scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEKISTONNING RIVOJLANISH TARAQQIYOTIDA XOTIN-QIZLARNING O'RNI

Mustafoeva Durdona Asilovna, Haqqulova Munojat Nomozboyevna

Abstract

Mamlakatimizda davlat boshqaruvida xotin qizlarning rolini oshirish, ularning ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, salomatligini mustahkamlash, qizlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish bugungi kunning muhim masalalaridan bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada mamlakatimizda davlat boshqaruvida xotin qizlarning mamlakatimizda davlat boshqaruvida xotin qizlarning mamlakatimizda davlat boshqaruvida xotin-qizlarning o‘rnini mustahkamlash masalalari tahlil qilingan bo‘lib, fikr va mulohazalar ilmiy asoslangan.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 101 OʻZBEKISTONNING RIVOJLANISH TARAQQIYOTIDA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI 1Mustafoeva Durdona Asilovna, 1Haqqulova Munojat Nomozboyevna 2dotsent, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Professional ta’lim kafedrasi, p.f.d. 2“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17816639 Annotatsiya. Mamlakatimizda davlat boshqaruvida xotin qizlarning rolini oshirish, ularning ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, salomatligini mustahkamlash, qizlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish bugungi kunning muhim masalalaridan bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada mamlakatimizda davlat boshqaruvida xotin qizlarning mamlakatimizda davlat boshqaruvida xotin qizlarning mamlakatimizda davlat boshqaruvida xotin-qizlarning o‘rnini mustahkamlash masalalari tahlil qilingan bo‘lib, fikr va mulohazalar ilmiy asoslangan. Kalit so‘zlar: Davlat boshqaruvi, xotin-qizlarning huquqi, taraqqiyot jarayoni, huquqiy erkinlik, barkamol avlod, ijtimoiy-iqtisodiy sohada ayolning o‘rni, onalikni muhofaza qilish. Annotation: increasing the role of women in public administration in our country, further strengthening their social protection system, strengthening their health, creating the necessary conditions for girls ' education, raising talented and educated girls and raising their scientific potential remain important issues of today. This article analyzes the issues of strengthening the position of women in public administration in the country of women in public administration in our country, and the opinions and opinions are scientifically based. Keywords: Public Administration, women's rights, the process of development, legal freedom, a harmonious generation, the role of a woman in the socio-economic sphere, the protection of motherhood. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar davrida xotin-qizlarni qo‘llabquvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda xotin-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning to‘laqonli ishtirokini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning siyosiy hayotida, davlat va jamiyat boshqaruvida, iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida, madaniyat, ilm-u fan, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, sport kabi ijtimoiy sohalarda ayollarimizning oʻrni va roli ortib borayotganligi eʼtiborlidir. Maʼlumki, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo tarixining turli davrlarida ayollar davlat boshqaruvi, diplomatiya va iqtisodiyotning turli sohalarida faol ishtirok etishgan. Ularning davlatlararo munosabatlar va iqtisodiy jarayonlarda tutgan oʻrni katta ahamiyatga ega boʻlib, ular jamiyat rivojiga katta hissa qoʻshgan. Bundan koʻrinadiki, ayollar nafaqat hozir, balki oʻtmishdan ham diplomatik va iqtisodiy sohalarda faol boʻlishgan. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 102 Soʻnggi yillarga kelib, ayollarning globallashgan iqtisodiy faoliyatda, ayniqsa, eksport va xalqaro biznesda ishtiroki oʻsdi. Masalan, ayollar boshqarayotgan kichik va oʻrta korxonalar xalqaro savdoda oʻz oʻrnini mustahkamlab bormoqda. 2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra Oʻzbekistonda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 39,1 mingtani tashkil etgan. Oʻzbekiston Respublikasida xotin-qizlarning jamiyatlarda va turli sohalarda, jumladan, diplomatik va iqtisodiy aloqalrdagi oʻrnini mustahkamlash boʻyicha prezidentimizning bir qator farmonlari va qarorlari qabul qilingan. Ushbu hujjatlar gender tenglikni taʼminlash, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Prezidentimizning 2021-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, 2022-yil 8-martdagi xotin-qizlar huquqlarini kengaytirish boʻyicha qilgan chiqishi bunga yaqqol misoldir. “2022-2026-yillarda Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” ham xotin-qizlarning davlat boshqaruvi va iqtisodiy sohalardagi faoliyatini rivojlantirishni koʻzda tutadi. Unda diplomatik va iqtisodiy aloqalarda xotin-qizlar ishtirokini oshirish uchun turli dasturlar va xalqaro loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Oʻzbekistonda mashhur diplomat va iqtisodchi ayollar orasida Saida Mirziyoyeva, Raʼno Joʻrayeva, Zamira Ahmedova kabi shaxslar eʼtiborga molikdir. Saida Mirziyoyeva soʻnggi yillarda mamlakatning xalqaro aloqalari, media va madaniy sohalarida faoliyat olib bormoqda. Raʼno Joʻrayeva Oʻzbekistonning iqtisodiy va moliyaviy sohalarida muhim oʻrin tutadi. U transport va aviatsiya sanoatida yuqori lavozimlarda ishlagan. Xususan, u “Oʻzavtoyoʻl” hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari”da rahbarlik qilgan. Zamira Ahmedova esa Oʻzbekistonning xalqaro iqtisodiyot sohasidagi taniqli iqtisodchilaridan biridir. U koʻplab tadqiqotlar va iqtisodiy siyosatga oid loyihalarda qatnashgan, davlat iqtisodiy siyosatini shakllantirishga hissa qoʻshgan. Xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Hozirgi kunda Parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, 32 foizni tashkil etdi. Xotin-qizlarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 27 foizga, tadbirkorlik sohasida 25 foizga, siyosiy partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 46 foizga yetdi. Bugungi kunda xotin-qizlarga e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Saylov huquqlarini amalga oshirish yo‘nalishida saylovning barcha bosqichlarida xotin-qizlar va erkaklarning teng asosda ishtirok etishini kuzatuvchi 11 ta indikator ishlab chiqildi. 2024 yil 27 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament va mahalliy Kengash deputatlari saylovining eng asosiy ishtirokchilari bo‘lgan siyosiy partiyalar mazkur siyosiy tadbirdagi muhim hujjat — o‘z saylovoldi dasturlarini e’lon qildilar. Qayd etish lozimki, saylov qonunchiligiga ko‘ra, ayollarning soni siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida qirq foizini tashkil etishi kerak. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan gender tenglik siyosati, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini yuksaltirish borasidagi islohotlarga mos va hamohang bo‘lgan jihatdir. Faol va tashabbuskor ayollarning parlamentga kelishi xotin-qizlar huquq va mafaatlarini himoya qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Qonunchiligimizda belgilangan ayol nomzodlar bo‘yicha 40 foizlik talabga barcha siyosiy partiyalar tomonidan to‘la amal qilingan. Mamlakatimizda davlat boshqaruvida ayol-qizlarning rolini oshirish, ularning jamiyat taraqqiyotida ishtirokini ta’minlash, ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratishda yuqorida keltirgan fikr va mulohazalarimiz asosida quyidagi takliflarnimni bildirishim mumkin. Ayollar davlat boshqaruvida ishlashlari uchun dastlab, barcha to‘siqlarni olib tashlash va imkoniyatlar INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 103 yaratish zarur. Shuningdek, ayollarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan choralarni yana bir-bor ko‘rib chiqish, ayollar sog‘lig‘iga salbiy ta'sir etishi mumkin bo‘lgan soha va kasblarda ishlashini yana bir bor ko‘rib chiqish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlarni bepul o‘qitishni yo‘lga qo‘yish kerak. Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning 45 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Jumladan, davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1400 ga yaqin xotin-qiz rahbarlik lavozimlarida mehnat qilmoqda. Ulardan 17 nafari senator, 16 nafari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 1075 nafari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tarkibida faoliyat yuritmoqda. Davlatimizda ayolqizlarimizga bu kabi keng imkoniyatlar yaratilishi jamiyat taraqqiyotining yanada rivojlanishi va davlat boshqaruvida xotin-qizlarning faolligini oshirishga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llabquvvatlatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 01.05.2023 yil. M. Nazarova O’zbekistonda ayollar ijtimoiy muammolarini hal etishda xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosat tamoyillari. Scientific progress. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Oila va xotinqizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmoni. 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 02.07.2024 yildagi 1344-sonli qarori. 5. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Year : 2022, Volume : 12, Issue : 5 First page : ( 129) Last page : ( 133) Online ISSN: 2249-7137. Article DOI: 10.5958/2249-7137.2022.00365.2 https://www.indianjournals.com 6. www.gender.stat.uz 8. LexUZ internet sayti.