KICHIK YOSHDAGI BADIIY GIMNASTIKACHI QIZLARNING HARAKATLAR MUVOFIQLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada 6 - 10 yoshli badiiy gimnastikachi qizlarda harakatlar muvofiqligini (koordinatsiyasini) rivojlantirishning asosiy qonuniyatlari, usullari va amaliy tavsiyalari yoritilgan. Koordinatsion qobiliyatlarning erta shakllanishi sport mahorati va texnik tayyorgarlikning poydevori ekanligi ilmiy tahlillar asosida bayon qilindi.
Full text
43 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 KICHIK YOSHDAGI BADIIY GIMNASTIKACHI QIZLARNING HARAKATLAR MUVOFIQLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI Duskulova Madina Toshtemirovna Oriental universiteti 2-bosqich magistri. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17806991 Annotatsiya. Ushbu maqolada 6 - 10 yoshli badiiy gimnastikachi qizlarda harakatlar muvofiqligini (koordinatsiyasini) rivojlantirishning asosiy qonuniyatlari, usullari va amaliy tavsiyalari yoritilgan. Koordinatsion qobiliyatlarning erta shakllanishi sport mahorati va texnik tayyorgarlikning poydevori ekanligi ilmiy tahlillar asosida bayon qilindi. Kalit so‘zlar: badiiy gimnastika, koordinatsiya, harakatlar muvofiqligi, ritm, muvozanat, makon hissi, anjomlar bilan mashqlar. СПОСОБЫ РАЗВИТИЯ КООРДИНАЦИИ ДВИЖЕНИЙ У ДЕВОЧЕКХУДОЖЕСТВЕННЫХ ГИМНАСТОК МЛАДШЕГО ВОЗРАСТА Аннотация. В данной статье освещены основные закономерности, методы и практические рекомендации по развитию координации движений у девочекхудожественных гимнасток 6-10 лет. На основе научного анализа изложено, что раннее формирование координационных способностей является основой спортивного мастерства и технической подготовки. Ключевые слова: художественная гимнастика, координация, координация движений, ритм, равновесие, чувство пространства, упражнения с инструментом. METHODS FOR DEVELOPING COORDINATION OF MOVEMENTS IN YOUNG FEMALE RHYTHMIC GYMNASTS Abstract. This article highlights the main principles, methods, and practical recommendations for developing coordination of movements in 6-10-year-old rhythmic gymnasts. Based on scientific analysis, it was stated that the early formation of coordination abilities is the basis of sports mastery and technical training. Key words: rhythmic gymnastics, coordination, coordination of movements, rhythm, balance, sense of space, exercises with an instrument. Kirish. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab jismoniy tarbiya va sportga davlat siyosati darajasida etibor berilayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, bu borada keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish borasida Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining qabul qilinishi sohaga berilayotgan etiborning tasdig‘idir. Hech shubhasiz, bugungi kunda badiiy gimnastika sport turi mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlarida, ayniqsa, qizlarning eng sevimli sport turlaridan biriga aylangan. Mamnuniyat bilan aytish joiz, badiiy gimnastikachilarimiz jahon arenalarida ko‘p yillardan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqalarning deyarli barchasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, nufuzli o‘rinlarni band etib, shoxsupadan yaxshi o‘rinlarni egalab yetakchilikga davogarlardan bo‘lib kelishmoqdalar. Xalqaro sport maydonida sportchilarimiz tomonidan egallangan bunday yuqori o‘rinni qo‘ldan boy bermasilik uchun esa yoshlarning sportga bo‘lgan ommaviy qiziqishini yanada oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash tizimini yanada takomillashtirish, badiiy gimnastika bo‘yicha mutaxassislarini tayyorlash shuningdek, o‘zbek badiiy gimnastikachi
44 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 qizlarining dunyodagi yetakchiligini saqlab qolish uchun qabul qilingan qarorning ijrosini to‘laqonli taminlash bo‘yicha belgilangan tartibda ishlar olib borilmoqda. Badiiy gimnastika sport turlari orasida ommalashib borayotgan sport turi bo‘lib, unda butun tana azolari uyg‘unlikda qo‘llaniladi. Xarakat texnikasini to‘g‘ri bajarish sportchining yutuqlari va taktika samaradorligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy gimnastika bolalarda estetik idrok, harakat madaniyati, egiluvchanlik va mushaklar nazoratini rivojlantiradigan sport turi hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda harakatlar muvofiqligi — sportchining umumiy maxoratini belgilaydigan eng muhim jismoniy sifatlardan biridir. Kichik yoshdagi qizlarda bu sifatlarni rivojlantirish uchun to‘g‘ri tanlangan mashqlar, ritm, muvozanat va asboblar bilan ishlash usullari katta ahamiyatga ega. Tadqiqot maqsadi. Kichik yoshdagi badiiy gimnastikachi qizlarda harakatlar muvofiqligi (koordinatsiya)ni rivojlantirishga qaratilgan samarali pedagogik va metodik usullarni aniqlash, ularni amaliyotga joriy etish hamda ushbu usullarning bolalarning umumiy tayyorgarlik darajasiga ta’sirini o‘rganish. Tadqiqot vazifalari. Kichik yoshdagi badiiy gimnastikachi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishga doir ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish. Kichik yoshdagi gimnastikachilar uchun koordinatsiyani rivojlantiruvchi asosiy mashqlar tizimini ishlab chiqish va tavsiflash. Tajriba natijalari asosida harakatlar muvofiqligini rivojlantirishning eng samarali metodik tavsiyalarini ishlab chiqish. Badiiy gimnastikada harakatlar muvofiqligining o‘rni Gimnastikada koordinatsiya quyidagi komponentlar orqali namoyon bo‘ladi: Muvozanatni saqlash qobiliyati Harakatlarning vaqti, tezligi va kengligiga moslashish Asbob bilan (to‘p, bulava, halqa, lenta) muvofiq harakat qilish Ritm va musiqaga mos harakatlarni bajarish Ko‘pchiqimli harakatlarni bir vaqtda idora qilish 6–10 yoshli bolalarda markaziy nerv tizimining tez rivojlanishi koordinatsiya sifatlarini shakllantirish uchun eng qulay davr hisoblanadi. 6 - 10 Yoshli badiiy gimnastikachi qizlarning musobaqalarda ishtrok etish ko‘rsatkichlari № Musobaqalar turi Yoshi Turi Qatnashuvchilar soni 1. Viloyat bosqichi 6 - 7 Badiy gimnastika 65 % - 75 % 2. Respublika bosqichi 6 - 7 Badiy gimnastika 70 % - 80 % 3. Viloyat bosqichi 8 - 9 Badiy gimnastika 65 % - 70 % 4. Respublika bosqichi 8 - 9 Badiy gimnastika 75 % - 85 % 5. Viloyat bosqichi 10 Badiy gimnastika 50 % - 55 % 6. Respublika bosqichi 10 Badiy gimnastika 70 % - 75 %
45 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Izox: Jadvalda 6 - 10 yoshli badiiy gimnastikachi qizlarning bosqichma bosqich musobaqada ishtroki qayd etilgan. Кичик ёшдаги гимнастикачиларда координацияга таъсир этувчи омиллар Боланинг умумий жисмоний ривожланиши, Диққат ва диққатни тез ўзгартира олиш қобилияти, вестибуляр аппарат фаоллиги, мусиқа ҳисси ва ритм сезгирлиги, асбоблар билан ишлаш тажрибаси ва мураббийнинг методик ёндашуви. Бу омилларни ҳисобга олган ҳолда машғулотлар тизимли режалаштирилса, координация сифатлари самарали ривожланади. Ҳаракатлар мувофиқлигини ривожлантириш усуллари 1. Ритмик ҳаракат машқлари Мусиқа остида юриш ва югуриш. Ритмни сезиш учун қўл, оёқ ва тана ҳаракатларини мувофиқлаш. Турли темпдаги мусиқалар асосида машқлар бажариш. Бу машқлар болада ритм қабул қилиш ва унга мос ҳаракат қилиш қобилиятини оширади. 2. Мувозанатни ривожлантирувчи машқлар Бир оёқда туриш (қисқа ва узоқ вақтли). Гимнастик скамейка ва линия бўйлаб юриш. Асбоб билан мувозанатни сақлаш (лентани юқорида ушлаб туриш, тўпни елкада ушлаш). Мувозанатни ривожлантириш бадиий гимнастика техникасида асосий ўрин тутади. 3. Асбоблар билан мувофиқлашган машқлар Тўп билан: Лақиллатиш ва ўрнида ушлаб олиш Тана орқали тўпни айлантириш Ерга урдириб қайтиб тушган тўпни назорат қилиш Лента билан: Спирал, тўлқин ва айланма ҳаракатлар Лентани қўл ва тананинг турли қисми билан мувофиқлаштириш Булава/Ҳалқа билан: Айлантириш, ҳавога ташлаш, айлантириб ушлаш Бир вақтда бир неча ҳаракатни мослаштириш Асбоблар билан машқлар кўпчиқимли ва мураккаб координацияни шакллантиради. 4. Реакция тезлигини оширувчи машқлар Сигнал (қўнғироқ, қичқириш, рангли ишора) бўйича ҳаракатни бошлаш Асбобни кутилмаган вақтда ташлаб, тез ушлаб олиш Йўналишни тездкорлик билан алмаштириш Бу машқлар боланинг ҳаракатни бошқариш тезлигини оширади. 5. Макон ҳиссини ривожлантириш Айланишлар, чизма бўйича ҳаракатлар Масофани тўғри ҳисоблашга йўналтирилган машқлар Гуруҳли комбинацияларда жойлашув ва масофани сақлаш Маконни тўғри қабул қилиш гимнастикада ҳаракатларни аниқ бажаришни таъминлайди. Тренировка жараёнини ташкил этиш тавсиялари
46 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Машқлар “соддадан — мураккабга” тамойили асосида берилсин. Дарснинг 20–30% қисми координация машқларига ажратилсин. Машғулотлар ранг-баранг ва қизиқарли бўлиши боланинг мотивациясини оширади. Асбоблар билан ишлаш 7–8 ёшдан тизимли равишда киритилади. Мусиқа темпи болалар қобилиятига кўра аста-секин тезлаштирилади. Хулоса Олиб борилган тадқиқотларда шулар аниқландики, кичик ёшдаги бадиий гимнастикачи қизларда маўғулотлар ҳаракатлар мувофиқлигини ривожлантириш спорт маҳоратининг негизини ташкил этади. Координация сифатларини тўғри методик ёндашув орқали ривожлантириш болада чиройли, аниқ, уйғун ва ритмли ҳаракатларни шакллантиришга ёрдам беради ва чиниқтиради, Ишлаб чиқилган тавсияномаларда келтирилган машқлар мажмуасидан келиб чиқиб доимий машғулотларда фойдаланилса албата келгусида юқори натижаларга эришишга замин яратади ва эришилган ютуқларни ўзида ушлаб қолиш имкониятларини яратади. Фойдаланилган адабиётлар рўйихати. 1. O‘zbekistonda sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 24.01.2020 yildagi PF-5924-son Farmoni 2. М. И. Иванова «Бадиий гимнастика: назария ва машқлар» – муаллиф: Science of Gymnastics Journal. 2020. 3. Л. П. Смирнова «Хореография ва бадиий гимнастика» – муаллиф: Science of Gymnastics Journal. 2019. 4. Н. В. Сидорова«Бадиий гимнастика: методика ва машғулотлар» – муаллиф: Science of Gymnastics Journal 2019. 5. «Бадиий гимнастика: профессионал спортчилар учун» – муаллиф: О. В. Кузнецова. Science of Gymnastics Journal 6. Q.A.Umarov. Malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish monografiya Toshkent-2025.:134 b. “Renesans nashiriyoti” 7. Q.A.Umarov. Yuqori malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichi mashg‘ulotlarida tiklanishda qo‘llaniladigan tavsiyalar “Sportda ilmiy tadqiqotlar” ilmiynazariy jurnali 2024 yil 11-15 bet. Chirchiq. 8. Q.A.Umarov. Yuqori malakali kikbokschi qizlar terma jamoasining jismoniy va funksional tayyorgarlik dinamikasi ko‘rsatkichlari ILMIY XABARLAR Ilmiy-nazariy jurnal 4/2024 QOQON. DPI 293-299 bet