INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI RASMIY DISKURSI TAHLILI
Abstract
Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida rasmiy diskursning leksik, grammatik va pragmatik xususiyatlari qisqacha qiyosiy tahlil qilinadi. Ingliz tilida rasmiy nutqda neytral terminologiya, passive voice va qisqa, lo‘nda tuzilmalar ustun bo‘lsa, o‘zbek tilida hurmat va iltifotga asoslangan turg‘un iboralar, ko‘plik shakli hamda uzun va muloyim ifodalar ko‘proq qo‘llanadi. Ushbu farqlar har ikki tilning madaniy qadriyatlari va rasmiy muloqot me’yorlarini aks ettiradi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 368 INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI RASMIY DISKURSI TAHLILI Xonto‘rayeva Yulduz Kenjaboy qizi Navoiy davlat universiteti, Tillar fakulteti, Ingliz tilshunosligi kafedrasi assistant o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17810964 Annotatsiya. Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida rasmiy diskursning leksik, grammatik va pragmatik xususiyatlari qisqacha qiyosiy tahlil qilinadi. Ingliz tilida rasmiy nutqda neytral terminologiya, passive voice va qisqa, lo‘nda tuzilmalar ustun bo‘lsa, o‘zbek tilida hurmat va iltifotga asoslangan turg‘un iboralar, ko‘plik shakli hamda uzun va muloyim ifodalar ko‘proq qo‘llanadi. Ushbu farqlar har ikki tilning madaniy qadriyatlari va rasmiy muloqot me’yorlarini aks ettiradi. Kalit so‘zlar: rasmiy diskurs, ingliz tili, o‘zbek tili, leksik farqlar, grammatik xususiyatlar, pragmatika. Abstract. The article provides a brief comparative analysis of the lexical, grammatical and pragmatic features of official discourse in English and Uzbek. In English official discourse, neutral terminology, the passive voice and short, concise structures are predominant, whereas in Uzbek, fixed expressions based on respect and politeness, plural forms, and longer, more polite formulations are more frequent. These differences reflect the cultural values and norms of official communication in both languages. Keywords: official discourse, English language, Uzbek language, lexical differences, grammatical features, pragmatics. Аннотация. В статье даётся краткий сопоставительный анализ лексических, грамматических и прагматических особенностей официального дискурса в английском и узбекском языках. В английском официальном дискурсе преобладают нейтральная терминология, страдательный залог и краткие, лаконичные конструкции, тогда как в узбекском чаще используются основанные на уважении и вежливости устойчивые выражения, формы множественного числа, а также более длинные и мягкие формулировки. Эти различия отражают культурные ценности и нормы официального общения в обоих языках. Ключевые слова: официальный дискурс, английский язык, узбекский язык, лексические различия, грамматические особенности, прагматика. Kirish. Rasmiy diskurs – bu davlat boshqaruvi, diplomatik munosabatlar, huquqiy hujjatlar va biznes aloqalarida qo‘llaniladigan til shaklidir. Ushbu uslub rasmiy hujjatlar, bayonotlar, shartnomalar, farmonlar, xizmat yozishmalari hamda rasmiy chiqishlarda o‘z aksini topadi. Rasmiy diskursning asosiy xususiyatlari aniqlik, neytrallik, rasmiy uslubga sodiqlik va muloqot odobiga rioya qilish bilan belgilanadi. Har bir tilning rasmiy diskursdagi o‘ziga xosligi uning leksik, grammatik va stilistik xususiyatlari bilan aniqlanadi. Ingliz va o‘zbek tillari rasmiy diskursida so‘z tanlovi, gap tuzilishi hamda uslubiy xususiyatlar jihatidan sezilarli farqlar mavjud. Masalan, ingliz tili rasmiy nutqida soddalik va betaraflik muhim o‘rin tutsa, o‘zbek tilida esa hurmat shakllari, rasmiy iboralar va murakkab gap tuzilmalari keng qo‘llaniladi. Shuningdek, Ingliz tilida majhul nisbat grammatik jihatdan mustaqil qurilma sifatida keng qo‘llanadi, ayniqsa rasmiy, ilmiy va diplomatik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 369 matnlarda. Bu shakl agentni (ya’ni ish-harakatni bajaruvchisini) ko‘rsatmasdan yoki “by...” predlogi orqali cheklangan holda ifodalashga imkon beradi. Masalan, “The agreement was signed” jumlasida harakat bajaruvchisi noma’lum bo‘lib, harakatga urg‘u berilgan bo‘lsa, “The agreement was signed by both parties” jumlasida esa agent – ya’ni harakatni bajargan tomonlar – aniq ko‘rsatilgan. O‘zbek tilida ham majhul shakl mavjud, biroq uning grammatik qurilishi ingliz tilidagidek keng ko‘lamda ishlatilmaydi, ayniqsa agent ko‘rsatilgan holatlarda. Odatda, o‘zbek tilida harakat subyekti ifodalanmaydi va bu holat kontekstdan anglashiladi. Masalan, “Mazkur hujjat imzolandi” jumlasida kim tomonidan imzolangani aniq aytilmagan, ammo bu ko‘pincha rasmiy uslubga xos usul hisoblanadi. Zarurat tug‘ilganda agent tushum kelishigida yoki qo‘shimcha gap orqali ifodalanadi: “Mazkur hujjat ikki tomon tarafidan imzolandi.” Biroq bu shakl ingliz tilidagidek turg‘un va keng qo‘llanadigan grammatik model emas, balki ehtiyojga ko‘ra ishlatiladigan uslubiy vosita sanaladi. Shu bois, har ikkala tilda majhul nisbat mavjud bo‘lsa-da, ularning ifodalanish darajasi va harakat bajaruvchisini ko‘rsatish usuli jihatidan sezilarli farqlar mavjud. Ingliz va o‘zbek tillarida rasmiy diskursni shakllantiruvchi asosiy omillar diplomatik etikaga, davlat hujjatlariga va xalqaro yozishmalar me’yorlariga bog‘liq. Masalan, ingliz tilida rasmiy yozishmalarda iltifot shakllari keng tarqalgan (We would like to express our sincere gratitude…), o‘zbek tilida esa Sizga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz kabi iboralar ishlatiladi. Ingliz tilida qisqalik va aniq gap tuzilishi afzal ko‘rilsa (Please confirm your attendance by Monday – “Iltimos, dushanba kunigacha ishtirokingizni tasdiqlang”), o‘zbek tilida esa rasmiy gaplar uzunroq va ta’sirchan shaklda bo‘lishi mumkin (Sizning tadbirda ishtirok etishingizni tasdiqlashingizni so‘raymiz). Ushbu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, V.A. Kuznetsov ingliz rasmiy diskursining asosiy xususiyatini unda murakkab sintaktik tuzilmalar va majhul nisbat ustunlik qilishida deb bilgan. 1 Sh. Rahmatov esa o‘zbek rasmiy diskursida hurmatni ifodalovchi iltifot shakllari keng tarqalganligini hamda bu milliy xususiyat sifatida qaralishini ta’kidlagan. 2 Shunday qilib, har ikkala tilning rasmiy diskursi o‘ziga xos qonuniyatlarga asoslangan bo‘lib, xalqaro munosabatlarda, diplomatik yozishmalarda va rasmiy hujjatlar tuzishda ushbu farqlarni hisobga olish muhimdir. Ingliz va o‘zbek tillarida rasmiy diskursning leksik xususiyatlari Rasmiy diskursda tilning leksik boyligi va ifoda vositalari alohida ahamiyat kasb etadi. Leksik jihatdan ingliz va o‘zbek tillarining rasmiy diskursi muayyan soha terminologiyasi va turg‘un iboralarga tayanadi. Ingliz tilida diplomatik va huquqiy matnlarda ko‘p qo‘llaniladigan atamalar rasmiylikni ifodalasa, o‘zbek tilida bu holat turg‘un ifodalar bilan mustahkamlanadi. Tilshunos olim M. A. K. Halliday rasmiy diskursda leksikaning rolini ta’kidlab, rasmiy uslubning asosiy belgilaridan biri aynan terminologik barqarorlik ekanligini qayd etadi. Uning fikricha, ingliz tilida rasmiy hujjatlar va diplomatik nutqlarda obyektivlikni ta’minlash uchun ko‘proq abstrakt otlar (assistance, cooperation, negotiation) ishlatiladi, bu esa rasmiy uslubga xos neytrallikni mustahkamlaydi. 3 Bu fikr ayniqsa xalqaro huquq va diplomatiya kontekstida o‘z tasdig‘ini topadi, chunki bunday uslub rasmiy hujjatlarning maksimal aniq va obyektiv bo‘lishini 1 Kuznetsov V.A. Ingliz rasmiy diskursining asosiy xususiyatlari. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti. 2020, 45 b. 2 Rahmatov Sh. O‘zbek rasmiy diskursida hurmatni ifodalovchi iltifot shakllari. Toshkent: Fan nashriyoti. 2018, 32 b. 3 Halliday M. A. K. An Introduction to Functional Grammar. Edward Arnold. 1985, 75-90 pp.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 370 ta’minlaydi. Ingliz tilida bu holat “legalese” deb ataluvchi maxsus huquqiy til orqali ham o‘z aksini topadi. O‘zbek tilshunosi O. Yo‘ldoshev esa o‘zbek tilida rasmiy diskurs odob-ahloq qoidalari va an’anaviy iltifot shakllariga asoslanganligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, rasmiy yozishmalarda hurmat ko‘rsatish va odob doirasida muloqot qilish muhim ahamiyat kasb etadi, shuning uchun rasmiy diskursda hurmatli, janoblari, oliyjanob, ehtirom ila kabi iboralar keng qo‘llaniladi. 4 Bu jihatdan, o‘zbek diplomatik nutqlari va hujjatlarida ko‘proq iltifotli va yumshoq leksik birliklar kuzatiladi. Masalan, “e’tibor qaratishingizni so‘raymiz”, “o‘z minnatdorchiligimizni izhor qilamiz” kabi iboralar ingliz tilidagi “we request your attention to” yoki “we express our gratitude” kabi iboralar bilan semantik jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da, ifoda uslubi jihatidan iltifot nuqtayi nazaridan farq qiladi. Quyidagi misollarda bu holatni uchratishimiz mumkin: His Excellency the Ambassador has conveyed his deepest gratitude. (Janobi Oliylari elchi janoblari o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.) Shu bilan birga rasmiy diplomatik diskursda leksik vositalarning tanlanishi ham har bir tilning tarixiy taraqqiyoti va tashqi tillar bilan bo‘lgan ta’siriga bog‘liq. Ingliz tilida diplomatik atamalarning aksariyati, yuqorida ta’kidlanganidek, lotin va fransuz tillaridan kirib kelgan bo‘lib, ular hozirgi rasmiy uslubga xos bo‘lgan standart terminologiyani shakllantirgan. Masalan, protocol, memorandum, diplomacy, consulate kabi atamalar ildizi lotin yoki fransuz manbalariga borib taqaladi. O‘zbek tilida esa rasmiy uslubdagi ko‘plab leksik birliklar arab va fors tillari orqali shakllangan. Bunga muqaddima, tashabbus, murosa, muloqot, bitim kabi diplomatik nutqda uchraydigan so‘zlar misol bo‘la oladi. Shuning uchun har ikkala til rasmiy diskursida xorijiy manbali so‘zlar muhim o‘rin tutadi, biroq ularning kelib chiqish manbalari va leksik qatlamlardagi ta’siri farqlanadi. Tilshunoslar G. Crystal va D. D. Makkarti ham diplomatik diskursda leksik me’yorlarga alohida e’tibor qaratib, rasmiy so‘zlashuvlarda hissiyotdan xoli bo‘lish va rasmiy betaraf uslubni saqlash zarurligini ta’kidlaydilar. 5 Shu bois ingliz tilida byurokratik leksika (aforementioned, hereinafter, pursuant to) keng qo‘llansa, o‘zbek tilida hujjatlarda “yuqorida ko‘rsatilgan”, “quyidagilarga muvofiq” kabi iboralar ishlatiladi. Ushbu farq shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilining rasmiy uslubi rasmiyatchilik va aniq huquqiy asoslanishga urg‘u bersa, o‘zbek tili rasmiy nutqida hurmat va an’anaviylik ustuvor hisoblanadi. Ingliz va o‘zbek tillarining rasmiy diskursi leksik jihatdan o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, inglizcha rasmiy matnlarda abstrakt otlar va neytral terminologiya, o‘zbek tilida esa diplomatik hurmat shakllari va turg‘un iboralar muhim rol o‘ynaydi. Bu farq har ikkala tilning madaniyati va ijtimoiy qadriyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning rasmiy diskursida qanday tamoyillar ustuvor ekanligini aks ettiradi. Grammatik jihatdan farqlanish Ingliz va o‘zbek tillarining rasmiy diskursi grammatik jihatdan sezilarli farqlarga ega bo‘lib, bu farqlar asosan fe’llarning qo‘llanishi, modal fe’llar va ko‘plik shakllarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu jihatlar rasmiy yozishmalarda va huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topadi. Fe’llarning qo‘llanishi 4 Yo‘ldoshev O. O‘zbek tilining rasmiy uslubi: Tarix va taraqqiyot. Toshkent: O‘zMU nashriyoti. 2010, 55-70 bb. 5 Crystal D. The Cambridge Encyclopedia of Language. Cambridge University Press. 1997, 340-355 pp.; McCarthy D. D. Language and Diplomacy. DiploFoundation. 2002, 120-135 pp.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 371 Ingliz tilida rasmiy diskursda majhul nisbat (passive voice) keng tarqalgan bo‘lib, bu rasmiylik darajasini oshirish, matnni xolis va obyektiv ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ayniqsa, huquqiy va diplomatik matnlarda majhul nisbat hujjatning subyektini yashirish yoki diqqatni amalga qaratish uchun muhim vositadir: The agreement was signed by both parties. (Bitim ikki tomon tarafidan imzolandi.) A decision will be made in due course. (Tegishli qaror o‘z vaqtida qabul qilinadi.) O‘zbek tilida esa majhul nisbat kamroq qo‘llaniladi va ko‘proq “-ildi”, “-ildi” shakllari yoki ravishdosh qo‘shimchalari orqali ifodalanadi. Rasmiy diskursda esa ko‘pincha “tomonidan” so‘zi yordamida majhullik ifodalanadi: Tegishli qaror o‘z vaqtida qabul qilindi. Tilshunos olim M. Swan o‘zining Practical English Usage asarida ingliz tilidagi rasmiy diskursda majhul nisbatdan keng foydalanishning sabablaridan biri sifatida neytrallik va formal uslubni ta’kidlaydi. 6 Shu bilan birga, O. Yo‘ldoshev esa o‘zbek tilida majhul nisbatdan kam foydalanilishi nutqdagi shaffoflik va muloqotning interfaolligi bilan bog‘liq ekanligini qayd etadi. 7 Modal fe’llar va rasmiylik darajasi Ingliz tilida shall, may, must kabi modal fe’llar rasmiy diskursda qat’iy talab yoki ruxsatni ifodalash uchun keng qo‘llaniladi. Bu modal fe’llarning ishlatilishi hujjatlarning huquqiy kuchini belgilashga yordam beradi: Applicants must submit their documents by June 1st. (Arizachilar hujjatlarini 1-iyunga qadar topshirishi shart.) The meeting shall commence at 10 AM. (Uchrashuv soat 10:00 da boshlanadi.) O‘zbek tilida esa rasmiy diskursda modal fe’llarning o‘rniga modal so‘zlar (lozim, shart, zarur, majbur) yordamida talab ifodalanadi. Bu holatni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin: Hujjatlar 1-iyunga qadar topshirilishi lozim. Uchrashuv soat 10:00 da boshlanishi shart. Tilshunos Palmer F. R. modal fe’llarning huquqiy va rasmiy nutqda muhim rol o‘ynashini ta’kidlab, ayniqsa, ingliz tilida shall fe’lining rasmiylikni kuchaytiruvchi ahamiyatini qayd etadi. 8 O‘zbek tilida esa A. Qo‘chqarov modal so‘zlar orqali talab ifodalanishini aniqlab, bu jihatning o‘zbek rasmiy diskursining o‘ziga xos belgisi ekanligini ta’kidlaydi. 9 Ko‘plik shakli va umumiy tushunchalar Ingliz tilida rasmiy diskursda umumiy tushunchalar odatda birlik shaklida qo‘llaniladi. Bu esa tilning iqtisodiyligi va rasmiylik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, davlat organlari, tashkilotlar yoki muassasalar haqida gap ketganda, birlik shakli ishlatiladi: The government declares its new policy. (Hukumat yangi siyosatini e’lon qiladi.) The committee has decided on the new regulations. (Qo‘mita yangi qoidalar bo‘yicha qaror qabul qildi.) O‘zbek tilida esa davlat organlari yoki umumiy tushunchalar haqida gap ketganda ko‘plik shakli ishlatilishi mumkin. Bu esa nutqdagi aniq va ravonlik va hurmat ifodasini ta’minlashga xizmat qiladi: 6 Swan M. Practical English Usage. Oxford: Oxford University Press. 2005, 78 b. 7 Yo‘ldoshev O. O‘zbek tilida majhul nisbatdan foydalanishning pragmatik asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti. 2017, 53 b. 8 Palmer F. R. Mood and Modality. Cambridge: Cambridge University Press. 1986, 112 b. 9 Qo‘chqarov A. O‘zbek tili grammatikasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti. 2005, 204 b.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 372 Universitet rahbarlari taklifni ma’qullashdi.. Mutasaddi tashkilotlar tegishli qarorlar qabul qilishdi. Tilshunos olimlar tomonidan hozirgi kunga qadar rasmiy nutqda birlik shaklining afzalliklarini ta’kidlanib, bu uslubning rasmiy hujjatlarga jiddiylik va qat’iylik bag‘ishlashi hamda o‘zbek rasmiy diskursida davlat organlari va tashkilotlar haqida gap ketganda, ko‘plik shaklining ishlatilishi o‘zbek tilida an’anaviy me’yor ekanligi tushuntirilgan. Yuqoridagi grammatik xususiyatlar ingliz va o‘zbek tillaridagi rasmiy diskursning o‘ziga xosligini namoyon qiladi. Ingliz tilida majhul nisbat, modal fe’llar va birlik shakli rasmiylik darajasini oshirishda muhim rol o‘ynasa, o‘zbek tilida harakat bajaruvchisi aniq ko‘rsatilmagan holda majhul nisbat, modal so‘zlar va ko‘plik shakli orqali rasmiy nutq shakllantiriladi. Ushbu farqlar davlat hujjatlari, diplomatik yozishmalar va huquqiy matnlarning tuzilishiga bevosita ta’sir qiladi. Pragmatik farqlar va nutq etiketi Ingliz va o‘zbek tillarida rasmiy muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari Ingliz tilida rasmiy muloqotda, ayniqsa, biznes yoki davlat organlari bilan yozishmalarda aniq va qisqa bo‘lishga intilish bor. Maqsad muloqotni oson va tez tushunishga imkon yaratishdir. Misol uchun, "We regret to inform you that..." (Biz sizni xafa qilishimizni afsus bilan aytamiz...) kabi formulalar rasmiylikni va aniq axborot uzatishni ta'minlaydi. O‘zbek tilida rasmiy muloqotda ko‘proq diplomatik yondashuv va ehtiyotkorlik mavjud. Ilgari ishlatilgan "Sizga afsus bilan ma’lum qilamizki..." shakli noziklik va hurmatni ifodalaydi. O‘zbek tilidagi rasmiy muloqotda, aytish joizki, insoniy aloqalarni saqlash va xushmuomalalikka katta e'tibor qaratiladi. Iltifot formulalari Ingliz tilida rasmiy xat yozishda iltifot formulalari ko‘pincha "Sincerely," yoki "Yours faithfully," kabi qisqa va standart shakllarda ishlatiladi. Bu formulalar rasmiy xatda ochiqlik, ammo qisqalik va xushmuomalalikni ta'minlash uchun mo‘ljallangan. O‘zbek tilida esa iltifotlar ko‘proq uzunroq va ehtiyotkor bo‘ladi, masalan, "Hurmat bilan," "Ehtirom bilan," yoki "Chuqur hurmat bilan," kabi ifodalar keng qo‘llaniladi. Bu iltifot tushunchalari o‘zbek tilidagi rasmiy muloqotda insoniy aloqani saqlash va rasmiy ehtiyotkorlikni ko‘rsatish uchun muhim rol o‘ynaydi. Shaxsiy xususiyatlarning minimallashtirilishi Rasmiy diskursda shaxsiy xususiyatlar minimallashtiriladi, ya'ni nutqda ish-harakat bajaruvchisi yoki shaxsga urg‘u berishdan qochiladi va neytral shakllarda ifoda berishga intilish bo‘ladi. Ingliz tilida impersonal structures (shaxssiz gaplar) ko‘p ishlatiladi, masalan: "It has been decided that..." yoki "It is expected that...". Bu shakllar rasmiy nutqni obyektiv va shaxsiy fikrlaridan holi qilishga yordam beradi. O‘zbek tilida ham rasmiy muloqotda personalizatsiya kamaytiriladi, lekin aniq ifodalar, masalan, "Aniqlangan," "Tasdiqlangan," kabi yordamchi so‘zlar orqali rasmiylik ta'minlanadi. Bunda ham shaxsiy fikrlar yetarlicha kam darajada bo‘lib, rasmiy holat saqlanadi. Rasmiylik va do‘stona tilning o‘rtasidagi farq Ingliz tilida rasmiylikni ifodalashda ko‘proq qisqa va lo‘ndalikka e’tibor beriladi, bu esa tez va samarali muloqotga imkon beradi. Ingliz tili uchun rasmiylikni saqlashda odatda yozuv shakli va uslubning aniq va to‘g‘ri bo‘lishi asosiy hisoblanadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 373 O‘zbek tilida rasmiy nutqning shakli ham aniq bo‘lishi kerak, ammo unda ko‘proq tafsilotlar, uzun ifodalar va ehtiyotkorlik kiritiladi. O‘zbek tilidagi rasmiylik va iltifotli nutq do‘stona, ammo rasmiy aloqani ta’minlaydi. Ushbu farqlar til birliklarining pragmatik xususiyatlarini aks ettirib, rasmiy muloqotdagi madaniy va lingvistik yondashuvlar o‘rtasidagi tafovutlarni namoyon etadi. Ingliz tilidagi rasmiy nutq ko‘pincha lo‘nda, aniq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalanishiga urg‘u bersa, o‘zbek tilidagi rasmiy muloqotda esa shaxsga murojaatdagi hurmat, ehtiyotkorlik va muomala madaniyatiga xos muloyimlik ustuvor ahamiyat kasb etadi. Jadval 2.1.1. Ingliz va o‘zbek tillari rasmiy diskursi taqqosi Xususiyatlar Ingliz tili O‘zbek tili Leksik xususiyatlar Lotinsimon va fransuz tilidan kirib kelgan so‘zlar ko‘p, neytral so‘zlar ustun Arabcha va forscha unsurlar bor, hurmat shakllari keng Grammatik xususiyatlar Passive Voice ko‘p, modallik yuqori Majhul nisbat, buyruq-istak fe’llari keng tarqalgan Pragmatik xususiyatlar Soddalik, betaraflik Hurmat shakllari, uzun va murakkab gaplar Xulosa. Ingliz va o‘zbek tillarining rasmiy diskursi leksik, grammatik hamda pragmatik jihatdan muayyan farqlarga ega. Ingliz tili lo‘nda va rasmiy tuzilmalarni ustuvor deb bilsa, o‘zbek tilida esa murakkab sintaktik tuzilmalar hamda muloyimlik va hurmatga asoslangan iboralar keng qo‘llanadi. Ushbu farqlarni anglash, ayniqsa diplomatik yozishmalarni to‘g‘ri talqin qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Crystal D. The Cambridge Encyclopedia of Language. Cambridge University Press. 1997, 340–355 pp.; McCarthy D. D. Language and Diplomacy. DiploFoundation. 2002, 120–135 pp. 2. Halliday M. A. K. An Introduction to Functional Grammar. Edward Arnold. 1985, 75–90 pp. 3. Kuznetsov V. A. Ingliz rasmiy diskursining asosiy xususiyatlari. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti. 2020, 45 b. 4. Palmer F. R. Mood and Modality. Cambridge: Cambridge University Press. 1986, 112 b. 5. Qo‘chqarov A. O‘zbek tili grammatikasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti. 2005, 204 b. 6. Rahmatov Sh. O‘zbek rasmiy diskursida hurmatni ifodalovchi iltifot shakllari. Toshkent: Fan nashriyoti. 2018, 32 b. 7. Swan M. Practical English Usage. Oxford: Oxford University Press. 2005, 78 b. 8. Yo‘ldoshev O. O‘zbek tilining rasmiy uslubi: Tarix va taraqqiyot. Toshkent: O‘zMU nashriyoti. 2010, 55–70 bb. 9. Yo‘ldoshev O. O‘zbek tilida majhul nisbatdan foydalanishning pragmatik asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti. 2017, 53 b.