPlay software, interactive learning guide, interface design, electronic textbook. Аннотация. В данном учебно-методическом пособии представлены теоретические основы и практические навыки создания интерактивных электронных учебных материалов с помощью программы AUTOPLAY. В пособии пошагово описаны процессы работы с интерфейсом программы, интеграции мультимедийных элементов, создания логических связей между страницами, а также размещения тестов и учебных заданий. Кроме того, анализируются методические подходы к эффективному использованию электронных ресурсов, созданных в AUTOPLAY, в образовательном процессе. Пособие предназначено для преподавателей, студентов, исследователей в области педагогики, а также всех пользователей, интересующихся применением цифровых технологий в обучении. Ключевые слова: программа AutoPlay, интерактивное учебное пособие, дизайн интерфейса, электронный учебник. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 47 Bugungi kunda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Multimediali, interaktiv va vizual jihatdan boy o‘quv materiallari talabalarning o‘zlashtirish darajasini oshiradi, motivatsiyani kuchaytiradi va mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday vositalardan biri — AutoPlay Media Studio dasturi bo‘lib, u oson interfeysga ega, ko‘p funksiyali va zamonaviy elektron o‘quv resurslarini yaratishga imkon beradi. Interaktiv o‘quv qo‘llanma yaratish bosqichlari 1-bosqich: Loyiha yaratish AutoPlay dasturi ochilganda yangi loyiha tanlanadi, sahifalar soni va asosiy interfeys ko‘rinishi belgilanadi. 2-bosqich: Interfeys dizaynini shakllantirish  Fon rangi yoki fon rasmi tanlanadi  Bosh menyu, bo‘lim tugmalari va navigatsiya elementlari joylashtiriladi  O‘quv materialining vizual struktura sxemasi yaratiladi Interfeys qulay, sodda va tushunarli bo‘lishi talab etiladi. 3-bosqich: Multimediya elementlarini integratsiya qilish O‘quv jarayonida multimediyaning roli katta. Shuning uchun:  Video darsliklar  Audio izohlar  Animatsiyalar  Rasmlar  Diagrammalar kabi materiallar qo‘shilib, o‘quv jarayoni yanada jonlantiriladi. 4-bosqich: Test va topshiriqlar qo‘shish AutoPlay yordamida:  Bir nechta javobli testlar  To‘g‘ri–noto‘g‘ri savollar  Moslashtirish topshiriqlari 5-bosqich: Sahifalar o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish o‘rnatish Har bir tugma o‘ziga tegishli sahifaga bog‘lanadi. Bu o‘quv qo‘llanmaning interaktivligini ta’minlaydi. 6-bosqich: Yakuniy mahsulotni eksport qilish Loyiha quyidagi formatlarda saqlanishi mumkin:  .EXE — mustaqil ishlovchi o‘quv qo‘llanma  CD/DVD autorun  Flash karta orqali ishga tushuvchi portable fayl AUTOPLAY dasturida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalardan samarali foydalanish Interaktiv qo‘llanmalar ta’lim jarayonini quyidagilar orqali samarali qiladi: 1. Vizual o‘zlashtirishni kuchaytiradi Video, rasm, diagrammalar orqali mavzu oson tushuniladi. 2. Mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlaydi Talabalar materialni istalgan vaqtda ochib, bosqichma-bosqich o‘rganishi mumkin. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 48 3. Interfaol topshiriqlar orqali qayta aloqani kuchaytiradi Testlar, mashqlar, bosilishi kerak bo‘lgan tugmalar o‘quvchini jarayonga faol jalb qiladi. 4. Murakkab mavzularni sodda qilib tushuntiradi Multimediya yordamida murakkab jarayonlar bosqichma-bosqich ko‘rsatiladi. 5. O‘qituvchiga darsni samarali tashkil etishga yordam beradi Elektron qo‘llanma orqali dars jarayoni vizual, interaktiv va sistemali bo‘ladi. Maqsadi va vazifalari AutoPlay Media Studio dasturi imkoniyatlaridan foydalanib, interaktiv elektron o‘quv qo‘llanma yaratish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish, shuningdek ishlab chiqilgan qo‘llanmani ta’lim jarayonida samarali qo‘llashning ilmiy-metodik asoslarini o‘rganishdir. AutoPlay dasturining funksiyalarini chuqur o‘rganish Elektron o‘quv qo‘llanma yaratish texnologiyasini amaliyotda qo‘llash Multimediya va interaktiv elementlar asosida ta’lim samaradorligini oshirish O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi interfaol muloqotni kuchaytirish Ta’lim jarayonini raqamlashtirishda AutoPlay dasturidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish Qulayliklari (afzalliklari) AutoPlay dasturi yordamida yaratilgan qo‘llanmalar talabalarning faol ishtirokini ta’minlaydi, dars jarayoni interfaol va qiziqarli bo‘ladi. Tugmalar, havolalar, testlar va animatsiyalar o‘quv jarayonini jonlantiradi. Matn, rasm, audio, video va animatsiyalarni qo‘shish orqali murakkab mavzularni oson tushunishga yordam beradi. Vizual va eshitish orqali o‘rganish samaradorligi oshadi. Tayyor elektron qo‘llanma dars jarayonini tizimli, samarali va interfaol tashkil etish imkonini beradi, qo‘shimcha materiallar bilan boyitish osonlashadi. Material mantiqiy bosqichlar bilan taqdim etiladi, o‘quvchi uchun tushunish oson bo‘ladi, dars jarayoni samarali boshqariladi. Tayyor qo‘llanmani bir martalik yaratish orqali bir necha yil davomida ishlatish mumkin. Loyiha .EXE, CD/DVD yoki portable formatda eksport qilinadi. Interaktiv, vizual va amaliy yo‘nalishdagi qo‘llanmalar talabalarning bilimini yaxshilaydi, o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi va motivatsiyani oshiradi. Kamchiliklar: Texnik bilim va tajriba talab qilinadi dasturdan samarali foydalanish uchun foydalanuvchida kompyuter savodxonligi va dasturiy interfeys bilan ishlash tajribasi bo‘lishi zarur. Yangi boshlovchilar uchun dastur murakkab tuyulishi mumkin. Ko‘p vaqt talab qilishi to‘liq interaktiv qo‘llanma yaratish jarayoni bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi: dizayn, multimedia qo‘shish, testlarni yaratish va sahifalarni bog‘lash. Katta fayl o‘lchami multimediyali elementlar (video, audio, animatsiya) qo‘shilganda loyiha fayli kattalashadi, bu esa uni tarqatish va yuklashni qiyinlashtirishi mumkin. Platformaga bog‘liqlik tayyorlangan qo‘llanmalar odatda Windows operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Boshqa platformalarda ishlashi cheklangan bo‘lishi mumkin. Modernizatsiya va yangilanish cheklanganligi bir marta yaratilgan qo‘llanmani tez-tez yangilash yoki internetga moslashtirish biroz qiyin. Internet integratsiyasi va onlayn ishlash imkoniyatlari cheklangan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 49 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Qurbonov P., Ataxonov S., Sharofiddinov S. MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING USLUBIY ASOSLARI //Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 43-47. 2. Pahlavon Q. TIBBBIYOTDA MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI //GERMANY SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION. – 2022. – Т. 1. – №. 2. – С. 24-28 3. Mirzakarimov , B., & Qurbonov , P. (2023). TIBBBIYOTDA MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING DIDAKTIK TA’MINOTINI YARATISH TEXNOLOGIYALARI. Research and Implementation. извлечено от https://ferteach.uz/index.php/rai/article/view/745 4. Qurbonov , P., Minavarjonov, S., & Raxmonaliyeva, F. (2023). TIBBIYOT XODIMLARINI MASOFADAN O‘ QITISHDA AVTOMATLASHGAN DIDAKTIK TA’MINOTNING UMUMIY TUZILISHI. Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук, 3(3), 52–55. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/EJMTCS/article/view/11562 5. Qurbonov P. et al. TIBBIY BILIMLARNI O’RGATISHDA MASOFAVIY TA’LIM TIZIMINI TADBIQ ETISH //Евразийский журнал академических исследований. – 2023. – Т. 3. – №. 12. – С. 178-181. 6. Qurbonov P., Ataxonov S., Sharofiddinov S. Masofaviy ta’limni tashkil etishning uslubiy asoslarI //Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 43-47. 7. Qurbonov P., Xoldarova G., Rasulova F. Tibbiyotda kompyuter tomografiyasi va undan samarali foydalanish. – 2023. 8. Anvarov A. U. The role of information technologies in the study of foreign languages //Young scientist. – 2021. – Т. 14. – С. 356. 9. Tuychieva O. MODERN APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF MEDICAL CULTURE: ON THE EXAMPLE OF MEDICAL EDUCATION //AMERICAN JOURNAL OF APPLIED MEDICAL SCIENCE. – 2025. – Т. 3. – №. 10. – С. 149-159. 10. Anvarov A. U. A New Approach To Improving The Professional Skills And Personal Qualities Of Foreign Language Teachers In Higher Education Countries //International Conference on Global Trends and Innovations in Multidisciplinary Research. – 2025. – Т. 1. – №. 5. – С. 78-80. 11. Анваров А. Современные требования преподавателям иностранных языков по повышению профессиональных умений и личностных качеств //Общество и инновации. – 2022. – Т. 3. – №. 2/S. – С. 300-303. 12. Nurmanov A. T. et al. DEVELOPMENT OF THE INTERNET OF THINGS AND VIRTUAL NETWORKS IN THE EDUCATION SYSTEM: COMPARING PERFORMANCE IN TEENAGERS. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 50 13. Ahmadaliyeva G. H. et al. YARIMO ‘TKAZGICH MODDALAR VA ULARNING XARAKTERISTIKALARI //Евразийский журнал академических исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 1. – С. 91-93. 14. Abdusubxon o‘g‘li U. S. REASONS AND SPECIFIC ADVANTAGES OF TEACHING PHYSICS IN MEDICAL INSTITUTES //American Journal of Philological Sciences. – 2024. – Т. 4. – №. 12. – С. 26-31. 15. Anvarov A. U. A New Approach To Improving The Professional Skills And Personal Qualities Of Foreign Language Teachers In Higher Education Countries //International Conference on Global Trends and Innovations in Multidisciplinary Research. – 2025. – Т. 1. – №. 5. – С. 78-80. 16. Yusubjanovna A. M. BIRINCHI TIBBIY YORDAMNING AHAMIYATI VA UNI BAJARISHNING UMUMIY QOIDAIARI //PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION. – 2023. – Т. 2. – №. 1. 17. Ruslanovna D. Z. Lecturer, Department of “English languages” Treatment faculty, Urgench branch of Tashkent Medical Academy, Uzbekistan //ANVAROV ALIJON UKTAMOVICH///THE ROLE OF INTERDISCIPLINARY INTEGRATION IN TEACHING ENGLISH TO THE STUDENTS OF MEDICAL INSTITUTES………………………………………. 69. – С. 65. 18. Usmonov S., BO I. S. C. Q. D. A. M. LISHINING SABABLARI, DAVOLASH USULLARI //Евразийский журнал академических исследований. – 2023. – Т. 3. – №. 4 Part 2. – С. 196-199. Foydalanilgan internet saytlari 19. www.fjsti.uz 20. https://tktishf.edu.uz/ 21. https://dist.edu.uz 22. http://m.xabar.uz/uz/insayder/dmed-tizimlilik-va-inson-haq-huquqi-kafolati