MAKTABLAR JOYLASHGAN KO'CHALARDA YO'L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TASHKIL ETISH
Abstract
Ushbu ishda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ham avvalo yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishning qonuniy kafolatlarini mustahkamlashdir. Bu borada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning yangicha va zamoviy usullarni ishlab chiqish, ushbu faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, muammolarni tadqiq etish va bartaraf etish bo‘yicha samarali yo`llarini ishlab chiqish muhim ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.
Full text
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 586 MAKTABLAR JOYLASHGAN KO‘CHALARDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TASHKIL ETISH 1Bo‘ronov Sh.E., 1Sobirov N. 1Toshkent shahridagi Belarus-О‘zbekiston qо‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti, Toshkent, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17813862 Annotatsiya. Ushbu ishda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ham avvalo yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishning qonuniy kafolatlarini mustahkamlashdir. Bu borada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning yangicha va zamoviy usullarni ishlab chiqish, ushbu faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, muammolarni tadqiq etish va bartaraf etish bo‘yicha samarali yo`llarini ishlab chiqish muhim ahamiyati haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: maktab,ta`lim muassasalari, yo‘l harakati, xavfsizlik, mexanik, transport, yo‘l harakati qatnashchilari. Abstract. The primary goal of the road safety reforms being implemented in this area is, first and foremost, to strengthen legal guarantees for the protection of the lives and health of road users. In this regard, the importance of developing new and modern methods for ensuring road safety, conducting scientific research in these areas, and developing effective ways to study and address these issues was discussed. Keywords: school, educational institutions, road traffic, safety, mechanics, transport, road users. Аннотация. Основной целью реализуемых в этой области реформ в области безопасности дорожного движения является, прежде всего, укрепление правовых гарантий защиты жизни и здоровья участников дорожного движения. В этой связи обсуждалась важность разработки новых и современных методов обеспечения безопасности дорожного движения, проведения научных исследований в этих направлениях деятельности, а также разработки эффективных способов изучения и устранения проблем. Ключевые слова: школа, образовательные учреждения, дорожное движение, безопасность, механика, транспорт, участники дорожного движения. Yo'l harakati xavfsizligini oshirish davlat darajasidagi vazifa bo'lib, ko'plab me'yoriy hujjatlarda (maqsadli dasturlar, milliy loyihalar va boshqalar) o'z aksini topgan. Maqolada ko'rib chiqilgan tizimli yondashuv avtomobil transportida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasida samarali yondashuv va maqsadli harakatlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Alohida, alohida harakatlar o'rniga kompleks yondashuvni qo'llash davlatning yo'ltransport hodisalarini kamaytirish bo'yicha maqsadlariga erishishga yordam beradi. Aloqalarni, oqimlarni, hodisalarni vaqt tahlilini tahlil qilishga asoslangan analitik usullar, xavfsizlik va baxtsiz hodisalar ko'rsatkichlarini aniqlashga asoslangan yo'l harakati xavfsizligini baholash usullari, baxtsiz hodisalar kontsentratsiyasining hududlarini aniqlash, ehtimollik nazariyasi usullari va
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 587 tadqiqot natijalarini qayta ishlash, axborot texnologiyalarining dasturiy va hisoblash usullari. Natijalar. "Yo'l foydalanuvchisi - transport vositasi - yo'l - tashqi muhit" tizimida yo'l harakati xavfsizligini tizimli tashkil etish va boshqarishni rivojlantirish uchun analitik usullar va baxtsiz hodisalarni prognoz qilish tizimlari, axborot texnologiyalari vositalari va elektron yo'l harakati xavfsizligini boshqarish tizimlari bilan birgalikda yo'l infratuzilmasi ko'rsatkichlari tizimi ishlab chiqildi. Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha davlat mexanizmi ishini takomillashtirish maqsadida dasturiy maqsadli yondashuv natijalariga erishish mexanizmlari va ularni amalga oshirish yo'nalishlarini, yo'l-transport hodisalari to'plangan joylarni o'rganishning ilmiy jihatdan tasdiqlangan natijalarini hisobga olishning maqsadga muvofiqligi asoslanadi. Yo‘l harakati havfsizligini ta’minlashni tashkil etishda ta`lim muassasalari joylashgan ko`chalar markaziy o‘rinni egallaydi. “Yo‘l harakati xavfsizligi” tushunchasining turli xil ta’riflari borligiga uning mazmunida bo‘ladigan doimiy o‘zgarishlar bilan izohlanadi. Bu har qanday hodisaning tabiiy holatidir. Yo‘l harakati xavfsizligining mazmuni davlat rivojlanishining o‘ziga xos tarixiy shart-sharoitlari, uning nazariy tushunchasi va qonunchilikni tartibga solish holati bilan ham belgilanadi. Shu nuqtai nazardan ta’kidlashimiz lozimki, ushbu tushunchaning tadqiqi ikkita asosiy “yo‘l harakati” va “xavfsizlik” tushunchalarning tahliliga tayanib, ularning mazmun va mohiyatini alohida-alohida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatiga ko`ra, hodisalarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, ularning 57 foizi yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar hamda 43 foizi haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir etilgani maʼlum bo‘lgan. Sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining 53,7 foizi piyoda va velosipedchilar bilan bog‘liq holatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 9 548 tasi transport qatnovi ko‘p hududlarda joylashgan va aksariyat maktablar oldida piyodalar uchun yo‘laklar mavjud emas, tegishli svetoforlar o‘rnatilmagan. Oqibatda 2024-yilning 5 oyi davomida jami 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohatlari olgan. 2023-yil va 2024-yilning 5 oy davomida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining masʼul xodimlari tomonidan yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq qariyb 11 ming kamchiliklar aniqlangan bo‘lib, ularni bartaraf etish yuzasidan avtomobil yo‘llari egalariga jami 5 yarim mingta yozma ko‘rsatma va taqdimnomalar kiritilgan. Avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmaganligi sababli 2023-yilda jami 16 milliondan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022yil 4-apreldagi PQ-190-son qaroriga muvofiq ravishda 2022-yilning 12-aprelida Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 172-sonli qarori qabul qilindi va ilova tariqasida yangi mazmundagi “Yoʻl harakati qoidalari” amalga joriy etildi. Unga “Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha boʻlgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish” kabi qoidalar kiritildi.
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 588 Jahon yo'l harakati xavfsizligi haftaligining maqsadi ko'plab o'lim va jarohatlanishlarga sabab bo’layotgan yo’l-transport hodisalari muammosiga e'tibor qaratishdir. Bu yil global miqyosdagi kampaniya yuqori tezlikni kamaytirishga qaratilgan, chunki aynan shu holat jiddiy jarohatlar va o'limga olib keladigan asosiy sabablardan biridir “Yoʻl-transport jarohatlari butun dunyo boʻylab bolalar va yoshlar salomatligi borasidagi jiddiy muammo hamda oʻlim, jarohatlar va nogironlikning asosiy sababi boʻlib qolmoqda. Har kuni dunyoda 3000 ga yaqin bolalar va yoshlar yo‘llarda halok bo‘ladi yoki og‘ir jarohatlar oladi. Bu o‘limlarning oldini olish mumkin”, dedi Munir Mamedzade. “Soʻnggi paytlarda Oʻzbekistonda yoʻl-transport hodisalari sonini kamaytirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Bosh vazir boshchiligida Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tuzildi. Barcha hududlarda “Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash faqat mutasaddi shaxslar va idoralarning, mas’uliyati emas. Bu umumiy vazifamiz,” dedi Olim Saidov. Ayrim mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, oqilona sarmoya evaziga yo‘l-transport hodisalarining to‘liq oldini olish mumkin. Quyidagi chora-tadbirlar yo'l-transport hodisalarida bolalar o'limini sezilarli darajada kamaytirishga ko’mak berishi mumkin: ✓ yo‘l harakatining barcha qatnashchilari, jumladan, o‘smirlar va yoshlar uchun qonunlar ijrosini ta’minlaydigan milliy qonunchilik va siyosatni mustahkamlash; ✓ infratuzilma va avariyadan keyingi xizmatlar; ✓ maktab hududini yaxshilash dasturlari va maktab hududida yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar tizimini ishlab chiqish; ✓ yangi haydovchilarga haydovchilik guvohnomalarini berishning ishonchli tizimini ishlab chiqish va joriy etish; ✓ maktab o‘quvchilari uchun yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; ✓ aholi xabardorligini oshirish bo’yicha samarali tizimini ishlab chiqish va joriy etish; ✓ fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash. UNICEF yo'l harakati xavfsizligini ko'rib chiqishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi va Ichki ishlar vazirligini qo'llab-quvvatlaydi. Uning natijalari yo'llarda bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi siyosatni ishlab chiqishda asos bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, bolalarga faqat piyodalar yo`lakchasi bo`ylab harakatlanish tavsiya etiladi. Agar piyodalar yo`lakchasi bo`lmasa, bolalar yo`lga chiqmagan holda yo`l chetidan, qatnov qismiga qarama-qarshi yo`nalishda va albatta kattalar hamrohligida yurishlari kerak. Bolalar yo‘lni faqat qatnov qismining “zebra” chiziqlari bilan belgilangan joylaridan yoki “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi o‘rnatilgan joylardan kesib o‘tishlari lozim. Svetofor bilan tartibga solinadigan chorrahalarda bolalar yo‘lni faqat yashil chiroqda kesib o‘tishlari shart. Ammo, yashil chiroq yonganda ham darhol harakat qilmang va mashinalar harakati to‘xtaganiga ishonch hosil qiling. Agar piyodalar o‘tish joyida svetofor bo‘lmasa, har ikkala tomonga qarang va yaqin atrofda mashina yo‘qligiga ishonch hosil qilgandagina harakat qiling. Ko`chani yolg`iz kesib o`tishdan qo`rqsangiz, kattalardan yo`lni kesib o`tishga yordam
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 589 berishlarini so`rang va ularning hamrohligida yo`lni kesib o`ting. Yo‘lni kesib o‘tayotganda juda ehtiyot bo‘ling, do‘stlar bilan gaplashishni to‘xtating va shoshqaloqlik qilmang. Agar sizda velosiped, rolik yoki skeytbordlar mavjud bo‘lsa, ulardan faqat maxsus asfaltli yoki beton maydonchalarda va parklarda foydalaning. Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada transport vositalarining tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. Tezisda yo`l harakatini tashkil etish bo`yicha ma`lumotlar keltirilgan bo`lib, asosan ta`lim muassasalari atrofida harakat xavfsizligni ta`minlashga qaratilgan tadbirlar yechimlari keltirilgan. REFERENCES 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ”Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.04.04.2022 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 172-sonli qarori.2022-yilning 12-aprelida 3. Maktablar joylashgan ko`chalarda yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash. Bo`ronov Sh.E., Sobirov N., Yerimbetova J. Amaliy fanlar va texnologiyalar: sohalarga amaliy tatbiq etishning muammolari va yechimlari. Respublika ilmiy-amaliy anjumanining ma`ruzalar to`plami. 2-qism. 30-aprel 2025-yil-277 b. 4. www.unicef.uz 5. https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/road-safety-for-children