scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA POLISEMIYA HODISASINING INTEGRATSIYALASHGAN TAHLILI

Xolmaxmadova Nilufar Xasan qizi

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida polisemiya hodisasining integratsiyalashgan tadqiqi amalga oshiriladi. Polisemik birliklar faqat leksik–semantik nuqtayi nazardan emas, balki morfologik, sintaktik va funksional jihatdan ham tizimli o‘rganiladi. Sintaksem nazariyasi asosida polisemik elementli gap qurilmalari bosh sintaksema yadro predikativ 1 (NP1), yadro predikativ 2 (NP2) hamda to‘ldiruvchi sintaksema ya’ni yadro bo‘lmagan tobe birliklari (NĎ)ga ajratilib tahlil qilinadi. Ushbu jarayonda ingliz va o‘zbek tillarida polisemik birliklarning semantik o‘zgarish mexanizmlari (ma’no kengayishi, ma’no torayishi, metafora, metonimiya) hamda polisemik sintaksemalarning izomorf va allomorf xususiyatlari aniqlanadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 365 INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA POLISEMIYA HODISASINING INTEGRATSIYALASHGAN TAHLILI Xolmaxmadova Nilufar Xasan qizi o‘qituvchi, Navoiy davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17810935 Annotatsiya. Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida polisemiya hodisasining integratsiyalashgan tadqiqi amalga oshiriladi. Polisemik birliklar faqat leksik–semantik nuqtayi nazardan emas, balki morfologik, sintaktik va funksional jihatdan ham tizimli o‘rganiladi. Sintaksem nazariyasi asosida polisemik elementli gap qurilmalari bosh sintaksema yadro predikativ 1 (NP1), yadro predikativ 2 (NP2) hamda to‘ldiruvchi sintaksema ya’ni yadro bo‘lmagan tobe birliklari (NĎ)ga ajratilib tahlil qilinadi. Ushbu jarayonda ingliz va o‘zbek tillarida polisemik birliklarning semantik o‘zgarish mexanizmlari (ma’no kengayishi, ma’no torayishi, metafora, metonimiya) hamda polisemik sintaksemalarning izomorf va allomorf xususiyatlari aniqlanadi. Kalit so‘zlar: polisemiya, integratsiyalashgan yondashuv, sintaksema, NP1, NP2, izomorf, allomorf, semantik o‘zgarish. Abstract: This article presents an integrated study of the phenomenon of polysemy in English and Uzbek. Polysemous units are examined systematically not only from a lexicosemantic perspective, but also in morphological, syntactic and functional terms. On the basis of syntaxeme theory, sentence structures containing polysemous elements are analysed by distinguishing the main syntaxeme – predicative nucleus 1 (NP1), predicative nucleus 2 (NP2), and the complement syntaxeme, i.e. non-nuclear dependent units (NĐ). In this process, the mechanisms of semantic change in polysemous units in English and Uzbek (meaning broadening, meaning narrowing, metaphor and metonymy), as well as the isomorphic and allomorphic properties of polysemous syntaxemes, are identified. Keywords: polysemy, integrated approach, syntaxeme, NP1, NP2, isomorph, allomorph, semantic change. Polisemiya til tizimining eng muhim, shu bilan birga eng murakkab hodisalaridan biridir. Har qanday tabiiy tilda so‘zlarning ko‘p ma’noliligi leksik boylikning kengayishi, nutq iqtisodi, semantik dinamika va tilning funksional moslashuvchanligi bilan chambarchas bog‘liq. 1 Ingliz va o‘zbek tillarida polisemiya an’anaviy ravishda asosan leksik–semantik doirada o‘rganib kelinadi, biroq polisemik birliklarning morfologik, sintaktik va funksional-pragmatik jihatlari ko‘pincha alohida tadqiq qilinadi. Zamonaviy tilshunoslikda integratsiyalashgan yondashuv asosida til hodisalarini kompleks tahlil qilish zarurati ortib bormoqda. Mazkur maqolada polisemiya hodisasi – morfologik, leksik, sintaktik, semantik va funksional ko‘lamlarda yagona tizim sifatida o‘rganiladi. Ingliz va o‘zbek tillari tipologik jihatdan farqli (analitik va agglutinativ) bo‘lgani bois, polisemiyaning struktur va semantik namoyon bo‘lishida ham sezilarli farqlar kuzatiladi. Ushbu ilmiy maqolaning dolzarbligi shundaki, ingliz va o‘zbek tillarida polisemiya hodisasi sintaksem nazariyasi va integratsiyalashgan yondashuv asosida, 1 Мухин А.М. Функциональный анализ синтаксических элементов (на материале древнеанглийского языка). – Москва, 1964. – С. 22–23. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 366 ya’ni ko‘p ma’noli leksik birliklarning gap qurilmasi ichidagi morfosintaktik pozitsiyasi, semantik roli hamda funksional yuklamasi birgalikda kompleks, qiyosiy tarzda o‘rganiladi. Sintaksem nazariyasi asosida gaplar tarkibi yadro predikativ va yadro bo‘lmagan tobe komponentlarga ajratiladi. Shunga muvofiq, bosh sintaksema (NP1) odatda ega pozitsiyasi hamda (NP2) kesim pozitsiyasi, yadro bo‘lmagan tobe birliklari (NĎ) esa ikkinchi darajali gap bo‘laklarini ifodalaydi va ushbu bo’lakli konstruktsiyalarni o‘z ichiga oladi. 2 Polisemik sintaksema ko‘p ma’noli leksik birlikning muayyan sintaktik model ichida (NP1, NP2 yoki NĎ tarkibida) asosiy ma’noda namoyon bo‘lish shakli sifatida talqin qilinadi. Masalan, “yo‘l (NP1, asosiy ma’nosi: yo‘l)” va “yo‘l (NP1, ikkinchi darajali ma’nosi: hayot yo‘li)” kabi. Bundan tashqari qiyosiy–tipologik metod orqali ingliz va o‘zbek tillaridagi polisemik sintaksemalar struktur va semantik jihatdan taqqoslanadi, izomorf va allomorf modellari ajratiladi. Deskriptiv metod yordamida esa polisemik birliklar nutqiy material asosida tavsiflandi, ularning ma’no qatlamlari va sintaktik pozitsiyalari izchil qayd etildi. Polisemik elementlarning struktur taqsimoti (NP1 / NP2 / NĎ) ingliz tilida asosan NP2 (bosh sintaksema: kesim) pozitsiyasida bo‘lib quyidagi polisemik sintaksemalar misol sifatida keltirishimiz mumkin: head of the department – ‘bo‘lim boshlig‘i’ (NP – of – NP modeli); the heart of the city – ‘shahar yuragi’; take a chance – ‘tavakkal qilish’; take a step – ‘qadam tashlamoq’; run a company – ‘kompaniyani boshqarmoq’; run a program – ‘dastur ishga tushirmoq’; get a result – ‘natijaga erishmoq’; get permission – ‘ruxsat olmoq’; at the head of the table – ‘stolning old qismida, boshida’; at the foot of the mountain – ‘tog‘ etagida’; the mouth of the river – ‘daryo qo‘ltig‘i’. O‘zbek tilida ko‘proq NP1 (ega) pozitsiyasida markazlashgan bo‘lib quyidagi misollarni keltiramiz: yo‘l uzun – ‘yo‘l’ konkret harakat yo‘li (NP1); yo‘ling ochiq bo‘lsin – ‘yo‘l’ abstrakt hayot yo‘li, taqdir (NP1); yuragi keng – ‘yurak’ metaforik, olijanoblik belgisini bildiradi (NP1); yuragi tosh – ‘yurak’ shafqatsizlik, hissizlik ma’nosida (NP1); ko‘zi ochildi – ‘ko‘z’ idrok ma’nosida (NP1); qo‘li uzun – ‘qo‘l’ imkoniyat, ta’sir doirasi ma’nosida (NP1); qo‘li kalta – moddiy imkon kamligi (NP1); Yadro bo‘lmagan tobe NĎ tarkibida ham polisemik birliklar faol qo‘llanadi, masalan: “yo‘l bo‘yida”, “qalbida”, “ko‘z o‘ngida”, “in the heart of winter”, “at the back of my mind” kabi birikmalar, biroq ularning semantik yuklamasi ko‘pincha yadro komponentlar bilan bo‘lgan munosabat belgilaydi. Integratsiyalashgan yondashuv asosida olingan natijalar polisemiya hodisasini faqat leksik–semantik darajada emas, balki til tizimining barcha darajalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ko‘p qatlamli jarayon sifatida talqin qilish imkonini berdi. Ingliz tilida polisemik komponentning NP2 pozitsiyasida yuqori mahsuldorlik kasb etishi tilning analitik xususiyati, qat’iy SVO so‘z tartibi va prepozitsion konstruksiyalarning rivojlanganligi bilan izohlanadi. Ko‘p hollarda aynan NP2 qismining almashishi yoki kengayishi semantik farqlanishni yuzaga chiqaradi. O‘zbek tilida esa polisemik komponent NP1 pozitsiyasida, ya’ni ega tarkibida to‘planishi tilning agglutinativ tuzilishi va ega–kesim munosabatining struktur barqarorligi bilan bog‘liq. Bosh, yurak, qo‘l, yo‘l, ko‘z kabi otlar NP1 tarkibida turli metaforik va metonimik qatlamlar hosil qilib, semantik dinamikani ta’minlaydi. Izomorf va allomorf polisemik sintaksemalarning ajratilishi ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasida bir tomondan, umumiy semantik modellarning mavjudligini, ikkinchi tomondan esa bu modellarning struktur-sintaktik jihatdan turlicha rejalashtirilishini ko‘rsatadi. 2 Мухин А.М. Функциональный анализ синтаксических элементов (на материале древнеанглийского языка). – Москва, 1964. – С. 22–23. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 367 Xulosa qilib aytganda, ingliz va o‘zbek tillarida polisemiya hodisasining shakllanish va rivojlanish tendensiyalari umumiy semantik mexanizmlar: ma’no kengayishi, ma’no torayishi, metafora va metonimiya bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ularning struktur-sintaktik rejalashtirilishi har xil yo‘nalishda amalga oshadi. Integratsiyalashgan yondashuv asosida polisemik birliklarning morfologik, leksik, sintaktik, semantik va funksional xususiyatlari yagona tizim doirasida tahlil qilinishi polisemiya hodisasining ko‘p qatlamli mohiyatini ochishga imkon berdi. Polisemik elementli gap qurilmalarini sintaksemalarga (NP1, NP2 va NĎ) ajratib tahlil qilish natijasida ingliz tilida polisemik ma’noning asosan NP2 pozitsiyasida, o‘zbek tilida esa NP1 pozitsiyasida yuqori darajada mahsuldor ekani aniqlanadi. Polisemik sintaksemalarning differensial sintaktik– semantik belgilari asosida izomorf (struktur va semantik jihatdan parallel) va allomorf (funksional jihatdan o‘xshash, lekin struktur jihatdan farqli) turlari ajratilib, bu holat ingliz va o‘zbek tillarining tipologik xususiyatlari bilan bog‘lanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Мухин А.М. Функциональный анализ синтаксических элементов (на материале древнеанглийского языка). – Москва, 1964. – С. 22–23. 2. Ҳожиев А. Семасиология. Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 198–292. 3. Юнусова Д. Синтаксемный анализ придаточных предложений с относительными местоимениями. O‘zbekiston milliy universiteti xabarlari, 2023. – B. 349–350. 4. Xudayberganova N. Terminological Relations with Theory as the Emergence of Ambiguous Manifestations of Linguistic Terms. Proceedings of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan. – Т. 1. – № 1, 2021. – P. 122–132. 5. Raximova S.J. O‘zbek tili frazeologik polisemiyasining leksikografik talqini muammolari. “O‘zbek tilini ona tili va xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, 2023. – B. 12–16.