scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK HUJJATCHILIGINING TARIXIY RIVOJI VA HOZIRGI HOLATI

Normurodova Zarifa Ruziqulovna; Toshpo'latova Sarvara Xolmurod qizi

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek hujjatchiligining tarixiy shakllanish bosqichlari, uning ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq holda rivojlanishi hamda zamonaviy hujjatchilik tizimining shakli va mazmuni tahlil qilinadi. Avvalo, qadimgi turkiy davrlardan boshlab yaratilgan bitiklar, o‘rta asr sharqona devonxona an’analari va xonliklar davriga xos hujjatlar misolida milliy hujjatchilik maktabining asoslari ochib beriladi. Keyingi bosqichda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab davlat boshqaruvi, idoraviy ish yurituv va normativ-huquqiy tizimning takomillashuvi jarayonida hujjatchilikning standartlashuvi va unifikatsiyalashuvi yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida elektron hujjat aylanishi, raqamli arxivlar, me’yoriy-uslubiy hujjatlarning zamonaviy talablarga mos holda ishlab chiqilishi kabi yo‘nalishlardagi yutuqlar keng o‘rin olgan. Maqola hujjatchilikning bugungi holati, rivojlanish istiqbollari va uni takomillashtirishga oid takliflar bilan yakunlanadi.

Full text

22 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O‘ZBEK HUJJATCHILIGINING TARIXIY RIVOJI VA HOZIRGI HOLATI Normurodova Zarifa Ruziqulovna Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi. Toshpo‘latova Sarvara Xolmurod qizi Termiz davlat universiteti 1-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17806567 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek hujjatchiligining tarixiy shakllanish bosqichlari, uning ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq holda rivojlanishi hamda zamonaviy hujjatchilik tizimining shakli va mazmuni tahlil qilinadi. Avvalo, qadimgi turkiy davrlardan boshlab yaratilgan bitiklar, o‘rta asr sharqona devonxona an’analari va xonliklar davriga xos hujjatlar misolida milliy hujjatchilik maktabining asoslari ochib beriladi. Keyingi bosqichda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab davlat boshqaruvi, idoraviy ish yurituv va normativ-huquqiy tizimning takomillashuvi jarayonida hujjatchilikning standartlashuvi va unifikatsiyalashuvi yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida elektron hujjat aylanishi, raqamli arxivlar, me’yoriy-uslubiy hujjatlarning zamonaviy talablarga mos holda ishlab chiqilishi kabi yo‘nalishlardagi yutuqlar keng o‘rin olgan. Maqola hujjatchilikning bugungi holati, rivojlanish istiqbollari va uni takomillashtirishga oid takliflar bilan yakunlanadi. Kalit so‘zlar: hujjat, qadimgi davr, yozma hujjatlar, arxiv, davlat tilida ish yuritish, hujjat turlari, me’yoriy-uslubiy hujjatlar, zamonaviy hujjatchilik tizimi, raqamli tizim, rivojlanish. THE HISTORICAL DEVELOPMENT AND CURRENT STATE OF UZBEK DOCUMENTATION Abstract. This article analyzes the stages of the historical formation of Uzbek documentation, its development in connection with socio-political processes, and the form and content of the modern documentation system. First of all, the foundations of the national documentation school are revealed on the example of inscriptions created since ancient Turkic times, medieval oriental divankhona traditions, and documents typical of the khanate period. The next stage covers the standardization and unification of documentation in the process of improving state administration, departmental work, and the regulatory and legal system since the second half of the 20th century. Also, during the years of Uzbekistan's independence, there have been widespread achievements in such areas as electronic document management, digital archives, and the development of regulatory and methodological documents in accordance with modern requirements. The article concludes with the current state of documentation, development prospects, and proposals for its improvement. Key words: document, ancient times, written documents, archive, official language, types of documents, normative and methodological documents, modern documentation system. ИСТОРИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ И СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ДОКУМЕНТАЦИИ УЗБЕКИСТАНА Аннотация. В статье анализируются этапы исторического становления узбекской документации, ее развитие в связи с общественно-политическими процессами, форма и содержание современной системы документации. В первую очередь, раскрываются основы национальной школы документации на примере надписей, созданных с древнетюркских времен, традиций средневековой восточной диванхоны и документов, типичных для периода ханств. 23 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Следующий этап охватывает стандартизацию и унификацию документации в процессе совершенствования государственного управления, ведомственной работы и нормативно-правовой системы со второй половины XX века. Также за годы независимости Узбекистана были достигнуты широкие достижения в таких областях, как электронный документооборот, цифровые архивы, разработка нормативно-методических документов в соответствии с современными требованиями. В заключение статьи рассматриваются современное состояние документооборота, перспективы развития и предложения по его совершенствованию. Ключевые слова: документ, древность, письменные документы, архив, государственный язык, виды документов, нормативно-методические документы, современная система документации. Hujjatlar bugungi kunda paydo bo‘lib qolgan emas,zero uning paydo bo‘lishi va rivojlanib borishi ham bir qancha vaqt va davrlarni talab qilgan. Kishilik jamiyatining rivojlanib borishi hujjatlarning ham rivojlanishiga zamin yaratgan. Ilk yaratilgan hujjatlardan biri miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi Bobil shohi Xamurappining adolatpesha qonunlar majmuyi hisoblanadi. 1 Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o‘rxun-enasoy , sug‘d, arab kabi tillarda yozilganjuda ko‘plab hujjatlar , umuman olganda yozma manbalar ma’lum. Bizning vatanimizning ko‘p viloyatlaridagi insonlar sug‘d tilidan foydalanishgani ham bizga tarixdan ma’lum, demak aynan manashu davrlarda ham hujjatlardan foydalanib kelishgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tarixda bizning rivojlangan viloyatlarimizda odamlar hujjatlardan ko‘proq savdo-sotiq ishlarida foydalanishgan. Bundan tashqari xonlarning farmonlari ham yoki soliq daftarlari ham tashkil etilgan hamda maxsus insonlar tomonidan nazorat qilingan. Barcha davrlarda ham hujjatlar ijtimoiy hayotning barqarorligini taminlashda eng muhim rol o‘ynagan. Aynan bu davrlarda yorliq, patta, farmon, noma hamda bitimlar keng tarqalgan. Bizgacha yetib kelgan eng muhim hujjatlardan biri Amir Temur bobomiz tomonidan yozilgan ‘‘Temur Tuzuklari’’kitobi hisoblanadi.Bu asar o‘rta asr davlatchiligining eng muhim hujjatlaridan biri bo‘lib unda davlatni qanday idora etish, toj u taxt egalarining vazifalari, beklarni va sardorlarni mansablarga tayinlash va ularning vazifalari, boj va soliqlarni to‘lash tartib qoidalari hamda mansabdor shaxslarning davlat oldida ko‘rsatgan xizmatlarini qay tarzda taqdirlash tartibi va boshqa shu kabilar o‘z ifodasini topgan. Davlatimiz Rossiya davlatining mustamlakasiga aylangandan so‘ng davlat boshqaruvi bilan bir qatorda ish qog‘ozlari, ya;ni hujjatchilik qanday tashkil etilishini ham ular belgilay boshladilar. Aynan Oktabr to‘ntarishidan keyin sho‘rolar tuzumi, vatanimizda juda yomon siyosat olib bora boshlagan garchi, bu davrda ham vatanimizda o‘zbek millatiga mansub kishilar ko‘pchilikni tashkil etsada , davlat tili rus va o‘zbek tili deya belgilangan edi hamda rus tilining mavqeyi o‘zbek tiliga qaraganda ancha yuqori edi. Barcha huquqiy hujjatlarda ham xalq yoki davlatning emas sho‘rolar tuzumining manfatlari ustun qo‘yilgan edi. Yani aslida davlat tili o‘zbekcha bo‘lsada, undagi hujjatlar ruscha nomlar bilan atalgan masalan; справка, данние kabilar. Bilamizki, har qanday hujjat ham qandaydir axborotni ifodalaydi va bu hujjatlardagi eng kerakli unsur bu til hisoblanadi. O‘zbek hujjatchiligining rivojlanishga eng birinchi turtki bo‘lgan voqea ham O‘zek tiliga davlat tili maqomi berilishi bo‘ldi.Aynan shu davrlarda yani, rus tilida hujjat yozishdan o‘zek tiliga o‘tish jarayoni juda ham og‘ir kechgan. 1 Aminov.M.Davlat tilida ish yuritish: Amaliy qo‘llanma-Toshkent:O‘ZBEKISTON NASHRIYOTI, B. 6 24 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Maktablarda yoki litseylarda asosiy yozish tili rus tilida yani, krill alifbosida bo‘lganligi sababli Til to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan keyin barcha hujjatlar, qonunlar o‘zb ek tilida yuritiladigan bo‘ldi hamda bu korxona , zavod yoki boshqa muassasa ishchilarining qiynalishiga olib keldi. Negaki ular barcha hujjatlarni rus tili meyorlariga to‘g‘ri ravishda to‘ldirganlar. Manashu davlatda yashayotgan har bir fuqaro, har bir jamiyat a’zosi hayoti davomida albatta hujjat yozishiga to‘g‘ri keladi xoh dehqon bo‘lsin , xoh shifokor har bir sohaning ham o‘z hujjatlari mavjud, shuning uchun ham mustaqillikdan keying yillarda maktab darsliklarida eng kerakli va hayotimizda ko‘p uchraydigan hujjatlarni yozishni o‘rgatish alohida bob sifatida berilgan. So‘nggi yillarda hujjatlarni elektronlashtirishga juda e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, hujjatlar elektronlashtirish ham yanada takomillashib zamon talabiga moslashmoqda. Bu rivojlanishning natijasi sifatida ‘‘Davlat xizmatlari portali’’yoki qisqacha mygov.uz fikrimizning isboti sifatida keltirishimiz mumkin. Negaki, bundan bir necha yillar muqaddam o‘quvchilar universitetlarga hujjat topshirish uchun ham qator navbatlarda turar va qiynalar edi, hattoki bir hujjjatni rasmiylashtirish uchun bir necha kunlab navbat kutishlariga to‘g‘ri kelar edi. Bilamizki hujjatlar tuzishning o‘ziga xos usuli mavjud bo‘lib ular rasmiy uslubda yozildi va rasmiy uslub qoidalariga amal qilgan holda tuziladi elektron hujjatlar yaratishda bunga zarurat bo‘lmaydi, chunki ularda hujjatning eng kerakli , yani rasmiy uslubga xos bo‘lgan joylari keltirilgan bo‘ladi. Endilikda bir hujjat avtomatik tarzda o‘zining identifikatsiya raqamlariga ega bo‘lmoqda. Uning qulay tarafi shundaki, bu raqam takrorlanmaydi , hujjatni tezroq topishni va uni arxivda saqlashni yengillashtiradi. Raqamlashgan hujjatlar esa ko‘proq xavsizlikda va himoyalangan holda davlat arxivlarida saqlanadi. Vatanimizda hujjatchilik tizimi tarixiy an’analarga tayangan holda zamon talabiga mos bo‘lgan texnologiyalar bilan boyitilib, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek hujjatchiligi va tili bir-biriga chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Hujjatchilik qancha yuksalsa, til ham shunchalik yuksaladi, agar davlatning tili buzilsa bu albatta hujjatchilik sohasiga ham qattiq tasir qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. M.Aminov va boshqalar. Davlat tilida ish yuritish; Amaliy qo‘llanma.-Toshkent; O‘ZBEKISTON NASHRIYOTI,2020. 572 b. 2. A.Madvaliyev,M.Aminov, N.Mahkamov,N.Mahmudov, Y.Odilov va boshqalar.Davlat tilida ish yuritish.-Toshkent,2021.