scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JAHON SAVDOSIDAGI GEOIQTISODIY O'ZGARISHLAR VA MILLIY IQTISODIYOTGA TA'SIRI

Odilova Munisaxon Sunnatjon qizi

Abstract

Ushbu maqolada XXI asirda jahon savdosida yuzaga kelayotgan geoiqtisodiy o’zgarishlar, global kuchlarni muvozanatini siljitish, mintaqaviy integratsalarni kuchaytirish, import kvota choralar ortishi hamda raqamli savdoning jadal kengayishi tahlil qilinadi. Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar, ayniqsa Osiyo mamlakatlarining global savdoda ulushi oshayotgan bir sharoitda xalqaro iqtisodiy tizimda yangi raqobat maydonlari shakllanmoqda. Mazkur o‘zgarishlarning milliy iqtisodiyotga ko‘rsatadigan ta’siri — eksport tuzilmasining diversifikatsiyasi, logistika zanjirlarining qayta shakllanishi, import xavfsizligi, investitsion oqimlar dinamikasi hamda iqtisodiy barqarorlikka ta’siri nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Shu bilan birga, yangi geoiqtisodiy sharoitda milliy iqtisodiyot uchun vujudga kelayotgan imkoniyatlar — yangi bozorlar, kooperatsiya loyihalari, raqamli savdo afzalliklari; hamda chaqiriqlar — resurs ta’minoti xavfsizligi, tashqi bozorlarning beqarorligi kabi jihatlar yoritib beriladi.

Full text

293 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) JAHON SAVDOSIDAGI GEOIQTISODIY O‘ZGARISHLAR VA MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI Odilova Munisaxon Sunnatjon qizi Toshkent amaliy fanlar universiteti 4-kurs talabasi. Tel: +998909352027, [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17806023 Annotatsiya. Ushbu maqolada XXI asirda jahon savdosida yuzaga kelayotgan geoiqtisodiy o’zgarishlar, global kuchlarni muvozanatini siljitish, mintaqaviy integratsalarni kuchaytirish, import kvota choralar ortishi hamda raqamli savdoning jadal kengayishi tahlil qilinadi. Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar, ayniqsa Osiyo mamlakatlarining global savdoda ulushi oshayotgan bir sharoitda xalqaro iqtisodiy tizimda yangi raqobat maydonlari shakllanmoqda. Mazkur o‘zgarishlarning milliy iqtisodiyotga ko‘rsatadigan ta’siri — eksport tuzilmasining diversifikatsiyasi, logistika zanjirlarining qayta shakllanishi, import xavfsizligi, investitsion oqimlar dinamikasi hamda iqtisodiy barqarorlikka ta’siri nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Shu bilan birga, yangi geoiqtisodiy sharoitda milliy iqtisodiyot uchun vujudga kelayotgan imkoniyatlar — yangi bozorlar, kooperatsiya loyihalari, raqamli savdo afzalliklari; hamda chaqiriqlar — resurs ta’minoti xavfsizligi, tashqi bozorlarning beqarorligi kabi jihatlar yoritib beriladi. Kalit soʻzlar: Geoiqtisodiy, BMT, Yangi O‘zbekiston, Markaziy Osiyo, logistika, aviatsiya logistika, avtomobil logistika, temir yo‘l logistika, dengiz logistika, import, eksport, jahon banki, iqtisodiyot, JST. Аннотация. В статье анализируются геоэкономические изменения, происходящие в мировой торговле в XXI веке, изменение баланса мировых сил, усиление региональной интеграции, увеличение мер импортного квотирования и быстрое расширение цифровой торговли. С ростом доли развивающихся экономик, особенно стран Азии, в мировой торговле возникают новые конкурентные арены в международной экономической системе. Влияние этих изменений на национальную экономику изучается с точки зрения диверсификации структуры экспорта, реструктуризации логистических цепочек, обеспечения импорта, динамики инвестиционных потоков и экономической стабильности. При этом выделяются возможности, возникающие для национальной экономики в новых геоэкономических условиях: новые рынки, кооперационные проекты, преимущества цифровой торговли; и вызовы: обеспечение ресурсного обеспечения, нестабильность внешних рынков, валютные риски. Ключевые слова: Геоэкономика, ООН, Новый Узбекистан, Центральная Азия, логистика, авиационная логистика, автомобильная логистика, железнодорожная логистика, морская логистика, импорт, экспорт, Всемирный банк, экономика, ВТО. Abstract. This article analyzes the geoeconomic changes taking place in world trade in the 21st century, the shift in the balance of global power, the strengthening of regional integration, the increase in import quota measures, and the rapid expansion of digital trade. With the increasing share of developing economies, especially Asian countries, in global trade, new competitive arenas are emerging in the international economic system. The impact of these changes on the national economy is studied from the perspective of diversification of the export structure, restructuring of logistics chains, import security, dynamics of investment flows, and economic stability. 294 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) At the same time, the opportunities emerging for the national economy in the new geoeconomic environment are highlighted - new markets, cooperation projects, digital trade advantages; and challenges - security of resource supply, instability of foreign markets, and currency risks. Keywords: Geoeconomics, UN, New Uzbekistan, Central Asia, logistics, aviation logistics, automobile logistics, railway logistics, maritime logistics, import, export, World Bank, economics, WTO. Bugungi kunda jahon savdosi keng rivojlangan, shu bilan birgalikda geoiqtisodiy tasirlar, milliy iqtisodiyotimizga o’z tasirini ko’rsatmasdan qolmaydi. 2025-yilda jahon savdosidagi asosiy geoiqtisodiy o‘zgarishlar orasida qayta ko‘rib chiqilgan savdo siyosatlari, geopolitik kuchlar ta’sirining ortishi va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi mavjud. Bu o‘zgarishlar milliy iqtisodiyotlarga sanoat zanjirlarining o‘zgarishi, milliy valyuta kurslarining beqarorligi, resurslarga bo‘lgan talabning o‘zgarishi va eksport-import oqimlarining o‘zgarishi orqali ta’sir ko‘rsatmoqda. Milliy iqtisodiyotlar, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar, ushbu o‘zgarishlarga moslashish va yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun iqtisodiy diversifikatsiya hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirishga e’tibor qaratishlari kerak. O‘zbekiston 1992-yil 2-martda BMTga a’zo bo‘lgan. O‘zbekiston shu bilan birgalikda o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan va asosiy xalqaro tashkilot bilan hamkorlikka katta ahamiyat qaratadi. Bir necha yillar davomida olib borilayotgan BMT bilan hamkorlik aloqalari, bularga misol tarizda so’ngi yillarda olib borilayotgan ishlar misol tarzida: 2023-yili poytaxtimizda «Yoshlar huquqlari, imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari» mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tgan; hozirgi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham mamlakatimiz dunyoning barcha mamlakatlari bilan manfaatli hamkorlik qilishga va BMT hamda uning institutlari bilan amaliy muloqotga hamisha tayyorligini takidlash lozim. Bundan tashqari geoiqtisodiy jihatdan O’zbekiston joylashuvi avzalik va kamchiliklari ham bor bularga misol tarzida: cheklangan dengizga chiqish imkoniyati, Markaziy Osiyodagi qulay geografik joylashuvi, koʻp sonli va turli-tumanning tabiiy resurslari (tabiiy gaz, oltin, neft, koʻmir va boshqalar), rivojlangan infratuzilma, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlarning katta zaxiralari keltirsak bo’ladi. Logistika xizmatiga ham to’xtalmasak bo’lmaydi, hozirgi kunda logistikaning asosiy to’rt turi mavjud bular: 1. Havo transporti (aviatsiya logistika)- eng tez yetkazish usuli, asosan xalqaro va uzoq masofalarga mo‘ljallangan, qimmatbaho, tez buziladigan yoki shoshilinch yuklar uchun(eng qimmat transport turi). 2. Yo‘l transporti (avtomobil logistika)- quruqlik bo‘yicha eng moslashuvchan va keng tarqalgan transport turi, yukni “eshikdan eshikkacha” yetkazib beradi, qisqa va o‘rta masofalar uchun eng qulay. 3. Poyezd transporti (temir yo‘l logistika)- katta hajmdagi yuklarni uzoq masofaga arzon narxda tashishga mo‘ljallangan, barqaror va ishonchli grafik asosida ishlaydi(narxi nisbatan arzon). 295 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) 4. Dengiz transporti (maritime logistics)- juda katta hajmdagi yuklarni tashishga mo‘ljallangan, eng arzon xalqaro transport turi, tashish masofasi juda uzun bo‘lishi mumkin, konteyner tizimi tufayli yuklar xavfsiz joylanadi. O’zbekiston esa geoiqtisodiy jihatidan aviatsiya logistika, avtomobil logistika va temir yo‘l logistika foydalana oladi holos dengiz logistikasi esa bundan mustasno. O`zbekiston, Toshkent 2025 yil yanvar-iyul oylarida mamlakatda transport xizmatlari hajmi 98,3 trln. So`mni tashkil etdi. Ushbu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davriga nisbatan 11,7% ga ko`pdir. Statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, bozor xizmatlarining umumiy hajmida transport xizmatlarining ulushi 18,1% ni tashkil etdi. O’zbekiston 2025-yilning yanvar oktabr oylarida tashqi savdo aylanmasi o’sish surati. • Import-116.9% • Eksport-127.8% tashkil etadi. Jahon bankining yangilangan prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda 6,2 foizga, 2026-yilda esa 6 foizga o‘sishi kutilmoqda. Mamlakat 2025 va 2026-yillarda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘lgan beshta iqtisodiyot qatorida qoladi. 2026-yilda mintaqada o‘sish 5 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Shunga qaramay, submintaqa mamlakatlari Yevropa va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, jumladan, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz, G‘arbiy Bolqon submintaqalari, shuningdek, Rossiya va Turkiya bilan taqqoslaganda YAIM o‘sish sur’atlari bo‘yicha yetakchilikni saqlab 296 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) qoladi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha mintaqada O‘zbekiston yetakchilik bo‘lib qoladi, boshqa yetakchilar orasida Qirg‘iziston (2025-yilda 9,2 foiz va 2026-yilda 6,5 foiz), Tojikiston (mos ravishda 7,6 foiz va 5,2 foiz), Gruziya (7 foiz va 5,5 foiz) va Qozog‘iston (5,5 foiz va 4,5 foiz) bor. 2024-yilda JST bilan hamkorlik aloqalari haqida Mirziyoyeva habar bergan edi, biroz ortga nazar solgan holda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni 2005 yilda to‘xtab qolgan, 2020 yil iyul oyiga kelib jarayon ishchi guruhning 4-uchrashuvi bilan rasman qayta boshlangan edi. Undan keyin 2022 yil iyun, 2023 yil mart va 2023 yil noyabr oylarida, shuningdek, 2024 yil may oyida ishchi guruh yig‘ilishlari bo‘lib o‘tgandi. 2025 yil 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Iqtisodiy islohotlarni tezlashtirish va O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha choratadbirlar to‘g‘risida”gi 74-sonli Farmonni imzoladi. JSTning rasmiy habarlariga ko’ra, O‘zbekiston 2026-yilgacha tashkilotga a’zo bo‘lishni reja qilmoqda. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish qaratilgan. Buning asosiy maqsadlari: 1. Elektr energetika sohasini isloh qilish. 2. Kimyo sanoatini modernizatsiya qilish. 3. Tashqi savdoni liberallashtirish. 4. Bojxona tartib-qoidalarini takomillashtirish. 5. Gaz bozorini isloh qilish. 6. Maxsus ehtiyojli bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash. 7. Xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish. 8. Elektrotexnika sanoatini qo‘llab-quvvatlash. Jahon savdosidagi geoiqtisodiy o‘zgarishlar milliy iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatadi, bunda transport infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni qo‘llash va yangi bozorlarga kirish kabi omillar 2025 yilda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro miqyosdagi savdo oqimlarining o‘zgarishlari, xususan, ehtiyojlar va resurslar taqsimotining o‘zgarishi, hamda savdo-sotiqning yangi shakllari va usullari milliy iqtisodiyotning o‘sishiga, tadbirkorlikning rivojlanishiga va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. https://imrs.uz/publications/articles-and-abstracts/geoeconomics 2. https://gov.uz/oz/mfa/sections/view/14469 3. O`ZBEKISTON IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI. Buxoro – 2008. bet-102. 4. https://srcyrl.kapoklogcn.com/info/the-6-types-of-transportation-in-logistics99245292.html 5. O‘zbekiston 2025-yilda iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha YeMO mintaqasida eng tez o‘sayotgan beshta mamlakat qatoriga kiradi — Jahon banki – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta 6. https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/03/wto/ 7. http://nhrc.uz/oz/news/progress-on-uzbekistans-accession-to-the-world-trade-organizationreported