scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Pulpitlarni biologik davolash usuli

Xakimova Zilola Qahramonjonovna , Abdumalikov Olimjon Rasuljon oʻgʻli

Full text

PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) Pulpitlarni biologik davolash usuli Xakimova Zilola Qahramonjonovna – Propedevtik stomatologiya kafedrasi mudiri Abdumalikov Olimjon Rasuljon oʻgʻli - Stomatologiya fakulteti magistri Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon, Oʻzbekiston Annotatsiya: Ushbu maqolada Pulpitlarni biologik davolash usuli, Ko’rsatma, O’tkazish texnikasi, Pulpitlarni biologik davolashda yuzaga keluvchi xato va asoratlar haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: O`tkir o`choqli pulpit, xafaqonlik, anesteziya, kortikosteroid, sun`iy dentin. Biologik usulpulpaning hayotiyligini butunlay saqlab qolish hisoblanadi. Biologik usulni qo`llash imkoniyatining paydo bo`lishi bir tomondan pulpani mukammal o`rganib chiqishga imkoniyat yaratildi, ya`ni pulpani mikroblarga, jaroxatlarga chidamliligi o`rganiladi. Ikkinchidan yangi antimikrob dorilarni, antibiotik va kortikosteroidlarni paydo bo`lishi pulpa hayotini uzaytirish imkonini beradi. Biologi usulni qo`llashga ko`rsatmalar:  O`tkir o`choqli pulpit;  Jaroxatli (jaroxatlanish natijasida kelib chiqqan) pulpit, tasodifan ochilgan pulpa. Biologik usul bir necha ob`yektiv omillarni xisobga olgan holda qo`llanilsa yaxshi natija beradi. Bu omillar quyidagilar:  Vaqt ahamiyati (pulpit boshlangandan keyin 24-72 soat vaqt orasida biologik usul qo`llanilsa natija qoniqarli bo`ladi, 72 soatdan ko`p vaqt o`tsa, bu usul yaxshi natija bermaydi).  Bemor yoshi. Asosan yosh bemorlarda yaxshi natija beradi. Keksalarda biologik usulni qo`llashni xojati yo`q.  Aseptika va antiseotika qonun-qoidalariga rioya qilgan xolda o`tkazilishi lozim. Aks xolda yallig`lanish davom etadi. PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E) Biologik usulni o`tkazishga qarshi ko`rsatma;  Infeksiyani pulpaga kirish yo`li muhim ahamiyatga ega. Agar kariyes tishni bo`yin qismida joylashgan bo`lsa, infeksiya patologik cho`ntak orqali ildiz cho`qqisidan kirsa, ushbu usulni qo`llash mumkin emas.  Bemorni yoshi 40 dan oshgan bo`lsa va ateroskleroz va xafaqonlik alomatlari bo`lganda biologik usul qo`llanilmaydi.  Pulpani elektr sezuvchanligi -40 mkA dan yuqori bo`lsa, bu holda xam biologik usulni qo`llab bo`lmaydi.  Rentgenografiyada periodont tirqishining kengayishi va destruktiv o`zgarishlar bo`lsa.  O`tkir yallig`lanish jarayoni keng tarqalgan bo`lsa biologik usul natija bermaydi.  Agar tish sun`iy qoplama ostiga olinayotgan bo`lsa. Biologik usulni davolash uslubi:  Inyeksion anesteziya qilinadi;  Kariyes kovak steril paxta yordamida quritiladi;  Steril bor yordamida kariyes kovak kengaytiriladi, nekroektamiya qilinadi va shakl beriladi;  Iliq steril distillangan suv, 0,5 % novokain, 0.02% xlorgeksidin yoki 0.9 % fiziologik eritma bilan yuviladi;  Quruq steril paxta yordamida quritilib, kariyes kovak tubiga davolovchi pasta taglik sifatida qo`yiladi. Davolovchi pasta ustidan steril paxta qo`yiladi, vaqtincha plomba bilan berkitiladi. PEDAGOGY JOURNAL http://bestarticle.fast-page.org/ ISSN: 7675-6548 (E)  Kortikosteroid vositalar kuchli yallig`lanishga qarshi ta`sirga ega bo`lgani uchun qatnovning birinchi kunidayoq bu vositalardan foydalaniladi.  Lekin kortikosteroid asosidagi malham dentinogenezni pasaytiradi, shuning uchun ikkinchi qatnovda davolovchi taglikni odontotrop xususiyatli taglikka almashtirish lozim.  24-48 soatdan keyin ikkinchi qatnovda muolaja davom ettiriladi.  Agar og`riq bo`lmasa vaqtincha plomba olinadi, yana steril suv bilan yuviladi, yangi tayyorlangan pasta qo`yilib , ustidan sun`iy dentin, fosfat sementdan taglik va doimiy plomba qo`yiladi.  Og`riq davom etsa yoki kuchaysa darxol boshqa usulni qo`llash lozim.  Shunday qilib bu usul asosan ikki bosqichda o`tkaziladi. Xulosa qilib aytganda pulpitni biologic usul bilan davolash kariyes kovak pulpaga endigina yetib borganda yoki travma natijasida sog’lom pulpa ochilib qolgandagina amalga oshiriladi. Albatta har bir bemor organizmi individualligi, pulpaning yana qayta tiklana olish xususiyati qandayligi hisobga olining keyin bu usul tanlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Terapevtik stomatologiya (M.Ziyayeva, R.Bahodirova) 2. STOMATOLOGIYA-J.A. Rizaev 2018 yil 3. KOMILOV-Terapevtik Stomatologiya