scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SOLIQ YIG'ILARINI TAKOMILLASHTIRISH YO'NALISHLAR

Sotivoldiyeva Barno Odiljon qizi

Abstract

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq tizimini takomillashtirishning zaruriyati, soliq siyosatini raqamli faoliyatga moslashtirish yo’llari va “Raqamli soliq kodeksi” ni ishlab chiqish zaruriyati yoritilgan. Soliq kodeksida raqamli faoliyat subyektlariga oid aniq tushunchalar mavjud emasligi va raqamli soliq tizimini shakllantirish bo’yicha takliflar keltirilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi o’rganilib, milliy soliq tizimini raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirish takliflari bildirilgan.

Full text

58 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SOLIQ YIG’ILARINI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLAR Sotivoldiyeva Barno Odiljon qizi Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti Namangan filiali talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17811275 Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq tizimini takomillashtirishning zaruriyati, soliq siyosatini raqamli faoliyatga moslashtirish yo’llari va “Raqamli soliq kodeksi” ni ishlab chiqish zaruriyati yoritilgan. Soliq kodeksida raqamli faoliyat subyektlariga oid aniq tushunchalar mavjud emasligi va raqamli soliq tizimini shakllantirish bo’yicha takliflar keltirilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi o’rganilib, milliy soliq tizimini raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirish takliflari bildirilgan. Kalit so’zlar: Raqamli iqtisodiyot, soliq kodeksi, raqamli daromad, elektron deklaratsiya, soddalashtirilgan soliq tizimi. Аннотация. В данной статъе рассматриовается необходимостиъ совершенствования налоговой системы в условиях цифровой экономики, пути адаптации налоговой политики к цифровой деятелъности, а также необходимости разработки «Цифрового налогового кодекса». В статъе отмечено отсутствие чётких определений суъектов цифровой деятелъности в Налогом кодексе и приведены предложения по формированию цифровой налоговой системы. Кроме того, изучен опыт зарубежных стран и предложены меры по адаптации националъной налоговой системы к требованиям цифровой экономики. Ключевые слова: Цифровая экономика, налоговый кодекс, цифровой доход, электронная декларация, упрощённая налоговая система. Annotation. This article discusses the necessity of improving the tax system under the conditions of the digital economy, ways to adapt tax policy to digital activities, and the need to develop a “Digital Tax Code”. The article highlights the absence of clear definitions of digital activity subjects in the current Tax Code and provides proposals for forming a digital tax system. In addition, the experience of foreign countries has been studied, and recommendations have been made to adapt the national tax system to the requirements of the digital economy. Keywords: Digital economy, tax code, digital income, electronic declaration, simplified tax system. KIRISH: Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda dunyo miqyosida iqtisodiy munosabatlarni shaklini tubdan o’zgartirmoqda. Birinchi marta 1995-yil amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “Raqamli iqtisodiyot” termini amaliyotga kiritgan [1]. Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli texnalogiyalarga asoslangan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishdagi raqamli ma’lumotlar bo’lib, katta xajmdagi ma’lumotlarni saqlash yordamida ishlab chiqarish, yetkazib berish, onlayn xizmatlar, elektron to’lovlar, internet savdo va boshqa raqamli texnalogiyalarni rivojlanishi bilan bog’liq faoliyatdir. Soliq tizimida raqamli texnologiyalarda unumli foydalanish esa, soliq tizimini avtomatlashtiradi, elektron to’lov tizimlari esa soliq to’lovchilar uchun qulaylik yaratadi. Natijada esa yashirin daromad va noqonuniy operatsiyalar kamayib byujetni muntzam to’ldirishni ta’minlaydigan tizimga aylanadi. 59 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarurva shart. Bu bizga yuksalishni eng qisqa yo’lidan borish imkoniyatini beradi [2] ADABIYOTLAR SHARHI: Xorijlik olimlar va mahalliy olimlarimiz o’z maqola va ilmiy ishalarida soliq tizimi faoliyatida raqamli texnalogiyalardan samarali foydalanish masalalari haqida o’z taklif va xulosalarini berishgan. Mahalliy olimlarimiz: M.Abduxapizov, D.Razzoqova, J.Mashrapov, Sh.Abdulhayeva, N.Toxirovichu, U.Berdiyeva, A. Ma’rupov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari soliq tizimida raqamli texnalogiyalardan samarali foydalanish usullarini ishlab chiqishga bag’ishlangan. Muammoning dolzarbligi va rivojlanishdagi ayrim muammolar esa tadqiqot olib borish va maqolani mavzusini aniqlashga imkon beradi. TAHLIL VA NATIJALAR: Raqamli iqtisodiyot va soliq tizimining bog’liqligi. Har bir davlat uchun soliq tizimini shakllantirish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning asosidir. Soliqlar byujet daromadining asosiy qismini tashkil etganligi sababli iqtisodiy mexanizm sifatida ta’riflanadi. Soliq tizimida raqamli texnalogiyalardan foydalanishning ijobiy tomonlari:  Shaffoflikni ta’minlab, samaradorlikni oshiradi.  Hujjatbozlikni kamaytiradi va tezkorlikni ta’minlaydi.  Analitik imkoniyatlar yaratib, soxta hisob-fakturalarni kamaytiradi. Davlar soliq organlarida esa axborot texnalogiyalardan foydalanishning ijobiy tomonlari.  Soliq yig’imini oshishi, shaffoflikni va ochiqlikni ta’minlaydi.  Soliq undirishda aniqlik va ma’lumotlar to’g’riligini ta’minlaydi.  Soliq to’lovchilar uchun qulaylikni yaratib, tahlil va pragnozlash imkoniyatini beradi. O’ZBEKISTON SOLIQ KODEKSIDA RAQAMLI FAOLIYATGA OID BO’SHLIQLAR. “Soliq siyosati buiqtisodiyotni yuragi. Uni oqilona yurutish davlat barqarorligining kafolatidir” [3]. O’zbekiston soliq kodeksida 282-moddada “elektron shakldagi xizmatlar” tushunchasi belgilangan. Moddada asosan chet el yurudik shaxslarga nisbatan qoidalar mavjud bo’lib, ammo, raqamli faoliyat yurutuvchilar – bloger, kontet yaratuvchi va onlayn xizmat ko’rsatuvchilar kabi yurudik tushunchalar kiritish orqali soliq subyetklarni aniq tavsiflaydi. Soliq kodeksida raqamli daromad oluvchi shaxslar aniq soliq to’lovchi sifatida belgilanmagan. Ularning faoliyati “Jismoniy shaxs daromad solig’i” doirasida baholansada, bu raqamli iqtisodiyot talablariga to’liq mos emas. Bunday sharoitda esa:  Blogerlar va kontent yaratuvchilar o’z daromadini to’liq e’lon qilmasligi munkin.  Soliq organlarida esa raqamli daromadlarni to’liq aniqlash imkoniyati mavjud emas.  Soliq bazasida raqamli xizmatlar ulushi ro’yxatdan o’tmasligi sababli, byujetga tushumlarning bir qismi yo’qolib boradi. Soliq kodeksida esa “raqamli faoliyat”, “raqamlidaromad”, “raqamli soliq subyektlari”, kabi yangi yurudik tushunchalar kiritish taklif etiladi. RAQAMLI DAOMAD OLUVCHILAR UCHUN YANGI TUSHUNCHALAR VA YONDASUVLAR: Yangi kodeksda quydagi tushunchalar kiritish taklif qilinadi:  Raqamli faoliyat – internet orqali kontent yaratish, reklama joylash yoki xizmat ko’rsatish faoliyati.  Raqamli daromad – elektron platformalar orqali olinadigan moliyaviy foyda. 60 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12  Raqamli soliq subyekti–bloger, kontent yaratuvchi va onlayn xizmat ko’rsatuvchi shaxs.  Raqamli soliq rejimi–elektron deklaratsiya asosida soliqqa tortish mexanizmi. Ushbu raqamli faoliyatlar qonuniylashtirilsa, soliq bazasi oshadi va yangi tadbirkorlik shakllari tartibga solinadi. ELEKTRON DEKLARATSIYA TIZIMINI JORIY ETISH AFZALLIKLARI: Raqamli faoliyat subyektlari uchun elektron deklaratsiya tizimi va soddalashtirilgan soliq tizimini yaratish:  Mobil ilova yoki veb – portal orqali o’z daromarlarini deklaratsiya qilish imkonini beradi.  Raqamli boshqaruvni rivojlantiradi, ma’lumotlar xavfsizligi va saqlanishi ta’minlaydi  Statistik tahlil va rejalashtirish imkoniyatlarini beradi.  Tizim soddalashtirilgani sababli, soliq to’lov tizimi oshiriladi. Bu tizim orqali soliq yig’imlari oshadi, soliq intizomi kuchayib, yashirin iqtisodiyot ulushi kamayadi. XULOSA VA TAKLIFLAR: Yuqorida keltirilgan muammolarga yechim sifatida quydagilarni keltirish mumkin.  “Yagona raqamli soliq rejimi” ni joriy etish;  Soliq kodeksida raqamli faoliyatga oid yangi subyekt va moddalar kiritish;  Soliq kodeksini raqamli iqtisodiyotga moslashtirish va soddalashtirilgan elaktron deklaratsiya joriy etish.  Soliq organlari imkoniyatlarini kengaytirib, raqamli faoliyatni ro’yhatga olish uchun mobil ilova ishlab chiqish. Raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq tizimini takommilashtirish, iqtisodiy barqarorlikni taminkab, soliq yig’imlarini oshirib, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirib va soliq tizimini zamonaviylashtirishga xizmat qiladi. Soliq tizimini raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirish esa davlat moliyaviy siyosating ustuvor yo’nalishlaridan xisoblanib, soliq tushumlarini samarali boshqarish va iqtisodiy rivojlanish imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. K. Kelly.- New York : Viking 1998. 2. O’zbekiston Respublikasini Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni. 3. Islom Karimov asarlari to’plami 10-jild, 1998yil. 4. O’zbekiston respublikasi soliq kodeksi – lex.uz 5. Soliq.uz – davlat soliq qo’mitasini rasmiy sayti 6. “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasi 7. https://uz Wikipedia.org 8. Dars slaytidan