scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XOTIN-QIZLARNING TA'LIM VA FAN SOHALARIDAGI FAOLLIGI -JAMIYAT FAROVONLIGINING DOLZARB AHAMIYATI

Rahimova Sarvinoz Sadiq qizi

Abstract

Mazkur maqolada xotin-qizlarning ta’lim va fan sohalaridagi faolligi jamiyat farovonligining muhim omili sifatida tahlil qilingan. Muallif tomonidan ayollarning ta’lim tizimidagi o‘rni, ilmiy-tadqiqot va innovatsion jarayonlardagi ishtiroki, shuningdek, davlat siyosatida ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning dolzarb jihatlari yoritilgan. Maqolada xotin-qizlarning intellektual salohiyati va ularning ilmiy faoliyatini rivojlantirish orqali jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga erishish imkoniyatlari asoslab berilgan

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 115 XOTIN-QIZLARNING TA'LIM VA FAN SOHALARIDAGI FAOLLIGI -JAMIYAT FAROVONLIGINING DOLZARB AHAMIYATI Rahimova Sarvinoz Sadiq qizi Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17816838 Annotatsiya. Mazkur maqolada xotin-qizlarning ta’lim va fan sohalaridagi faolligi jamiyat farovonligining muhim omili sifatida tahlil qilingan. Muallif tomonidan ayollarning ta’lim tizimidagi o‘rni, ilmiy-tadqiqot va innovatsion jarayonlardagi ishtiroki, shuningdek, davlat siyosatida ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning dolzarb jihatlari yoritilgan. Maqolada xotin-qizlarning intellektual salohiyati va ularning ilmiy faoliyatini rivojlantirish orqali jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga erishish imkoniyatlari asoslab berilgan Kalit so`zlar: xotin-qizlar, ta’lim, fan, ijtimoiy faollik, gender tengligi, innovatsiya, jamiyat farovonligi, ayollar salohiyati. Aннотация. В данной статье рассматривается активность женщин в сфере образования и науки как важный фактор общественного благополучия. Автор анализирует роль женщин в образовательной системе, их участие в научноисследовательской и инновационной деятельности, а также актуальные направления государственной политики по поддержке женской активности. Обосновано, что развитие интеллектуального потенциала женщин способствует устойчивому социальноэкономическому развитию общества. Ключевые слова: женщины, образование, наука, социальная активность, гендерное равенство, инновации, общественное благополучие, женский потенциал. Annotation. This article analyzes the activity of women in the fields of education and science as a key factor of social well-being. The author highlights the role of women in the education system, their participation in research and innovation, and the main aspects of state policy aimed at supporting women’s professional development. It is substantiated that enhancing women’s intellectual potential contributes significantly to the sustainable socio-economic development and prosperity of society. Keywords: women, education, science, social activity, gender equality, innovation, social well-being, women’s potential. Kirish. XXI asr - ilm-fan va texnologiyalar asri. Jamiyatning har tomonlama rivojlanishi, global raqobatga bardosh berishi va farovonligi ko'p jihatdan ta'lim va fanning taraqqiyotiga bog'liq. Shu bilan birga, gender tenglikni ta'minlash, xotin-qizlarning jamiyat hayotida to'laqonli ishtirok etishi ham bugungi kunning muhim talablaridan biridir. Ushbu ikki tendensiyaning o'zaro bog'liqligi xotin-qizlarning ta'lim va fan sohalaridagi faolligini oshirish masalasini dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Zamonaviy davrda inson kapitalining rivojlanish darajasi davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, ayollarning ta’lim va fan sohalaridagi faolligi – jamiyatning intellektual salohiyati, innovatsion rivoji hamda barqaror farovonlik darajasini belgilovchi muhim ko‘rsatkichdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan “Barqaror INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 116 rivojlanish maqsadlari – 2030” dasturining beshinchi yo‘nalishi – gender tengligi va ayollarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish masalasiga bag‘ishlangani ham ushbu masalaning global ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi [1;45b]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy va ilmiy hayotdagi o‘rni va mavqeini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Ta’lim tizimida ularning imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy faoliyatga jalb etish, innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun qator dasturlar amalga oshirilmoqda [2;67b] Asosiy qism. Jamiyatning farovonligi faqat iqtisodiy o'sish bilan belgilanmaydi. Uning tarkibiy qismlari - inson kapitali, ijtimoiy adolat, barqaror rivojlanish va madaniy boylik. Xotin-qizlarning ta'lim va fan sohalaridan chetda qolishi jamiyatning ushbu muhim resurslaridan to'liq foydalana olmasligiga olib keladi. Bu esa, o'z navbatida, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish sur'atlarini sekinlashtiradi. Ta’lim – ayol shaxsining intellektual, kasbiy va madaniy rivojlanishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ayolning ma’rifatli, bilimli bo‘lishi nafaqat o‘z hayoti, balki butun jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir. Shu boisdan ham O‘zbekistonda qizlarning ta’lim olish huquqini kengaytirish, ularning oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini yaxshilash borasida izchil choratadbirlar amalga oshirilmoqda. 2022-yil 8-martdagi PF–81-son Prezident farmonida ayollarni ta’lim tizimiga keng jalb etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida ularning ishtirokini oshirish, shuningdek, ularning kasbiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilandi [3;12b]. Jamiyatda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, xususan ilmfanga yo‘naltirish, g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan sanaladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilgan tub islohotlar natijasida turli sohalarida, xususan ilm-fan va ta’lim yo‘nalishida samarali mehnat qilib kelayotgan xotinqizlar soni sezilarli darajada ortdi. Keyingi paytda yurtimizda ilm-fan va taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida xotin-qizlar ushbu yo‘nalishda ham katta natijalarga erishmoqdalar. So‘nggi besh yilda o‘z sohalari bo‘yicha 5 791 nafar ayollarimiz, jumladan 732 nafari fan doktori (DSc) va 5059 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Birgina 2024-yilning o‘zida 212 nafar xotin-qiz fan doktori, 1 398 nafari esa falsafa doktori ilmiy darajasiga erishgan. Hozirgi kunda ilm-fan sohasida jami 5 mingga yaqin olima ayollarimiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Oliygohlarda esa 14 mingdan ziyod opa-singillarimiz pedagogika va ilmiy tadqiqot yo‘nalishida ish olib bormoqda. Shuningdek, “Olima ayollar” tashabbuskor amaliy hamda innovatsion ilmiy loyihalar tanlovida 2021-yilda loyihalar soni 111 tani tashkil etgan bo‘lsa 2024yilda bu ko‘rsatgich 342 taga yetdi. Shu raqamlarning o‘zi ham bugun mamlakatimizda ilm-fan yo‘nalishida izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlarning safi tobora kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Fan va innovatsiyalar jamiyatning ilmiy-texnik salohiyatini belgilovchi asosiy soha hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ayollarning ilmiy faoliyatda faol ishtirok etishi mamlakatning intellektual salohiyatini oshiradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qiz olimlar soni ortib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ilmiy darajali mutaxassislarning qariyb 45 foizini ayollar tashkil etadi [5;114b]. Ular biologiya, pedagogika, tibbiyot, iqtisodiyot, texnologiya va axborot tizimlari sohalarida muhim ilmiy natijalarga erishib kelmoqdalar. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 117 Ayni paytda, ayollar uchun ilmiy grantlar, stipendiyalar va xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari kengaymoqda. UNESCO, UNDP hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Ayollar ilm-fanda” dasturi ayol olimlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ilmiy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda [6;78b]. Tahlil va natijalar. O‘zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun bir qancha imtiyozlar berilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikadagi jami OTMda tahsil olayotgan talabalar milliondan oshiq va xotin-qiz talabalarning ulushi yuqoriroq. 1 mln 312 ming talabaning 650 ming nafari erkaklar, 662 ming nafari esa xotin-qizlardir. Magistraturada tahsil olayotgan 24 ming talabaning 60 foizini xotinqizlar tashkil qiladi. Xotin-qizlarga o’qishga kirishida ham bir qancha imtiyozlar mavjud: ➢ 2 mingta grant: Xotin-qizlar uchun o‘qishga kirishdagi asosiy imkoniyatlardan biri — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiluvchi umumiy kvotaning 4 foizi miqdoridagi (2 mingta o‘rin) grant hisoblanadi. Unga talabgorlar ham tavsiyanomani Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasidan oladi. Tavsiyanomani kam ta’minlangan, to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, nogironligi bo‘lgan ota-onaning farzandlari kabi bir qator toifalarga mansub xotin-qizlar olishi mumkin va ular alohida tanlov doirasida kirish imtihonlarida qatnashadi, eng yuqori ball olgan 2 ming xotin-qiz tavsiyanoma asosida grantga o‘qishga qabul qilinadi. ➢ 5 yillik stajlilar uchun 500 ta kvota: Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 5 yillik stajga ega, oliy ma’lumotli bo‘lmagan xotin-qizlarga tavsiyanomalar beriladi. Biroq tavsiyanomaning o‘zi o‘qishga kirishni kafolatlamaydi. Uni olgan xotin-qizlar ham hamma abituriyentlar kabi imtihon topshiradi, faqat ularning balli alohida kvota doirasida hisoblanadi. Eng yuqori ball to‘plagan 500 abituriyent esa talabalikka to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Faqat qizlar uchun beriladigan imtiyozlar ham mavjud: ➢ Zulfiya mukofoti: umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan o‘quvchilari OTMlar bakalavriatiga, bakalavriat talabalari bo‘lgan laureatlar esa magistraturaga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha sinovlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi. ➢ "Hamshira" ko‘rik-tanlovi: bu tanlov g‘oliblari davlat komissiyasi qarori bilan tegishli OTMlar mos yo‘nalishiga tanlovdan tashqari kirish imtihonisiz qo‘shimcha grant asosida qabul qilinadi. ➢ "To‘maris izdoshlari" jamoaviy guruhlari a’zolari uchun imtiyoz: ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida shakllantiriladigan bu bo‘limning a’zolari bir yil davomida o‘qish va ish jarayoniga salbiy ta’sir etmagan holda umumiy 360 soat vaqt mobaynida faoliyat olib boradi va ular Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘ining tavsiyanomasiga asosan huquq-tartibot organlarining oliy ta’lim muassasalariga saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng yakka tartibdagi suhbatsiz (test sinovlarisiz) kvota asosida o‘qishga kirishi mumkin. Xulosa. Xotin-qizlarning ta’lim va fan sohasidagi faolligi jamiyat farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ta’limli, ilmiy fikrlovchi ayol – bu farzand tarbiyasida, ijtimoiy madaniyatda, milliy qadriyatlar va zamonaviylik uyg‘unligida yetakchi shaxsdir. Ayolning ilmiy salohiyatini oshirish uning iqtisodiy mustaqilligini, ijtimoiy mavqeini mustahkamlaydi, bu esa o‘z navbatida jamiyatdagi barqarorlik va farovonlikka olib keladi [7;51b]. Demak, xotin-qizlarning ta’lim va fanga jalb etilishi – bu nafaqat gender masalasi, balki mamlakat taraqqiyotining strategik yo‘nalishlaridan biridir. Ularning ilmiy tafakkurini, innovatsion fikrlashini, yetakchilik INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 118 salohiyatini rivojlantirish orqali jamiyatda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatni ta’minlash mumkin. Xotin-qizlarning ta’lim va fan sohalaridagi faolligi – bu zamonaviy jamiyatning barqaror rivojlanishi, millatning ma’naviy yuksalishi va iqtisodiy farovonligining kafolatidir. Ayollarni ta’lim va fanga keng jalb etish, ularning ilmiy izlanishlariga ko‘maklashish, akademik hamjamiyatda munosib o‘rin egallashiga sharoit yaratish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilishi lozim. Shunday ekan, xotin-qizlarning ilmiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish va ijtimoiy mavqeini mustahkamlash orqali jamiyatda farovonlik, madaniy uyg‘unlik va intellektual taraqqiyotga erishish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. BMT. Sustainable Development Goals. Goal 5: Gender Equality. New York, 2015. 2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-martdagi PF–81-son Farmoni. 4. Karimova N. Ayollar ijtimoiy faolligining zamonaviy tendensiyalari. – Toshkent: Fan, 2023. 5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hisobot ma’lumotlari, 2024-yil. 6. UNESCO–UNDP. Women in Science in Central Asia. – Paris, 2023. 7. To‘laganova D. Ta’lim va gender tengligi masalalari. – Toshkent: Oliy ta’lim, 2022.