ABULG'OZIY BAHODIRXONNING "SHAJARAYI TURK" ASARIDA KELTIRILGAN ANTROPONIMLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida qo‘llangan antroponimlar lingvistikaning turli ottenkalarida muqoyasa qilindi. Ismlar qo‘llanilishiga ko‘ra semantik, sintaktik va pragmatik jihatdan tadqiq etildi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 224 ABULG‘OZIY BAHODIRXONNING “SHAJARAYI TURK“ ASARIDA KELTIRILGAN ANTROPONIMLARNING LEKSIKSEMANTIK XUSUSIYATLARI 1Ra’no Nuritdinova, 2Berdiyeva Nozima 1NavDU Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.n., 2NavDU magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17802572 Annotatsiya. Ushbu maqolada Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida qo‘llangan antroponimlar lingvistikaning turli ottenkalarida muqoyasa qilindi. Ismlar qo‘llanilishiga ko‘ra semantik, sintaktik va pragmatik jihatdan tadqiq etildi. Kalit so‘zlar: Semantik, sintaktik, pragmatik, aniqlovchi, ega, kesim, hol, to‘ldiruvchi, diniy nomlar, pressuppozitsiya. Аннотация: В этом государстве антропонимы, использованные в "Шаджарайи тюрк" Абулгози Баходирхана, представлены на различных оттенках лингвистики. Они изучались семантически, синтаксически и прагматически. Ключевые слова: семантические, синтаксические, прагматические, определяющие, владеющие, разделяющие, дополняющие, религиозные имена, прессподдержка. Abstract: In this article, the anthroponyms used in Abulgozi Bahodirhan's "Shajarayi Turk" are presented in various shades of linguistics. They have been studied semantically, syntactically and pragmatically. Key words: semantic, syntactic, pragmatic, defining, owning, dividing, supplementing, religious names, pressupposition. Ma’lumki, atoqli otlar o‘z genezisiga ko‘ra tilning eng qadimiy, yashovchan hamda turg‘un qatlamlaridan biridir. Ismlar o‘tmishda ko‘p asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bizga tarixiy-lisoniy boylik sifatida yetib kelgan ulkan madaniy va ma’naviy qimmatga molik bo‘lgan lug‘aviy qatlamdir. Ismlarda, ularning yaratilishida o‘zbek xalqi o‘tmishining tarixi, orzu va intilishlari, ijtimoiy va diniy-falsafiy qarashlari, rasmu odatlari, e’tiqod va ishonchi o‘z ifodasini topgan. Mana shu ma’noda ismlar tilning boshqa bir qator qatlamlari kabi o‘zbek xalqi ma’naviy qadriyatining tarkibiy qismidir. Ma’lumki, har qanday nomning, jumladan, ismning paydo bo‘lishiga omil bo‘lgan sabab, asos fanda motiv, bunday motivlarni ilmiy tadqiq qiluvchi soha motivatsiya, narsa va hodisalarni muayyan motivlar asosida nomlash – nominatsiya deb yuritiladi. Nomning muayyan motivga egaligi motivlanganlik (“motivirovannost”, “motivirovka”), motiv uchun asos bo‘lgan belgi, holat, tushuncha “motifikator”, “motivema” deb yuritiladi 1 . Kishilar juda qadimdan bolani yovuz kuchlar ta’siridan qutqarish choralarini axtarishgan va xilma-xil choralarni o‘ylab topishgan hamda chaqaloq tug‘ilgan uyda muayyan udumlar, rasm-rusumlar, qoidalar, e’tiqod va ishonchlar hukmron bo‘lgan 2 . 1 Наумов В.Ген. Явление мотивации слов в системе диалекта (лексический аспект). – Томск, 1985. – С. 23. 2 Бегматов Э.А. Ўзбек исмлари маъноси. – Тошкент: ЎзМЭ, 2010 (учинчи нашри). – Б. 588.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 225 Shu jihatdan, Xiva xonlarining tarixini o‘sha davrga oid manbalar, xususan, “Shajarai turk” asosida o‘rganish ham maqsadga muvofiqdir. “Shajarayi turk” – turkiy xalqlarning tarixini o‘rganishda bebaho manba hisoblanadi. Asarda turkiy xalqlarning kelib chiqishi, urf-odatlari, siyosiy hayoti haqidagi ma’lumotlar jamlangan. U Markaziy Osiyo tarixshunosligida xalq tiliga yaqin tarixiy asar yozish an’anasini boshlab Bundan tashqari, asarda koʻplab antroponomik leksemalar ham qoʻllanilgan boʻlib, bu asarning ishonchliligini oshirish bilan bir qatorda aksiomatik vazifa ham bajargan. Barcha tillarning leksik qatlamida atoqli otlar o‘ziga xos o‘ringa ega. Ular leksikaning barcha qatlamlari bilan uzviy bogʻliqdir. Atoqli otlarni ham ilmiy ham amaliy jihatdan tahlil qilib tadqiq qilish tilshunoslikda dolzarb va muhim hisoblanadi. Til lug‘at tarkibining ajralmas bir qismi hisoblangan antroponimlar morfologik va sintaktik jihatdan ma’lum til normalariga, qonun-qoidalariga ega. Antroponim so‘zining lug‘aviy maʼnosini anglashdan oldin biz antroponomika atamasiga nazar tashlashimiz lozim. Ismlarni o‘rganish borasida tilshunoslikda ismshunoslik yoki nomshunoslikning bir sohasi – onomastika bo‘lib, antroponomikada kishilar ismi, sharifi, familiyasi, taxallusi, laqabi kabilar o‘rganiladi. “Shajarayi turk” asarida qadimgi turkiy qabilalar, ularning ajdodlari, xonlar, sarkardalar va tarixiy shaxslarga xos boʻlgan antroponomik birliklar juda ko‘p uchraydi. Bu antroponimlar asarning tarixiy, diniy, afsonaviy va madaniy mazmunini ochishda asosiy vosita hisoblanadi. Leksik jihatdan asarni tasniflar ekanmiz, bu nomlar, asosan, turkiy so‘zlardan yasalgan boʻlib , ko‘pincha insoning shaxsiyati va ruhiy dunyosini ochib berishda denotativ ahamiyat kasb etgan. Temur – Ot so‘z turkumiga oid leksik birlik bo‘lib, “temir”, ya’ni kuch, qudrat ramzlarini ifodalovchi sema hisoblanadi. Bahodir – “jasur, mard”; To‘ra – sodda turtdosh ot bo‘lib, dastlab mansab va unvon sifatida qo‘llanilgan, keyinchalik atoqli ot vazifasida qo‘llanila boshlandi, “bek, hukmdor avlodi”. Alp Er To‘nga – “qahramon, mard erkak” kabi nomlarning qoʻllanilishi qahramonlik, erkaklik, kuch-qudrat semalarini ifodaydi. Bundan tashqari asarda diniy va islomiy mazmunga ega antroponimlar ham qo‘llangan. Odam Atodan boshlab payg‘ambarlar nomlarini ham alohida keltirib o‘tadi. Nuh, Muhammad, Yusuf, Ibrohim, Ismoil, Ali kabi payg‘ambarlar va tarixiy shaxslar nomlarining keltirilishi diniy e’tiqod, ezgulik,yaxshi amallarga targ‘ib qilish maqsadida qo‘llangan. Asar “Boburnoma” asari darajasiga yetkanining sabablaridan biri ham shudir. Islomiy nomlarning asar tarkibida keltirilishi o‘zbek olamining lisoniy manzarasini ochib beruvchi vosita ham hisoblanadi. Asarda ba’zi nomlar ikki tildan (masalan, arabcha + turkiy, forscha + turkiy) tarkib topganligining ham guvohi bo‘lamiz. Abulg‘oziy Bahodirxon – “Abu” (arabcha: ota), “g‘oziy” (jihodchi), “Bahodir” (forscha: jasur), “xon” (turkiy: hukmdor).Bu turdagi leksik birliklarda semantik qatlam turli ottenkalarda namoyon bo‘lgan, ular bir vaqtning o‘zida unvon, jasorat va e’tiqod semalarini birlashtirgan. Asardagi antroponimlar ma’no yuki bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Afsonaviy va mifologik nomlar: Tarixiy shaxslar, afsonaviy qahramonlar; O‘g‘uzxon, Alp Er To‘nga, Turk, Yafas Turkiy xalqlarning kelib chiqish asoschisi sifatida 2. Diniy nomlar: O‘zbek antroponimiyasi tizimining katta qismini diniy tushuncha, tasavvur va aqidalar bilan bog‘liq ismlar tashkil qiladi. Islomgacha bo‘lgan majusiylik davrida odamlar nimani muqaddas deb bilgan bo‘lsalar, nimani ilohiylashtirib, iloh, iloha deb hisoblagan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 226 va unga sig‘ingan bo‘lishsa, inson hayotida yuz beradigan barcha ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni o‘zlari muqaddas deb bilgan narsalar ifodasiga bog‘lashgan, jumladan, bola tug‘ilishini ham. Payg‘ambarlar, diniy shaxslar Odam, Nuh, Ibrohim, Ismoil Nasabni ilohiy asosga bog‘laydi. 3. Tarixiy-siyosiy nomlar: Hukmdorlar, xonlar, sarkardalar Chingizxon, Temur, Shayboniy, Abulg‘oziy .Tarixiyda nomlari qolgan, haqiqatga asoslangan shaxslar. 4. Ma’naviy-sifatlash nomlar: Fazilat, kuch, jasorat bildiruvchi Bahodir, To‘ra, Sulton, Shodi .Axloqiy-ruhiy, falsafiy semaga ega. 5. Nasab nomlar: Otasining ismi bilan bog‘liq Yesugey o‘g‘li Chingizxon, Abulg‘oziy ibn Arab Muhammadxon. Nasl-nasabni ko‘rsatadi. Antroponimlarning ko‘pchiligi semantik motivatsiyaga ega bo‘lib, hozirda xalq orasida ham keng qo‘llaniladi. Ismning ma’nosi, shaxsning fazilati, nasabi yoki tarixiy roli bilan bog‘liqligini asos qilib olishadi. Temur – qattiq, kuchli, jasur; Bahodir – jasorat timsoli; Abulg‘oziy – “go‘zal so‘zlar aytuvchi, diniy g‘oziy”; O‘g‘uzxon – “turklarning otasi”. Bu semantik motivatsiyalar xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va tarixiy tafakkurini ifodalaydi. Ko‘plab antroponimlar simvolik sema funksiyasini ham bajaradi. O‘g‘uzxon – turkiylar asoschisi, Chingizxon – qudratli imperiya; Nuh – yangilanish, najot yo‘lboshchisi; Temur – mustahkamlik, bardavomlik kabi ramziy ma’no ham anglatgan. Semantik taraqqiyot natijasida ba’zi turdosh otlar atoqli ot vazifasida qo‘llanilib antoponomik leksema hosil qilgan.Asarda ba’zi antroponimlar bir necha ma’noda qo‘llanadi: “xon” so‘zi ba’zida ism, ba’zida unvon sifatida ishlatiladi: O‘g‘uzxon, Shayboniyxon, xon bo‘lgan – bunda semantik o‘tish (transpozitsiya) kuzatiladi. “Shajarayi turk” asaridagi antroponimlar semantik jihatdan diniy, afsonaviy, tarixiy, axloqiy va ramziy ma’nolarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ular orqali asarda turkiy xalqning qadimiy dunyoqarashi, nasabiy g‘ururi va ijtimoiy tizimi aks etadi. Antroponimlar semantik yadro sifatida asarning tarixiy g‘oyaviy mazmunini shakllantiradi. Antroponimlar nasabiy, tarixiy, ijtimoiy munosabatlarni sintaktik darajada ifodalanishi, ularning izofali va unvonli birikmalardagi qo‘llanilishi turkiy davlat tizimi va madaniy qatlamni yoritadi. Sintaktik qo‘llanish orqali Abulg‘oziy tarixiy obyektivlik va badiiy ifodani uyg‘unlashtirgan. “Shajarayi turk” asaridagi antroponimlar semantik, sintaktik xususiyat kasb etishi bilan bir qatorda, pragmatik vazifa ham bajargan. Pragmatika – adresat (muallif) va adresant (o‘quvchi) o‘rtasidagi nutqiy munosabatda nomlarning qanday maqsadda va qanday ta’sir bilan qo‘llanayotganini o‘rganadi. Demak, “Shajarayi turk”dagi antroponimlar faqat ism sifatida emas, balki muallifning munosabati, bahosi, ijtimoiy signali sifatida ham ahamiyatli. Asarda antroponimlarni kommunikativ maqsad sifatida Abulg‘oziy Bahodirxon faqat tarixiy ma’lumot uchun emas, balki tarixiy xotirani saqlash, e’tiqodni mustahkamlash, xalqni birlashtirish maqsadida ishlatadi. O‘g‘uzxon – turk xalqlarining asoschisi, birlashtiruvchi ramz. Chingizxon – siyosiy kuch, imperiya timsoli. Abulg‘oziy Bahodirxon – muallif o‘zini tarixiy meros davomchisi sifatida ko‘rsatadi. Bu nomlar orqali muallif milliy g‘urur, tarixiy xotira yaratish pragmatik maqsadiga erishadi. Asarda antroponimlar ijtimoiy maqom, hurmat, unvon yoki diniy ehtiromni bildiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi. Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asari o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyotida, ayniqsa, onomastik tizimni o‘rganishda beqiyos manba hisoblanadi. Asarda keltirilgan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 227 antroponimlar nafaqat tarixiy shaxslarni nomlash vositasi, balki til, madaniyat va xalq tafakkurining uzviy birligini ifodalovchi til birliklaridir. Demak, “Shajarayi turk”dagi antroponimlar o‘z tuzilishi, ma’nosi va qo‘llanishi jihatidan milliy til madaniyatining tarixiy bosqichini yoritadi. Ular orqali turkiy xalqlarning nasabiy xotirasi, diniy qarashlari, ijtimoiy tuzilmasi va milliy o‘zlikni anglash darajasi tildagi shakl va mazmun uyg‘unligida aks etgan. Shu bois, Abulg‘oziy Bahodirxon asaridagi antroponimlarni lingvistik jihatdan o‘rganish nafaqat til tarixini, balki turkiy xalqning madaniy, diniy va ma’naviy merosini tahlil etish uchun ham muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abulg‘oziy Bahodirxon. Shajarayi tarokima (nashrga tayyorlovchi Q.Mahmudov) \\ Toshkent: Cho‘lpon, 1995. 2. Begmatov E.A. O‘zbek ismlari ma’nosi. – Toshkent: O‘zME, 1998. 3. Bo‘riyev Omonullo. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo.\\ Toshkent: O‘zbekiston, 1997. 4. Turdibekov Mo‘minjon. Shajarayi turk onomastikasi (Monografiya)\\ Toshkent: Nodirabegim, 2020. 5. Sattorov G‘. O‘zbek ismlarining turkiy qatlami: Filol. fanlari nomzodi ... diss. avtoref. – Toshkent, 1990. 6. Rahimov S. Xorazm mintaqaviy antroponimiyasi: Filol. fanlari nomzodi ... diss. avtoref. – Toshkent, 1998.