scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA TRANSPORT XIZMATLARIDAN FOYDALANISHNING XALQARO TAJRIBALARINI QO'LLASH XORAZM VILOYATI MISOLIDA

Karimova Shaxnoza Uktamovna

Abstract

Ushbu maqolada mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish jarayonida transport xizmatlarining o‘rni va ahamiyati nazariy hamda amaliy jihatdan tadqiq etiladi. Transport tizimining neoklassik, yangi iqtisodiy geografiya va logistika yondashuvlari asosida mintaqaviy iqtisodiyotga ta’sir mexanizmlari yoritiladi. Xorazm viloyatining 2020–2024-yillarga oid statistik ma’lumotlari asosida yuk va yo‘lovchi tashish hajmlari hamda transport infratuzilmasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar dinamikasi tahlil qilinadi. Yevropa Ittifoqi va AQSh tajribasi misolida raqamlashtirish, multimodal tashishlar, barqaror (yashil) transport siyosati va yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar o‘rganilib, O‘zbekiston, xususan Xorazm viloyati sharoitida qo‘llash imkoniyatlari baholandi. Tadqiqot natijalariga asoslanib raqamli logistika platformalarini joriy etish, barqaror transport loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, multimodal logistika markazlarini rivojlantirish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 553 IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA TRANSPORT XIZMATLARIDAN FOYDALANISHNING XALQARO TAJRIBALARINI QO‘LLASH XORAZM VILOYATI MISOLIDA Karimova Shaxnoza Uktamovna Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti assistenti, Urganch davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17816449 Annotatsiya. Ushbu maqolada mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish jarayonida transport xizmatlarining o‘rni va ahamiyati nazariy hamda amaliy jihatdan tadqiq etiladi. Transport tizimining neoklassik, yangi iqtisodiy geografiya va logistika yondashuvlari asosida mintaqaviy iqtisodiyotga ta’sir mexanizmlari yoritiladi. Xorazm viloyatining 2020– 2024-yillarga oid statistik ma’lumotlari asosida yuk va yo‘lovchi tashish hajmlari hamda transport infratuzilmasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar dinamikasi tahlil qilinadi. Yevropa Ittifoqi va AQSh tajribasi misolida raqamlashtirish, multimodal tashishlar, barqaror (yashil) transport siyosati va yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar o‘rganilib, O‘zbekiston, xususan Xorazm viloyati sharoitida qo‘llash imkoniyatlari baholandi. Tadqiqot natijalariga asoslanib raqamli logistika platformalarini joriy etish, barqaror transport loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, multimodal logistika markazlarini rivojlantirish va normativhuquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi. Aннотация. В статье теоретически и практически исследуется роль и значение транспортных услуг в процессе устойчивого развития региональной экономики. На основе неоклассического подхода, концепции новой экономической географии и логистических подходов раскрываются механизмы влияния транспортной системы на региональное развитие. На примере Хорезмской области на основе статистических данных за 2020–2024 годы анализируется динамика объемов грузовых и пассажирских перевозок, а также инвестиций в транспортную инфраструктуру. Изучается передовой опыт Европейского Союза и США по цифровизации, развитию мультимодальных перевозок, устойчивого (зелёного) транспорта и обеспечению безопасности дорожного движения, оцениваются возможности его адаптации к условиям Узбекистана и Хорезмской области. На основе полученных результатов разработаны практические рекомендации по внедрению цифровых логистических платформ, поддержке устойчивых транспортных проектов, развитию мультимодальных логистических центров и совершенствованию нормативно-правовой базы. Abstract. This article theoretically and practically examines the role and importance of transport services in the process of sustainable regional economic development. Using neoclassical theory, new economic geography and logistics approaches, the mechanisms through which the transport system affects regional development are revealed. Based on statistical data for 2020–2024, the dynamics of freight and passenger transportation, as well as investments in transport infrastructure in the Khorezm region, are analysed. Advanced practices of the European Union and the United States in digitalization, multimodal transportation, sustainable (green) transport policy and road safety are studied, and the possibilities of their INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 554 adaptation to the conditions of Uzbekistan, particularly the Khorezm region, are assessed. Relying on the research findings, practical recommendations are developed to implement digital logistics platforms, support sustainable transport projects, develop multimodal logistics centres and improve the regulatory and institutional framework. Kalit so‘zlar: mintaqaviy iqtisodiyot; transport xizmatlari; barqaror rivojlanish; raqamli logistika; multimodal tashish; barqaror (yashil) transport. Ключевые слова: региональная экономика; транспортные услуги; устойчивое развитие; цифровая логистика; мультимодальные перевозки; устойчивый (зелёный) транспорт. Ключевые слова: regional economy; transport services; sustainable development; digital logistics; multimodal transportation; sustainable (green) transport. Kirish Globalizatsiya va raqamli transformatsiya sharoitida mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish omillari orasida transport-kommunikatsiya infratuzilmasi va transport xizmatlari alohida strategik ahamiyat kasb etmoqda. Transport tizimi moddiy va nomoddiy oqimlarning hududlar o‘rtasida samarali harakatlanishini ta’minlab, ishlab chiqarish, savdo, xizmatlar sohasi va turizmning hududiy tarkibini belgilab beradi. Transport-kommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanganlik darajasi hududlararo iqtisodiy integratsiya chuqurligi, investitsion jozibadorlik, bandlik va aholi turmush sifati, shuningdek, eksport va tranzit salohiyatining kengayishi kabi ko‘rsatkichlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan mintaqaviy rivojlanish strategiyalarida transport xizmatlarining samaradorligi, raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlash ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etilmoqda. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, global transport xizmatlari bozori 2025-yilda qariyb 8,5 trillion AQSh dollari hajmida baholanib, 2034yilga kelib 17,6 trillion dollardan ortiq qiymatga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu jarayonda raqamlashtirish, sun’iy intellekt, aqlli transport tizimlari (ITS), multimodal tashishlar va logistika boshqaruvini optimallashtirish asosiy drayverlar sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekiston uchun ham mintaqaviy iqtisodiy o‘sish sur’atlarini barqarorlashtirish, xalqaro iqtisodiy makonga chuqur integratsiyalashuv hamda tranzit-dastak funksiyasidan samarali foydalanish transport tizimini modernizatsiya qilishni talab etadi. Xususan, Xorazm viloyati misolida transport xizmatlari rivojlanishi va ularning mintaqaviy iqtisodiyot ko‘rsatkichlariga ta’sirini ilmiy asosda tadqiq etish dolzarb masaladir.Maqolaning maqsadi – mintaqaviy iqtisodiyot va transport xizmatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlarini nazariy-metodologik hamda empirik jihatdan asoslash, xalqaro ilg‘or tajribalar tahlili asosida O‘zbekiston, xususan Xorazm viloyatida transport xizmatlaridan samarali va barqaror foydalanishni ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida transport tizimi milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida rivojlanmoqda. Prezidentning 2022-yil 29dekabrdagi PQ–4597-sonli qarori bilan “Transport-logistika tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasi” tasdiqlandi. Ushbu hujjatda mintaqaviy transport xizmatlaridan samarali foydalanish, kombinatsiyalashgan tashish yo‘nalishlarini kengaytirish, transport tarmoqlarini yagona raqamli platformaga integratsiya qilish vazifalari belgilangan. Adabiyotlar ro‘yhati Transport iqtisodiyoti va mintaqaviy rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalari ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilgan. Neoklassik iqtisodiy maktab vakillari transport infratuzilmasini ishlab chiqarish omillari harakatchanligini oshiruvchi va bozorlar INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 555 o‘rtasidagi tranzaksiya xarajatlarini kamaytiruvchi muhim omil sifatida ko‘rsatadilar. Yangi iqtisodiy geografiya (P. Krugman, M. Fujita va boshqalar) transport xarajatlari, bozor hajmi va ishlab chiqarish markazlarining hududiy kontsentratsiyasi o‘rtasidagi munosabatlarni modellashtiradi. Logistika va ta’minot zanjiri menejmenti bo‘yicha ilmiy ishlar (J.-P. Rodrigue, T. Notteboom va boshqalar) transport tizimini integrallashgan logistika tarmoqlarining asosiy bo‘g‘ini sifatida baholab, multimodal va intermodal tashishlarning ustunliklarini asoslab beradi. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo sharoitida mintaqaviy iqtisodiyot va transport-logistika tizimi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda (Sodiqov A., mahalliy mualliflarning monografiyalari va maqolalari) transport xizmatlarini samarali tashkil etish, tranzit salohiyatini rivojlantirish, logistika markazlari tarmog‘ini shakllantirish masalalari yoritilgan. Biroq Xorazm viloyati miqyosida transport xizmatlarining barqaror mintaqaviy rivojlanish bilan o‘zaro bog‘liqligi, raqamli transformatsiya va barqaror transport siyosati kontekstida kompleks tahlil hali yetarli darajada chuqur o‘rganilmagan. Xalqaro tashkilotlar (UNCTAD, ITF, World Bank, OECD) hisobotlarida transport sektori global iqtisodiy o‘sish, xalqaro savdo, logistika samaradorligi va raqobatbardoshlikning muhim omillaridan biri sifatida talqin qilinadi. Ularning tahlillarida raqamlashtirish, yashil transport texnologiyalari, multimodal koridorlar va normativ-huquqiy integratsiya masalalari alohida o‘rin tutadi. Tadqiqot metodologiyasi Tadqiqotning nazariy-metodologik asosini mintaqaviy iqtisodiyot, transport iqtisodiyoti, logistika va yangi iqtisodiy geografiya bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy ishlar tashkil etadi. Transport tizimining mintaqaviy rivojlanishga ta’siri neoklassik, gravitatsion va klaster yondashuvlari asosida tahlil qilindi.Empirik baza sifatida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Xorazm viloyati statistik boshqarmasi ma’lumotlari hamda xalqaro tashkilotlarning (UNCTAD, ITF va boshqalar) ochiq ma’lumotlar bazalaridan foydalanildi. Tahlil va natijalar Tadqiqotda quyidagi usullar majmuasi qo‘llandi: dinamik qatorlar tahlili – 2020–2024-yillarda yuk va yo‘lovchi tashish hajmlari hamda investitsiyalar dinamikasini o‘rganish; tuzilma va qiyosiy tahlil – transport xizmatlari tarkibini va O‘zbekiston holatini Yevropa Ittifoqi va AQSh tajribasi bilan solishtirish; grafik va diagrammali tahlil – ko‘rsatkichlar dinamikasi va o‘zaro bog‘liqligini vizual ifodalash; kontent-tahlil – xalqaro konvensiyalar (CMR, TIR, ADR, Rotterdam qoidalari) va milliy normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish; ekspert-analitik yondashuv – transport tizimidagi asosiy muammo va imkoniyatlarni aniqlash, strategik yo‘nalishlarni belgilash. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 556 1-rasm.Tadqiqotda foydalanilgan tahlil turlari 1 1-jadval. Yil Yuk tashish, mln tonna O‘sish sur’ati, % Yo‘lovchi tashish, mln kishi O‘sish sur’ati, % Investitsiya, mlrd so‘m O‘sish sur’ati, % 2020 9,8 – 148 – 354,1 – 2021 10,3 5,1 153 3,4 411,7 16,3 2022 10,9 5,8 160 4,6 468,9 13,9 2023 11,3 3,7 165 3,1 521,5 11,2 2024 11,5 1,8 170 3,0 547,8 5,0 Xorazm viloyatida transport xizmatlari ko‘rsatkichlari (2020–2024-yillar) Xorazm viloyatida so‘nggi ansport besh yillik davrda transport xizmatlari sohasi izchil o‘sish tendensiyasini namoyon qilmoqda. Quyidagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki asosiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi ushbu oraliqda 2020–2024-yillarda yuk tashish hajmi qariyb 17 %, yo‘lovchi tashish hajmi 15 % dan ortiq, transport infratuzilmasiga investitsiyalar esa qariyb 55 % ga oshgan. Bu esa transport xizmatlari sohasiga yo‘naltirilayotgan resurslar hajmi ortganini, infratuzilmaning yangilanib borayotganini ko‘rsatadi. Xorazm viloyatida transport tizimining rivojlanishi bilan yalpi hududiy mahsulot (YHM) o‘sish sur’atlari o‘rtasida ijobiy korrelyatsiya kuzatilmoqda. 2020–2024-yillar mobaynida transport xizmatlari hajmi har yili o‘rtacha 3,5 foizga, YHM esa 5,2 foizga o‘sgan. Bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi korrelyatsiya Muallif ishlanmasi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 557 koeffitsienti 0,84 ni tashkil etadi, bu esa kuchli bog‘liqlikni anglatadi.Bundan tashqari, transport xizmatlari sektori Xorazm viloyati iqtisodiyotida bandlik darajasiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. 2024-yil holatiga ko‘ra, transport va aloqa tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 2020-yilga nisbatan 19 foizga oshgan.Bu esa transport xizmatlarini rivojlantiris, bu sohaga ilmiy yangiliklarni kiritish, hamda malakali kadrlarni tayyorlash zarurligini va bu borada keng miqyosda investitsiyalar jalb qilish lozimligini ko‘rsatadi. Xulosa va takliflar Tadqiqot natijalari transport xizmatlari mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning muhim omili ekanligini tasdiqlaydi. Yevropa Ittifoqi va AQSh tajribasidan esa raqamlashtirish, barqaror transport siyosati, multimodal tashishlar va yo‘l harakati xavfsizligi tamoyillarini kompleks qo‘llash transport tizimi samaradorligini sezilarli oshiradi. Natijalar va o‘rganishlardan kelib chiqib quyidagi takliflarni O‘zbekiston sharoitida, xususan Xorazm viloyatida qo’llash transport xizmatlarini yaxshilanishiga va hududning iqtisodiy o‘sishiga yordam beradi deb hisobladik: 1. Respublikada yagona raqamli logistika platformasini joriy etish va barcha asosiy transport-logistika subyektlarini ushbu tizimga integratsiya qilish. 2. Elektron hujjat aylanishi (e-CMR, e-deklaratsiya) ni bosqichma-bosqich to‘liq joriy etish orqali tranzaksiya xarajatlarini kamida 8–10 % gacha qisqartirishni maqsad qilib belgilash. 3. Transport investitsiyalari hajmining kamida 20 % ini barqaror (yashil) transport infratuzilmasi va texnologiyalariga yo‘naltirish, Xorazm viloyatida elektr jamoat transportini joriy etish bo‘yicha pilot loyihalarni amalga oshirish. 4. Xorazm viloyati va boshqa strategik hududlarda multimodal logistika markazlari tarmog‘ini rivojlantirish, temir yo‘l–avtomobil–havo transporti o‘rtasida uzluksiz logistika zanjirlarini shakllantirish. 5. Xalqaro konvensiyalar (CMR, TIR, ADR, Rotterdam qoidalari) talablariga mos ravishda milliy normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, bojxona va chegara nazoratida “yagona darcha” tamoyilini to‘liq joriy etish. 6. Transport iqtisodiyoti, logistika va raqamli transport tizimlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini kengaytirish, ilmiy-tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi. (2024). Transport tizimining rivojlanish hisobotlari. Toshkent. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2020–2024). Rasmiy statistik ma’lumotlar bazasi. Toshkent. 3. UNCTAD. Review of Maritime Transport. Turli yillar nashrlari. 4. International Transport Forum (ITF). Transport Outlook. Turli yillar nashrlari. 5. Krugman, P., Fujita, M., Venables, A. (1999). The Spatial Economy: Cities, Regions and International Trade. MIT Press. 6. Rodrigue, J.-P., Notteboom, T. (2020). The Geography of Transport Systems. Routledge. 7. Sodiqov, A. (2023). Transport logistikasi va mintaqaviy iqtisodiyot. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti. 8. https://stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi statistika agenligi ma’lumotlari. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 558 9. https://mintrans.uz – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sayti https://researchgate.net – Ilmiy maqolalar bazasi(transport va mintaqaviy iqtisodiyot bo‘yicha).