scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"GLOBALLASHUV VA POSTGLOBALLASHUV JARAYONLARIDA TILSHUNOSLIKNING FANLARARO INTEGRATSIYASI: NAZARIYA VA AMALIYOT UYĜUNLIGI"

Qahramanova Sarvinoz Dilshod qizi

Abstract

Maqola globallashuv va postglaballashuv jarayonlarida zamonaviy tilshunoslikning fanlararo integratsiyasi masalalarini tahlil qiladi.Maqolada tilshunoslikning boshqa fanlar bilan psixolingvistika,lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik va raqamli lingvistika bilan integratsiyasi, shuningdek bu integratsiyaning ta'lim va amaliyotdagi qòllanilishi yoritiladi.Tadqiqotda nazariy yondashuvlar va amaliy tajribalar asosida fanlararo integratsiyaning samarali mexanizmlari kòrib chiqiladi. Shuningdek, maqolada integratsiya jarayonida yuzaga keladigan muamollar va ularni hal etish yòllari tahlil qilinadi.Natijalar shuni koʻrsatadiki, fanlararo integratsiya tilshunoslikning zamonaviy ilmiy paradigmalarini mustahkamlash, ta'lim jarayonini boyitish va milliy tillarning postgloballashuv davrida barqaror rivojlanishini ta'minlash imkonini beradi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 254 "GLOBALLASHUV VA POSTGLOBALLASHUV JARAYONLARIDA TILSHUNOSLIKNING FANLARARO INTEGRATSIYASI: NAZARIYA VA AMALIYOT UYĜUNLIGI" Qahramanova Sarvinoz Dilshod qizi Navoiy Davlat Universiteti "Pedagogika"yoʻnalishi 3bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17803038 Annototsiya. Maqola globallashuv va postglaballashuv jarayonlarida zamonaviy tilshunoslikning fanlararo integratsiyasi masalalarini tahlil qiladi.Maqolada tilshunoslikning boshqa fanlar bilan psixolingvistika,lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik va raqamli lingvistika bilan integratsiyasi, shuningdek bu integratsiyaning ta'lim va amaliyotdagi qòllanilishi yoritiladi.Tadqiqotda nazariy yondashuvlar va amaliy tajribalar asosida fanlararo integratsiyaning samarali mexanizmlari kòrib chiqiladi. Shuningdek, maqolada integratsiya jarayonida yuzaga keladigan muamollar va ularni hal etish yòllari tahlil qilinadi.Natijalar shuni koʻrsatadiki, fanlararo integratsiya tilshunoslikning zamonaviy ilmiy paradigmalarini mustahkamlash, ta'lim jarayonini boyitish va milliy tillarning postgloballashuv davrida barqaror rivojlanishini ta'minlash imkonini beradi. Kalit soʻzlar: Globallashuv, postgloballashuv, tilshunoslik fanlararo, integratsiyasi,psixolingvistika,lingvakulturologiya, kognitiv tilshunoslik, raqamli lingvistika, ta'lim amaliyot. Kirish: Sònggi òn yilliklarda dunyo miqiyosida globallashuv jarayoni barcha sohalarda chuqur oʻzgarishlarni keltirib chiqardi. Iqtisodiyot, madaniyat, texnalogiya va ilm-fan bir biriga yaqinlashdi, xalqaro kommunikatsiya kengaydi. Shu jarayonda tillar ham keskin oʻzgarishga uchradi: ingliz tili xalqaro muloqot vositasiga aylandi,koʻplab milliy tillar esa raqobatga duch keldi. Biroq, globallashuvdan keyingi davr -postglabollashuv -milliy tillarni rivojlantirish va ularni saqlash zaruratini kuchaytirdi. Postgloballashuv davrda tilshunoslik nafaqat tilning nazariy jihatlarini oʻrganadi, balki uni ta'lim tizimi,ilmiy tadqiqotlar va amaliy kamunikatsiya bilan boĝlashga intiladi.Shu bilan tilshunoslikning fanlararo integratsiyasi zaruriy ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo yondashuvlar - psixolingvistika ,lingvokulturologiya,kognitiv tilshunoslik, raqamli lingvistika -ilmiy va amaliy jarayonlarni uyĝunlashtiradi. Shu orqali tilshunoslik ilm - fan paradigmasining markazida turib, milliy til va madaniyatni global kontekstda rivojlantirishga xizmat qiladi. Keltirilgan holatlar shuni koʻrsatadiki,fanlararo integratsiya zamonaviy tilshunoslikning rivojlanishi va amaliy qoʻllanishi uchun asosiy omil hisoblanadi.Globallashuv jarayoni dunyo tillarini bir - biriga yaqinlashtirdi. Xalqaro aloqalarda ingliz tili ustun bòldi va kòplab miliy tillar chekinishga majbur boʻldi. Shu davrda tilshunoslik asosan nazariy fan sifatida rivojlandi, tilning grammatika, leksika va fonetika jihatlari markaziy oʻringga chiqdi.Postgloballashuv davrida esa vaziyat òzgardi. Endi milliy tillarni rivojlantirish, ularni muhitga kiritish va xalqaro ilmiy maydonda faol ishlatish zarurati paydo boʻldi. Bu jarayon tilshunoslik faning fanlararo integratsiyasini talab qiladi, ya'ni tilni o'rganish jarayoni nafaqat lingvistika, balki psixologiya, madaniyatshunoslik va texnalogiya bilan boĝlanadi. Shu orqali ilmiy taqdiqoqlar ta'lim va amaliyot bilan uyg'unlashadi. Fanlar INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 255 integratsiyasi bu tilshunoslikning boshqa ilmiy yo'nalishlar bilan birlashib ishlashi.Psixolingvistika: inson tafakkuri va nutq mexanizmlarini oʻrganadi. Masalan, bola qanday qilib tilni oʻrganadi va soʻzlarni eslaydi,nutqni shakllantiradi. Lingvokulturologiya: til orqali xalq madaniyati va qadriyatlarni oʻrganadi.Masalan: oʻzbek tilidagi "mehmon", "duo", " or -nomus", sòzlari miliy qadriyatlarni ifodalaydi. Kognitiv tilshunoslik : til va bilish jarayoni oʻrtasidagi boĝliqlikni tahlil qiladi. Bu masalan, nutq va tafakkurning bir - biriga ta'siri, til orqali axbarot qabul qilishni oʻrganishdir.Raqamli lingvistika: tilni kompyuter yordamida o'rganish va raqamli resurslar yaratish. Masalan, elektron lug'atlar, avtomatik tarjima tizmlari va nutqni tanish tizmlari. Fanlararo integratsiya tilshunoslikning nafaqat, ilmiy, balki amaliy qiymatini oshiradi. Bu yondashub tilshunoslikni nazariya va amaliyotni birlashtiruvchi vositaga aylantiradi. Zamonaviy tilshunoslik nazariy g'oyalarni amaliyotga tatbiq etadi. Masalan: Ta'limda koʻp tillikni rivojlantirish,lingvistik kompetensiyani oshirish, interaktiv metodlar va simulyatsion dasturlar orqali til o'rganish jarayonini boyitish. Amaliyotda: raqamli texnalogiyalar, sun'iy intellekt yordamida nutqni tahlil qilish, avtomatik tarjima, elektron korpuslar. Nazariy bilimlarning amaliy qòllanilishi tilshunoslikning samaradorligini oshiradi va ilm - fan, ta'lim hamda amaliyotnu birlashtiradi.Fanlararo integratsita holi to'liq shakllanmagan. Eng asosiy muamolar: Ta'lim va ilmiy tadqiqotlar o'rtasida yetarli bog'lanish yo'qligi.Raqamli texnalogiyalarni qo'llash uchun yetarli resurs va metodik vositalarning yetishmasligi ,fanlararo tadqiqotlarni olib borish uchun malakali kadrlar yetishmasligi,yechimlar: nazariy biimlarni amaliyotga joriy etish mexanizmlarini yaratish. Raqamli resurslarni rivojlantirish va milliy tillarni raqamli maydonga chiqadish. Fanlararo tadqiqot markazlarini tashkil etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish. Xulosa: Globollashuv va postgloballashuv jarayonlari zamonaviy tilshunoslikning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Globallashuv davrida milliy tillar biroz chekinishga majbur bo'ldi, postglaballashuv esa milliy tilarni rivojlantirish va ularni raqamli hamda ilmiy maydonga qo'llash zaruratini kuchaytirdi. Shu sharoitda tilshunoslikning fanlararo integratsiyasi - psixolingvistika, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik va raqamli lingvistika bilan uyg'unlashuvi ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyta kasb etadi. Nazariya va amaliyotning uyg'unligi tilshunoslikni faqat ilmiy fan sifatida emas, balki ta'lim, amaliyot va texnalogiya bilan bog'langan integratsiyalashgan tizmga aylantiradi. Shu orqali tilshunoslikning samaradorligi oshadi , milliy tillarning postgloballashuv sharoitida barqaror rivojlanishi ta'minlanadi va ilmiy paradigmaning markaziy elementi sifatida o'z o'rnini mustahkamlaydi. Kelajakda fanlararo integratsiya mexanizmlarini rivojlantirish, raqamli resurslar yaratish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish tilshunoslikning yangi bosqichiga ko'tarilishiga asosiy omillar bo'lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Qodirov, A (2018). Zamonaviy tilshunoslik nazariyalari Toshkent: 2. Islomov, O (2012). Milliy tilni rivojlantirish va postgloballashuv. Toshkent: Akademnashr. 3. Sobirov, L. (2020). Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo yondashuvlar. Toshkent:Fan. 4. Yo'ldoshev. T.(2016). Psixolingvistika nazariya va amaliyot. Toshkent : O'zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti. 5. Mamadaliyev R. (2017). Tilshunoslik va ta'lim integratsiyasi. Toshkent; Fan va texnalogiya.