scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PLAKAT VA ILLUSTRATSIYANING GRAFIKA SAN'ATIDAGI O'RNI

Ismatullayeva Shaxrizoda Shuhrat qizi

Abstract

Ushbu maqolada grafika san’atida plakat va illustratsiyada ishlash texnikasining nazariy hamda amaliy jihatlari har tomonlama yoritib berilgan. Plakat va illustratsiyaning badiiy xususiyatlari, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Ish jarayonida qo‘llaniladigan asosiy texnik usullar, kompozitsiya qonuniyatlari, ranglar uyg‘unligi, chiziqlarning ifodaviy imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida grafik asarlar yaratish imkoniyatlari, an’anaviy va raqamli texnikaning o‘zaro uyg‘unligi ham yoritilgan. Maqola tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, yosh rassomlar va grafik dizaynerlar uchun nazariy hamda amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 90 PLAKAT VA ILLUSTRATSIYANING GRAFIKA SAN’ATIDAGI O‘RNI Ismatullayeva Shaxrizoda Shuhrat qizi O‘zMPU “Tasviriy san’at ” mutaxasisligi 1-bosqich magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17812815 Annotatsiya. Ushbu maqolada grafika san’atida plakat va illustratsiyada ishlash texnikasining nazariy hamda amaliy jihatlari har tomonlama yoritib berilgan. Plakat va illustratsiyaning badiiy xususiyatlari, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Ish jarayonida qo‘llaniladigan asosiy texnik usullar, kompozitsiya qonuniyatlari, ranglar uyg‘unligi, chiziqlarning ifodaviy imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida grafik asarlar yaratish imkoniyatlari, an’anaviy va raqamli texnikaning o‘zaro uyg‘unligi ham yoritilgan. Maqola tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, yosh rassomlar va grafik dizaynerlar uchun nazariy hamda amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: grafika san’ati, plakat, illustratsiya, texnika, kompozitsiya, ranglar uyg‘unligi, chiziq, shakl, vizual ta’sir, raqamli grafika, dizayn. РОЛЬ ПЛАКАТА И ИЛЛЮСТРАЦИИ В ГРАФИЧЕСКОМ ИСКУССТВЕ Аннотация. В данной статье всесторонне рассмотрены теоретические и практические основы техники работы в плакате и иллюстрации в графическом искусстве. Раскрываются художественные особенности плаката и иллюстрации, их роль и значение в общественной жизни. Проанализированы основные технические приёмы, законы композиции, гармония цветовых сочетаний и выразительные возможности линии. Особое внимание уделено использованию современных цифровых технологий в создании графических произведений, а также взаимосвязи традиционных и цифровых методов. Статья может служить учебно-методическим пособием для студентов художественных специальностей, молодых художников и графических дизайнеров. Ключевые слова: графическое искусство, плакат, иллюстрация, техника, композиция, гармония цвета, линия, форма, визуальное воздействие, цифровая графика, дизайн. THE ROLE OF POSTER AND ILLUSTRATION IN GRAPHIC ART Annotation. This article comprehensively examines the theoretical and practical aspects of working techniques in poster and illustration within graphic art. The artistic features of poster and illustration, as well as their role and significance in social life, are thoroughly discussed. The main technical methods, principles of composition, color harmony, and expressive possibilities of line are analyzed. Special attention is given to the use of modern digital technologies in the creation of graphic works and to the integration of traditional and digital techniques. The article can serve as a methodological guide for students majoring in fine arts, young artists, and graphic designers. Key words: graphic art, poster, illustration, technique, composition, color harmony, line, form, visual impact, digital graphics, design. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 91 Kirish Bugungi kunda dunyo ta’lim tizimi innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va kreativ yondashuvlar asosida jadal rivojlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yosh avlodni tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va ijodiy ta’lim metodlari keng joriy etilmoqda. Grafika san’ati tasviriy san’atning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, u inson tafakkuri, badiiy didi va estetik qarashlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Grafika turlari ichida plakat va illustratsiya alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular orqali jamiyat hayotidagi muhim voqeahodisalar, ijtimoiy g‘oyalar, madaniy jarayonlar hamda adabiy asarlar mazmuni keng ommaga tushunarli va ta’sirchan vizual shaklda yetkaziladi. Plakat va illustratsiya nafaqat badiiy ifoda vositasi, balki axborot uzatishning samarali ko‘rinishi sifatida ham e’tirof etiladi. Plakat san’ati o‘zining lo‘nda tasviri, kuchli kompozitsiyasi va qisqa, aniq matni orqali tomoshabinga tez ta’sir ko‘rsatadi. U turli sohalarda — madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, reklama va ijtimoiy hayotda faol qo‘llaniladi. Illustratsiya esa adabiy asar mazmunini chuqurroq ochib berish, badiiy obrazlarni jonlantirish va o‘quvchining tasavvurini boyitishda muhim rol o‘ynaydi. Aynan shu xususiyatlari tufayli plakat va illustratsiya grafika san’atining eng ommabop va ta’sirchan yo‘nalishlariga aylangan. Bugungi kunda plakat va illustratsiya san’ati an’anaviy grafika asosida rivojlanish bilan birga, raqamli texnologiyalar ta’sirida yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Zamonaviy dizayn, kompyuter grafikasi va raqamli platformalar bu sohaning ifoda imkoniyatlarini yanada kengaytirib, uning grafika san’atidagi o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Shu bois ushbu maqolada plakat va illustratsiyaning grafika san’atidagi o‘rni, badiiy ahamiyati hamda zamonaviy san’atdagi roli yoritib beriladi. Grafika (yunoncha. graphike, grapho — yozaman, chizaman degan manoni anglatadi) — tasviriy sanʼat turi. Rasm va rasm sanʼatiga asoslangan, lekin oʻz tasvir va ifoda vositalariga ega boʻlgan bosma badiiy asarlar. Grafik termini dastlab xat va xattotlik sanʼati maʼnosida qoʻllangan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridan yangi maʼno kasb etdi, poligrafiya sanoatining rivoji, fotomexanikaning vujudga kelishi bilan Grafik tasviriy sanʼat turiga aylanadi. Asosiy turlari: dastgohli Grafik. (amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan, mustaqil rasm, estamp, lubok), kitob, gazeta-jurnal Grafikasi (illyustratsiya, bosma mahsulotlarni bezash, ularni shakllantirish), amaliy grafika (sanoat Grafikasi, pochta markalari, ekslibris), plakat. Ifoda vositalari: kontur chiziq, shtrix, dog (qora, rangdor), varaq zamini (koʻpincha oq qogʻoz). Grafikaning uslubiy vositalari turli-tuman: naturaga qarab tez chiziladigan xomaki chizgilar, etyud, eskizlardan tortib, to puxta oʻylab, mulohaza yuritib ishlanadigan kompozitsiyalar (biror xrlat, manzara tasvirlangan; bezak maqsadiga xizmat qiladigan; shrift kompozitsiyalari)gacha. Grafika asarlari, mahsulotlari tez tayyorlash imkoni, sikl va turkumlar yaratish mumkinligi, tashviqot va targʻibotga mosligi va boshqa Uni tasviriy sanʼatning eng ommaviy muhim sohasiga aylantirdi. Texnikasi jihatidan grafika ikki turga ajratiladi: qoʻlda chiziladigan rasm va matbaada chop qilinadigan, koʻp nusxada nashr etiladigan bosma mahsulotlar (gravyura, litografiya, monotipiya va shahri k.). Rangtasvir bilan grafika chegarasidagi akvarel, guash, pastel rang-tasvirga ham, ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 92 grafikaga ham mansub boʻlishi mumkin. Birinchisining tarixi juda qadimiy boʻlib ibtidoiy odamlar gʻor devorlariga, qoyatoshlarga chizib qoldirgan ibtidoiy sanʼat namunalaridan boshlanadi. Ikkinchisi, asosan, poligrafiya rivoji bilan bogʻliq, lekin poligrafiya sanoati vujudga kelishidan ancha oldin ham Xitoyda 6—7-asrlar (Yevropada 14—15-asrlar)da gravyura ishlangan. Litografiya esa 19-asrdagina vujudga keldi. Grafikada ishlatiladigan asosiy sohalardan biri kitob boʻlib, oʻrta asrlarda vujudga kelgan xattotlik va kitob yaratish ishining sanʼatga aylanishi, qoʻlyozma kitoblarni yozish va bezash sanʼat turi sifatida rivojlanishi oqibatida miniatyura sanʼati rivojlangan, uning turli-tuman maktablari vujudga kelgan. Jahonning eng yirik muzeylarida jozibador bezatilgan qoʻlyozma kitob namunalari saqlanadi. Rassomning kitob yaratish jarayonidagi mehnati, ayniqsa, poligrafiya sanoati vujudga kelganidan keyin katta ahamiyat kasb etdi, kitob mazmunini kitobxon koʻz oʻngida gavdalantirishda xizmat qiladigan rasmlarni endi fotografiya imkoniyatlaridan foydalanib koʻplab nusxalarda nashr qilish imkoni tugʻildi. Shunday kilib, kitob grafikasi va plakat kishilarga maʼnaviy taʼsir koʻrsatishning kuchli quroliga aylandi. Rassom rasmdan tashkari kitobning muqovasi, sarvaragʻini bezaydi, turli bezak unsurlarini yaratadi, kitobning shriftini belgilab beradi. Sanoatning barcha tarmoqlarining rivoji mahsulotlar reklamasidan tortib yorliq, mahsulot joylanadigan bezakli qutichalar, oʻrov materiallari va shahri k.ni yaratishni taqozo etdi, grafik rassomlarning turlari boʻyicha ixtisoslashuvlarini talab qildi. Kitob grafikasi va u bilan bogʻliq dastgohli grafika jadal rivojlandi. Bu sohada yirik rassomlar ijod qilgan: Germaniyada A. Dyurer, L. Kranax, G. Golbeyn Kichkina, K. Kolvits; Italiyada J. Piranezi; Niderlandiyada L. Leydenskiy; Gollandiyada Rembrandt; Flandriyada P. P. Rubens; FransiyadaJ. Kallo, O. Domye; Ispaniyada F. Goyya; Rossiyada A. Zubov, A. Venesianov, O. Kiprenskiy, I. Shishkin, V. Serov va boshqalar.20-asr jahon grafikasining yetuk namoyandalari: P. Pikasso, J. Effel (Fransiya); R. Guttuzo, G.Mukchi (Italiya); F. Mazerel (Belgiya); X. Bidstrup (Daniya); R. Kent va L. Grunding , O. Nagel. V. Klemke (Germaniya); T. Kulisevich, Yu. Mroshchik (Polsha); D. Moor, V. Deni, V. Favorskiy, A. OstroumovaLebedeva, Kukrinikslar (Rossiya) va boshqalar. Grafika fani — tasviriy san’at tizimining nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatuvchi, talabalarda badiiy idrok, tasavvur va fazoviy fikrlash qobiliyatini shakllantiruvchi muhim fanlardan biridir. Ushbu fan orqali talabalar chizmachilik, kompozitsiya, proporsiya, shakl, rang va konstruktiv fikrlash elementlarini puxta egallaydilar. Shu bilan birga, grafika o‘qitish jarayoni nafaqat rasm chizish ko‘nikmasini, balki mustaqil fikrlash, tahlil qilish va badiiy muammolarni hal etish malakasini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Ammo an’anaviy o‘qitish usullari ko‘p hollarda o‘quvchi yoki talabani passiv tinglovchi sifatida shakllantiradi. Natijada, talaba o‘qituvchi bergan topshiriqlarni mexanik tarzda bajaradi, biroq ijodiy fikr yuritish va yangi g‘oya yaratish jarayonida faol ishtirok etmaydi. Shu sababli, so‘nggi yillarda grafika ta’limida innovatsion pedagogik metodlarni qo‘llash dolzarb masalaga aylandi. Basharov ilk kitob suratlari va ajoyib linogravyura asarlari bilan oʻzbek tasviriy sanʼati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdilar va oʻzbek grafikasi maktabining vujudga kelishiga zamin yaratdilar. 20-asrning oxirgi choragida ijodkorlar safiga M. Kagarov, L. Ibrohimov, M. Sodikrv, A. Mamajonov, A. Bobrov, V. Apuxtin, F. Basharova, A. Li, G. Li kabi rassomlarning kelib ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 93 qoʻshilishi grafikani ham badiiy mahorat, ham mavzu jihatdan boyishini taʼminladi. Oʻzbek grafikachilari grafikaning barcha sohalari (akvarel, litografiya, ksilografiya va boshqalar)da samarali ijod qilib, mavzu jihatdan rang-barang (tarix, zamonaviylik, ekologiya va boshqalar) asarlar yaratmoqdalar, jahon va oʻzbek mumtoz adabiyotiga, Sharqning buyuk arboblari, yozuvchi va olimlari simolariga murojaat qilmoqdalar. Illyustratsiya (lot. illustratio — yoritish, koʻrgazmali tasvirlash) — tasviriy sanʼatning adabiy asar (kitob, jurnal, gazetalar) ning obrazli talqini bilan bogʻliq sohasi. matnga qoʻshimcha tarzda uning mazmunini obrazli yoritishga, toʻldirishga xizmat qiladi. Ilk qoʻlyozma kitoblar paydo boʻlgan davrlarda yuzaga kelgan. Dastlab qoʻlyozmalar miniatyuralar bilan bezatilgan, kitob nashr etish va ksilografiyaning yuzaga kelishi illyustratsiyani grafshapshnt yetakchi sohasiga aylantirdi. Xitoyda VI—VII-asrlarda dastlabki ksilografiyaga oid illyustratsiya, XVI asr oxirida rangli gravyura yuzaga kelgan. Yaponiyada kitob grafikasi XVII asr boshlarida paydo boʻlgan, gullab yashnagan davri XVIII—XIX asr boshlariga toʻgʻri keladi. Yevropada (XV asr) illyustratsiya miniatyura sanʼati bilan uzviy bogʻliq boʻlgan, diniy, didaktik, keyinchalik insonparvar gʻoyalarni tarqatuvchi vositaga aylangan. XVI asr oxiriga kelib illyustratsiya mustaqil kompozitsiyaga aylandi, alohida varaqqa ishlanib, matnga yopishtirilgan. XVIII asr da illyustratsiya bilan kitobning aloqasi mustahkamlandi, rang-barangligi ortdi, usul va uslublari kengaydi, turkum bezaklar yaratish qoidalari rivojlandi. XVIII—XIX asrlar chegarasida tasviriy vosita — koʻndalang, kesmali gravyura va litografiya yuzaga keldi; XIX asr uchun tugallangan illyustratsiya — alohida varaqlardagi kompozitsiyalar hamda matndagi yengil chizgilar xos boʻldi. XX asr ga kelib rassomlar bir adabiy matnga turlicha yondoshib, uni turlicha talqin eta boshladilar. XX asr 20-yillaridan illyustratsiya gʻoyaviy va estetik tarbiya vositalaridan biri sifatida muhim rol oʻynadi, texnik imkoniyatlari kengaydi; ksilografiya, rasm taraqqiy etdi, fotomontaj yuzaga keldi, plakatchilik xususiyatlari namoyon boʻldi, kitob va illyustratsiya birligi kuchaydi, bolalar kitobi illyustratsiyasi rivojlandi. Koʻp varaqli turkumlarni yaratilishi illyustratsiyani dastgohli grafika bilan yaqinlashtirdi. Sharqda, jumladan oʻzbek sanʼatida illyustratsiya ishlash qadimdan mavjud boʻlgan. Oʻrta ayerlarda klassik shoirlarning asarlariga illyustratsiya ishlash keng tarqalgan. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Murod Samarqandiy va b. mohir rassomlar shu sohada samarali ijod qilib, Alisher Navoiy, Bobur va boshqalar klassik shoirlarning asarlarini nafis miniatyuralar bilan bezagan. Biroq oʻzbek illyustratsiyasining haqiqiy rivoji XX asr ga toʻgʻri keladi. Bu davrda oʻzbek illyustratsiyasi uslub va usul jihatidan boyidi, tur va janrlari kengaydi. Usto Moʻmin (A. Nikolayev), Kaydalov, L. Abdullayev, V. Kedrin, Ch. Ahmarov, I. Ikromov, Q. Basharov va b. rassomlar shu sohada samarali ijod qildi. Oʻzbekistonlik rassomlar badiiy, siyosiy va bolalar adabiyoti asarlarining zamonaviy va goʻzal bezalishiga samarali hissa qoʻshmoqda. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 94 Ismatullayeva Shaxrizoda Shuhrat qizi (Zumrat va Qimmat) ertagiga ishlangan illyusratsiya Plakat (fransuzcha: placard— „eʼlon“, „afisha“) yoki poster (inglizcha: poster) — grafika turi; katta varaqqa ishlangan tasviriy sanʼat asari. Qisqa matn ilova qilinadi; tashviqot, reklama, informatsiya va oʻquv-taʼlim maqsadlariga xizmat qiladi. Zamonaviy plakat, odatda, rassom yaratgan asl nusxadan bosmaxonada koʻpaytiriladi. Olisdan koʻzga yaqqol tashlanishi, oʻta taʼsirchanligi, ommabopligi, tasvirining kinoyalarga boyligi, hammabop ramzlar ishlatilishi, turli hajmdagi shakllarni qiyoslash, umumlashma tasviriy shakllardan foydalanish kabi oʻziga xos badiiy vositalari bilan boshqa axborat manbalaridan farq qiladi. Bunda shrift va matnning joylanishi, shartli ranglar (yorqin bezaklar) qoʻllanishi muhim rol oʻynaydi. Tasviriy vosita sifatida baʼzan fotografiya (mustaqil tarzda yoki rasm, rang-tasvir bilan) ishlatiladi. XIX asr 2-yarmidan Gʻarbiy Yevropada reklama koʻrinishidagi plakat yuzaga kelgan. Bungacha katta hajmdagi tashviqiy gravyura baʼzan plakat deb atalgan. Plakat ijtimoiysiyosiy hayot, xalq xoʻjaligi, madaniy vazifalar bilan bogʻliq xolda rivojlandi. 1900-yillar boshlarida siyosiy plakat yuzaga keldi, demokratik harakat va tinchlik uchun kurash sohasida katta yutuklarga erishildi. 1910-yildan kitob-jurnal grafikasidan uzoqdashib, dastgoh grafikasiga yaqinlashgan plakat rang-tasvir, grafika, foto sanʼati bilan koʻproq bogʻlandi. XX asrda plakat tashviqotning jangovar quroliga aylandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻta taʼsirchan vositaga aylangan boʻlsa, hozirgi kunda tinchlik uchun kurashda, jamiyat hayotida uchrab turadigan kamchiliklarni bartaraf etishda va boshqalarda muhim rol oʻynamoqda. Oʻzbekistonda plakat XIX asr oxiri XXasr boshlarida paydo boʻldi, XX asr 20-yillaridan keng tarqaldi. Dastlabki yillarda asosan qoʻlda ishlangan va koʻpaytirilgan plakat va hajviy rasmlar keng qoʻllangan. Bosma plakat 1923— 1924-yillardan chop etila boshlandi. Usta Nabi Hafizov, M.Kurzin, V.Ufimsev, V.Kaydalov va boshqalar samarali ijod qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida plakat yetakchi oʻrinni egalladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 95 Plakatchi rassomlar uyushmasi tuzildi, OʻzTAG oynasi tashkil etildi (1941). Plakatda soʻnggi yangiliklar va muhim voqealar oʻz aksini topdi. 1960—1980-yillarda A.Balkanov, V.M.Gromiko, F.Kagarov, V.Yevenko, T.Tkachev va boshqa rassomlarning tinchlik, axloq, iqtisod, madaniy maʼrifiy mavzulardagi asarlari yaratildi. Jumladan, F.Kagarovning tinchlik mavzusidagi plakatlari xalqaro anjumanlarning ramziga aylandi. Rassomlarning ijodiy izlanishlari tufayli plakat Oʻzbekistonda tasviriy sanʼatning eng taʼsirchan ommabop turiga aylandi (A.A.Ziyoyev, T.A.Toxtarova, X.Hasanov, N.Hakimov, N. Husanov, I.Abdullayev, A.Nurqobilov va boshqalar). Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, plakat va illustratsiya grafika san’atining eng ta’sirchan va ommaviy turlaridan biri hisoblanadi. Ular orqali jamiyat hayotidagi muhim voqeahodisalar, ijtimoiy muammolar, tarbiyaviy g‘oyalar hamda badiiy fikr keng ommaga tez va tushunarli tarzda yetkaziladi. Plakat san’ati o‘zining lo‘nda obrazlari, kuchli ranglar uyg‘unligi va aniq g‘oyaviy yo‘nalishi bilan ajralib tursa, illustratsiya asosan adabiy asar mazmunini ochib berish, matnni boyitish va tomoshabinning tasavvurini kengaytirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda plakat va illustratsiya an’anaviy grafika bilan bir qatorda raqamli texnologiyalar asosida ham rivojlanib bormoqda. Bu esa ularning tasviriy imkoniyatlarini yanada kengaytirib, zamonaviy san’atda tutgan o‘rnini mustahkamlab bermoqda. Yosh rassomlar va talabalar uchun plakat va illustratsiya grafika san’atining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ijodiy tafakkur, kompozitsion fikrlash va badiiy didni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, plakat va illustratsiya nafaqat san’at vositasi, balki jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi kuchli vizual axborot manbai sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abdullayev N.U. San’at tarixi. –T. O’qituvchi, 1986. 2. S.F. Abdirasilov. Tasviriy san’atni o’qitish metodikasi. Toshkent 2012. 3. B. Oripov. Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi.’’Ilm –ziyo nashriyoti’’ 2005. 4. R. Hasanov. Tasviriy san‘at asoslari .“O’qituvchi” nashriyoti. Toshkent, 2008 5. S.S. Bulatov. Rangshunoslik. “ O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti. Toshkent - 2009