scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INTELLEKTUAL MULK OB'EKTLARIGA BO'LGAN MUTLAQ HUQUQLAR VA ULARNI HIMOYA QILISH USULLARI

Normamat Ramazonovich Mallayev; Yusupov Zarifjon Erkin o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada intellektual mulk obyektlariga tegishli bo‘lgan mutlaq huquqlar nima ekanligi, ularning turlari va ularni tartibga soluvchi asosiy huquqiy normalar keng yoritilgan. Mualliflik huquqi, patentlar, tovar belgilari, sanoat namunalari, kompyuter dasturlari hamda adabiy-badiiy asarlar kabi intellektual mahsulotlarning huquqiy maqomi va ulardan foydalanish tartibi batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada mutlaq huquqlarning buzilishi mumkin bo‘lgan holatlar va ularga qarshi qo‘llaniladigan fuqarolik-huquqiy himoya choralari tizimli tarzda ko‘rib chiqilgan. Sud amaliyotida kompensatsiya undirish, huquqbuzarlikni to‘xtatish, mualliflikni tasdiqlash va yetkazilgan zararni qoplash kabi vositalarning qanday ishlashi ham amaliy misollar bilan tushuntirilgan. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan intellektual mulk huquqlarini buzish holatlarining ortib borayotgani, ularning oldini olish bo‘yicha zamonaviy usullar va mexanizmlar ham alohida o‘rganilgan. Umuman olganda, tadqiqot natijalarida mutlaq huquqlarni samarali himoya qilish innovatsion rivojlanish, sog‘lom raqobatni ta’minlash hamda ijodkorlarning manfaatlarini himoya qilishda juda muhim omil ekani asoslab berilgan.

Full text

69 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 INTELLEKTUAL MULK OB’EKTLARIGA BO’LGAN MUTLAQ HUQUQLAR VA ULARNI HIMOYA QILISH USULLARI Normamat Ramazonovich Mallayev Yuridik fanlar nomzodi, dotsent. Yusupov Zarifjon Erkin o’g’li Termiz davlat universiteti advokatlik faoliyati mutaxassisligi tinglovchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17811564 Annotatsiya. Ushbu maqolada intellektual mulk obyektlariga tegishli bo‘lgan mutlaq huquqlar nima ekanligi, ularning turlari va ularni tartibga soluvchi asosiy huquqiy normalar keng yoritilgan. Mualliflik huquqi, patentlar, tovar belgilari, sanoat namunalari, kompyuter dasturlari hamda adabiy-badiiy asarlar kabi intellektual mahsulotlarning huquqiy maqomi va ulardan foydalanish tartibi batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada mutlaq huquqlarning buzilishi mumkin bo‘lgan holatlar va ularga qarshi qo‘llaniladigan fuqarolik-huquqiy himoya choralari tizimli tarzda ko‘rib chiqilgan. Sud amaliyotida kompensatsiya undirish, huquqbuzarlikni to‘xtatish, mualliflikni tasdiqlash va yetkazilgan zararni qoplash kabi vositalarning qanday ishlashi ham amaliy misollar bilan tushuntirilgan. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan intellektual mulk huquqlarini buzish holatlarining ortib borayotgani, ularning oldini olish bo‘yicha zamonaviy usullar va mexanizmlar ham alohida o‘rganilgan. Umuman olganda, tadqiqot natijalarida mutlaq huquqlarni samarali himoya qilish innovatsion rivojlanish, sog‘lom raqobatni ta’minlash hamda ijodkorlarning manfaatlarini himoya qilishda juda muhim omil ekani asoslab berilgan. Kalit so’zlar: Fuqarolik huquqi, intellektual mulk huquqi, huquq, intellektual mulkka bo'lgan mutlaq huquq, fuqarolik huquqi, fuqarolik huquqiy himoya, sud amaliyoti, umumiy uslubda himoya, mualliflik, huquqbuzarlikni to'xtatish, huquq egasi, nashr qilish, litsenziya, maxsus himoya choralari, zararni qoplash. АБСОЛЮТНЫЕ ПРАВА НА ОБЪЕКТЫ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ И МЕТОДЫ ИХ ЗАЩИТЫ Аннотация. В данной статье подробно раскрывается, что представляют собой абсолютные права на объекты интеллектуальной собственности, какие их виды существуют и какими основными правовыми нормами они регулируются. Детально проанализирован правовой статус таких интеллектуальных продуктов, как авторское право, патенты, товарные знаки, промышленные образцы, компьютерные программы, а также литературные и художественные произведения, а также порядок их использования. Кроме того, в статье системно рассмотрены возможные случаи нарушения абсолютных прав и гражданско-правовые меры их защиты. На практических примерах объясняется, как в судебной практике применяются такие методы, как взыскание компенсации, прекращение правонарушения, признание авторства и возмещение причинённого ущерба. Отдельное внимание уделено росту нарушений интеллектуальных прав в условиях развития цифровых технологий, а также современным способам и механизмам по их предотвращению. В целом, по результатам исследования обосновано, что эффективная защита абсолютных прав является важным фактором для инновационного развития, обеспечения здоровой конкуренции и защиты интересов творческих личностей. Ключевые слова: Гражданское право, право интеллектуальной собственности, право, абсолютное право на интеллектуальную собственность, гражданско-правовая 70 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 защита, судебная практика, защита в общем порядке, авторское право, прекращение нарушения права, правообладатель, публикация, лицензия, специальные меры защиты, возмещение ущерба. ABSOLUTE RIGHTS TO INTELLECTUAL PROPERTY OBJECTS AND METHODS OF THEIR PROTECTION Annotation. This article provides a comprehensive explanation of what absolute rights related to intellectual property objects are, their types, and the main legal norms that regulate them. The legal status of intellectual products such as copyright, patents, trademarks, industrial designs, computer programs, and literary and artistic works, as well as the rules for their use, are thoroughly analyzed. The article also systematically examines possible cases of violations of absolute rights and the civil-law protection measures applied against them. Practical examples are given to explain how mechanisms such as claiming compensation, stopping the infringement, recognizing authorship, and compensating for damages function in judicial practice. With the development of digital technologies, the increasing number of intellectual property violations and modern methods and mechanisms for preventing them are also discussed separately. Overall, the research concludes that the effective protection of absolute rights is a crucial factor in ensuring innovative development, healthy competition, and the protection of the interests of creators. Keywords: Civil law, intellectual property law, right, absolute right to intellectual property, civil legal protection, judicial practice, protection in general procedure, copyright, cessation of infringement, right holder, publication, license, special protection measures, compensation for damages. Hozirgi globallashuv jarayonida O’zbekiston Jahon hamjamiyatida o’z pog’onasini ko’tarish yo’lida o’z qonunchilik tizimini borgan sari Jahon hamjamiyati talablariga moslashtirib bormoqda. Maqola mavzusidagi masalani tushuntirib berish uchun O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 1034va 1040-moddalarini sharhlab berishning o’zi kifoya qiladi. Fuqarolik kodeksining 1034-moddasi intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan mutlaq huquqlar masalasiga bag’ishlangan bo’lib, unda shunday deyiladi: “Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk obyektidan oʻz xohishiga koʻra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli boʻladi. Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni boshqa shaxsga toʻliq yoki qisman oʻtkazishga, intellektual mulk obyektidan boshqa shaxs foydalanishiga ruxsat berishga haqli va, agar bu ushbu Kodeks va boshqa qonunlarning qoidalariga zid boʻlmasa, ularni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli. Mutlaq huquqlarni cheklashga, shu jumladan intellektual mulk obyektidan boshqa shaxslar foydalanishiga imkoniyat berish yoʻli bilan cheklashga, bu huquqlarni haqiqiy emas deb topishga va ularni tugatishga (bekor qilishga) ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda, doiralarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Mutlaq huquqlarni cheklash bunday cheklash intellektual mulk obyektidan normal foydalanilishiga oʻrinsiz ziyon yetkazmagan va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.” 71 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Ushbu normani quyidagicha sharhlasak, o’quvchilar uchun yanada soddaroq va tushunarliroq bo’ladi: 1. Mutlaq huquqning mohiyati: erkin foydalanish huquqi. Normaning birinchi qismida shunday deyiladi: “Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk obyektidan o‘z xohishiga ko‘ra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli bo‘ladi.” Bu jumla intellektual mulk egasi quyidagilarga to‘la egalik qiladi, deganidir: asarni ko‘paytirish, tarqatish, sotish ; nashr etish, internetga joylash; o‘zgartirish (adaptatsiya); litsenziyalash; tijoratlashtirish; boshqa shaxslarga foydalanish huquqini berish yoki bermaslik. Bu huquqlar mutlaq bo‘lgani uchun egasidan boshqa hech kim ushbu obyektni egasining roziligisiz ishlata olmaydi. 2. Boshqa shaxslar faqat ruxsat bilan foydalanishi mumkin. Normaning ikkinchi qismida: “...boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi .”- Deyiladi . Bu yerda intellektual mulk huquqining mutlaq xarakteri tasdiqlanadi. Ya’ni: Hech kim muallifning asarini uning roziligisiz ko‘paytira olmaydi. Hech kim tovar belgisidan litsenziyasiz foydalana olmaydi. Hech kim patentlangan ixtironi ishlab chiqarishga haqli emas. Bu “ruxsatsiz foydalanish” intellektual mulk huquqbuzarligi hisoblanadi. 3. Ega mulkiy huquqni boshqalarga o‘tkazishi yoki ruxsat berishi mumkin. Uchinchi qismda: “...huquq egasi bu huquqni boshqa shaxsga to‘liq yoki qisman o‘tkazishga... ruxsat berishga haqli .”- Deyilgan. Bu quyidagi huquqiy mexanizmlarni o‘z ichiga oladi: (a) To‘liq o‘tkazish; Masalan: mualliflik huquqini sotish, tovar belgisini boshqasiga o‘tkazish, patentni topshirish (assignatsiya). (b) Qisman o‘tkazish; Masalan: nashr qilish huquqi, dublaj qilish huquqi, ekranlashtirish huquqi, tarqatish huquqi. (c) Ruxsat berish (litsenziya shartnomasi); oddiy litsenziya, eksklyuziv litsenziya, sublitsenziya. Bularning barchasi fuqarolik huquqiy bitimlarning alohida ko‘rinishlari hisoblanadi. 4. Mutlaq huquqlarni cheklash mumkin, lekin faqat qonunda belgilangan hollardagina. Normaning keyingi qismida aytiladi: “Mutlaq huquqlarni cheklashga ... ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi .” Bu quyidagi holatlarni nazarda tutadi: 72 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 “Erkin foydalanish” institutlari (masalan, mualliflik asaridan iqtibos olish) Fair usega o‘xshash holatlar (masalan, ta’lim maqsadida foydalanish) Patentning majburiy litsenziyasi Tovar belgisini bekor qilish (agar 3 yil foydalanilmasa) Mualliflik huquqi muddatining tugashi (jamoat mulkiga o‘tishi) Ya’ni, mutlaq huquq cheklanmas huquq emas — qonun uning chegaralarini belgilaydi. 5. Cheklash huquq egasining manfaatlariga zarar yetkazmasligi shart. Normaning so‘nggi jumlasida: “Mutlaq huquqlarni cheklash ... obyektning normal foydalanilishiga o‘rinsiz ziyon yetkazmagan... va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini kamsitmagan bo‘lishi shart.”- Deyiladi. Bu xalqaro Bern konvensiyasi talabi bilan hamohang. Demak: Asardan normal foydalanishga to‘sqinlik qiladigan darajada cheklash mumkin emas. Egaga iqtisodiy zarar yetkazadigan cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Huquq egasining qonuniy manfaatlari har doim ustun turadi. Misollar: O‘quv maqsadida qisqa iqtibos olish – normal hisoblanadi. Biroq asarni butunlay ko‘chirib tarqatish – mutlaq huquq egasiga zarar yetkazadi, demak, taqiqlanadi. Fuqarolik kodeksining 1040-moddasida esa intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan mutlaq huquqlarni himoya qilish masalalariga bag’ishlangan bo’lib , unda “Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish ushbu Kodeksning 11-moddasida nazarda tutilgan usullar bilan amalga oshiriladi. Mutlaq huquqlarni himoya qilish shuningdek: mutlaq huquqlar qaysi moddiy obyektlar yordamida buzilgan boʻlsa, oʻsha moddiy obyektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy obyektlarni olib qoʻyish orqali; yoʻl qoʻyilgan buzish haqidagi maʼlumotni majburiy suratda eʼlon qilib, unga buzilgan huquq kimga tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali; qonunda nazarda tutilgan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin. Intellektual faoliyat natijalarini va xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalarni yaratish hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma buzilganda majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar qoʻllaniladi.” Ushbu normani quyidagicha sharhlasak , tushunarli va sodda bo’ladi : Mazkur norma intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish tartiblarini belgilaydi va ikki asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: 1. Mutlaq huquqlarning umumiy (FK 11-moddasidagi) himoya usullari, 2. Intellektual mulkka xos maxsus himoya usullari. 1. Mutlaq huquqlarni himoya qilish umumiy usullar orqali amalga oshiriladi Normaning boshida quyidagicha belgilangan: “Mutlaq huquqlarni himoya qilish ushbu Kodeksning 11-moddasida nazarda tutilgan usullar bilan amalga oshiriladi.” Fuqarolik kodeksining 11-moddasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: huquqni tan olish, huquqbuzarlikni to‘xtatish, hujjatlarni haqiqiy emas deb topish, zararni qoplash, ma'naviy zarar uchun kompensatsiya, 73 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 majburiy ijro, bitimni haqiqiy emas deb topish, kompensatsiya va jarima undirish. Demak, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishda boshqa fuqarolik-huquqiy himoya mexanizmlarining barchasi qo‘llaniladi. 2. Maxsus himoya chorasi: huquqbuzarlik vositalarini musodara qilish Normada yana shunday deyilgan: “...mutlaq huquqlar qaysi moddiy obyektlar yordamida buzilgan bo‘lsa, o‘sha moddiy obyektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy obyektlarni olib qo‘yish orqali.” Bu himoya usuli intellektual mulkka xos bo‘lgan maxsus mexanizm hisoblanadi. U quyidagi holatlarni o‘z ichiga oladi: mualliflik huquqi buzilgan kitoblarning musodara qilinishi, noqonuniy ravishda chop etilgan disklar, fleshkalar, USB, kompyuterlar olib qo‘yilishi, ruxsatsiz brend belgisi tushirilgan mahsulotlar musodara qilinishi, patentlangan texnologiya asosida ishlab chiqarilgan tovarlar olib qo‘yilishi. Musodara qilinadigan obyektlar ikki turga bo‘linadi: 1. Huquqbuzarlikni sodir etish vositalari (printer, kompyuter, uskunalar) 2. Huquqbuzarlik natijasida yaratilgan mahsulotlar (qonunsiz chop etilgan tovarlar) Bu norma huquqbuzarlikni faktik tugatishga qaratilgan real mexanizm hisoblanadi. 3. Maxsus himoya chorasi: huquqbuzarlik haqida majburiy e’lon qilish Keyingi jumlada: “...yo‘l qo‘yilgan buzish haqidagi ma’lumotni majburiy suratda e’lon qilib, unga buzilgan huquq kimga tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali.” Bu norma intellektual mulk huquqlarining nomoddiy tabiatini hisobga olgan holdir. Ushbu chora odatda quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: plagiat aniqlanganda, mualliflik noto‘g‘ri ko‘rsatilganda, tovar belgisi noqonuniy qo‘llanganda, kimning huquqi buzilgani jamiyatga ma’lum bo‘lishi zarur bo‘lganda. Majburiy e’lon quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin: gazeta, jurnal, internet saytlarida, rasmiy sahifalarda, ijtimoiy tarmoqlarda, sud qarorining ommaviy e’lon qilinishi orqali. Bu chora muallif obro‘sini tiklash hamda jamoatchilikni xabardor qilishga xizmat qiladi. 4. “Qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar” Bu jumla mutlaq huquqlarni himoya qilishda qo‘llaniladigan boshqa maxsus vositalarga yo‘l ochadi. Masalan: kontrafakt mahsulotlarni yo‘q qilish, noqonuniy kodlarni bloklash (internetda), domen nomini tortib olish, litsenziyani bekor qilish, kompensatsiyani qat’iy tartibda undirish (mualliflik huquqi bo‘yicha). 5. Shartnoma buzilganda javobgarlik — umumiy fuqarolik javobgarligi qo‘llaniladi 74 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Normaning yakuniy qismi: “Intellektual faoliyat natijalarini ... yaratish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma buzilganda majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi.” Bu shuni bildiradi: litsenziya shartnomasi, eksklyuziv huquqni o‘tkazish shartnomasi, franshiza, mualliflik buyurtmasi shartnomasi buzilganda Fuqarolik kodeksining vayronaga solish, jarima, penya, zarar qoplash, sud orqali undiruv kabi umumiy mexanizmlari tatbiq etiladi. Ya’ni, intellektual mulk bilan bog‘liq shartnoma fuqarolik shartnomasi sifatida ko‘riladi va shu sababli boshqa majburiy bitimlarga nisbatan amaldagi qoidalar aynan qo‘llaniladi. Xulosa qilib aytganda, bu ikki norma yurtimiz qonunchiligidagi intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan mutlaq huquqlarning nimaligini aniqlab beradi va uni qanday himoya qilish jarayonlarini batafsil tushuntirib beradi. Avvalambor, intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan mutlaq huquqlar nimaligini anglash, har bir odamga o’z ijodidan foydalangan xolda yangi intellektual ijod namunalarini yaratishga motivatsiya beradi. Intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan mutlaq huquqlarning qanday himoya qilinishini bilgan inson o’z mehnati mahsulining boshqalar tomonidan o’zlashtirilgan vaziyatlarda o’z huquqlarini himoya qilish masalalarida hech qiynalmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi – milliy qonunchilik bazasi lex.uz; 2. O’zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonunimilliy qonunchilik bazasi lex.uz; 3. Fuqarolik huquqi – darslik II qism – TDYU Mualliflar jamoasi, Toshkent 2023.