BARQAROR TARAQQIYOT POYDEVORI – MILLIY QADRIYATLARIMIZDIR
Abstract
Maqola milliy tarbiyaning strategik yoʻnalishini keng ma'noda ma'naviy qadriyatlarimizni millatimizga yot boʻlgan turli zararli ta'sirlardan himoya qilish, uni yoshlarimizni ongi, qalbi, dunyoqarashining ajralmas qismiga aylantirishni tashkil qilish muammolariga bagʻishlangan boʻlib, bu masalada buyuk jadidchi bobolarimiz va yurtimizga tanilgan zamondosh yozuvchilarimizning xikmatlari asosida yurtimizda volontyorlik harakatini rivojlantirishga bagʻishlangan.
Full text
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 132 BARQAROR TARAQQIYOT POYDEVORI – MILLIY QADRIYATLARIMIZDIR Sultanov Fozil Xojiyevich Turon FA akademigi. Muzaffarov Sanʼatbek Ikromjon oʻgʻli Oʻzbekiston Milliy universiteti doktoranti Tel.(94) 924 01 15 E-pochta: [email protected] Annotatsiya: Maqola milliy tarbiyaning strategik yoʻnalishini keng maʼnoda maʼnaviy qadriyatlarimizni millatimizga yot boʻlgan turli zararli taʼsirlardan himoya qilish, uni yoshlarimizni ongi, qalbi, dunyoqarashining ajralmas qismiga aylantirishni tashkil qilish muammolariga bagʻishlangan boʻlib, bu masalada buyuk jadidchi bobolarimiz va yurtimizga tanilgan zamondosh yozuvchilarimizning xikmatlari asosida yurtimizda volontyorlik harakatini rivojlantirishga bagʻishlangan. Kalit soʻzlar: milliy taʼlim-tarbiya, strategik yoʻnalish, siyosiy - iqtisodiy transformatsiyalar, maʼnaviy qadriyatlar, yoshlar, ommaviy madaniyat, jadidchilar, yozuvchilar, dunyoqarash, xikmatlar, volontyorlik. Аннотация:Статья посвящена проблемам организации стратегического направления национального воспитания в широком смысле — защите наших духовных ценностей от различных вредных воздействий, чуждых нашему народу, а также превращению их в неотъемлемую часть сознания, сердца и мировоззрения нашей молодёжи. В работе рассмотрено развитие волонтёрского движения в нашей стране на основе мудрых наставлений великих джадидов и известных современников-писателей. Ключевые слова: национальное образование и воспитание, стратегическое направление, политико-экономические трансформации,
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 133 духовные ценности, молодёжь, массовая культура, джадиды, писатели, мировоззрение, мудрости, волонтёрство. Annotation:The article is devoted to the issues of organizing the strategic direction of national education, which broadly focuses on protecting our spiritual values from various harmful influences alien to our nation, and turning these values into an integral part of the consciousness, heart, and worldview of our youth. The work is also dedicated to the development of the volunteer movement in our country based on the wise teachings of the great Jadids and well-known contemporary writers. Keywords: national education and upbringing, strategic direction, political and economic transformations, spiritual values, youth, mass culture, Jadids, writers, worldview, wisdom, volunteering. Kirish qism. Maʼlumki, globallashuv jarayoni insonning xulq atvoriga, ongiga, ichki tuygʻulariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. Bu esa oʻz navbatida, jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. Farzand tarbiyasida “ommaviy madaniyat” koʻrinishida kirib kelayotgan, maʼnaviy qadriyatlarimiz, millatimizga yot boʻlgan turli zararli taʼsirlar, keyingi vaqtlarda yoshlar tarbiyasida turli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ularni bartaraf etishda esa davlat, jamiyat, ota-onalar va faol yoshlar birgalikda xarakat qilishlari kerak. Albatta bu madaniyatlar ichidan maqbul boʻlganlarinigina qabul qilamiz. Afsuski, ular orasida farzandlarimiz tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yuqorida aytilgan illatlar xam kam emas, ana shu “salbiy illatlarni bartaraf qilish - siyosiy masala”,- deb xisoblanadi va u davlat, jamiyat barqarorligiga, tinchligiga taʼsir etadi. Ijtimoiy-siyosiy taxlillarga koʻra, keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar sonining keskin ortib borishi, ular orasida yoshlar asosiy katta qismini tashkil qilishi, muhim hodisadir. Ilmu-fan nuqtayi nazardan, raqamli
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 134 texnologiyalar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda oʻziga xos madaniyat shakllanmasa, yoshlar tarbiyasida juda katta muammolarga duch kelamiz. Axborotlar oqimi chek chegarasiz, ular orasida, nadomatlar boʻlsinkim, yoshlar maʼnaviyatiga, tarbiyasiga, dunyoqarashiga salbiy taʼsir koʻrsatadigani xam koʻp. Foydalanuvchilar orasida, yoshlarimizning koʻpligi bizni tashvishga soladi. Hozirgi zamonda ijtimoiy tarmoqda “Instagram, Tik-tok, Telegram”,- deb nom olgan koʻngilochar dasturlarni ommalashgani hech kimga sir emas. Bu dasturlar yordamida har xil harakatlar, oʻyinlar va chiqishlar amalga oshiriladi. Eng asosiysi, ushbu kanallar orqali “ommaviy madaniyat”ni yorqin namoyish etish, yoshlar ongini zaxarlash, axloqsizlikni targʻib eish, milliy qadriyatlarimizga nisbatan beparvolik hissini uygʻotish, mumkin [1]. Asosiy qism. Insonning ongi va qalbini zaxarli gʻoyalar egallangach, u manqurt sifatida oʻzligidan ajraladi. Oʻzligidan ayrilgan inson gʻayriixtiyoriy ravishda har qanday tuban topshiriqning ham ijrochisiga aylanib boraveradi. Shu oʻrinda Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyovning fikriga eʼtibor qaratish zarur: “Biz bir narsani hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur. Agar “ommaviy madaniyat” tahdidi faqat chetdan – Gʻarbdan kirib keladi, desak, qattiq adashamiz. Bu balo, afsuski, oʻzimizdan, oʻz oramizdan ham chiqishi mumkin. Men bu gaplarni osmondan olib aytayotganim yoʻq. Yurtimizda nashr etilayotgan ayrim gazeta-jurnallar, kitoblarni, suratga olinayotgan baʼzi klip va kinolarni, efirga berilayotgan qoʻshiq va raqslarni kuzatib, sogʻlom fikrlaydigan har qanday odam shunday xulosaga kelishi tabiiy” [2]. "Oʻz obunachilarini kuldiraman",- deb oʻzlarini har kuyga solayotgan, boshqalarga mazax boʻlsada “layk” toʻplash uchun turli xil video va roliklar joylayotgan yosh ota-onalarni koʻrganimizda, tarbiya borasidagi kamchiliklar koʻzga tashlanadi. Ijtimoiy tarmoqlar va virtual olam kirib borayotgan dunyoda, oila aʼzolarini yangi qadriyatlar bilan tanishtirib, oʻzga madaniyat va turmush tarzini
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 135 tashviq qilayotganligi, uning salbiy taʼsiri natijasida yoʻqotayotgan oʻzligimiz, asta-sekinlik ila boʻhronlarga uchrayotgan, yoinki boshqasiga almashtirayotgan qadriyatlarimiz qarshisida, "ertaga ne deb javob beramiz?"- degan haqli savol tugʻiladi. Eng achinarlisi shuki, ota-onalarning shunday, maʼnaviyatga zid, xazillarni yosh bolalar bilan birgalikda amalga oshirayotganidir. Axir farzand hamisha birinchi navbatda oʻz ota–onasidan andoza oladi, uning yurish-turishidan, muomalasidan oʻrnak oladi. Farzand kitob oʻqib oʻtirgan emas, balki kechayu-kunduz telefon bilan ovora boʻlib oʻtirgan ota-onasini koʻrib, ulgʻayadi. Qarabsizki, farzand real va virtual hayotni bir-biridan ajrata olmay, hayotda oʻz oʻrnini yoʻqotib qoʻyadi. Virtual hayotni tahdid sifatida qaraladigan tomonlaridan biribu avlodlar orasidagi aloqalarning uzilib qolishidir. Bunday muxit kirib borgan xonadonlarda avlodlar ӯrtasidagi munosabatlar kun sayin kamayib bormoqda. Bunday xonadonlarda otaonalar va bolalar soatlab yonma-yon ӯtirishadi, ammo internetdan uzilib, birbirlariga bir ogʻiz soʻz gapirishga fursat topisholmaydi .Bugungi kunda ota-ona va bolalar bir davrada ӯtirib, oilaviy va boshqa masalalarda shirin va ibratli suhbatlar quradigan xonadonlarni, kamdan-kam uchratamiz. Natijada, afsuski ota-ona va farzandlar ӯrtasidagi munosabatlar sovub bormoqda, ajrimlar xam koʻpaymoqda. Bunga sabab qilib ijtimoiy tarmoqqa qaramlikni aytish mumkin. Nafaqat yosh avlod balki, katta yoshlilar ham bunday qaramlikka tushib qolishgani juda achinarli. Bejizga ulugʻ maʼrifatparvar jadidchi bobomiz Abdulla Avloniy oʻz asarlarida taʼlim-tarbiya toʻgʻrisida ham koʻp bor toʻxtalib [3]: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”, - deya eʼtirof etganlar. “Farzand tarbiyasi, bu - yaxshi niyat bilan barpo etilayotgan bino kabidir, agar uning poydevorini mustahkam qursangiz, turli tashqi taʼsirlarga bardoshli va koʻrkam bino boʻlib qoladi. Poydevori eʼtibordan qolgan bino ming savlat toʻkmasin, payti kelib aslini koʻrsatib qoʻyadi”,-
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 136 degan edi taniqli yozuvchi Toxir Malik, maʼnaviyat va tarbiya masalariga bagʻishlangan "Odamiylik mulki" (Ahloq kitobi)da [4]. Ma’lumki, jadidchilik harakati XX asr boshlarida Turkiston hududida shakllangan yirik ma’rifatparvarlar harakati bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqni uyg‘otish, jamiyatni isloh qilish, ilm-ma’rifatni keng yoyish va yosh avlodni zamon talablari asosida tarbiyalash edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi jadid bobolarimiz o‘z asarlari, maktablari, gazeta va jurnallari orqali xalqni ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, jamiyatga xizmat qilish ruhida tarbiyalagan. “Haqshunoslik deb bir kishining qilgan yaxshiligini unutmaslikni aytilur. Butun olamdagi insonlar haqshunoslik va do’stlik orqasida yasharlar. Yaxshilikdan do’stlik, mehribonlik tug’ar, ikki ko’ngil orasida ulfat va muhabbat cho’juqlari yugurishar, quvusharlar. Xayrixohlik deb nima ila bo’lsa bo’lsun bir-birimizga foyda yetkurmakni aytilur. Xayrixohlik bir birimizga qarshu ishla-tiladurgan bir vazifayi insoniyadur” [5]. Xayrixohlik — volontyorlikning axloqiy poydevoridir. Avloniyning ta’kidlashicha, xayrixohlik “bir-birimizga foyda yetkazish”, “egri yo‘ldan qaytarish”, “kuch yetganicha yordam qilish” demakdir. Avloniy aytgan “insonlar bir-birining yordami bilan yashaydi” g‘oyasi esa volontyorlikni ijtimoiy zarurat sifatida asoslaydi. Haqshunoslik - koʻngillilikda ishonch va hamkorlikni shakllantiruvchi omil sifatida: hamkorlikning muhimligi, ijtimoiy ishonchning shakllanishi va oʻzaro rahmdillikning kuchayishi haqidagi fikr - volontyorlikning aynan maqsadlariga mosdir. Oliyhimmatlikda esa ijtimoiy qadriyatlarvolontyorlikning eng yuksak maʼnaviy koʻrinishi sifatida ilgari suriladi.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 137 Buni isboti sifatida, jadidchilar tomonidan tashkil etilgan barcha maktablarning bepul bo‘lgani hamda ularning asosan jadid ziyolilarining shaxsiy mablag‘lari hisobidan faoliyat yuritganini kuzatish mumkin. Ismoil G‘aspirali - “Tarjimon” gazetasi orqali jamiyatni savodsizlikdan chiqarish, xalqni uyg‘otish uchun o‘z mablag‘i bilan xizmat qildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy - Samarqandda yangi usul maktablarini o‘z mablag‘i bilan tashkil etgan. Abdulla Avloniy - Toshkentda “Jamiyati xayriya” (xayriya jamiyati)ni tashkil etib, kambag‘al bolalar uchun bepul maktablar ochgan. Munavvarqori Abdurashidxonov -Toshkentda “Jamiyati Imdodiya”, “Nashriyot jamiyati” kabi xayriya va ma’rifiy tashkilotlar tuzgan hamda bepul maktablar ochgan, yetim bolalar uchun mablag‘ to‘plagan. Abdurauf Fitrat - Buxoro yoshlari va talabalariga homiylik qilib, ularni Istanbulga o‘qishga yuborilishida ko‘maklashgan. Cho‘lpon - Teatr truppalariga homiylik qilgan, yoshlarni bepul o‘qitgan. Alixonto‘ra Sog‘uniy - xalq uchun bepul, beg‘araz, ijtimoiy foydali xizmatlar qilgan. Demak, buyuk ishlarni amalga oshirgan jadidchilarning barchasi ezgulik va yaxshilik uchun xizmat qilgan va hozirda ham ezgulik uchun targʻibotchi sifatida koʻz oʻngimizda namoyon boʻladi. Shunday ekan, volontyorlik qilish har bir insonning qon-qoniga singib ketgan bir vaksina boʻlishi kerakki, u orqali -insonlar jamiyatimiz uchun foydali ish qilmoqni - oʻz burchi kabi anglashi lozim. Xulosa. Necha asrlar burun, allomabobokalonlarimiz "Sharq tafakkurini"ni butun dunyoga tarannum etganidek, minglab yillar davomida sayqallanib, bizgacha yetib kelgan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarimizni yurtimiz yoshlariga singdirib, ziyoli, oʻqimishli, bilimdon qilib, yurtimizni barqaror rivojlanishiga oʻz hissamizni qoʻshishdek, yuksak masʼuliyatni biz faol volontyorlar zimmamizga olishimiz zarur.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 138 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI: 1. Sultanova E.S., Sultonov F,X. “Gʻoyaviy taxdid: adoqsiz kurashlar”. Toshkent, "Tafakkur" jurnali, 2021-yil, 3-soni, 114-115 b. 2. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi maʼruzasi Xalq soʻzi. 2017 yil 5-avgust. 3. Abdulla Avloniy (1878–1934). Turkiy Guliston yoxud axloq – www.ziyouz.uz,Chop etilgan13.02.2017, Muallif, Ziyouz.uz 4. Toxir Malik “Odamiylik mulki” T., 2014, 432, 447 b.b. 5. Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” 21-bet.