scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLASHGAN DUNYO VA XORIJIY TILLARNI O'RGANISH ISTIQBOLLARI (FRANSUZ TILI MISOLIDA)

Narzulloyeva Ra'no Mardonovna

Abstract

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya jarayonida xorijiy tillarni, xususan fransuz tilini o‘qitish va o‘rganishda raqamli vositalar hamda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik, texnologik va metodik asoslari yoritiladi. Zamonaviy mobil ilovalar, neyrotexnologiyalar, virtual va aralash o‘quv muhitlari, shuningdek ChatGPT, DeepL, Reverso, Duolingo, Busuu kabi platformalarning samaradorligi ilmiy dalillar asosida tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning til o‘rgatuvchi funksiyalari, motivatsiyani oshirish, individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish, adaptiv baholash, talaffuzni avtomatik tahlil qilish, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi afzalliklari amaliy misollar bilan ko‘rsatiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 448 RAQAMLASHGAN DUNYO VA XORIJIY TILLARNI O‘RGANISH ISTIQBOLLARI (FRANSUZ TILI MISOLIDA) Narzulloyeva Ra’no Mardonovna Assistent, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17813184 Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli transformatsiya jarayonida xorijiy tillarni, xususan fransuz tilini o‘qitish va o‘rganishda raqamli vositalar hamda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik, texnologik va metodik asoslari yoritiladi. Zamonaviy mobil ilovalar, neyrotexnologiyalar, virtual va aralash o‘quv muhitlari, shuningdek ChatGPT, DeepL, Reverso, Duolingo, Busuu kabi platformalarning samaradorligi ilmiy dalillar asosida tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning til o‘rgatuvchi funksiyalari, motivatsiyani oshirish, individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish, adaptiv baholash, talaffuzni avtomatik tahlil qilish, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi afzalliklari amaliy misollar bilan ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: raqamlashtirish, sun’iy intellekt, fransuz tili, raqamli pedagogika, mobil ilovalar, adaptiv ta’lim. Аннотация. В статье рассматриваются педагогические и технологические основы использования цифровых инструментов и технологий искусственного интеллекта в обучении иностранным языкам на примере французского языка. Анализируются эффективность современных мобильных приложений, нейротехнологий, виртуальных учебных сред и платформ ChatGPT, DeepL, Reverso, Duolingo и др. Показано влияние цифровых технологий на формирование индивидуальной траектории обучения, развитие коммуникативных навыков и повышение мотивации обучающихся. Ключевые слова: цифровизация, искусственный интеллект, французский язык, мобильные приложения, адаптивное обучение. Abstract. This article examines the pedagogical and technological foundations of using digital tools and artificial intelligence technologies in teaching foreign languages, focusing on French. The effectiveness of modern mobile applications, neural technologies, virtual learning environments, and AI-powered platforms such as ChatGPT, DeepL, Reverso, and Duolingo is analyzed. The study highlights how digital technologies facilitate individualized learning paths, improve communicative competence, and enhance learners’ motivation. Keywords: digitalization, artificial intelligence, French language, mobile applications, adaptive learning. KIRISH Bugungi kunda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt inson faoliyatining ajralmas qismiga aylandi. Sun’iy intellekt (AI) —bu inson tafakkuriga o‘xshash tarzda tahlil qilish, qaror qabul qilish va o‘rganish imkoniga ega bo‘lgan kompyuter tizimlari majmuasidir. U til o‘rganish, tarjima, nutq tahlili, matn yaratish va muloqotni modellashtirishda keng qo‘llanilmoqda. Raqamlashtirish jarayoni barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Yevropa Ittifoqi, AQSH va Osiyo mamlakatlarida XXI asr INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 449 boshidan boshlab “digital pedagogy”, “AI-assisted learning”, “distance interactive learning” kabi tushunchalar faol qo‘llana boshlandi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi xorijiy til ta’limi metodikasida ham yangi imkoniyatlar va yondashuvlarni shakllantirmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 5oktabrdagi “Raqamli O’zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 6079-sonli farmoni va 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4996-son qarori ushbu sohada tashkillashtirish imkonini berdi. Jumladan, “Sun’iy intellektga tayyorlik indeksida O’zbekiston Respublikasi o’rnini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi. Fransuz tili o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning talaffuz, tinglab tushunish, so‘z boyligi, real kommunikatsiya ko‘nikmalarini shakllantirish ko‘plab murakkab jarayonlarni talab qiladi. An’anaviy metodlar bilan bir qatorda raqamli vositalar, mobil ilovalar, onlayn platformalar va SI yordamida adaptiv mashqlar til o‘rganishni osonlashtirmoqda. Zamonaviy tadqiqotlar raqamli texnologiyalar bilan ta’lim oluvchi o‘rganuvchilarda motivatsiya 30–40 % ga oshishini, til o‘zlashtirish tezligi esa 20–25 % ga tezlashishini ko‘rsatmoqda. Shu sababli raqamli vositalar bilan fransuz tilini o‘rganishning metodik asoslarini o‘rganish amaliy ahamiyatga ega. ASOSIY QISM 1. Raqamlashtirishning til o‘qitish jarayoniga ta’siri Ta’kidlash joizki, til o‘rganish muloqot imkoniyatlarini kengaytiradi, shuning barobarida miya quvvatini oshiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bir nechta tilda so‘zlashadigan odamlar faqat bitta tilda gapiradigan odamlarga qaraganda keng dunyoqarashli, yaxshiroq xotira, muammolarni hal qilish va yechim topish, diqqat-e’tiborni jamlash va kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lar ekan. Inson qancha ko‘p til bilsa, tillarni mukammal egallasa, turli tillardagi kitob va manbalar qatlarida saqlanib kelayotgan boy va qimmatli ma’lumotlarni shuncha ko‘proq o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Bir tilli inson bitta ilmiy, badiiy, tarixiy manbaga ega bo‘lsa, 2-3 tilli inson esa o‘nta manbadan oziqlanish imkoniyatiga sazovordir. Shunday ekan, xorijiy tillarni o‘rganishga qunt bilan yondashish lozim bo‘ladi. Bugungi kunda yurtimizda bir nechta xorijiy tillarni puxta egallab, turli sohalardagi xalqaro tajribalarni o‘rganayotgan, amaliyotga tatbiq etayotgan, qator yutuqlarga erishayotgan yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz safi ko‘p. Aslida ularning yutuqlari ortidagi yutug‘i ham xorijiy tillarni puxta egallaganidir. Ikki va undan ortiq tilda so‘zlasha oladigan, o‘zga tillarda bilimlarni o‘zlashtira biladigan kadrlarimiz sonining yil sayin ko‘payib borayotgani quvonarli, albatta. Xususan, xorijiy ixtisoslashgan kompaniyalarda ishlashni xoxlagan talabalar va yoshlar uchun turli xalqaro konferensiyalar til, texnologiya va madaniyatning o‘zaro bog‘liq aspektlarini chuqur anglash, sun’iy intellekt vositalarini kelgusi kasbiy faoliyatda qo‘llash, xalqaro hamkorlik muhitini his qilish kabi muhim kompetensiyalarini rivojlantiradi. Zamonaviy raqamli dunyoda bu ko‘nikmalar mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi, ularni global mehnat bozoriga tayyorlaydi. Quyidagilarni inobatga olgan holda raqamli ta’lim modellarida quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi:  O‘quv jarayonining moslashuvchanligi – istalgan joy va vaqtda til o‘rganish;  Multimodal ta’lim – video, audio, interaktiv mashqlar, simulyatsiyalar; INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 450  Individuallashtirilgan ta’lim – adaptiv algoritmlar o‘quvchining xatolarini aniqlaydi;  Kompyuter lingvistikasi – avtomatik tarjima, talaffuzni tahlil qilish, matn generatsiyasi;  Gamifikatsiya – ball, reyting, badge, progress bar orqali motivatsiya kuchayadi. Bu jihatlar fransuz tilida murakkab fe’l tizimi, talaffuzdagi nazal tovushlar, bog‘lanish qoidalarini o‘rganishni osonlashtiradi. 2. Fransuz tili ta’limida qo‘llaniladigan raqamli vositalar 2.1. Mobil ilovalar Duolingo, Busuu, Memorise kabi ilovalar fransuz tilida o‘rganish uchun eng ko‘p qo‘llanadi. Ularning ustunliklari qisqa, dinamik mashqlardan iborat ekanligi, turli gamifikatsiya elementlaridan samarali foydalanish mumkinligi, talaffuzni avtomatik tekshirish imkoniyatiga egaligi, progress monitoringini kuzata olish imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. Masalan, Duolingo foydalanuvchilari orasida olib borilgan 2020-yilgi tadqiqot natijasiga ko‘ra, haftasiga kamida 3 marotaba mashq qilganlarning lug‘at boyligi 34 % ga oshgan . 2.2. Onlayn platformalar Bugungi jadal rivojlanayotgan bir davrda elektron ta’lim resurslari va turli onlayn ta’lim platformalari ta’lim tizimiga jadallik bilan kirib keldi. Ularning sonini aniq aytishning hozirgi kunda imkoni yuq. Shu bilan birga odatdagi darsliklar va kitoblar qatori ularning ta’lim jarayonida tutgan mavqeyi ancha yuqori darajaga chiqishiga qator omillar ta’sir etmoqda. Hozirgi kunda til o’rganuvchilar, umuman ta’lim oluvchilar orasida elektron ta’lim resurslari haqiqiy o‘rnini topdi va bu sohada o‘ziga xos evalyutsion o‘zgarishlarni olib kelmoqda. Elektron ta’lim resurslari o‘zi nima? U odatdagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalardan nimasi bilan farq qiladi? Ta’lim sohasida uning ommaviy tarzda tez tarqalishiga nima sabablar bo‘ldi? Elektron ta’lim resurslari o‘quv jarayoni sifatini oshirish, o‘qituvchi mehnatini yengillashtirish, o‘quvchilarni bilim darajasini oshirish, o‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun keng yo‘l ochib beradi. Talabalarning istiqbollarini kengaytirish uchun an’anaviy muassasalar sun’iy intellekt tilini o’rganishni o’z ichiga olishi mumkin. Elektron ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari judayam ko’p bo’lib, bunga ba’zan insonning aqli bovar qilmaydi. Sun’iy intellekt bugungi kunda hayotimizning barcha sohalariga kirib kelmoqda. Avtotransportni boshqarishdan tortib eng oddiy kundalik ishlargacha bajarayotgan SI bugungi raqamli dunyoda ilmiy fantastikadan ilmiy hayotiy haqiqatga aylandi. Natijada SI bizga xorijiy tillarni samarali o’rganish va o’rgatishda yordam berishi ajablanarli bo’lmay qoldi. Xorijiy tillarni, ayniqsa fransuz tilini o’rganish va o’rgatishda:  TV5MONDE – (fransuzcha videolar orqali tinglab tushunish ko‘nikmalarini o‘stiradi),  RFI Savoirs – (tayyor audio matnlar, dictée mashqlari);  Larousse Online, CNRTL – (raqamli fransuz lug‘atlari);  Bonjour de France – darajalarga mos grammatik mashqlar kabi onlayn platformalar talabalar, o‘quvchilar va til o’rganuvchilarni tabiiy til muhitiga yaqinlashtiradi. 3. Sun’iy intellektning fransuz tili o‘rgatishdagi imkoniyatlari Sir emaski, bugungi ta’lim va o’qitish tizimida texnologiyalar rivojlanishi natijasida ko’pgina qulayliklarga ega bo‘lmoqdamiz. Elektron ta’lim texnologiyalarini amalga oshirish usullari 2 ta katta guruhga bo‘linadi: bular sinxron o‘qitish vositalari ya'ni suhbat xonalari, INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 451 interfaol doskalar, videokonferensiyalardan iborat bo’lsa, asinxron ta’lim usullariga elektron pochta bloglar, forumlar, Twitter, video yoki audioeshittirish, onlayn testlar kabilarni qamrab oladi. Tarmoq aloqalarining asinxron tabiati foydalanuvchilariga vaqt va joydan qat’i nazar istalgan qulay vaqtda dialog, forum yoki diagrammada qatnashish imkonini beradi. Birgina onlayn platforma orqali xohlagan ma'lumotga ega bo‘lishimiz hamda yetakchi o‘rinda turuvchi oliygohlar darslarida qatnashish imkoniyatiga egamiz. Xorijiy tillarni o’qitish kursining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qitish jarayonida foydalaniladigan ta’lim texnologiyasiga bog‘liq. Xorijiy tilni o‘rgatishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish til o’rganuvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini boyitib, ularning til yuzasidan bilim, ko‘nikma, malakalarining yuqori saviyada bo‘lishini ta'minlaydi. Zamonaviy ta’lim texnologiyasining shakli bepul ta’limdir, noananaviy o‘rganish va faollashtirish, metodlarni tadqiq qilish, muammolarni hal qilish, mustaqil ijodiy fikrlash sanaladi. Shuningdek, til o’rgatishda turli matn va til modeli asosidagi vositalardan keng foydalanish ham xorijiy tillarni o’rganishning yanada foydali usullaridan hisoblanadi. Jumladan, AI ning ChatGPT, Claude, Mistral kabi katta til modellari tabiiy muloqotni simulyatsiya qiladi, grammatika va imlo xatolarini aniqlaydi, til darajasiga mos matnlar yaratadi, murakkab mavzularni oddiy til bilan tushuntiradi. Fransuz tili o‘rganuvchi A2 darajadagi o‘quvchi uchun ChatGPT bir nechta ssenariylar bo‘yicha dialoglar yaratadi, o‘quvchining javoblarini tahlil qilib darhol tavsiya bera olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, Fransuz tilini o‘rgatishda SI ning quyidagi pedagogik asoslarini sanab o’tish mumkin.  Individual trayektoriya: AI algoritmlari o‘quvchining darajasiga mos mashqlar tayyorlaydi ;  Talaffuz tahlili: nazal tovushlar va intonatsiya xatolari aniqlanadi (7);  Matn generatsiyasi va tarjima: esse, referat, xat tayyorlashda yordam beradi XULOSA Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘p tillilikni rivojlantirishda inqilobiy rol o‘ynamoqda. Chet tillarini o‘rganish endilikda yuqori darajada interaktiv, shaxsga yo‘naltirilgan, multimodal, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan jarayonga aylandi. SI vositalari o‘quvchilar uchun cheksiz imkoniyatlar ochgan bo‘lsa-da, ularning mas’uliyatli, nazorat ostidagi qo‘llanilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Kelajakdagi ta’lim modeli “Inson + Sun’iy Intellekt” hamkorligiga tayangan holda ko‘p tillilikni yanada samarali rivojlantirishga xizmat qiladi. Raqamlashtirilgan ta’lim muhiti fransuz tilini o‘rganishni sezilarli darajada osonlashtiradi. Mobil ilovalar, onlayn platformalar, sun’iy intellekt, virtual muhitlar o‘quvchi uchun individual o‘quv yo‘lini yaratadi, talaffuz, lug‘at boyligi, tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta yordam beradi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Levy M. CALL in the 21st Century: Technological Developments and Pedagogical Implications. — Oxford: Oxford University Press, 2009. — 274 p. 2. Warschauer M. Learning in the Cloud: Education and Digital Literacy. — Cambridge: MIT Press, 2013. — 198 p. 3. Godwin-Jones R. Mobile-Assisted Language Learning // Language Learning & Technology. — 2018. — Vol. 22, № 3. — P. 2–11. 4. Slater M. Immersion and Presence in Virtual Reality // IEEE Computer Magazine. — 2018. — Vol. 51, № 6. — P. 110–114. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 452 5. France Éducation International. Cadre européen commun de référence pour les langues: apprendre, enseigner, évaluer. — Paris: FEI, 2020. — 276 p. 6. Duolingo Inc. Duolingo Language Learning Report 2020 [Elektron resurs]. — URL: https://www.duolingo.com (murojaat sanasi: 25.11.2025). 7. TV5MONDE. Plateforme d’apprentissage du français [Elektron resurs]. — URL: https://apprendre.tv5monde.com (murojaat sanasi: 25.11.2025). 8. RFI Savoirs. Ressources pédagogiques pour l’enseignement du français [Elektron resurs]. — URL: https://savoirs.rfi.fr (murojaat sanasi: 25.11.2025). 9. DeepL GmbH. DeepL Translator Documentation [Elektron resurs]. — URL: https://www.deepl.com (murojaat sanasi: 25.11.2025). 10. Reverso Technologies. Reverso Context Platform Guide [Elektron resurs]. — URL: https://context.reverso.net (murojaat sanasi: 25.11.2025).