TIL VA TA'LIM INTEGRATSIYASI: ILG'OR XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA TAHLIL
Abstract
Ushbu maqolada til va ta’lim integratsiyasining zamonaviy yondashuvlari hamda rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar tahlil qilingan. Finlandiya, Singapur, Kanada va Janubiy Koreya ta’lim tizimlarida CLIL, immersion va ko‘p tillikka asoslangan metodlar o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tilni fanlar mazmuni bilan birgalikda o‘qitish o‘quvchilarning motivatsiyasini, bilim sifati va amaliy ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradi. Olingan natijalar O‘zbekiston ta’lim tizimida til va fan integratsiyasini rivojlantirish uchun amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi ta’kidlangan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 462 TIL VA TA’LIM INTEGRATSIYASI: ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA TAHLIL Ro‘ziyeva Feruza Ramilevna, Samiddinova Ziynat Samiddin qizi, Baxtiyorova Marjona Akmal qizi, Sobirova Sevinch Hamroqulovna Navoiy Davlat Universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish fakulteti 1-kurs talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17813279 Annotatsiya. Ushbu maqolada til va ta’lim integratsiyasining zamonaviy yondashuvlari hamda rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar tahlil qilingan. Finlandiya, Singapur, Kanada va Janubiy Koreya ta’lim tizimlarida CLIL, immersion va ko‘p tillikka asoslangan metodlar o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tilni fanlar mazmuni bilan birgalikda o‘qitish o‘quvchilarning motivatsiyasini, bilim sifati va amaliy ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradi. Olingan natijalar O‘zbekiston ta’lim tizimida til va fan integratsiyasini rivojlantirish uchun amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: til va ta’lim integratsiyasi, ilg‘or xorijiy tajriba, CLIL texnologiyasi, immersion tizimi, ko‘p tillilik, raqamli ta’lim, kommunikativ kompetensiya, qiyosiy tahlil. Kirish:Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari shaxsning raqobatbardoshligini ta’minlashda chet tillarini puxta eggalashni muhim omilga aylantirmoqda. Zamonaviy ta’lim tizimida til nafaqat aloqa vositasi, balki bilim, madaniyat va fanlararo integratsiyaning asosiy tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Shu bois dunyoning ko‘plab rivojlangan davlatlarida ta’lim jarayoniga integrativ yondashuv-ya’ni tilni fanlar mazmunibilan birgalikda o‘qitish (CLIL, immersion, bilingual education ) keng joriy etilmoqda. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, til va fan integratsiyasi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, kommunikativ kompetensiyasi, hamkorlikda ishlash, axborot bilan ishlash kabi zamonaviy ko‘nikmalarini shaklantirishda samarali vosita hisoblanadi. Til va ta’limni integratsiyalash zamonaviy pedagogikada muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Globalizatsiya jarayonida bir necha tillarni bilish nafaqat akademik muvaffaqiyat, balki shaxsiy rivojlanish uchun ham zarur hisoblanadi.Turli mamlakatlar o‘quv dasturidalarida tilni boshqa fanlar bilan birlashtirish bo‘yicha innovatsion usullarni joriy qilmoqda. Ushbu maqola ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish va ularni mahalliy ta’lim jarayoniga tadbiq etish imkoniyatlarini muhokama qilishni maqsad qilgan. Materiallar va tadqiqot usullari: 1.Adabiyotlar tahlili Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Kanada kabi davlatlarning ta’lim tizimi bo‘yicha ilmiy maqolalar; CLIL modelining nazariy asoslari ; Multilingual education (ko‘p tillilik) bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar 2.Qiyosiy tahlil metodi Turli davlatlardagi pedogogik yondashuvlar o‘zaro solishtirilib, ularning afzalliklari va amaliy samaradorligi tahlil qilindi. 3.Kuzatuv va tajribalarni umumlashtirish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 463 Xorijiy maktab va universitetlarda qo‘llanilayotgan integrativ uslublar bo‘yicha mavjud amaliy holatlar umumlashtirildi. Natijalar: 1.Finlandiya tajribasi Finlandiya ta’lim tizimida chet tili 1-sinfdan o‘qitiladi. CLIL metodikasi asosida matematika va tarix kabi fanlar ingliz tilida o‘tiladi. Natijada: o‘quvchilarning til bilish darajasi yuqori; mantiqiy fikrlash va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari shakllangan. 2. Singapur modeli Singapur ‘’ikki tillilik siyosati’’ni qo‘llaydi: ingliz tili asosiy o‘qitish tili, milliy tillar esa qo‘shimcha sifatida o‘rgatiladi. Bu yondashuv raqobatdosh kadrlar tayyorlashga katta hissa qo‘shadi 3.Kanada immersion (sho‘ng‘ish) tizimi Kanadada o‘quvchilarni fransuz tili muhiti ichida o‘qitish keng tarqalgan. Immersion sinflarda fanlar chet tilida o‘qitiladi va o‘quvchilar tabiiy ravishda tilga moslashadi. 4. Janubiy Koreya tajribasi Koreyada raqamli ta’lim platformalari asosida ingliz tili intensiv dasturlari joriy qilingan. Virtual o‘quv resurslari, Al-teacher yordamchilari til o‘rganish samaradorligini oshirmoqda. Muhokama:Xalqaro tajribadan ko‘rinadiki, tilni izolyatsiya qilingan fan sifatida o‘rganish eng samarali uslubdir. CLIL yondashuvi o‘quvchilarni faqat lug‘at va grammatika emas, balki mazmunni chuqur anglashga o‘rgatadi. Asosiy muammolar: O‘qituvchilarning CLIL bo‘yicha yetarli tayyorgarlik ko‘rmaganligi; Metodik materillar yetishmasligi; Texnologik jihozlanishning pastligi. Takliflar: O‘qituvchilar uchun xalqaro treninglar tashkil etish; CLIL asosidagi dars rejalarini ishlab chiqarish; Raqamli o‘quv platformalarini takomillashtirish; Chet tilli muhit yaratish (klublar, loyihalar, til lagerlari) Xulosa:Xulosa qilib aytganda, dunyoning ilg‘or davlatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, til va ta’lim integratsiyasi zamonaviy ta’limning eng samarali yo‘nalishidir. CLIL texnologiyasi, immersion tizimlari, raqamli vositalar va ikki tillilik siyosati o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini oshiradi, ularni global mehnat bozoriga tayyorlaydi. Ushbu yondashuvlarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin. Adabiyotlar 1. Cummins, J.(2000). Language, Power and Pedadogy: Bilingual Children in the Crossfire. Multilingual Matters. 2. Dalton-Puffer,C.(2011). 3. Content-and-Language Integrated Learning: From Practise to Principles? John Benjamins Publishing.