YOSHLAR VA EKOTURIZM RIVOJI: IQLIM MUAMMOLARI VA ULARGA MUQOBIL YECHIMLAR
Abstract
Ushbu maqolada yoshlar o‘rtasida ekoturizmning rivojlanish tendensiyalari, iqlim o‘zgarishining turizm jarayonlariga ko‘rsatadigan ta’siri va ushbu sohada qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda global iqlim muammolari fonida yosh avlodning ekologik madaniyati, barqaror turizmga bo‘lgan qiziqishi hamda ularning ekoturizmni rivojlantirishdagi amaliy roli yoritiladi. Maqola ekoturizmning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini ilmiy asoslar bilan yoritib, zamonaviy texnologiyalar orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar beradi.
Full text
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 73 YOSHLAR VA EKOTURIZM RIVOJI: IQLIM MUAMMOLARI VA ULARGA MUQOBIL YECHIMLAR Farxodov Zafar Qaxramon o’gli e-mail: [email protected] Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Turizm va mehmondo’stlik yo’nalishi 2-kurs talabasi Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlar o‘rtasida ekoturizmning rivojlanish tendensiyalari, iqlim o‘zgarishining turizm jarayonlariga ko‘rsatadigan ta’siri va ushbu sohada qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda global iqlim muammolari fonida yosh avlodning ekologik madaniyati, barqaror turizmga bo‘lgan qiziqishi hamda ularning ekoturizmni rivojlantirishdagi amaliy roli yoritiladi. Maqola ekoturizmning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini ilmiy asoslar bilan yoritib, zamonaviy texnologiyalar orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar beradi. Kalit so‘zlar. yoshlar, ekoturizm, iqlim o‘zgarishi, barqaror turizm, innovatsiyalar, ekologik madaniyat Abstract. This article examines the development of ecotourism among youth, the impact of climate change on tourism activities, and the innovative approaches being implemented in this field. The study highlights the environmental awareness of the younger generation, their interest in sustainable tourism, and their practical contributions to the growth of ecotourism amidst global climate challenges. The article also provides scientific justification of the economic and social significance of ecotourism and proposes modern technological solutions for ensuring environmental sustainability.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 74 Keywords. youth, ecotourism, climate change, sustainable tourism, innovation, environmental awareness Аннотация. В данной статье рассматриваются тенденции развития экотуризма среди молодежи, влияние изменения климата на туристические процессы, а также инновационные подходы, применяемые в этой сфере. В исследовании подчеркивается экологическая культура молодого поколения, их интерес к устойчивому туризму и практический вклад в развитие экотуризма на фоне глобальных климатических вызовов. Статья также раскрывает экономическое и социальное значение экотуризма, предлагая современные технологические решения для обеспечения экологической устойчивости. Ключевые слова. молодежь, экотуризм, изменение климата, устойчивый туризм, инновации, экологическая культура. Kirish. Global iqlim o‘zgarishi bugungi kunda dunyo hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, turizm industriyasiga ham bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Iqlimning keskin isib borishi, suv tanqisligi, biologik xilma-xillikning kamayishi va tabiiy landshaftlarning o‘zgarishi turizmning barqaror rivojlanishini izdan chiqaruvchi omillar sifatida qayd etilmoqda. Bunday sharoitda ekoturizm, ya’ni, tabiatni muhofaza qilishga, ekologik barqarorlikni ta’minlashga hamda mahalliy aholiga iqtisodiy foyda keltirishga qaratilgan turizm yo‘nalishi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jarayonda ayniqsa yoshlarning roli alohida e’tibor talab qiladi. Chunki zamonaviy avlod ekologik masalalarga nisbatan yanada sezgir, ochiq fikrli va innovatsion yechimlarga moyil bo‘lib bormoqda. Turizmda innovatsiyalar deb – yangi turistik marshrutlar, loyihalar va turlarni ilmiy va texnologik yutuqlar, IT texnologiyalar, shuningdek, boshqaruv
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 75 va marketing sohalaridagi yetakchi tajribalardan foydalanish orqali tashkil etish, shu orqali mahalliy aholini band qilish, daromadlar oshishini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish hamda mintaqa va mamlakatning turistik imidjini yaxshilashga, hududning ekologik holatini yaxshilashva unga zararni kamaytirishga imkon beruvchi omillar tushuniladi. 1 Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu tadqiqotda ekoturizm va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha nazariy asoslarni aniqlash maqsadida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO)ning rasmiy ma’lumotlari o‘rganildi. Shuningdek, mavzuga oid chet el olimlari hamda o‘zbek olimlarining ilmiy izlanishlari qiyosiy tahlil qilindi. Analitik-deskriptiv yondashuv asosida global ekologik tendensiyalar, yoshlar ekologik faolligi va ekoturizm innovatsiyalari tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar sistemali yondashuv va mantiqiy umumlashtirish orqali qayta ishlanib, xulosalar shakllantirildi. Adabiyotlar sharhi. Ekoturizm va yoshlar faolligi bo‘yicha so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar ushbu yo‘nalishning global miqyosda ahamiyati ortib borayotganini ko‘rsatadi. Avvalo, “Turizmni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi: xalqaro tajriba va istiqbolli yo‘nalishlar” nomli tadqiqotda raqamli texnologiyalar, aqlli boshqaruv tizimlari va ekologik monitoring innovatsiyalarining barqaror turizmni shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Mualliflar ta’kidlashicha, innovatsion yechimlar turistik xizmatlar samaradorligini oshirish bilan birga ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim omil 1 TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLIGIYALARNING QO‘LLANISHI: XALQARO TAJRIBA VA ISTIQBOLLI YO‘NALISHLAR Soxibova Muslimaxon Xolmatjon qizi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti. 2024-yil 307 bet UO‘K: 338.48
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 76 hisoblanadi. 2 Mohd Yusof va hammualliflar (2025) tomonidan olib borilgan tadqiqotda yoshlarning barqaror turizmga qo‘shayotgan hissasi ijtimoiy innovatsiyalar orqali tushuntiriladi. Ularning fikricha, mahalliy hamjamiyat rivoji ko‘p jihatdan yosh avlodning ekologik loyihalardagi ishtiroki va ijtimoiy innovatsion tashabbuslari bilan chambarchas bog‘liq. Bu yondashuv ekoturizm faoliyatida yoshlar rolini kuchaytirish zarurligini ilmiy asosda tasdiqlaydi. 3 Funa va Gabay (2025) esa Filippindagi San-Bernardino orollarida yoshlarning ekoturizmga munosabatini o‘rgangan bo‘lib, ekologik xabardorlik, tabiatni muhofaza qilish tamoyillari va hududning barqaror rivojlanishiga bo‘lgan qiziqish kuchayib borayotganini qayd etadi. Tadqiqot natijalari yoshlarning ekoturizm jarayonlarida faol ishtiroki konservatsiya va resurslarni saqlashda muhim kuch ekanini ko‘rsatadi. 4 Umuman olganda, o‘rganilgan ilmiy manbalar yoshlar ekoturizm rivojida strategik kuch ekanini, innovatsion texnologiyalar esa ushbu jarayonni tezlashtiruvchi asosiy mexanizmga aylanganini ko‘rsatmoqda. Bu esa yoshlar faolligi, ekologik xabardorlik va zamonaviy raqamli yechimlarning uyg‘unligi ekoturizmning kelajakdagi yo‘nalishlarini belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi. Natijalar. Global iqlim o‘zgarishi turizm sanoatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi 30 yil ichida o‘rtacha global harorat 1,1 °C ga oshgani kuzatildi (IPCC, 2023), bu esa turizm infratuzilmasi va tabiiy resurslarga sezilarli zarar yetkazmoqda 5 . Grafik 1940–2025 yillar oralig‘ida global o‘rtacha haroratning 2 TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLIGIYALARNING QO‘LLANISHI: XALQARO TAJRIBA VA ISTIQBOLLI YO‘NALISHLAR. Soxibova Muslimaxon Xolmatjon qizi 2024-yil 307 bet UO‘K: 338.48 https://doi.org/10.60078/2992-877x-2024-vol2-iss5-pp306-312 3 Mohd Yusof, Noorlailahusna, et al. "Empowering youth for sustainable tourism: the mediating roles of social innovation in promoting local community development." Borneo Akademika 9.1 (2025): 55-67. 4 Funa, Aaron, and Renz Alvin Gabay. "Exploring Youth Perspectives on Ecotourism in the San Bernardino Islands: Insights into Sustainability and Conservation." Diversitas Journal 10.4 (2025): 1458-1486. 5 Intergovernmental Panel on Climate Change (IPCC), 2023 https://www.ipcc.ch/report/ar6/syr/
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 77 o‘zgarmalarini ko‘rsatadi. 1940–1980 yillarda harorat anomaliyasi asosan manfiy bo‘lib, global yuzaki harorat o‘rtacha qiymatdan pastroq bo‘lgan. 1980-yillardan boshlab ijobiy tendensiya boshlanib, ayniqsa 2000-yildan keyin haroratning sezilarli darajada oshishi kuzatiladi. So‘nggi yillarda (2020–2025) o‘rtacha harorat 0,5–1 °C gacha oshib, iqlim isib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi. Bu tendensiya global iqlim o‘zgarishining turizm hududlariga ta’sirini kuchaytirishi, qishki va plyaj turizmi uchun sharoitlarni o‘zgartirishi, shuningdek, ekstremal ob-havo hodisalarini ko‘paytirishi mumkinligini ilmiy asosda tasdiqlaydi. 6 1-rasm Global isish ko’rsatkishi (oktabr oyi misolida) So‘nggi yillarda kuchaygan bo‘ron to‘lqinlari plyajlarning eroziyasini tezlashtirmoqda va shu bilan sayyohlarni jalb qiluvchi tabiiy manzaralarni yuvib ketmoqda. Moliyaviy zarar esa juda katta bo‘lib, turistik kurortlarni qayta qurish xarajatlari 2050 yilga kelib 23,3 milliard AQSh dollariga yetishi mumkin. Hozirgi kunda mehmonxonalar faqat 21 foizi o‘z hududida qayta tiklanuvchi energiya 6 How much have temperatures risen in countries across the world? - Our World in Data https://ourworldindata.org/
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 78 manbalaridan foydalanadi, bu esa ko‘pgina inshootlarni ekstremal obhavo sharoitida elektr ta’minotining uzilishiga nisbatan juda zaif qiladi. Ekstremal ob-havo hodisalari faqat binolarni shikastlay qolmay, shuningdek, ish faoliyatida noaniqliklarni yuzaga keltiradi va sayyohlar uchun manzillarni ishonchsiz qiladi. Karib havzasida faoliyat yuritayotgan turizm sub’ektlari ayniqsa qattiq xavf ostidadengiz sathining faqat bitta metr ko‘tarilishi bilan resort ob’ektlarining 60% zarar ko‘rishi mumkin. Sayyohlarni Venetsiyaga jalb qiluvchi madaniy meros ob’ektlari muntazam suv bosishi xavfi ostida bo‘lsa, Maldiv orollarining 2050 yilga kelib 80% qismi suv ostida qolishi tahmin qilinmoqda. Kichik orol davlatlari va Tinch okeani sohil hududlari esa iqlim bilan bog‘liq bu tahlikalardan sezilarli ta’sir olmoqda. Shu bois, bardoshli turizm infratuzilmasini qurish iqlimga moslashuv choralarini amalga oshirish bilan birga, mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlaydigan va barqaror iqtisodiy foyda keltiradigan turizm loyihalarini rivojlantirishga yordam beradi. Orol davlatlaridagi turizm infratuzilmasi iqlim tahdidlariga juda zaif bo’lib bir qator choralarni ko’rish bilan zararni oldini olish va kamaytirish mumkin.Yoshlar va mahalliy jamoat ishtiroki, adaptiv siyosatni qo‘llash va barqaror turizm loyihalarini moliyalashtirish hududlarda turizmning bardoshini oshiradi va iqtisodiy ham ijtimoiy xavflarni kamaytirishga yordam beradi. 7 Turizm sohasida inqirozlarni bartaraf etish va mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish zarur. AQShdagi hozirgi infratuzilma 2043 yilgacha 15,2 trillion dollar sarmoyani talab qiladi, chunki u o‘n yillar davomida yetarli darajada rivojlantirilmagan va iqlimga nisbatan zaif. Moliyaviy zarar faqat inshootlar bilan cheklanmaydi-Karib havzasi kabi turizmga bog‘liq hududlarda ish o‘rinlarining yo‘qolishi jiddiy muammo. Misol uchun, Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari natijasida 2,000 dan ortiq sayyoh evakuatsiya qilindi, bu 7 Gössling, Stefan, and Daniel Scott. "Climate change and tourism geographies." Tourism Geographies 27.3-4 (2025): 642-652.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 79 mamlakatning yalpi ichki mahsulotidagi turizm hissasi 15% ni tashkil etishini hisobga olsak, iqtisodiy zaiflik aniq ko‘rinadi. 8 Zarar / Tahdid Qiymat / Prognoz Izoh / Manzil Turistik kurortlarni qayta qurish xarajati 23,3 milliard USD 2050 yilga kelib Resort ob’ektlariga zarar ko‘rish xavfi 60% Karib havzasida dengiz sathining 1 metr ko‘tarilishi Maldiv orollarining suv ostida qolishi tahmini 80% 2050 yilga kelib Gretsiyada yong‘inlar natijasida evakuatsiya qilingan sayyohlar soni 2,000+ Yong‘inlar sababli evakuatsiya qilingan sayyohlar soni 1-jadval Global Iqlim o’zgarishining turizmga ta’siri 9 Har yili qazib olingan va yoqilgan ko‘mir, neft va gaz miqdori ortib borishi bilan global haroratning ko‘tarilishi tezlashadi, shuning uchun barcha davlatlar iqtisodiyotini imkon qadar tezroq fosil yoqilg‘ilardan uzoqlashtirishga harakat qilishi lozim. Eng samarali yechimlardan biri energiya manbalarini toza va qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari bilan almashtirishdir. Quyosh, shamol, to‘lqin, tidel va geotermal energiya manbalari fosil yoqilg‘ilarga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli 8 https://www.world-tourism.org/climate/ 18 Ways That Climate Change Is Affecting Tourism 9 Muallif ishlanmasi
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 80 darajada kamaytiradi va iqlimni barqarorlashtirishga yordam beradi. Benzin va dizel ishlatadigan avtomobillar, samolyotlar va kemalar iqlimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun shaxsiy avtomobil foydalanishini kamaytirish, elektr transport vositalariga o‘tish va samolyot safarlarini minimallashtirish nafaqat global isishni kamaytiradi, balki havo ifloslanishini ham pasaytiradi. Tabiatni tiklash va karbonni yutuvchi muhitlarni himoya qilish ham iqlimni barqarorlashtirishning muhim usullaridandir. Daraxt ekish va yerlarni tabiiy holatiga qaytarish orqali atmosferadagi karbon dioksid miqdori kamayadi. Shu bilan birga, Amazon va boshqa yirik o‘rmonlarni himoya qilish zarur, chunki sanoat miqyosidagi o‘rmon kesish katta miqdorda karbonni yo‘q qiladi. Okeanlarni himoya qilish ham iqlimni barqarorlashtirishga xizmat qiladi, chunki ular atmosferadan katta miqdorda karbon dioksid yutadi, ammo haddan tashqari ov qilish, neft qazib olish va chuqur dengiz qazib olish bu jarayonni xavf ostiga qo‘yadi. Shu sharoitlarda yoshlar barqaror turizm va ekologik faollikning yetakchi kuchi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular innovatsion texnologiyalar va yangicha yechimlar orqali kurortlar va sayyohlik obyektlarida energiya samaradorligini oshirish, chiqindilarni kamaytirish va iqlim tahdidlariga qarshi bardoshli infratuzilma yaratishda faol hissa qo‘shadi. Shuningdek, yoshlar jamoatchilikni xabardor qilish, mahalliy iqtisodiy tiklanish va ijtimoiy qo‘llabquvvatlashda ham yetakchi rol o‘ynaydi, bu esa turizm sohasining barqaror rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yoshlarni bu sohaga jalb qilish uchun xalqaro miqyosda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda: xalqaro tanlov va grantlar, haftalik oromgohlar va treninglar bunga misol bo’la oladi. Yana bir yorqin misol Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) Italiya hukumati bilan hamkorlikda 2025-yil uchun Youth4Climate (Y4C) – Yoshlar uchun Iqlim Innovatsiyalari tanlovini e’lon qildi. Ushbu global tashabbus yosh iqlim yetakchilari va yoshlar tomonidan boshqariladigan tashkilotlarni iqlim o‘zgarishining dolzarb
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 81 muammolarini hal qilishga qaratilgan innovatsion va samarali yechimlar bilan ishtirok etishga taklif qiladi. Youth4Climate tashabbusi yosh innovatorlarga nafaqat har bir loyiha uchun 30,000 AQSh dollarigacha moliyaviy yordam beradi, balki ularning ta’sirini kuchaytirish maqsadida qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlar ham yaratadi. 2023yildan boshlab birinchi tanlov o‘tkazilganidan buyon, Youth4Climate dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlaridan 3,000 dan ortiq yoshlar loyihalarini jalb qilgan va 52 mamlakatdagi 100 ta yoshlar tashabbusiga jami 2,5 million dollar miqdorida moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni taqdim etgan. Ushbu tashabbus yoshlarga ekoturizm va barqaror turizmni rivojlantirishdagi innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish va iqlim o‘zgarishiga qarshi samarali strategiyalar ishlab chiqishda motivatsiya beradi. Shu orqali yoshlar ekologik loyihalarni boshqarish va mahalliy hamjamiyatlarni barqaror rivojlantirishga jalb qilinadi. Bundan tashqari, o‘rganilgan manbalar innovatsion texnologiyalarning turizm jarayonidagi samaradorligini ham tasdiqlaydi. Raqamli ilovalar, ekologik monitoring tizimlari, aqlli boshqaruv platformalari va boshqa texnologik yechimlar barqaror turizmni qo‘llabquvvatlashda samarali vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu orqali yoshlarning ekologik loyihalardagi faolligi raqamli resurslar yordamida kuchayadi va mahalliy hamjamiyatning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yoshlar ekoturizm rivojida strategik ahamiyatga ega bo‘lib, ularning faolligi va innovatsion texnologiyalarni qo‘llashi barqaror turizmni shakllantirishning asosiy drayveriga aylangan. Bu kombinatsiya ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan sezilarli natijalarni beradi hamda kelajakda ekoturizmni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.