KREATIV YONDASHUV ASOSIDA O'QITISH METODLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV INTEGRATSIYASI
Abstract
Ushbu maqolada kreativlikni rivojlantirishning uslubiy asoslari tahlil qilinib, bu jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsion yondashuvlar ko‘rib chiqilgan, talabalarda kreativ kompetentlikni rivojlantirish borasida olimlarimizning qarashlari va istiqboli haqida so‘z boradi. Shuningdek innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning kreativligini rivojlantirishning nazariy va metodologik asoslarini tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan asosiy raqamli kompetensiyalar va pedagogik texnologiyalar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu sohada qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlar va ta’lim sifatini oshirish usullari muhokama qilingan.
Full text
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 179 KREATIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QITISH METODLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV INTEGRATSIYASI Zarnigorxon Ikromjon qizi Meliqo‘ziyeva zarnigorxonmeli[email protected] Qo‘qon davlat universiteti tayanch doktoranti Annotatsiya. Ushbu maqolada kreativlikni rivojlantirishning uslubiy asoslari tahlil qilinib, bu jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsion yondashuvlar ko‘rib chiqilgan, talabalarda kreativ kompetentlikni rivojlantirish borasida olimlarimizning qarashlari va istiqboli haqida so‘z boradi. Shuningdek innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning kreativligini rivojlantirishning nazariy va metodologik asoslarini tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan asosiy raqamli kompetensiyalar va pedagogik texnologiyalar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu sohada qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlar va ta’lim sifatini oshirish usullari muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: raqamli integratsiya, innovatsiya, kompetentlik, kreativlik, ta’lim dasturlarining innovatsiyasi, masofaviy o‘qitish platformalari. Аннотация В данном тезисе проводится анализ методологических основ развития креативности, рассматриваются инновационные подходы, направленные на поддержку этого процесса, а также освещаются взгляды и перспективы отечественных учёных по формированию креативной компетентности у студентов. Помимо этого, исследуются теоретические и методологические основы развития креативности будущих педагогов на базе инновационных подходов. Рассматриваются основные цифровые компетенции и педагогические технологии, необходимые для эффективной деятельности в современной образовательной среде. Обсуждаются методологические
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 180 подходы, применяемые в данной области, а также способы повышения качества образования. Ключевые слова: цифровая интеграция, инновация, компетентность, креативность, инновационность образовательных программ, платформы дистанционного обучения. Abstract. This article explores the implementation of teaching methods grounded in a creative approach, focusing on their role in enhancing students’ creative competencies and overall learning effectiveness. In today’s rapidly changing educational landscape, traditional teaching methods often fall short in preparing students for real-world problem-solving and innovation. Therefore, the creative approach to teaching is becoming increasingly relevant and necessary. Keywords: digital integration, innovation, competence, creativity, innovation in educational programs, distance learning platforms KIRISH Bugungi kunda kreativ fikrlash ta’lim jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu nafaqat yangi g‘oyalar ishlab chiqish, balki muammolarni yangi nuqtai nazardan yechishga ham yordam beradi. Bundan tashqari mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarni yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida interfaol o‘qitish metodlari asosida o‘quvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish keng tatbiq etish imkoniyatlari yaratilmoqda. Hozirgi vaqtda pedagog kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish orqali ijodiy ta’lim jarayonini loyihalashtirishning zamonaviy metodik ta’minotni yaratish, talabalarda kasbiy faoliyat sohalariga yo‘naltirilgan kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish asosiy vazifalardan biridir.Kreativlik ta’lim jarayonini tashkillashtirishni o‘zida mujassamlashtirib,
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 181 kreativ ta’lim jarayonini qurish, ta’lim texnologiyalaridan ijodiy salohiyatni rivojlantirish, turli uslublar, bilim va ko‘nikmalar muvozanatini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.Kreativlik-shaxsning yaratuvchanik, ijodkorlik xislatlari bilan bog‘liq ko‘nikmalar majmui sifatida namoyon bo‘ladi. Kreativlik o‘z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intuitsiya, natijalarini oldindan ko‘ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi. Ko‘rinib turibdiki,kreativlik bevosita shaxsning individual-psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Uning rivojlanishi esa intellekt intuitsiya-mantiqiy fikrlash jarayoni ta’sirida keladi. Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, sanʼat va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan. Kreativ fikrlashm shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda,yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. ASOSIY QISM Bilamizki, kreativlik zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatning muhim omillaridan biridir. U yangi va innovatsion yechimlarni topish, muammolarni hal qilish va yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Innovatsion yondashuv asosida talabalar kreativ kompetentlikni rivojlantirishning uslubiy asoslari haqida so‘z yuritishdan oldin, avvalo, ushbu asosiy tushunchalarni aniqlab olish kerak: innovatsion yondashuv, kreativ kompetentlik, va uslubiy asoslar. Innovatsion yondashuv — bu yangi fikrlar, usullar va texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy qilishdir. Bu yondashuv talabalarning o‘z-o‘zini rivojlantirishiga, mustaqil fikrlashiga va zamonaviy muammolarni hal qilishda ijodiy yondashuvga undaydi. Talabalarda kreativ kompetentlikni rivojlantirishda foydalaniladigan materiallar va metodlar innovatsion yondashuvga asoslangan bo‘lib, talabalarning ijodiy salohiyatini ochishga va ularni zamonaviy talablarga mos ravishda
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 182 tayyorlashga qaratilgan. Quyida bu jarayonda qo‘llaniladigan materiallar va metodlar haqida batafsil ma'lumot beriladi. -elektron kitoblar va maqolalar: Kreativ fikrlash va ijodiy muammolarni hal qilish haqida turli elektron manbalar. -ta'lim platformalari: Coursera, Udemy, edX kabi platformalar, bu yerda talabalarning kreativ kompetentliklarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kurslar mavjud. -interaktiv ta'lim dasturlari: Duolingo, Khan Academy, va boshqa interaktiv o‘quv platformalari. Yuqorida keltirilgan materiallar va metodlar innovatsion yondashuv asosida talabalar kreativ kompetentliklarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu usullar talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish, murakkab muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni zamonaviy talablar asosida tayyorlashga qaratilgan. Innovatsion metodlarni qo‘llash talabalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. Interaktiv va muammoli ta'lim metodlari, guruhiy ishlash va rol o‘yinlari orqali talabalar darslarga faolroq jalb qilindi. Bu, o‘z navbatida, ularning o‘rganish jarayonida ishtirok etish darajasini ko‘tardi. Innovatsion texnologiyalar va muammoli ta'lim metodlari talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini sezilarli darajada rivojlantirdi. Case-study va loyiha asosida o‘qitish talabalarni yangi va samarali echimlarni izlashga undadi, bu esa ularning kreativ kompetentliklarini oshirdi. innovatsion yondashuv asosida talabalar kreativ kompetentliklarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va amaliyotlar natijasida talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlari, akademik natijalari va zamonaviy muammolarni hal qilish qobiliyatlari sezilarli darajada yaxshilandi. Bu yondashuvlar talabalarning kelajakdagi professional faoliyatlariga tayyorgarlik ko‘rish va zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatli bo‘lishlariga katta hissa qo‘shdi. Zamonaviy jamiyatning tezkor rivojlanishi va texnologik yangilanishlar, ta’lim
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 183 sohasida ham katta o‘zgarishlarni talab qilmoqda. Xususan, bo‘lg‘usi pedagoglarning kreativ kompetentligini rivojlantirish ularning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu kompetensiyalar zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llash va ta’lim sifatini oshirish imkonini beradi. Shu sababli, bo‘lajak pedagoglarda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, ularni zamonaviy ta’lim muhitiga moslashtirish va o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini yaxshilash uchun zarur shartlarni yaratish muhimdir. Zamonaviy ta’lim tizimida talabalarni kreativ va innovatsion fikrlashga o‘rgatish muhim vazifa hisoblanadi. Kreativ kompetentlik – bu talabalarning yangiliklarga ochiqligi, muammolarni ijodiy yondashuv bilan hal qilish qobiliyati va yangi g‘oyalarni ishlab chiqish qobiliyatidir. Ushbu maqolada innovatsion yondashuv asosida talabalarda kreativ kompetentlikni rivojlantirishning uslubiy asoslari tahlil qilinadi. Qolaversa, ta’limtarbiya jarayonlarida milliy va zamonaviy texnologiyalarni integratsiyalash, ma’lum bo‘limlarga amal qilish uchun hamda talabga mos ta’lim tizimini yangilash uchun bir necha mavzular mavjud. Integratsiya, milliy va zamonaviy texnologiyalarni yangilash, ta’limning sifatini oshirish va talabga mos o‘quv chegaralarini ishlab chiqishda ko‘p tajriba va faollikni ta’minlaydi. Bu bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilovalar va texnologiyalar ko‘plikda variantlarga ega bo‘lib, bir necha jabhalarda amalga oshiriladi. Innovatsion kompetensiya - bu insonning yangi va foydali ideyalarni yaratish, ularni amalga oshirish va jamiyatda yangiliklar kiritishga murojaat qilishga qodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tayyorlik va malakalardir. Bu, o‘rganish, muhokama qilish, ishlab chiqish va tatbiq etish, tahlil qilish, tajriba olish va muammolariga samarali еchim topish, hamda muassasalar orasida innovatsiyalar o‘rnatishga bo‘lgan qodirliklarni o‘z ichiga oladi. Innovatsion kompetensiyalar, mavzularning orasidagi bog‘liqlikni tushunish, muammolarni kreativlik bilan hal qilish, riskni olg‘a bermaslik va yangi yondashuvlarga bo‘lgan ochiqlikni o‘z ichiga oladi. Bu
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 184 tayyorliklar, boshqa so‘z bilan, insonni o‘z faoliyati, kasbiy rivojlanishi va jamiyat bilan hamkorlikda yangi vaqtli yondashuvlarni topish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan malakalardir. Xo‘sh bugungi axborotlashgan va globallashgan davrda o‘qituvchilar kompetensiyasini rivojlantirish qay darajda muhim. O‘qituvchilarning innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish uchun quyidagi harakatlar muhim bo‘ladi. Innovatsion yondashuv asosida talabalarda kreativ kompetentlikni rivojlantirishning uslubiy asoslari zamonaviy ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutadi. Interaktiv darslar, loyihaviy ta’lim, innovatsion texnologiyalar, kreativ muhit, murabbiylik tizimi, muammoga yo‘naltirilgan ta’lim va kooperativ ta’lim kabi usullar talabalarni ijodiy fikrlash, muammolarni hal qilish va yangi g‘oyalarni ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu yondashuvlar ta’lim jarayonini diversifikatsiya qilish va talabalarni zamonaviy talablarga moslashtirish uchun zarurdir. Kompetentlik zamonaviy ta’lim tizimida talab qilinadigan asosiy ko‘nikmalardan biridir. Bu, odatda, bilim, ko‘nikma va munosabatlarning muayyan sohada samarali harakat qilish uchun zarur bo‘lgan integratsiyasini anglatadi. Ushbu maqolada kompetentlikni rivojlantirishning uslubiy asoslari tahlil qilinadi va bu jarayonni amalga oshirishda innovatsion yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Jamiyatning yangilanishi ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgarishini, unga yangicha yondoshuv hamda yangicha munosabatni talab qiladi. Bo‘lajak mutaxasislarga sifatli ta’lim va tarbiya berish, bilim, ko‘nikmalarini har tomonlama egallashlariga, kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxasisi bo‘lishlarida hamda o‘quv fanlarini o‘zlashtirib borishlariga yengillik yaratish bugungi kunda dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda o'qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator omillarga tayanadi. Unda o'qituvchining muloqatchanligi, qarshi fikrlarga nisbatan xolisona munosabatga tayyorligi inobatga olinadi. Natijasida o'qituvchi o'z
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 185 faoliyati ilmiy ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi. O'qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug'dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu o'qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobUiyatidir. O'qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o'qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg'ulari rivojlanadi. Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar. Maqbullik me'yori o'qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi. Natijalilik o'qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi. Ilm-fanda kreativ fikrlash ilmiy tadqiqot malakasiga juda yaqin, lekin ushbu testning bir qator xususiyatlari uni matematika va ilm-fan sohasidagi testlardan butkul ajratib turadi. Birinchidan, ushbu test avval oʻrgatilgan bilimni qoʻllashga emas, yangi gʻoyalarni yaratishga urgʻu beradi. Ikkinchidan, oʻquvchining yondashuv va yechimlarining oʻziga xosligi baholanadi (agar javoblar yaroqli deb topilsa). Uchinchi farq yagona mukammal yechimi boʻlmagan ochiq savollardan foydalanishdan iborat. Nihoyat, ushbu test oʻquvchining ilmiy kontekstda kreativ fikrlash jarayonlariga – yaʼni “toʻgʻri” yoki “eng maʼqul” yechimni topish qobiliyatiga emas, ochiq muammolar yechimiga qay tarzda yondashishiga e’tiborni qaratadi.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 186 Kreativlik tushunchasi “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor, ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma’nosini anglatadi. Kreativlikni ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o‘ziga doimiy tanqidiy nazar bilan qarash hamda tahlil etish, desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Kreativlikning zamirida originallik, noodatiylik va erkinlik mujassamdir. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida aks etib turadi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlari, zehni o‘tkirligini ifoda etadi. Qolaversa, iqtidorning muhim omili sifatida namoyon bo‘ladi. Kreativlik o‘quvchining o‘zidagi mavjud bilimning ko‘p qirrali bo‘lgani bilan baholanmaydi, balki yangi g‘oyalarga intilish, hayotiy muammolarni yechishda noodatiy yondashish qobiliyati, kutilmagan qarorlar chiqara olish fazilatlarida zohir bo‘ladi. “Didaktik faoliyat o‘qituvchi va o‘quvchilarning xatti-harakatlaridan iborat. Bunday faoliyat natijasida o‘quvchilar bilim, iqtidor va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, o‘z dunyoqarashini, shaxsiy qadriyatlar tizimini shakllantiradilar. Bunday o‘zgarishlarni kuzatish, hisobga olish pedagogik tadqiqotlarning asoslaridan hisoblanadi. Yuqoridagi o‘zgarishlar, o‘qituvchining didaktik faoliyati ta’siridagi va o‘z shaxsiy xatti-harakatlari ta’siridagi o‘zgarishlar orasidagi qonuniyatlarni ochishga, ularni tahlil qilishga imkon beradi. o‘quvchilar va o‘qituvchilarning o‘quv ishlari, sharoitlari, harakatlari, ta’lim mazmuni, metod va vositalari orasidagi bog‘liqliklar tabiat qonuniyatlari qanday obyektiv xarakterga ega bo‘lsa, shunday obyektiv xarakterga egadir. Sinfda kreativ fikrlashni bunday o‘ziga xos tarzda namoyon etuvchi omillar bir-biriga o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Kreativ fikrlashni ijtimoiy jihatdan rag‘batlantiruvchi omillar umumiy madaniy tartiblar yoki qonuniyatlar yordamida o‘z-o‘zidan shakllanadi, Ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini ragbatlantirilishi ularning yaratuvchanlik qobiliyatlariga bo‘lgan
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 187 ishonchini, o‘zini o‘zi boshqarish xususiyatlarida va faoliyatlarida samaradorlikni oshirishga qaratilgan Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash va ta’limni tashkil etishning jahon standartlariga javob beradigan samarali tizimi yaratildi va bugungi kunda ham oliy ta’limni modernizatsiyalashga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e`tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada kengaytirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarori, 2017-yil 9-avgustdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida pedagogika yo‘nalishlarida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3183-son qarori, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF5847-son qarori O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish taqozo etadi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan A.Aksenova, A.V.Morozov, D.V.Chernilevskiy, N.Veraks, N.A.Alekseev, Yu.K.Kruglova, K.G.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 194 Kreativ fikrlash orqali o‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Kritik (tanqidiy) fikrlash: ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiybaholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi. PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar ta’limida o‘quvchilarda “4K”ni o‘z ichiga olgan muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik kabi ko‘nikmalarga alohida urg‘u berilgan va shuning uchun ham ular xalqaro reytinglarda katta natijalarga erishishyapti. “4K” modeliga asoslangan innovatsion yondashuv maktablarda qo‘llash uchun alohida sharoitlar talab etmaydi. Masalan, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash qobiliyati savoltopshiriqlar bilan, muloqot ko‘nikmasi esa savol-topshiriqlar va mashg‘ulotlar orqali rivojlanadi.Ijodiy ta’lim - bu ijodkorlikka o‘rgatishdan boshqa narsa emas va aynan shu narsa ijodiyfaoliyatdir. O‘qituvchining shaxsiy namunasi katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi zukko, ijodkor,iqtidorli va bu ijodkorlikni boshqalarga o‘rgata oladigan bo‘lishi kerak. Ijodiy o‘qitish usullari: keys usuli, aqliy hujum usuli, empatiya usuli, inversiya usuli, sinektika usulidan foydalanishi; ijodiy muammoni hal qilishda empatiyadan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Kreativ yondashuv asosida o‘qitish metodlari zamonaviy ta’lim talablariga to‘la javob beradi. Bu metodlar orqali o‘quvchilarning shaxsiy sifatlari, bilim va ko‘nikmalari, ijtimoiy faolligi hamda ijodkorlik qobiliyatlari shakllanadi. Har bir o‘qituvchi ushbu yondashuvni amaliyotda qo‘llab, ta’lim jarayonini yangilashga harakat qilishi lozim. Zero, bugunning talabi – ijodkor, mustaqil fikrlaydigan va zamon bilan hamqadam bo‘la oladigan shaxsni tarbiyalashdir.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 195 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlar milliy bazasi, 24.10.2020-y. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan so‘zlagan Murojaat nutqi.// “Xalq so‘zi”gazetasi 2020-yil 1-oktabr soni. 3. Azizova G.G. Oliy ta’lim muassasalari professoro‘qituvchilarining kasbiypedagogik faoliyatini takomillashtirish 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi”. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissert. avtoreferati. Samarqand – 2019. 4. Djampulatova, N. (2023). The role of the coaching approach inteaching a foreign language. Journal of Academic Research and Trends inEducational Sciences, 2(1), 191-195. 5. Hasanboyeva O.X. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: IqtisodMoliya, 2020. 6. Jalolov J.J. Ta’limda innovatsion yondashuvlar va metodlar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. 7. Qodirov A. Ijodkorlik va kreativ fikrlash psixologiyasi. – Samarqand: Imkoniyat, 2015. 8. Tursunov B., O‘rinboyev I. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2017. 9. Yuldasheva N. K., Djampulatova N. M. Talabalalarning kommunikativ rivojlanishi kontekstida kouchinglik modeli //Oriental renaissance: Innovative,educational, natural and social sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 915-920.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 196 10. G‘affarov E. Innovasiya, ijtimoiy innovasiya va innovasion faoliyat: ilmiy-nazariy yondashuvlar. NamDU ilmiy axborotnomasi. 2019-yil, 10-son. 153-157-betlar. 11. Закирова Ф. М., Позилова Ш. Х. Креативное обучение на курсах повышенияквалификации преподавателей информатики высших образовательных учреждений//Science for Education Today. 2018. Т. 8.-№. 3. С. 23-36. 12. Крючков Г. Болонский процесс как гармонизация Европейской системы высшего образования. //Иностранные языки в учебных заведениях. – Педагогическая печать, 2004. 13. УЗБЕКИСТАН, О. Р. (2021). TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSIYA, INTEGRATSIYA VA YANGI TEXNOLOGIYALAR ИННОВАЦИЯ, ИНТЕГРАЦИЯ И НОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ INNOVATION, INTEGRATION AND NEW. 14. Erkaboyeva, N. S. (2023). INSON KAPITALI–IJTIMOIY DAVLATNING ASOSI SIFATIDA. Academic research in educational sciences, 4(KSPI Conference 1), 31-37. 15. Erkaboeva, N. S., & Turdaliyeva, M. I. K. (2022). Theoretical Principles Of Education Of National Ethics Skills In Educational Institution Students. JournalNX, 8(12), 352-354. 16. Azamovna, R. G. Use of Virtual Environment and 3d Multimedia Electronic Textbooks in Higher Education. JournalNX, 8(12), 255-261. 17. Erkaboeva, N. S., & Musaeva, D. A. K. (2022). Factors of developing the professional competence of a teacher of a special education institution. JournalNX, 8(12), 109-111.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 2. 2025 197 18. Nigora, Y. M. I. K. E. (2022). Stages Of Formation And Development Of Mediamadaniatin. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 272-274. 19, Erkaboyeva, N. S. (2016). Features of Modern Uzbek Families. Ученый XXI века, (4-1), 36-39. 20. Эркабоева, Н. Ш. (2016). FEATURES OF MODERN UZBEK FAMILIES. Ученый XXI века, (4-1 (17)), 36-39. 21. Эркабоева, Н., Усмонбоева, М., Иргашова, М., & Хўжаназарова, Н. (2012). Педагогик маҳорат: схема ва расмларда. Т.:“Наврўз, 35.