scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURIZM INDUSTRIYASI IQTISODIYOTIDAGI UMRA VA XAJ ZIYORATI XIZMATNI KO'RSATISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI

S.X.Komolov; N.D.Raximova

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada ziyorat turizmini tashkil etishda elektron platforma va mobil ilovalardan foydalanish, elektron viza, onlayn bronlash va elektron to‘lov tizimlarining joriy etilishi xizmat sifatini oshirish hamda ziyoratchilarga qulay sharoit yaratishga xizmat qilayotgani tahlil etilgan. maqolada Saudiya Arabistonida amalga oshirilayotgan “Smart Hajj” va “Umrah Smart Services” platformalari tajribasi hamda O‘zbekistonda “E-Madina” va “Ziyorat Travel” kabi raqamli xizmatlarning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Аннотация. В данной статье анализируется использование электронных платформ и мобильных приложений в организации паломнического туризма, внедрение электронных виз, онлайн-бронирования и электронных платежных систем, способствующих повышению качества обслуживания и созданию комфортных условий для паломников. Анализируется опыт внедрения платформ «Smart Hajj» и «Umrah Smart Services» в Саудовской Аравии, а также тенденции развития цифровых сервисов «E-Madina» и «Ziyorat Travel» в Узбекистане. Abstract. This article analyzes the use of electronic platforms and mobile applications in organizing pilgrimage tourism, including the implementation of e-visas, online booking, and electronic payment systems that contribute to improving service quality and creating a comfortable environment for pilgrims. It also examines the implementation of the Smart Hajj and Umrah Smart Services platforms in Saudi Arabia, as well as the development trends of the E-Madina and Ziyorat Travel digital services in Uzbekistan.

Full text

FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 23 -Raqamli texnologiyalar joriy etilishi natijasida farmatsevtika mahsulotlari sifati xalqaro standartlarga yaqinlashmoqda; -Kontrafakt mahsulotlar ulushi keskin kamaygan; -Eksport hajmi va daromad salohiyati ortib bormoqda; -Korxonalarda raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish iqtisodiy barqarorlikni ta’minlamoqda. Takliflar: 1. Farmatsevtika tarmog‘ida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yagona milliy platforma yaratish; 2. Ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda farmatsevtik mahsulotlar uchun raqamli standartlashtirish bazasini shakllantirish; 3. Eksport bozorlarida raqamli sertifikatlash va elektron eksport monitoring tizimini joriy etish. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6079-son Farmon (2020 yil 5 oktabr). 2. Mahalliy va xorijiy olimlar, jumladan, R. Solou, Y. Shumpeter, M. Porter, hamda O‘zbekistonlik tadqiqotchilar (X.Abduraxmonov, O.Murodova va boshqalar)ning innovatsiya, raqobatbardoshlik va raqamli iqtisodiyot masalalari bo‘yicha ishlari mazkur mavzuda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PQ– 4910-sonli qarori (“Farmatsevtika tarmog‘ini 2021–2025 yillarda rivojlantirish konsepsiyasi”). TURIZM INDUSTRIYASI IQTISODIYOTIDAGI UMRA VA XAJ ZIYORATI XIZMATNI KO‘RSATISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI Fan va texnologiyalar universiteti, “Iqtisodiyot” kafedarsi katta o‘qituvchi S.X.Komolov, i.f.f.d. (PhD). Fan va texnologiyalar universiteti, Turizm yo‘nalishi 1-kurs, 1/25 gr.talabasi N.D.Raximova DOI Annotatsiya. Mazkur maqolada ziyorat turizmini tashkil etishda elektron platforma va mobil ilovalardan foydalanish, elektron viza, onlayn bronlash va elektron to‘lov tizimlarining joriy etilishi xizmat sifatini oshirish hamda ziyoratchilarga qulay sharoit yaratishga xizmat qilayotgani tahlil etilgan. maqolada Saudiya Arabistonida amalga oshirilayotgan “Smart Hajj” va “Umrah Smart Services” platformalari tajribasi hamda O‘zbekistonda “E-Madina” va “Ziyorat Travel” kabi raqamli xizmatlarning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: ziyorat turizmi, raqamli texnologiyalar, umra va haj, elektron xizmatlar, onlayn platforma, turizm industriyasi, innovatsion yechimlar. FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 24 Аннотация. В данной статье анализируется использование электронных платформ и мобильных приложений в организации паломнического туризма, внедрение электронных виз, онлайн-бронирования и электронных платежных систем, способствующих повышению качества обслуживания и созданию комфортных условий для паломников. Анализируется опыт внедрения платформ «Smart Hajj» и «Umrah Smart Services» в Саудовской Аравии, а также тенденции развития цифровых сервисов «E-Madina» и «Ziyorat Travel» в Узбекистане. Ключевые слова: паломнический туризм, цифровые технологии, умра и хадж, электронные услуги, онлайн-платформа, туристическая индустрия, инновационные решения. Abstract. This article analyzes the use of electronic platforms and mobile applications in organizing pilgrimage tourism, including the implementation of evisas, online booking, and electronic payment systems that contribute to improving service quality and creating a comfortable environment for pilgrims. It also examines the implementation of the Smart Hajj and Umrah Smart Services platforms in Saudi Arabia, as well as the development trends of the E-Madina and Ziyorat Travel digital services in Uzbekistan. Keywords: pilgrimage tourism, digital technologies, Umrah and Hajj, e-services, online platform, tourism industry, innovative solutions. Kirish. Bugungi kunda turizm industriyasida raqamli texnologiyalarni joriy etish nafaqat dam olish va sayohat turlariga, balki diniy ziyorat turizmi — umra va haj xizmatlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmoqda. Global raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, internet platformalarining kengayishi va sun’iy intellekt yechimlarining turizm sohasiga kirib kelishi ziyorat xizmatlarini ko‘rsatishda yangi bosqichni boshlab berdi. Ziyorat turizmi jahon turistik bozorining eng barqaror va ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Saudiya Arabistonida amalga oshirilayotgan “Smart Hajj” va “Umrah Smart Services” platformalari ziyoratchilar oqimini boshqarish, elektron ro‘yxatdan o‘tish, navbatsiz tashkiliy xizmat va xavfsizlik tizimlarini raqamlashtirish imkonini berdi. Bu yo‘nalishdagi raqamli yechimlar ziyoratchilar tajribasini yaxshilash bilan birga, mamlakat iqtisodiyoti uchun ham katta daromad manbai yaratmoqda (UNWTO, Digital Tourism Report, 2023)[2]. O‘zbekistonda ham keyingi yillarda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish, elektron hujjat aylanmasi va onlayn xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “Ziyorat Travel”, “E-Madina” kabi milliy platformalar orqali ziyoratchilarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish, chiptalarni elektron bron qilish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan[1]. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, umra va haj xizmatlari turizm industriyasining muhim qismi bo‘lib, unda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali xizmatlar samaradorligini, shaffofligini va ziyoratchilar uchun qulaylikni ta’minlash FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 25 mumkin. Shu nuqtai nazardan, mazkur mavzuni ilmiy jihatdan tadqiq etish - O‘zbekistonda diniy turizm sohasini raqamli iqtisodiyot sharoitida yanada rivojlantirishning ilmiy-amaliy asosini belgilaydi. Mazkur tadqiqot Y. Shumpeter (innovatsiya nazariyasi), M. Porter (raqobatbardoshlik strategiyasi) hamda zamonaviy mualliflar - X. Abduraxmonov, O. Murodova va boshqalarning raqamli iqtisodiyot va turizm xizmatlarini optimallashtirishga oid ilmiy ishlariga tayanadi. Shuningdek, UNWTO (2023), OECD (2022) hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining hisobotlarida keltirilgan raqamli transformatsiya yo‘nalishlari tahliliy asos bo‘lib xizmat qiladi[]. Shunday qilib, umra va haj ziyorati xizmatlarida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi nafaqat xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi, balki mamlakatning turistik salohiyati va xalqaro imijini kuchaytirishga ham xizmat qiladi. So‘nggi yillarda ziyorat turizmi sohasida raqamli yechimlar keng qo‘llanila boshladi. Saudiya Arabistoni tajribasida “Smart Hajj” dasturi orqali ziyoratchilar ma’lumotlarini avtomatlashtirish, chipta va turar joy bronlarini onlayn amalga oshirish, shuningdek, navbatsiz tashkiliy xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekistonda esa 2021–2025 yillarda “Ziyorat Travel”, “E-Madina” va “UZ-Hajj” elektron platformalari faoliyat yuritmoqda. Qyidagi 1-jadvalda “Raqamli yechimlar joriy etilgandan so‘ng xizmat ko‘rsatish sifatining oshishi” holatini ko‘rishimiz mumkun: 1-jadval Raqamli yechimlar joriy etilgandan so‘ng xizmat ko‘rsatish sifatining oshishi. Yillar Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan ziyoratchilar ulushi (%) Elektron to‘lov tizimi orqali xizmatlar (%) Ziyoratchilar qoniqish darajasi (%) 2020 15 10 62 2021 37 32 75 2022 58 54 83 2023 76 70 88 2024 89 84 93 Jadval tahlili: Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli platformalarning joriy etilishi xizmat ko‘rsatish tizimini sifat jihatdan yaxshiladi. 2020 yilda elektron xizmatlar ulushi jami 10 % bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich 84 % gacha oshgan. Shu bilan birga, ziyoratchilar qoniqish darajasi ham 62 % dan 93 % gacha o‘sgan. Quyidagi 1-rasmda esa “Raqamli transformatsiya ta’sirida ziyorat xizmatlari samaradorligi” (diagramma) holatini ko‘rishimiz mumkun: FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 26 1-rasm. Raqamli transformatsiya ta’sirida ziyorat xizmatlari samaradorligi. Diagramma tahlili: Diagramma ma’lumotlari ziyorat xizmatlarida raqamli texnologiyalar joriy etilgan sari xizmat samaradorligi va qoniqish darajasi izchil o‘sganini ko‘rsatadi. Bu holat turizm industriyasida raqamli iqtisodiyotning ustuvor ahamiyatini isbotlaydi. Quyidagi 2-jadvalda esa “Raqamli xizmatlarning iqtisodiy va ijtimoiy samaralari” holatini ko‘rishimiz mumkun: 2-jadval Raqamli xizmatlarning iqtisodiy va ijtimoiy samaralari № Ko‘rsatkichlar An’anaviy turizm Raqamli tizim Farq (%) 1 Xizmat ko‘rsatish vaqti (ortacha) 3 kun 1 kun -66% 2 Xatoliklar soni (hujjatlarda) 1000 ta 180 ta -82% 3 Ziyoratchilar qoniqishi 62% 93% +31% 4 Xizmatlardan foydalanish ulushi 45% 89% +44% Tahlil: Raqamli yechimlar joriy etilgandan keyin ziyorat xizmatlarida vaqt tejalishi, shaffoflik oshishi va inson omiliga bog‘liq xatolar keskin kamaygan. Bu iqtisodiy samaradorlikni ham kuchaytiradi, chunki xizmatlarning tezligi va sifatining oshishi turizm daromadlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Taklif va xulosalar: 1. “Smart Ziyorat” yagona milliy platformasini yaratish orqali barcha ziyorat xizmatlarini raqamli integratsiya qilish zarur. FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI 27 2. Saudiya Arabistonidagi “Smart Hajj” modeli tajribasini lokal sharoitga moslashtirgan holda amalga oshirish. 3. Ziyoratchilar ma’lumotlarini boshqarish uchun Big Data va AI yechimlaridan foydalanish. 4. Turoperatorlar va turagentliklar faoliyatini blokcheyn asosida shaffoflashtirish. Elektron to‘lov tizimlarini milliy bank tizimi bilan integratsiya qilish orqali xavfsizlikni ta’minlash. Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalarning umra va haj ziyorati xizmat ko‘rsatishdagi joriy etilishi nafaqat ziyoratchilar uchun qulaylik yaratmoqda, balki turizm industriyasining raqobatbardoshligini, samaradorligini va iqtisodiy barqarorligini oshirmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. 2. UNWTO, Digital Tourism Report, 2023. 3. Mahalliy va xorijiy olimlar, jumladan, Shumpeter, M. Porter, hamda O‘zbekistonlik tadqiqotchilar (X.Abduraxmonov, O.Murodova va boshqalar) ning raqamli iqtisodiyot va turizm xizmatlarini optimallashtirishga oid ilmiy ishlari mazkur mavzuda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan.