RAUF PARFI SHE'RLARIDA QO'LLANILGAN ANAFORALARNING STRUKTUR VA LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada Rauf Parfi she’riyatida shoirning poetik maqsad bilan qo‘llanilgan anaforalarning struktur va lingvopoetik xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan.Shuningdek, anaforalarning shoir poeziyasida ohangdorlik, musiqiylik, ifodalilikni ta’minlashdagi o‘rni ko‘rsatilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 217 RAUF PARFI SHE’RLARIDA QO‘LLANILGAN ANAFORALARNING STRUKTUR VA LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI Ne’matilloyev Jahongir NavDU, O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17802499 Annotatsiya. Ushbu maqolada Rauf Parfi she’riyatida shoirning poetik maqsad bilan qo‘llanilgan anaforalarning struktur va lingvopoetik xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan.Shuningdek, anaforalarning shoir poeziyasida ohangdorlik, musiqiylik, ifodalilikni ta’minlashdagi o‘rni ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: poetik vosita, emotsional bo‘yoq, leksik-sintaktik takror, estetik ta’sir, konstruktiv qurilmalar, lingvopoetik vazifa. Badiiy matnda muayyan poetik maqsad nazarda tutilib, tilning barcha sathlaridagi birliklar takrorlanishi mumkin. Xususan, she’riyatda takror eng ko‘p qo‘llanadigan poetik vositalardan biridir va u o‘z zimmasiga emotsional bo‘yoq, alohida ohang, joziba berish vazifasini oladi. Takrorning barcha shakllari, turlari singari leksik, leksik-sintaktik takrorlar ham o‘z ifoda shakliga hamda lingvopoetik vazifasiga ega. Badiiy matnda, xususan, she’riyatda takrorlar turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib, ma’lum narsa-hodisani yoki holatni ajratib, ta’kidlab ko‘rsatish bilangina chegaralanmay, muallifning yoki asar qahramonining voqelikka subyektiv munosabatini ham ifodalaydi.[1.55] Leksik, leksik-sintaktik takrorlar badiiy matnlarda eng faol qo‘llanuvchi tasviriy vositalardandir. Shoir Rauf Parfi ham o‘z asarlarida boshqa tasviriy vositalar kabi leksik, leksik-sintaktik takrorlarni mahorat bilan qo‘llaganining guvohi bo‘lamiz. Shoirning deyarli barcha she’rlarida takrorning turli shakllari qo‘llanilgan. Jumladan, “Siyovush” dostoni, “Abdullajon marsiyasi”, “Toshtemir Qahramon o‘g‘li she’rlaridan” asarlarida so‘z takrori, “To‘rg‘ayga”, “Xarita”, “Eslaysanmi, izg‘irin kecha” kabi she’rlarida so‘z birikmasi takrori, “Chiroq, chiroq yonar bo‘zarib”, “Tashqarida shovullar shamol”, “Bir lahza dostoni”, “Binafsha, ismingiz umidli ” kabi she’r va dostonlarida gap takrori keng qo‘llanilgan. Shoir o‘zi tasvirlayotgan voqea-hodisaning nazarda tutilgan tomoniga o‘quvchining diqqatini tortish, uni bo‘rttiribroq ko‘rsatish uchun so‘z, so‘z birikmasi yoki gapni takrorlaydi. Bu esa badiiy matnning estetik ta’sir kuchini oshiradi hamda ular vositasida kitobxon muallifning badiiy maqsadini oson ilg‘ay oladi. Bundan tashqari shoir she’rlaridagi badiiy takrorlar fikrni teran ifodalashda, she’r g‘oyasi va shakli o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etgan. Ayniqsa, anafora Rauf Parfi she’rlarida eng ko‘p qo‘llangan takror bo‘lib, bu badiiy tasvir vositasidan ko‘plab she’r va dostonlarida foydalangan va u orqali tasvirlanayotgan voqelikning ta’sirchanligi kuchaytirilgan. Quyida Rauf Parfi she’riyatida uchraydigan takrorlarni badiiyat hamda lingvistik jihatidan uyg‘unlashtirgan holda tadqiq etishga harakat qildik. She’riy matnda misralar boshida takrorlanib keladigan ifodalarga anafora deyiladi. Antik dunyo mutafakkirlari gapning doimo bir so‘z bilan boshlanishi nutqqa joziba kiritadi, uning tantanavorligi va hayotiyligini ta’minlaydi deb hisoblaganlar.[2.93] Anafora orqali fikrning eng
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 218 asosiy nuqtasi belgilanadi, gapning mantiq urg‘usi ham aksariyat holatda anaforik bo‘lakka beriladi. Anaforalar, asosan, she’riy asarlarda qo‘llanilib, nutqni o‘ziga xos tarzda shakllantirib, ko‘pincha uning kompozitsion tuzilishiga ta’sir etadi.[3.45] Rauf Parfi ham o‘z she’rlarida anaforik takrordan mohirona foydalangan. Bunday she’rlar sirasiga shoirning “Siyovush” dostoni, “Abdullajon marsiyasi”, “Toshtemir Qahramon o‘g‘li she’rlaridan”, “To‘rg‘ayga”, “Xarita”, “Eslaysanmi, izg‘irin kecha” “Chiroq, chiroq yonar bo‘zarib”, “Tashqarida shovullar shamol ”, “Bir lahza dostoni”, “Binafsha, ismingiz umidli” kabi she’rlarini kiritishimiz mumkin. Masalan, shoirning “Siyovush” dostonida nechun va nahot anaforalari qo‘llangan bo‘lib kuchli mantiqiy-poetik ta’kid olgan: Nechun yurakda tosh, ko‘zlarda huzun, Nechun?! Xo‘rlangan insonlar faryodi? Nechun? Nechun, yolg‘onning umri uzun? Nechun? Tirilmasmi o‘tganlar yodi? Nechun iymonini sotib yashaydir Nechun qulligidan bexabar har qul Nechun zulm yashar, zulm oshaydir?! Haqsiz olomonning tirikligi shul. Nahot, iymon o‘chgan, toptalgan huquq, Nahot, bu millatning qahramoni yo‘q, Nahot, bu millatning shoiri yo‘qdir. ( “Siyovush”)[4.267] Shoirning ushbu asari o‘zbekning birinchi professori, qomusiy bilim sohibi Abdurauf Fitratning mashhur “Abulfayzxon” dramasi ta’sirida yozilgan bo‘lib, ijodkorning asardan olgan taassuroti va voqealar tasvirlangan davr hukmdorlariga alamli savolini ifodamoqda. She’rda nechun so‘roq olmoshi va nahot so‘roq –taajjub yuklamasining birin - ketin anaforik qo‘llanishi ijodkorning o‘tmishga, adolatsiz tuzum va o‘z nafsining qurboni va quli bo‘lgan hukmdorlarga bo‘lgan nafrati ritorik so‘roq shaklida ifodalanib ta’kidni yanada bo‘rttirishga xizmat qilgan. Shoir “Abdullajon marsiyasi” she’rida qadrli do‘stidan ayrilgan va tushkun kayfiyatdagi lirik qahramon holatini aks ettirar ekan qushlar leksemasini anaforik usulida takrorlab qo‘llaydi: Qushlar, qushlar, qator-qator, Qushlar, uyga qaytingiz, Abdullajon qaytmas…zinhor, Yor-do‘stlarga aytingiz. She’rdagi r undosh tovushining bandda alliteratsion qo’llanilishi misralar ohangdorligini va mayin musiqiy kuyni yuzaga keltirgan. Natijada qahramon ruhiyatiga mos ritm yuzaga kelgan. Shoir she’rlarida so‘z takroriga asoslangan anaforalardan yuqoridagilardan tashqari “Yulduzlarga men ham qarayman” va “Ohang” she’rlarida ham mahorat bilan foydalanadi: Yulduzlarga qarayman men ham, Ba’zida keladir havasim. Ba’zida bosadir og‘ir g‘am. Ba’zida yetmaydir nafasim. (“Yulduzlarga men ham qarayman”) Yoki:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 219 Yo‘q, sen ohang emassan. Yolg‘on, Sen qalbimda eshilgan nido. Sen ham menga o‘xshagan Inson, Sen ham dunyo, shu Turkiy Dunyo. (“Ohang”) Yuqorida guvohi bo‘lganimiz misollarda anafora vazifasida, asosan, leksemalar ishtirok etgan bo‘lsa, quyidagi she’riy parchalarda birikmalar, ya’ni konstruktiv qurilmalar bu vazifani bajarmoqda: Darchaga qor urar besabr, Oyna uzra lojuvard makon. Oyna uzra shohona qasr, Oyna uzra sovg‘a sargardon. (“Eslaysanmi, izg‘irin kecha”) Shoir she’rlarida butun gap holidagi anaforalar ham uchraydi. Masalan, Chiroq yonar - sevimli orzu, Chiroq yonarso‘ngi yo‘q hasrat. Turkistonim kabi yonar u, Chiroq yonar – eng go‘zal qismat, Chiroq yonarsevimli orzu. (“Chiroq, chiroq yonar bo‘zarib”) Yoki: Tashqarida shovullar shamol, Derazamni qoqar betoqat. Tashqarida shovullar shamol, Tashqarida pushaymon faqat… (“Tashqarida shovullar shamol”) Xullas, shoir she’rlarida struktur jihatdan so‘z, so‘z birikmasi va gap shaklidagi anaforalardan foydalaniladi. Bu anaforik takrorlar ijodkor aytmoqchi bo‘lgan fikrni kitobxonga takror-takror uqtiradi, misralarning estetik kuchini oshiradi, ularga ohangdorlik, musiqiylik bag‘ishlaydi. Shuningdek, sheʼriy matnning aniqligi va ritmini koʻtaradi, ohangdorlik va ifodalilik darajasini, taʼsirchanligini oshiradi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 1. Каримов С. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. Ўқув қўлланма. – Самарқанд: СамДУ нашриёти, 1994. – Б. 55. 2. Тўйчиев У.Ўзбек адабиётида бадиийлик мезонлари ва уларнинг маромлари. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2011. – Б. 93. 3. Рихсиева Г. Ўзбек шеъриятида анафоралар //Тил ва адабиёт таълими.1998. – №5. –Б. 45-47 4. Рауф Парфи. Сайланма. Сакина. – Тошкент: “Muharrir” нашриёти, 2013. –377 б