Full text
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 625 INSON MOHIYATIDA BAXT Хўжақулова Мунира Ислом қизи 1 Tizimli tahlil, matematik modellashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish СБУМИПТК https://doi.org/10.5281/zenodo.17814361 Аннотация. В статье рассматривается и ведется системный анализ понятия счастья в философии в широком смысле. В восточной философии это понятие используется ещё в более широком смысле, что обусловлено тем, что религиозные и философские интерпретации этого понятия переплетаются. Понятие счастья занимает центральное место в концепции человека Абу Насра аль-Фараби. По мнению мыслителя, достижение счастья является целью и конечным результатом человеческой жизни. АльФараби связывает понятие счастья с понятиями добра и зла, различает абсолютные и относительные уровни счастья, анализирует вопрос с точки зрения философии и религии и выявляет в них общие моменты. Фараби отрицает возможность человека быть счастливым вне общества. Его добродетельное общество также служит для того, чтобы сделать человека счастливым. Annotatsiya. Maqolada falsafada baxt tushunchasi haqida tizimli tahlil olib borilgan. Sharq falsafasida esa bu tushuncha yanada kengroq ma’noda qo‘llanilgan, sababi bu tushunchaning diniy va falsafiy talqini o‘zaro tutashib ketganligidadir. Abu Nasr Forobiyning inson konsepsiyasida baxt tushunchasi markaziy o‘rinni egallaydi. Mutafakkir talqinicha, baxtga erishish inson hayotining maqsadi va oxirgi natijasidir. Forobiy baxt tushunchasini yaxshilik va yomonlik tushunchalari bilan bog‘laydi, baxtning mutlaq va nisbiy darajalarini ajratadi, masalani falsafa va din nuqtai nazaridan tahlil qilib, ulardagi tutash nuqtalarni aniqlaydi. Forobiy jamiyatdan tashqarida insonning baxtli bo‘lishi mumkinligini inkor qiladi. Uning fozil jamiyati ham insonni baxtli qilish uchun xizmat qiladi. Ключевые слова: добро, зло, счастье, человек, разум, сущность, добродетельный город. Kalit so'zlar: ezgulik, yovuzlik, baxt, inson, aql, mohiyat, fozil shahar. Kirish Abu Nasr Forobiy islom falsafasining yirik vakillaridan biri. U o‘z zamondoshlari kabi “Inson qanday mavjudot?”, “aql nima va uning turlari?”, “Jismoniy va ruhiy borlig‘iga ko‘ra u qanday tabiatga ega?”, “Nimasi bilan u boshqa mavjudotlardan mukammal mavjudot hisoblanadi?” degan savollarga javob izlagan. Forobiy falsafa (hikmat ilmi) dan bu savollarning javoblarini topgan, ularni mantiqiy dalillagan. O‘rta asr arab-musulmon falsafasida insonning o‘rni, insonlarning ma’naviy va moddiy farovonligi, maqsadi, baxt-saodat nima va unga yetishishning zarurligi masalasi dolzarb bo`lgan. Har bir ilm-fan insonni o‘z aspekti yoki predmeti tomonidan o‘rganadi. Masalan, biologiya – insonning tibbiy tuzilishi, pedagogika – ta’lim va tarbiya beruvchi hamda oluvchi sifatida, madaniyatshunoslik – inson tomonidan yaratilgan o‘zining farovon yashashi uchun yaratgan nafis 1 Старший преподователь кафедры «Точные, естественные науки и физическая культура» СБУМИПТК.
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 626 hatti-harakatlari va hosil qilgan jihozlarini, sotsiologiya – sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, iqtisod – ishlab chiqaruvchi kuch va moliyalovchi sifatida, tarix – insonning o‘tmishini va hatti-harakatlarini, dinshunoslik – e’tiqodini, mantiq – insonning to‘g‘ri tafakkur qilishini o‘rgansa, falsafa esa, insonni borlig‘ini, bilishini, o‘tmishini, buguni va kelajagi haqida fikr yuritadi. Shuningdek, dunyoqarashini o‘rganib, shakllantirish natijasida uni takomillashtiradi. Falsafa insonni baxtli bo‘lishining sabab va oqibatlarini tizimli ravishda o‘rganadi. Fanlar insonning muammosini, muammolarning kelib chiqish sabablarini, uning yechimlarini tadqiq qilishni maqsad qilgan. Hozirga qadar “inson masalasining necha foizi o‘rganilgan?” degan savolga aniq javob mavjud emas. Falsafa inson muammosining falsafiy masalalari sifatida quyidagilarni e’tirof etadi va ularni dissertatsiya ishida Abu Nasr Forobiy va mutafakkirlar qarashlari asosida tizimli tahlilini o‘z oldimizdagi majburiyat deb bildik va uni amalga oshirishga harakat qildik: a) insonning mohiyati; b) insonning e’tiqodi va ijtimoiy munosabatlari; v) insonning erkinligi va qonunlarning zaruriyati; g) mavjudlik dialektikasi va baxt-saodat; ye) inson hayotining maqsadi va mazmuni. Dissertatsiyada insonning mohiyati, ya’ni uning o‘zgarmas xususiyati sifatida ruh, jism, axloq yo qadriyat emas, aql e’tirof etilgan. Aqlli mavjudot – inson, baxtli bo‘lishga intiladi lekin, baxt tushunchasi nisbiy tushuncha bo‘lganligi uchun uni har kim har xil anglaydi. Ruh va jism, aql va nafs qarama-qarshiliklari va birligi inson tushunchasini qisman ifodalaydi. Antik davr faylasuflari asosan ruhning ko‘chishi, rohatlanish, hayotdan lazzat olish, ruh hotirjamligi va boshqa sabablar oqibatida baxtga erishish xususida fikr yuritganlar. Shuningdek, ular inson o‘limdan qo‘rqmaslik kerakligi chunki, inson hayotlik davrida o‘lim mavjud emas, o‘lim kelganda esa inson mavjud emasligi haqida fikr yuritganlar. Abu Nasrning qarashlariga ko‘ra insonning mohiyati undagi aqlning mavjudligidir. Avreliy Avgustin esa insonning mohiyati uning joni degan fikrda bo‘lgan. Foma Akvinskiy insonda qancha jismiylik ko‘p bo‘lsa u shuncha hayvoniylikka va qancha ma’naviylik ko‘p bo‘lsa u shuncha farishtalilikka yaqin bo‘ladi deydi. Xayr yo sharrni tanlash ihtiyori insonning o‘zida. Antik davr faylasuflari “inson kim?”, “erkinlik”, “baxtga erishish yo‘llari” va “baxtli inson kim?” kabi savollarga javob berish bilan cheklanmay, bu masalaga turlicha yondashib, keyingi davr avlodlari uchun ham bu masalani ko‘ndalang qo‘ygan edilar. O‘rta asr arab-musulmon faylasuflari o‘zlaridan avvalgi davr faylasuflarining falsafiy qarashlaridan farqli ravishda insonning mohiyati, hayotdagi maqsadi, vazifalari, ruh va jon masalalaridan tashqari uning e’tiqod egasi ekanligi, ya’ni yakka Xudoga bo‘lgan ishonchi bilan u baxt-saodatga erishishi haqida fikr bildirganlar. Din insonni baxtli qila olishiga bo‘lgan ishonch Abu Nasr Forobiy, ibn Sino, Alisher Navoiy, Bedil va keyinchalik jadidlar, ma’rifatparvarlar hamda boshqalarning ijodida anglash mumkin. Bu bilan ular gummanistik falsafani va sharqona inson konsepsiyasini shakllantirib bordilar. Ular inson baxt-saodatini ma’rifatda va o‘z navbatida axloq me’yorlarida ko‘rdilar. Buning natijasida ular inson irodasiga, aqliga, kuchiga, erkinligiga, jamiyatdagi ahillik va adolatning yuksakligiga urg‘u berdilar. “Baxt va saodat nima, ularning bir-biridan farqi nimada?” kabi savol insoniyatni qiziqtirib kelgan. “Saodat” so‘zi arabcha “sa’d”, ya’ni “baxt” so‘zining ko‘plik shakli “sa’adat”. Lekin o‘zbek tilida baxt bu baxt, saodat bo‘lsa, baxtning go‘yoki to‘liq shakliga erishganlik darajasidek.
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 627 Masalan, inson bo‘lib tug‘ilganlik bu baxt bo‘lsa, farovon va go‘zal hayot kechirish bu saodat. Baxt va saodat tushunchalari ko‘pincha yonma-yon keladi va bir-biridan ajralmasdek. “Baxt” va “saodat” tushunchalariga berilgan ta’riflardan yana biri baxt – bu dunyodagi muvaffaqiyat bo‘lsa, saodat – narigi dunyodagi muvaffaqiyat, ya’ni jannatga erishish. Baxt tushunchasiga berilgan ta’riflardan yana biri: 1. Ob’ektiv ma’noda baxt – kimningdir hayotida yoqimli voqealar yuz berganini bildiradi. 2. Sub’ektiv ma’noda esa – baxtli lahzalarni, go‘zal hissiyotlarni ifodalaydi. Falsafiy jihatdan ham baxt so‘zi ikki xil ma’noda qo‘llaniladi: 1. Ob’ektiv ma’noda – inson uchun yaxshi shart-sharoit tug‘ilganligi, muvaffaqiyat qozonilgani tushuniladi. 2. Sub’ektiv ma’noda, adib Stefan Jeromskiy tasvirlaganiday, qalbdagi yoqimli to‘lqinlarni, kechinmalarni ifodalaydi. Ammo, V.Tatarkevich, bu to‘rt ma’noda aytilgan baxt vaqtincha, o‘tkinchi, qisqa ekanligini aytadi va Epiktet hamda Mark Avreliy kabi donishmandlarning baxt-saodat boqiy emasligi haqidagi pessimistik fikrlarini keltiradi. Shundan so‘ng V.Tatarkevich, Arastu “Nikomax axloqi” kitobida Boesiy “Falsafa-yupanchim” asarida, Gerodot “Tarix” asarlaridagi oliy darajali baxt-saodat haqida aytganlarini keltiradi. Afsuski, polyak olimi V.Tatarkevich buyuk Sharq mutafakkiri Forobiyda baxt-saodat falsafasi chuqur tadqiq etilganligini bilmaydi. Shunga qaramay, uning komillik, va mukammallik haqidagi fikrlari Forobiyning fikrlariga ohangdoshdir 2 . F.Yuldashev “Abu Nasr Forobiyning aql va bilim evolyusiyasi haqidagi qarashlari” nomli dissertatsiyasida baxt tushunchasiga ta’rif berish jarayonida u V.Tatarkevichni Forobiyning baxtsaodatga oid qarashlarini bilmaganligini qayd etgan. Bizning fikrimizcha V.Tatarkevich Forobiyning “Baxt-saodat va kamolot haqida” nomli asari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanish bo‘lgan yoki bu asarni Jak Jak Russoning “Baxt-saodat va inson kamoloti” nomli asari orqali bilgan. Ikkinchi muallim va J-J.Russolarning asar nomlari nihoyatda bir-biriga yaqin. J-J.Russo baxtni har kim har xil tushunishi haqida fikr bildiradi va uning insonning baxt-saodatiga oid qarashlari Sharq mutafakkirining qarashlari bilan ziynatlanganligi va bu mavzu hamisha dolzarb bo‘lganligini anglash mumkin. Abu Nasr Forobiyning fikricha, baxt mutlaq ne’mat bo‘lib, u mavjud narsa, voqea, hodisalar haqidagi hamma bilimlarni egallash, ularning paydo bo‘lishi va yo‘q bo‘lishini bilish, mohiyatini anglash natijasida narsa, voqea, hodisalarning tabiati hamda asl mavjudlik sababini bilishni baxt deb hisoblagan. Haqiqatda, har bir borliq hech so‘zsiz o‘z vujudiga o‘ziga xos bo‘lgan martaba – eng yuksak kamolotga erishish uchun borliqqa kelgan. Inson uchun xos bo‘lgan bu kamolotning nomini eng yetuk baxt-saodat deb ataladi. Bu baxt-saodat shu yuksak kamolotga erishish yo‘lida bo‘lgan har turli juz’iylarni o‘zida birlashtiradi: bu juz’iylar shu eng yetuk baxt-saodatga olib boruvchi fazilatli san’at (kasb-hunar)lardir 3 . Arab-musulmon olamida inson erkinligi, hurriyatining qadrlanishi bilan birga, insonning jamiyat oldidagi vazifasi, javobgarligi va mas’uliyati shaxsning asosiy qirralari hisoblangan. Sharqda insonni jamiyatdan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmagan, uning jamiyatga ehtiyoji bor, u jamiyat bilan uzviy aloqada. Jamiyatda yashab turib, jamiyat oldida inson erkin yashay olmaydi. 2 Дис. УДК 14 (575). Юлдашев Ф.А. Абу Наср Форобийнинг ақл ва билим эволюцияси ҳақидаги қарашлари. Самарқанд-2018. Б.85-86. 3 Форобий. Рисолалар. “Фан”. Т.:1975. 78-Б.
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 628 Demak, insonning bosh maqsadi ham baxtga erishish. Inson jamiyatdagina baxtga erishishi mumkin, u jamiyatdan tashqarida baxtga erisha olmaydi. Inson o‘z javhariga ko‘ra hayotini tartibga keltirish‚ mustaxkamlash va takomillashtirish uchun boshqa insonlarga muxtoj bo‘ladi yoki ehtiyoj sezadi. Yakka xolda hech kim buning uddasidan chiqmaydi. Inson shunday maxluqotki‚ u faqat jamiyatda o‘z ehtiyojlarini qondirishi va oliy ma’naviy darajaga ko‘tarilishi mumkin 4 . Forobiy fozil shahar ta’rifini mana bunday qilib ham keltirgan edi: «Fozil shahar – bu odamlar bir-birlari bilan xamkorlik qilish, haqiqiy saodatga erishish uchun birga yashaydigan shahardir». Baxt-saodatning ikki asosi mavjud: 1bilim (ilm) 2 - amal (harakat) Demak, fozil shaharning fuqarolari ham bilimli va ilmli bo‘lishlari shart. Aks xolda biz uni fozil shahar, deya olamizmi? Arastu: “Qanday qilib inson va jamiyat birgalikda farovonlikka erishishlari mumkin?”, “Bizni nima baxtli qila oladi?”, “Insonning qanday xislatlari uni hayotda baxtli qila oladi va qandaylari aksincha uni baxtsiz qiladi?” kabi savollarni o‘rtaga tashlaydi. U yaxshi va muvaffaqiyatli bo‘lish insonni fozil bo‘lishga olib keladi, fozil bo‘lish uchun esa albatta o‘tkir zehnli bo‘lish zarurligini aytadi. Shuningdek, mutafakkir odamlar bilan o‘zaro muloqot qila olgan kishini baxtli insonlar qatoriga qo‘shib, undaylarni o‘tkir zehnli insonlar deb hisoblagan. Arastudan keyin yashagan Abu Nasr ham Arastu kabi baxtga oid masalalar hususida fikr yuritadi. Olim: “Qanday qilib baxtga erishish mumkin?” (How to Achieve Happiness) degan masalada u ikki dunyo baxtini nazarda tutgan. Arastudan farqli ravishda Forobiy ikki dunyoda baxtga erishish haqida so‘z yuritadi. Uning fikricha, qachonki inson omili, ya’ni fikrlash qobiliyati (fada’il al-fikriyyah), nazariy kuch (al-fada’il al-nazariyyah), axloqiy omil (fada’il alkhuluqiyyah) hamda hunar (al-sana‘at al-‘amaliyyah) millatning asosini tashkil qilsa, ikki dunyodagi baxt-saodati kafolatlangan bo‘ladi degan. Har bir inson jamiyatdagina baxt-saodatga erishishi mumkin, yakka xolda u baxt nimaligini to‘liq anglamasligi va shundan kelib chiqib, unga boradigan yo‘llarni bilmasligi tabiiy hol sifatida ko‘rinadi. “...Har bir shahar saodatga erishishi mumkin. Birlashish bilan maqsad qilingan shaharda haqiqatda saodatga erishishga omil bo‘ladigan narsalarga hamkorlik qilish bo‘lsa, u fozil shahardir. O‘z shaharlarining saodatga erishishga yordam bergan ummat – fozil ummatdir. Shuningdek, dunyo ham fozil bo‘ladi, qachonki undagi ummatlar saodatga erishishda bir-birlari bilan hamkorlik qilsalar. Fozil sog‘lom to‘liq badanga o‘xshaydigan bo‘lib, uning barcha a’zolari tirik jonzotning hayotini mukammallashtirishga va uni saqlashga yordam beradi” 5 . Bizning nazdimizda Forobiy jamiyatdagi ezgulik g‘oyalari ostidagi ahillikda baxtni ko‘radi. Fozil shahar aholisining maqsadi, uni boshqarish natijasidan ko‘zda tutilganidek, jamiyatning har bir a’zosi uchun baxt-saodat tomon yo‘lni axtarib topishdan iboratdir. Zero, fuqarolik falsafasining asosiy jihati kishining fikriy tizimida mavjud baxt-saodat tushunchasini bilishga yo‘naltirilgandir. Baxt-saodat tushunchasi esa, o‘z navbatida ma’rifat nazariyasi bilan 4 Форобий “Фуқаролик сиёсати”.– Б.69. 5 Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институтининг нодир қўлёзмалар фондидаги Р №2385 – LXII рақамли ةلضافلا ةنيدملا لها ءارﺁ ىدابم ىف باتك қўлёзмасининг Б-234а. 23-боб. ва Б-235, 26-боб.
THE VI INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE “SCIENTIFIC FOUNDATIONS FOR THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES OF A NEW LEVEL AND MODERN PROBLEMS OF AUTOMATION”, NOVEMBER 20, 2025 629 chambarchas bog‘liqdir: fozil shahar boshqariluvining jilovi Xudovand qo‘lida bo‘lib, u shahar soqchisi bo‘lmish farishta orqali notiqlik quvvati va tafakkur qilish xususiyatiga ega bo‘lgan shahar boshlig‘iga va uning vositasida aholiga faol aqlni va fayzu tarovatni yetkazib beradi. Baxtsaodat ham, shahar boshlig‘i va aholisining ma’rifati ham, ilohiy haqiqatlarga asoslangandir. Binobarin, aql bilan baxt-saodat o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish mavzuning asosiy mohiyatini tashkil etadi 6 . Olim har bir insonning baxtli bo‘lishi xususida fikr yuritarkan, buning natijasida u yakkalikdan umumiylik tomon fikr yuritib, jamiyatning baxtli bo‘lishi hayotiy zaruratlardanligini istaydi. U asarlarida inson nafsining quli bo‘lmasligi shartligini e’tirof etadi. Agar, inson nafsining quli bo‘larkan, unda u zalolat va tubanlikka yuz tutadi, deydi. Johillikka yuz tutgan inson yo jamiyat baxt-saodat nimaligini anglamasligiga urg‘u bergan. Abu Nasr Forobiyning fikriga ko‘ra, inson baxt-saodatga faqat aql vositasidagina erishishi mumkin. Forobiyning ijtimoiy qarashlardagi fozil shahar bu shunday shaharki, unda ezgulik va baxt hukmronlik qiladi va unda Forobiy tasvirlab o‘tgan barcha asosiy ruhiy va ma’naviy shartsharoitlar yaratilgan bo‘ladi 7 . Saodatga erishishda insonning irodasi kuchli bo‘lishi kerak. Xulosa qilib aytganda, Forobiy falsafasi to‘liq uyg‘unlashgan. Olim qarashlari tizimli tahlil qilingan. Falsafa ilohiy va ideal fan hisoblanadi, Forobiy o‘zining deyarli barcha qarashlarini ilohiy asosga olib borib taqaydi. Nazdimizda mutafakkirning fikricha, inson shaharning mohiyatidir. Har bir inson komillik sari harakat qilmog‘i, bunda u ruhini tanasidan ustun qo‘ya olishi zarur. Forobiy falsafasi O‘rta asrlar falsafasi bo‘lishiga qaramay, hozirgi zamonaviy qarashlarga hamohangdir. 6 М.Қодиров. Марказий Осиё, Яқин ва Ўрта Шарқнинг фалсафий тафаккури. – Т.:ТошДШИ, 2010; – Б.28. 7 Игнотенко А.А, В поисках счастья. Мысль. М.: 1989. С.61.