DAVLAT BUYURTMACHILARI VA MAHALLIY ISHLAB CHIQARUVCHILAR O'RTASIDA KOOPERATSION ALOQALARNI KENGAYTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda kooperatsiyani rivojlantirish, davlat buyurtmachilari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hamkorlik qilishning raqobatga asoslangan shart sharoitlardan keng foydalanishni tatbiq qilish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish shuningdek kichik tadbirkorlik sub’ektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha hukumatimiz tomonidan yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishib chiqamiz.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 196 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17811834 DAVLAT BUYURTMACHILARI VA MAHALLIY ISHLAB CHIQARUVCHILAR O‘RTASIDA KOOPERATSION ALOQALARNI KENGAYTIRISH Karimov Rashid Salayevich “Ma’mun universiteti” Nodavlat ta’lim muassasasi “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi o‘qituvchisi [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda kooperatsiyani rivojlantirish, davlat buyurtmachilari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hamkorlik qilishning raqobatga asoslangan shart sharoitlardan keng foydalanishni tatbiq qilish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish shuningdek kichik tadbirkorlik sub’ektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha hukumatimiz tomonidan yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishib chiqamiz. Kalit so‘zlar: Davlat xaridlari, davlat buyurtmachisi, elektron kooperatsiya portali, davlat xaridlari maxsus axborot portali, xududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat, vakolatli organ, yagona elektron axborot tizimi (YAEAT), hisob-kitob-kliring palatasi (HKKP). РАСШИРЕНИЕ КООПЕРАТИВНЫХ СВЯЗЕЙ МЕЖДУ ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ЗАКАЗЧИКАМИ И ОТЕЧЕСТВЕННЫМИ ПРОИЗВОДИТЕЛЯМИ Каримов Рашид Салаевич Негосударственное образовательное учреждение” университет Мамун" Преподаватель кафедры "Бухгалтерский учет" [email protected]
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 197 АННОТАЦИЯ В данной статье мы познакомимся с условиями, созданными нашим правительством для развития кооперации в производстве промышленной продукции, сотрудничества между государственными заказчиками и отечественными производителями, путем внедрения широкого использования конкурентных условий, а также широкого вовлечения субъектов малого предпринимательства в промышленную деятельность. Ключевые слова: Госзакупки, госзаказчики, портал электронной кооперации, специальный информационный портал госзакупок, региональная межотраслевая промышленная ярмарка, сертификат на товар отечественного производства, уполномоченный орган, единая электронная информационная система, расчетно-клиринговая палата (РКП). EXPANSION OF COOPERATIVE RELATIONS BETWEEN GOVERNMENT CUSTOMERS AND DOMESTIC PRODUCERS. Karimov Rashid Salayevich Non-State Educational Institution "Ma'mun University" Lecturer of the Department of "Accounting" [email protected] ABSTRACT Let's get acquainted with the conditions created by our government for the development of cooperation in the production of industrial products, further expansion of industrial production through the introduction of widespread use of competitive conditions for cooperation between government customers and domestic manufacturers, as well as the widespread involvement of small businesses in industrial activities.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 198 Keywords: public procurement, State customer, electronic cooperation portal, Special Information Portal for Public Procurement, regional Inter-Industry Industrial Fair, certificate of locally produced goods, Authorized body, Unified Electronic Information System (UEIS), Clearing and Settlement House. KIRISH Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida iqtisodiy siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri - mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashdir. Xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantirish siyosati va ishlab chiqarish sohasiga yaratilgan qulay muhit natijasida ichki bozorni to‘ldiruvchi, eksportbop va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishda davlat xaridlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini davlat buyurtmalari tizimiga keng jalb etish orqali ichki bozorni mustahkamlash, import o‘rnini bosuvchi tovarlar ulushini oshirish mumkin. ADABIYOTLAR TAHLILI Ichki bozordagi ehtiyojlar hajmlarining tahlili davlat tomonidan qo‘llabquvvatlashning samarali mexanizmlarini amalga oshirish orqali Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kichik biznes sub’ektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish maqsadida 23 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4302-son qarori, 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 23 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4302-son qarori 3-xat boshi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 199 to‘g‘risida” PQ-4812-son qarori, 2019-yil 24-avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish to‘g‘risida” PQ-4426-son qarori, 2021-yil-17 noyabrdagi “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PQ-14-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Raqamli transformatsiya markazi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 833-son qarori, 2022-yil 20-iyuldagi “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 392-son qarori va 2024-yil 28-oktabrdagi “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi 712-son qarorlari qabul qilindi. METODOLOGIYA Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning davlat xaridlari jarayonida ishtirokini qo‘llab quvvatlash orqali davlat buyurtmachilari va mahalliy ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari o‘rganilgan, tahlil qilingan va takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida ilgari surilgan g‘oyalar, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga qo‘llanilishi natijasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulot xajmining oshishiga hamda iqtisodiyotning yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR davlat buyurtmachisi - davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs; davlat xaridlari - davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini pulli asosda ta’minlash jarayoni;
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 200 elektron kooperatsiya portali - operatorning davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiyalashgan, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan axborotlarni joylashtirish, ulardan foydalanish hamda elektron savdo yarmarkalari va xaridlarni o‘tkazishni ta’minlaydigan elektron platformasi; hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi - bu turli sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlarning o‘zaro hamkorlik qilish, mahsulot va xizmatlarini namoyish etish, hamda yangi shartnomalar tuzish uchun tashkil etiladigan iqtisodiy tadbiridir; mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat - tovarlarni mahalliy korxona tomonidan ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat (shu jumladan, elektron shakldagi hujjat); davlat xaridlari maxsus axborot portali - vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi axborotni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda koʻzdan kechirishni, shuningdek, amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari toʻgʻrisida davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni toʻplashni taʼminlovchi veb-saytdir (maxsus elektron platforma); vakolatli organ - “Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati; yagona elektron axborot tizimi (YAEAT) - arizalarni yuborish, ularni qabul qilish va koʻrib chiqish jarayonlarining barcha bosqichlarini qamrab olgan vakolatli organning elektron axborot tizimi; hisob-kitob-kliring palatasi (HKKP) - kliring elektron tizimi orqali Elektron kooperatsiya portalida tuzilgan xarid shartnomalari boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi operatorning tarkibiy boʻlinmasi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son qarori ijrosini
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 201 ta’minlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qaroriga asosan davlat xaridlari maxsus axborot portali bilan integratsiyalashgan elektron kooperatsiya birjasi portali (cooperation.uz, new.cooperation.uz) ishlab chiqilishi belgilandi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga har uch oyda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xarid faoliyatiga jalb qilish maqsadida respublikada ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning sanoat yarmarkalari oʻtkazib borilishi vazifasi yuklatildi 24 . O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-iyuldagi 392-son qaroriga asosan elektron kooperatsiya birjasi portali (cooperation.uz, new.cooperation.uz) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portaliga (cooperation.uz, new.cooperation.uz) o‘zgartirildi. (keyingi o‘rinlarda elektron kooperatsiya portali deb yuritiladi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-son qaroriga asosan Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirish, tarmoqlararo kooperatsiyani chuqurlashtirish va qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirishda qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, raqobat muhitini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va davlat xaridlari tizimida mahalliy 24 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qarorining 6-bandi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 202 ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish maqsadida xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) davlat xaridlaridagi ishtirokini vaqtinchalik taqiqlash va chegaralash mexanizmi kiritilishi, Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatiga kiritilmagan mahsulotlar bo‘yicha tender (tanlov) ishtirokchilari takliflarini baholashda xalqaro tajribaga muvofiq mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarining DDP (O‘zbekiston) narxidan 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda preferensiya berilishi hamda 2020-yil 1-oktabrdan budjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni birinchi navbatda new.cooperation.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda o‘rganishi va davlat xaridlari uchun zarur bo‘lgan tovarlar new.cooperation.uz portalida mavjud bo‘lmagan taqdirdagina portal ma’lumotnomasi asosida ularni boshqa elektron portallardan xarid qilishga ruxsat etilishi belgilandi 25 . Ushbu elektron koorperatsiya portali orqali O‘zbekiston Respublikasi xududida faoliyat yuritayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga davlat xaridlarida o‘zaro raqobatlashgan holda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. Bu o‘z navbatida respublikamizning yalpi ichki mahsulotining oshishi shuningdek • ichki ishlab chiqaruvchilarning barqaror faoliyat yuritishiga; • yangi ish o‘rinlarini yaratishga; • soliq tushumlarini ko‘paytirishga; • valyuta mablag‘larini chetga chiqib ketishini oldini olinishiga; • ishlab chiqarish xarajatlarini kamayishiga; • texnologik jarayonlarni yaxshilanishiga; 25 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 21 avgustdagi PQ-4812-son qarorining 1bandi, a kichik bandining 3-xat boshisi va 4-bandi 1-xat boshisi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 203 • mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshishiga; • resurslardan oqilona foydalanishni ta’minishiga. • raqobat muhitini sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Xo‘sh mahalliy ishlab chiqaruvchilar elektron kooperatsiya portaliga o‘z mahsulotlarini qanday joylashtiradilar va ulardan qanday xujjatlar talab qilinadi. Birinchi navbatda mahalliy ishlab chiqaruvchilar, o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi 712-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda, ekspertiza o‘tkazish va sertifikat olish uchun ishlab chiqarish manzili bo‘yicha joylashgan vakolatli organga yagona elektron axborot tizimi (YaEAT) orqali mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda elektron ariza taqdim etadi. Vakolatli organ tomonidan nizomda nazarda tutilgan tartibda ariza qabul qilingan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarni aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkaziladi va natijasiga ko‘ra ekspert xulosasi yoki ekspertiza dalolatnomasi tuziladi hamda sertifikat rasmiylashtiriladi 26 . Bundan tashqari mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarayotgan mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiqlikni baholash ob’ektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 43-son qaroriga asosan majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga Muvofiqlik sertifikati olinishi lozim. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga yuqoridagi xujjatlar tegishli vakolatli organlardan olingandan so‘ng, Raqamli transformatsiya markazining https://new.cooperation.uz/ elektron 26 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 28 oktabrdagi “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi 712-son qarorining 16-bandi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 204 kooperatsiya portalidan korxonaning elektron raqamli imzosi orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng xaridlarda ishtirok etishdan oldin HKKPdagi shaxsiy hisobvarag‘iga tovar (ish va xizmatlar) boshlang‘ich qiymatining 1,1 foizi miqdorida avansni joylashtiradi. Avans shartnoma summasining 1 foizi miqdoridagi zakalat hamda shartnoma summasining 0,1 foizi miqdoridagi operatorning vositachilik yig‘imini o‘z ichiga oladi. Korporativ buyurtmachilar (budjet buyurtmachilardan tashqari) va yetkazib beruvchilar o‘zlarining hisob-kitob-kliring palatasi (HKKP)dagi hisobvaraqlarida avans to‘lovining miqdori yetarli bo‘lgan hollarda Portalda tashkil etiladigan elektron xaridlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar. Budjet buyurtmachilari esa ularning HKKPdagi hisobvaraqlarida operatorning vositachilik yig‘imi summasi miqdori mavjud bo‘lgan taqdirda, elektron xaridlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar 27 . Quyida Raqamli transformatsiya markazining https://statnew.cooperation.uz/infographics elektron saytidan olingan statistik ma’lumotlar bilan tanishib chiqamiz. Т/ р Худудлар Ro'yxatdan o'tgan korxonalar soni O'zg arish Moderatsiyad an o'tgan mahsulotlar Jami shartno malar суммас и (млрд. сo‘мда) Tejam korlik (млрд . so‘мд а) 2025yil boshig a 2025yil 10 oylik Mahs ulotla r Ish/xi zmatl ar 27 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan “Raqamli transformatsiya markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOMning 21-bandi.