BOLALAR ADABIYOTI VA BADIIY DISKURS
Abstract
Ushbu maqolada bolalar adabiyoti va badiiy diskursning nazariy asoslari, rivojlanish bosqichlari hamda ularning adabiy-estetik ahamiyati keng yoritilgan. Unda o‘zbek va ingliz bolalar adabiyotlarining janr xususiyatlari, tarbiyaviy va lingvistik funksiyalari solishtirgan holda tahlil etiladi. Shuningdek, badiiy matnning obrazlilik, ko‘p ma’nolilik, kompozitsion yaxlitlik kabi xususiyatlari, badiiy diskursning lingvistik, pragmatik va konseptual qatlamlari izohlangan. Maqola bolalar adabiyoti va badiiy diskursning o‘zaro bog‘liqligini ochib berib, ularning estetik, axloqiy va ma’naviy tarbiyada tutgan o‘rnini ilmiy asosda ko‘rsatadi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 338 BOLALAR ADABIYOTI VA BADIIY DISKURS Utayeva Malika Akmal qizi Navoiy davlat universiteti Tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17810766 Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar adabiyoti va badiiy diskursning nazariy asoslari, rivojlanish bosqichlari hamda ularning adabiy-estetik ahamiyati keng yoritilgan. Unda o‘zbek va ingliz bolalar adabiyotlarining janr xususiyatlari, tarbiyaviy va lingvistik funksiyalari solishtirgan holda tahlil etiladi. Shuningdek, badiiy matnning obrazlilik, ko‘p ma’nolilik, kompozitsion yaxlitlik kabi xususiyatlari, badiiy diskursning lingvistik, pragmatik va konseptual qatlamlari izohlangan. Maqola bolalar adabiyoti va badiiy diskursning o‘zaro bog‘liqligini ochib berib, ularning estetik, axloqiy va ma’naviy tarbiyada tutgan o‘rnini ilmiy asosda ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: bolalar adabiyoti, badiiy diskurs, badiiy matn, obrazlilik, ertak, janrlar, estetik tarbiya, lingvistik tarbiya, ingliz bolalar adabiyoti, o‘zbek bolalar adabiyoti. Abstract. This article examines the theoretical foundations, historical development, and artistic significance of children’s literature and literary discourse. It provides a comparative analysis of Uzbek and English children’s literature, focusing on their genres, educational functions, and linguistic features. The study also explores the key characteristics of literary text, including imagery, polysemy, and compositional unity, as well as the linguistic, pragmatic, and conceptual layers of literary discourse. The article highlights the interrelation between children’s literature and literary discourse, emphasizing their role in shaping children’s aesthetic perception, moral development, and cultural worldview. Keywords: children’s literature, literary discourse, literary text, imagery, fairy tales, genres, aesthetic education, linguistic development, English children’s literature, Uzbek children’s literature Аннотация. В данной статье рассматриваются теоретические основы, историческое развитие и художественные особенности детской литературы и художественного дискурса. Представлен сравнительный анализ узбекской и английской детской литературы, уделено внимание их жанровой специфике, воспитательным и лингвистическим функциям. Также раскрываются ключевые характеристики художественного текста — образность, полисемия, композиционная целостность, а также лингвистические, прагматические и концептуальные уровни художественного дискурса. В статье подчеркивается взаимосвязь детской литературы и художественного дискурса, их роль в эстетическом, нравственном и духовном воспитании подрастающего поколения. Ключевые слова: детская литература, художественный дискурс, художественный текст, образность, сказки, жанры, эстетическое воспитание, языковое развитие, английская детская литература, узбекская детская литература Adabiyot insoniyatning ma’naviy-madaniy boyligini ifodalovchi muhim omillardan biridir. Uning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bolalar adabiyoti bo‘lib, yosh avlodning tarbiyasiga, ma’naviy va intellektual rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shadi. Bolalar adabiyoti tarbiyaviy, axloqiy, estetik va didaktik ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarni o‘z ichiga oladi.Mazkur
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 339 adabiyot bolalarning tafakkurini rivojlantirish, tasavvur doirasini kengaytirish hamda ularni ijtimoiy muhitga moslashish qoidalari bilan tanishtirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bolalar adabiyoti insoniyatning ilk og‘zaki ijodi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, miflar, ertaklar, dostonlar, maqollar va topishmoqlar shaklida paydo‘bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan bolalar uchun maxsus yozilgan hikoya, she’r, roman va dramatik asarlar vujudga keldi.Har bir xalqning bolalar adabiyoti uning tarixiy taraqqiyoti, madaniy merosi va an’anaviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etadi. Bugungi kunda bolalar adabiyoti nafaqat milliy, balki jahon adabiyoti doirasida ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Bolalar uchun yozilgan asarlar ularning axloqiy ongini, hissiyotlarini va dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi.Shu bois, bolalar adabiyoti o‘rganilishi va takomillashtirilishi zarur bo‘lgan dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bolalar adabiyotining asosiy vazifalaridan biri estetik tarbiya berishdir. Yaxshi yozilgan badiiy asar bolaga go‘zallikni his qilish, yaxshilik va yomonlikni ajratish kabi tushunchalarni o‘rgatadi. Bundan tashqari, bolalar adabiyoti quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Tarbiyaviy vazifa – bolalarda axloqiy me’yorlarni shakllantirish, insoniy fazilatlarni singdirish. Masalan, o‘zbek xalq ertaklarida halollik, saxovat va mehribonlik kabi tushunchalar aks ettiriladi. 2. Bilim berish vazifasi – dunyo‘haqidagi bilimlarni bolalarga sodda va tushunarli shaklda yetkazish. Masalan, ilmiy-ommabop bolalar kitoblari tabiat, hayvonot dunyosi, kosmos haqida ma’lumot beradi. 3. Ijodiy fikrlashni rivojlantirish – bolalar adabiyotidagi fantastik va sarguzasht motivlar ularning tasavvurini kengaytiradi. 4. Lingvistik tarbiya – bolalar kitoblarining muhim jihati ona tilini o‘rgatish, so‘z boyligini oshirish va savodxonlikni rivojlantirishdir. Bolalar adabiyoti turli janrlarda yoziladi, ular orasida she’riyat, proza va drama asosiy o‘rin tutadi. She’riy janrlar bolalarning til o‘rganish va ritmni his qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Ertaklar esa bolaning tasavvurini kengaytirib, axloqiy qoidalarga o‘rgatadi. Sarguzasht hikoyalar va fantastik romanlar esa bolaning ijodiy fikrlashini rivojlantiradi. Shuningdek, bolalar adabiyotida topishmoqlar, maqollar va xalq ertaklari muhim o‘rin tutadi. Masalan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi bolalar uchun boy ma’naviy merosdir. Mashhur o‘zbek ertaklari “Zumrad va Qimmat”, “Boy ila g‘arib” singari asarlar bolalarga mehribonlik, saxovat va adolat kabi tushunchalarni o‘rgatadi. Bolalar adabiyotining bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar: - oddiy, tushunarli til va qisqa jumlalar; - yosh auditoriyaga mos ravishda axloqiy ta’limot berish; - hayotiy va fantastik unsurlar uyg‘unligi; - illyustratsiyalarning muhim o‘rni; - qahramonlarning aniq ajratilgan ijobiy va salbiy xususiyatlari. O‘zbek bolalar adabiyoti Oʻzbek bolalar adabiyoti — bolalar uchun moʻljallangan badiiy, ilmiy-ommabop va axloqiy-tarbiyaviy asarlarni oʻz ichiga olgan adabiyot turi boʻlib, bolalarning yosh, ruhiy va aqliy xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratiladi. Bu adabiyot bolalarni estetik tarbiyalash, ularning dunyoqarashini kengaytirish, axloqiy fazilatlarni shakllantirishda muhim oʻrin tutadi. Quyida oʻzbek bolalar adabiyotining tarixi, asosiy vakillari va bugungi kundagi holati haqida batafsil ma’lumot berilgan:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 340 1.O‘zbek bolalar adabiyotining tarixiy rivojlanishi quyidagi bosqichlardan iborat: Ilk bosqich (Xalq ogʻzaki ijodi) O‘zbek bolalar adabiyotining shakllanish manbalari xalq og‘zaki ijodining boy an’analariga tayanadi. Bularga ertaklar (masalan, «Zumrad va Qimmat», «Boy va gʻarib»), topishmoqlar, Matallar, laparlar, allalar kabi janrlar orqali bolalar xalq donishmandligi, yaxshilik-yomonlik, mehnat va adolat tushunchalarini o‘zlashtirganlar. 20-asr boshlarida Oʻzbek yozma bolalar adabiyoti XX asr boshlariga kelib shakllana boshladi. Jadid adiblari bolalarni savodli qilish, ilmga chorlash uchun asarlar yozganlar. Xususan, Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bolalar tarbiyasida muhim oʻrin tutadi hamda Munavvarqori Abdurashidxonov ham o‘sha davrda bolalar uchun darslik va tarbiyaviy risolalarni ishlab chiqqanlar. Sovet davrida (1920–1990) Bu davrda bolalar adabiyoti mustaqil yoʻnalish sifatida ravnaq topdi. Bolalar uchun she’rlar, hikoyalar, qissalar, dramalar yozila boshlandi. Bunga yaqqol misollar qilib, Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” qissasini, Xurshid Davron, Hamid Olimjon, Oybek, Mirtemir, Uygʻun kabi mashhur adiblarning asarlarini keltirib o‘tishimiz joiz. Shu davrda “Gʻuncha”, “Tong yulduzi”, “Gulxan”, “Yosh kuch” kabi bolalar jurnallari ham chiqarila boshlandi. Mustaqillik davri (1991 yildan hozirgacha) Bu davrda milliy qadriyatlar, tarixiy shaxslar va mustaqillik g‘oyalari bolalar adabiyotida asosiy mavzuga aylandi. Bu davrda yozilgan asarlarga misol qilib, Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sehrli qalpoqcha”, “Qasoskorning oltin boshi” kabi asarlarni keltirishimiz mumkin. Bolalar she’riyati ham bu davrda anchagina ravnaq topdi va Haydar Donay, Zulfiya, Omon Matjon, Erkin Vohidov kabi adiblar bolalarga mo‘ljallangan she’r va pyesalari bilan tanildilar. O‘zbek bolalar adabiyoti – yosh avlodning axloqiy, estetik va intellektual kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim adabiy yo‘nalishlardan biridir. U bolalarning yosh, psixologik va ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratiladigan badiiy, didaktik va ilmiyommabop asarlarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda esa o‘zbek bolalar adabiyoti mustaqil janr sifatida shakllangan bo‘lib, unda realizm, fantastika, sarguzasht, hazil va tarbiyaviy yo‘nalishdagi asarlar keng o‘rin olgan.Oʻzbek bolalar adabiyotida quyidagi janrlar mavjud: 1.Ertaklar - xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va mazmunan boy janrlaridan biri bo‘lib, ular bolalarda ezgulik, adolat, mehnatsevarlik va insonparvarlik kabi ijtimoiy-axloqiy tushunchalarni shakllantirishda muhim tarbiyaviy funksiyani bajaradi. Ular ko‘pincha sehrli voqealar, hayvonlar yoki buyumlarning inson sifatlarida tasvirlanishi orqali bolalarning tasavvurini kengaytiradi.bunga yorqin misol qilib, “Zumrad va Qimmat” - xalq ertagini olishimiz mumkin. Unda sabr-toqatli, mehnatkash qiz Zumrad va dangasa, qaysar Qimmat obrazlari orqali yaxshilik va yomonlikning oqibati ko‘rsatiladi. 1 “Bo‘ri va quyon” - hayvonlar orqali odamlarning xulq-atvori tasvirlangan ertak bo‘lib, odatda makkorlik va befarqlik yomon oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatadi. 1 Quronov D. Adabiyotshunoslik asoslari: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2008. – b. 115-130
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 341 2.She’rlar - bolalar adabiyotining muhim janrlaridan bo‘lib, bolalarning estetik didini shakllantiradi, tilini boyitadi va hissiyot dunyosini rivojlantiradi. Ular odatda qisqa, qofiyali va ohangdor bo‘lib, oson yod olinadi. Bunga misol qilib, Erkin Vohidovning “Bolalik” she’rini olishimiz mumkin va unda bolalik davrining shirin xotiralari, beg‘amligi va quvonchli damlari tasvirlangan. Zulfiyaxonimning “Onajonim” she’ri esa mehr-oqibat, ona mehrining yuksakligi haqida yozilgan she’r bo‘lib, bolaning yuragiga iliqlik beradi. G‘afur G‘ulomning “Non” she’ri ham bolalar tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Boisi, bu she’r orqali muallif mehnat qadri, halol rizq va sabr-toqat haqida bolalarni o‘ylashga undaydi. 2 3. Hikoya - bolalar hayotidagi muayyan voqea yoki holatni tasvirlovchi, qisqa hajmli nasriy janr bo‘lib, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular ko‘pincha maktab, do‘stlik, oila kabi mavzularni yoritadi. Hikoyaga yorqin misol qilib , Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” hikoyasini olishimiz mumkin va bu hikoya orqali muallif mehnatkash, o‘ziga ishongan bolaning ijobiy fazilatlarini ko‘rsatishga harakat qiladi. Said Ahmadning “Do‘stimning qushlari” hikoyasi esa tabiatni sevish, do‘stlik va g‘amxo‘rlik kabi tushunchalarni yoritadi. 3 4.Qissa - mazmunan teran, bir nechta voqelik va obrazlar tizimini o‘zida mujassam etgan, o‘rtacha hajmdagi badiiy nasr janridir. Bolalar qissalarida odatda sarguzasht, fantastika va tarbiyaviy motivlar aralashadi. Bu janrga misol qilib “Qasoskorning oltin boshi” - o‘zbek xalq ertaklariga xos uslubda yozilgan qissani olishimiz mumkin va bu qissada kuch, aql va sabr fazilatlari yoritilgan. To‘lqin Eshbekning “Yolg‘onchi bola” qissasi esa yolg‘onning oqibati haqida bolalarga ibratli saboq beradi. 5. Pyesalar(drama janri) - sahna uchun mo‘ljallangan, dialog shaklida yozilgan asarlar bo‘lib, bolalar teatrida yoki maktab tadbirlarida sahnalashtirish uchun juda mosdir. Ular orqali bolalarda sahna madaniyati va nutq boyligi shakllanadi. Bu janrga misol qilib, Uyg‘unning “Do‘stlik” pyesasini olishimiz mumkin va bu asarda do‘stlik va sadoqat mavzusi yoritilgan bo‘lib , sahna uchun ijro‘etilishi qulay va voqealar rivoji tushunarliligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. . Komil Yashin “Qo‘g‘irchoq teatri” pyesasi esa bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinli pyesa bo‘lib, teatr san’atiga qiziqish uyg‘otadi. 6. Topishmoqlar - xalq og‘zaki ijodining qisqa, obrazli va mavhum ifodalangan janri bo‘lib, bolaning tafakkuri, kuzatuvchanligi va tasavvurini rivojlantiradi. Quyida o‘zbek xalq topishmoqlarini ko‘rishingiz mumkin: “O‘zi kaltak, boshi halqak” (Piyoz) “Tili yo‘q - so‘zlaydi, qulog‘i yo‘q - tinglaydi” (Kitob) “Uzi yo‘q, nomi bor, bir olamga dong‘i bor” (Afsona) 7. Masallar - odatda hayvonlar orqali odamlarning xarakteri, ijtimoiy munosabatlari haqida yoziladigan qisqa, lekin chuqur ma’noli asarlardir. Ular odatda axloqiy saboq bilan yakunlanadi. Masallarga misol qilib, “Tulki va uzum” – ochko‘zlik , hasad va ojizlik haqidagi, “Bo‘ri va qo‘y” - kuch va adolat munosabati haqidagi , G‘afur G‘ulom tarjimasi bilan Ezop masallarini bolalar uchun moslashtirilgan va tarbiyaviy ahamiyatga ega masallarni keltirishimiz mumkin. 8. Ilmiy-ommabop janr bolalarga atrof-muhit, tabiiy hodisalar, texnik yutuqlar hamda mashhur shaxslar haqida sodda va ravon tilda tushunarli ma’lumot yetkazish maqsadida 2 Karimov I. O‘zbek bolalar adabiyoti tarixi: O‘qituvchi-Toshkent, 1997. – b.10-35. 3 Hamidov M. O‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyoti: -Toshkent, 1982. – b. 55-92.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 342 yaratilgan. Bunga misol qilib, “Yer haqida” (bolalar ensiklopediyasining qismlari) - sayyoramizning tuzilishi, geografiyasi va hayvonot dunyosi haqida bolalar uchun mo‘ljallangan kitobni keltirishimiz mumkin. “Mashhur olimlar hayoti” esa Ibn Sino, Al-Xorazmiy, AlFarg‘oniy haqida soddalashtirilgan biografik ma’lumotlar bilan boyitilgan. “O‘simliklar dunyosi” kitobi ham ilmiy ommabop janrda yozilgan bo‘lib, bu kitob biologik bilimlarni bolalarga qiziqarli shaklda yetkazish uchun mo‘ljallangan. 9. Tarixiy-patriotik asarlar bolalarda vatanparvarlik, milliy g‘urur, tarixiy shaxslar va ulug‘ ajdodlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qiladi. Bunga misol qilib, “Jaloliddin Manguberdi” (nasriy hikoya yoki drama shaklida) - jasorat, fidoyilik va Vatan muhabbati haqida doston , “Alpomish” dostonini ko‘rsatishimiz mumkin. 4 Keyinchalik, Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Erkin Vohidov kabi yozuvchilar bolalar uchun maxsus asarlar yozgan. O‘zbek bolalar adabiyoti o‘zining tarixiy ildizlarini ertaklar, topishmoqlar, matallar, maqollar va dostonlar kabi xalq og‘zaki ijodining qadimiy janrlaridan olgan holda shakllangan. Ingliz bolalar adabiyoti Ingliz tilidagi bolalar adabiyoti - ingliz tilida yaratilgan va bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan badiiy asarlar tizimini tashkil etadi. Ular bolalarning tasavvuri, axloqiy tarbiyasi, til o‘zlashuvi va hayotiy bilimlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu adabiyotda ertaklar, she’rlar, hikoyalar, qissalar, sahna asarlari va ilmiy-ommabop kitoblar kabi turli janrlar mavjud. 5 1.Ertaklar - sehrli voqealar, xayoliy qahramonlar, gapiruvchi hayvonlar va mo‘jizalarga boy bo‘lgan fantastik hikoyalar bo‘lib, ular bolalarni axloqiy qadriyatlarga o‘rgatadi. Bunga misol qilib, “Cinderella” (Zolushka) - mehribonlik va sabr-toqat evaziga baxtga erishish haqida ertakni, “Little Red Riding Hood” (Qizil qalpoqcha) - begonalar bilan ehtiyot bo‘lish kerakligini o‘rgatuvchi ertakni, “The tale of the Peter rabbit” (Quyoncha Piter haqidagi hikoya) - ota-onaga quloq solish va oqibatlar haqidagi ertakni olishimiz mumkin. 2. Bolalar qo‘shiqlari va she’rlarga (Nursery rhymes) qisqa, qofiyali va ritmik she’rlar kiradi. Ular bolalarning til o‘rganish, eslab qolish va ritmni his qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bu janrga yaqqol misol qilib, “Twinkle, Twinkle, Little Star” - yulduzlarga bo‘lgan qiziqish haqida sokin qo‘shiqni , “Humpty Dumpty” - devordan yiqilib tushgan tuxumcha haqidagi mashhur qofiyali she’rni, “Jack and Jill” - tog‘ga suv olib tushgan bolalar haqidagi she’rlarni keltirishimiz mumkin. 6 3. Rasmli kitoblar (picture books) matn va rasm uyg‘unligida tuzilgan bo‘lib, ayniqsa kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan. Rasmlar hikoyaning mazmunini tushunishga yordam beradi. Mazkur janrga yorqin namuna sifatida Erik Karl tomonidan yaratilgan “The very hungry caterpillar” asarini keltirish mumkin. Ushbu kitob bolalarga sanash va kundalik hayot tushunchalarini o‘rgatadi. Shuningdek, “Brown bear, what do you see?” ranglar va hayvonlar tasvirini oson tilda beruvchi vosita sifatida, “Goodnight moon” esa uxlab yotish oldidan tinchlik bag‘ishlaydigan hikoyalari bilan ajralib turadi. 4. Qisqa hikoyalar (short stories) bolalar uchun oddiy til, tushunarli syujet va tarbiyaviy mazmunga ega bo‘ladi. Ingliz tili bolalar adabiyotida mashhur bo‘lgan qisqa hikoyalarga misol qilib, “The selfish giant” Oskar Uayld tomonidan yozilgan hikoya bo‘lib , bu hikoyada mehr4 Karimov I. O‘zbek bolalar adabiyoti tarixi: O‘qituvchi-Toshkent, 1997. – b.10-35. 5 Mamarasulova Sh. Angliya bolalar adabiyoti tarixi va taraqqiyoti : Universal publishing, 2024. – b. 1-4 6 Mamarasulova Sh. Angliya bolalar adabiyoti tarixi va taraqqiyoti : Zenodo, 2024. – b. 420-429
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 343 oqibat va yaxshi tomonga o‘zgarish tasvirlangan. “The happy prince” Oskar Uayld tomonidan yozilgan fidoyilik va insonparvarlik haqida , “Just so stories” tabiat va hayvonlar haqida qiziqarli hikoyalarini keltirib o‘tishimiz mumkin. 7 5. Qissalar (Novels for children) bolalar uchun yozilgan kengroq syujetga ega bo‘lib, voqealar ketma-ketligi va qahramonlar orqali bolalarning tafakkurini rivojlantiradi. Ingliz tilida bolalar uchun yozilgan qissalarga misol qilib, “Charlotte’s Web” E.B.Uayt tomonidan yozilgan do‘stlik va fidoyilik haqida ajoyib hikoyasini, “Matilda” Roald Dahl tomonidan bilimli, aqlzakovatli qiz va sehrli qobiliyatlar haqida yozilgan qissani, “The Secret Garden” Fransis Hodgson Burnett tomonidan tabiat va ruhiy sog‘lomlanish haqida yozilgan qissalarni keltirib o‘tishimiz mumkin. 8 6. Masallar (fables) odatda hayvonlar orqali axloqiy saboq beradi. Har bir masalda aniq xulosa yoki dars bo‘ladi. Masallarga misol qilib, “The Tortoise and the Hare” (Toshbaqa va quyon) - sabr va tinimsiz mehnat g‘alabaga olib kelishini tasvirlovchi, “The Boy Who Cried Wolf” (Bo‘ri deb yolg‘on gapirgan bola) -yolg‘onning oqibatini yorituvchi hamda “The Lion and the Mouse” - kichik yaxshilik ham katta samara keltirishi mumkinligini ko‘rsatuvchi masallarni keltirishimiz mumkin. 7. She’riyat (Poetry) bolalarning tasavvurini, til o‘zlashuvini va ritmik sezgilarini rivojlantiradi. Ingliz bolalar she’riyatiga misollar quyidagilar: “Now We Are Six” A.A. Milne tomonidan yozilgan bolalik haqida hazilomuz va nozik she’rlar. “Where the Sidewalk Ends” Shel Silverstein tomonidan yozilgan quvnoq va falsafiy she’rlar to‘plami. “Ingliz bolalar adabiyoti o‘zining sarguzashtlarga boy, ijodkorlik va fantaziyani rivojlantirishga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. 9 Bolalar adabiyoti har qanday jamiyatning ma’naviy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Bu adabiyot bolalarni axloqiy, madaniy va intellektual jihatdan shakllantirishga xizmat qiladi.Har bir xalq bolalar adabiyotini rivojlantirish orqali kelajak avlod ongida sog‘lom tafakkur, ezgulik va insoniylik kabi umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga intiladi. O‘zbek va jahon bolalar adabiyotining chuqur o‘rganilishi, tahlil qilinishi va yangi asarlarning yaratilishi bu sohaning kelajagi uchun muhim hisoblanadi. Bolalar kitoblariga qiziqish uyg‘otish, ularga sifatli asarlar taqdim etish har bir yozuvchi va adabiyotshunosning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi lozim. Badiiy matn tushunchasi Badiiy matn – bu obrazli ifoda vositalaridan foydalangan holda yaratilgan, inson histuyg‘ularini, dunyoqarashini aks ettiruvchi adabiy matndir. U epik, lirik va dramatik janrlarga bo‘linadi. Badiiy matnning xususiyatlari quyidagilardan iborat: - Obrazlilik – muallif ijodiy tasavvur orqali voqelikni aks ettiradi; - Badiiy tasvir vositalari – metafora, tashbeh, epitet, allegoriya kabi san’atlar ishlatiladi; - Kompozitsion yaxlitlik – bosh qism, rivojlanish va yakuniy qismdan iborat bo‘ladi; 7 https://kitobxon.com 8 https://zenodo.org/records/11068728 9 https://childlitassn.org
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 344 - Subyektivlik – muallifning shaxsiy munosabati sezilib turadi. Bolalar adabiyoti va badiiy matn o‘rtasidagi bog‘liqlik Bolalar adabiyoti badiiy matnning bir qismidir. Lekin bolalar adabiyoti yanada sodda, tarbiyaviy mazmunga ega va yosh auditoriyaga moslashtirilgan bo‘ladi. Masalan, kattalar adabiyotida murakkab falsafiy g‘oyalar bo‘lishi mumkin, bolalar adabiyotida esa ular oddiy ramzlar orqali yetkaziladi. Badiiy diskurs – bu adabiy-badiiy asarlar orqali tuzilgan kommunikativ jarayon bo‘lib, uning asosiy maqsadi estetik va hissiy ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Badiiy diskursda matn o‘quvchiga badiiy obrazlar, emotsional holatlar va estetik kategoriyalar orqali ta’sir ko‘rsatadi hamda uning idrok va tafakkur jarayonlariga estetik yo‘naltirilgan impulslar uzatadi. Tilshunos olim Norman Fairclough ta’kidlaganlaridek, Til ijtimoiy kuch va hokimiyatni o‘zida aks ettiradi, badiiy diskurs ham bu kuchlarning ta’sirini ifoda etadi.» 10 Badiiy diskurs – bu adabiy matnlar orqali estetik, madaniy, falsafiy va axloqiy g‘oyalarni ifodalash jarayoni bo‘lib, badiiy ijod mahsulining lingvistik, semantik va kommunikativ xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Diskurs tushunchasi tilshunoslik, semiotika, falsafa va adabiyotshunoslik kabi sohalarda keng qo‘llaniladi.Badiiy diskurs oddiy kommunikatsiyadan farqli ravishda ijodiy, hissiy va estetik tasvirlash usullariga asoslangan bo‘ladi. Unda nafaqat til vositalari, balki kontekst, muallif niyati, o‘quvchi talqini va madaniy muhit ham muhim o‘rin tutadi. Badiiy diskurs quyidagi jihatlar bilan ajralib turadi: 1. Obrazlilik – badiiy asarda fikr bevosita emas, balki obrazlar orqali ifodalanadi. Masalan, Alisher Navoiy asarlarida gul va bulbul muhabbat ramzi sifatida tasvirlanadi. 2. Ko‘p ma’nolilik (polisemantiklik) – badiiy matnda bitta ibora yoki jumla turli xil talqinlarga ega bo‘lishi mumkin. 3. Muallif va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot – badiiy diskurs doimo muallif fikri va o‘quvchi talqini o‘rtasida interaktivlikni talab qiladi. 4. Emotsionallik va ekspressivlik – badiiy nutqda ifodaviylik va tuyg‘ular muhim ahamiyat kasb etadi. 5. Estetik va madaniy mazmun – har qanday badiiy asar o‘z davrining madaniy va falsafiy muhitini aks ettiradi. Badiiy diskursda til vositalari odatiy muloqotdan farqli ravishda ma’no jihatidan chuqurroq, emotsionalroq va obrazliroq bo‘ladi.Badiiy diskurs uch asosiy tarkibiy qismdan iborat: 1. Til unsurlari – badiiy matnda ishlatiladigan so‘z va iboralar, uslubiy vositalar (metafora, epitet, allegoriya va h.k.). 2. Konseptual mazmun – muallif tomonidan ilgari surilgan asosiy g‘oya va falsafiy qarashlar. 3. Pragmatik jihat – muallifning o‘quvchiga yetkazmoqchi bo‘lgan ma’naviy va axloqiy xulosasi. Badiiy diskursni tahlil qilish uchun to‘rt xil yondashuvlar qo‘llaniladi. Strukturalistik tahlil matnning tuzilishini o‘rganadi.Semiotik tahlil belgilar va ramzlarni talqin qiladi.Germenevtik tahlil muallif niyatini va o‘quvchining qabul qilish usullarini tahlil qiladi.Intertekstual yondashuv badiiy asarning boshqa matnlar bilan bog‘liqligi, ularning 10 Qosimova , Haydarova N. Badiiy diskurs: Innovative development in educational activities, 2023. – b. 29-32.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 345 mazmuniy, uslubiy yoki struktural jihatdan o‘zaro‘aloqadorlik darajasini tahlil etishga yo‘naltirilgan nazariy yondashuvdir. 11 Badiiy diskurs - bu badiiy asarlarda ifodalangan til vositalari, personajlararo muloqot, muallif nutqi va matn strukturasining o‘zaro uyg‘unligidan tashkil topgan murakkab lingvistik va kommunikativ tizimdir. U nafaqat estetik vazifani bajaradi, balki muallifning dunyoqarashi, ijtimoiy-axloqiy g‘oyalari va obrazlar tizimi orqali o‘quvchiga ta’sir o‘tkazadi. Badiiy diskursning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: Birinchi xususiyat badiiy-estetik xususiyatlar bo‘lib, badiiy diskursda estetik vositalar, stilistik elementlar va tilning badiiy imkoniyatlari keng qo‘llaniladi. Ikkinchi xususiyat obrazlilik bo‘lib, badiiy matnda voqealar, hodisalar obrazli va badiiy shaklda ifoda etiladi. Uchinchi xususiyat ko‘p ma’nolilik bo‘lib, badiiy diskurs bir necha qatlamli bo‘lib, unda turli xil ma’nolar, ramzlar va tushunchalar yashirinadi. To‘rtinchi xususiyat sahnaga qo‘yilish xususiyati bo‘lib, matn hodisalari va obrazlar sahnaga qo‘yilganidek o‘quvchi yoki tinglovchi oldida jonlanadi. Badiiy diskursning asosoiy vazifasi o‘quvchiga estetik zavq bag‘ishlash hisoblanadi. Ikkinchi vazifasi esa ma’naviy va axloqiy ta’sir ko‘rsatish hamda badiiy matn orqali o‘quvchining axloqiy tushunchalariga ta’sir etish hisoblanadi. Uchinchi vazifasi esa hissiy ta’sir bo‘lib, badiiy asar voqealari o‘quvchi hissiyotlarini uyg‘otadi, unga ma’naviy qoniqish beradi. Badiiy diskurs – bu so‘z san’ati, til imkoniyatlari va estetik g‘oyalarni mujassamlashtirgan adabiy hodisa. U nafaqat adabiyotshunoslik, balki tilshunoslik, falsafa va madaniyatshunoslik doirasida ham muhim tadqiqot obyekti hisoblanadi. Badiiy diskursni chuqur anglash adabiy asarlarning ma’no‘qatlamlarini ochish va muallif g‘oyalarini teran tushunish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Hamidov M. O‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyoti: -Toshkent, 1982. – b. 55-92. 2. Karimov I. O‘zbek bolalar adabiyoti tarixi: O‘qituvchi-Toshkent, 1997. – b.10-35. 3. Mamarasulova Sh. Angliya bolalar adabiyoti tarixi va taraqqiyoti : Zenodo, 2024. – b. 420429 4. Qosimova , Haydarova N. Badiiy diskurs va uning turlari: modern scientific research, 2023. – b. 29-32. 5. Quronov D. Adabiyotshunoslik asoslari: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2008. – b. 115-130 6. https://zenodo.org/records/11068728 7. https://childlitassn.org 8. https://kitobxon.com 11 Qosimova , Haydarova N. Badiiy diskurs va uning turlari: modern scientific research, 2023. – b. 29-32.