scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XALQARO TAJRIBANING O'ZBEKISTON SHAROITIDA QO'LLANILISHI: AMALIY MEXANIZMLAR VA ZARUR SHART-SHAROITLAR

Sirojidinova Nodira Rivojiddinovna

Abstract

Maqolada dual ta’lim xalqaro tajribasining O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi, kasbiy ta’lim tizimiga dual ta’limni joriy etishning tizimli muammolari tahlil qilindi. Tahlil davomida kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi, dual ta’limni samarali yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston sharoitida huquqiy, metodik, pedagogik va infratuzilmaviy shart-sharoitlar, dual ta’limni kasbiy ta’lim uchun afzalliklari va jarayonda aniqlangan muammolar tahlil qilindi va xalqaro tajribani hisobga olgan holda O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni muvaffaqiyatli joriy etish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 123 XALQARO TAJRIBANING O‘ZBEKISTON SHAROITIDA QO‘LLANILISHI: AMALIY MEXANIZMLAR VA ZARUR SHART-SHAROITLAR Sirojidinova Nodira Rivojiddinovna Professional ta’limni rivojlantirish instituti kafedra mudiri, p.f.f.d., (PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.17816949 Annotatsiya. Maqolada dual ta’lim xalqaro tajribasining O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi, kasbiy ta’lim tizimiga dual ta’limni joriy etishning tizimli muammolari tahlil qilindi. Tahlil davomida kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi, dual ta’limni samarali yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston sharoitida huquqiy, metodik, pedagogik va infratuzilmaviy shart-sharoitlar, dual ta’limni kasbiy ta’lim uchun afzalliklari va jarayonda aniqlangan muammolar tahlil qilindi va xalqaro tajribani hisobga olgan holda O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni muvaffaqiyatli joriy etish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi. Kalit so‘zlar: dual ta’lim, kasbiy ta’lim, kasbiy kompetensiya, ish o‘rnida o‘qitish, hamkorlik, mehnat bozori, integratsiya. Аннотация. В статье анализируется применение международного опыта дуального образования в условиях Узбекистана, системные проблемы внедрения дуального образования в систему профессионального образования. В ходе анализа проанализированы правовые, методические, педагогические и инфраструктурные условия эффективного становления профессионального образования и производственной кооперации, дуального образования в условиях Узбекистана, преимущества дуального образования для профессионального образования и выявленные в процессе проблемы, а также разработаны рекомендации для успешного внедрения дуального образования в систему профессионального образования Узбекистана с учетом международного опыта. Ключевые слова: дуальное образование, профессиональное образование, профессиональная компетентность, производственное обучение, сотрудничество, рынок труда, интеграция. Abstract. The article analyzes the application of international experience of dual education in the conditions of Uzbekistan, the systemic problems of introducing dual education into the vocational education system. During the analysis, the legal, methodological, pedagogical and infrastructural conditions for the effective establishment of vocational education and production cooperation, dual education in the conditions of Uzbekistan, the advantages of dual education for vocational education and the problems identified in the process were analyzed, and recommendations were developed for the successful introduction of dual education into the vocational education system of Uzbekistan, taking into account international experience. Keywords: dual education, vocational education, vocational competence, on-the-job training, cooperation, labor market, integration. O‘zbekistonda dual ta’limni joriy etish masalasi so‘nggi yillarda davlat siyosati darajasida diqqat markazida turibdi. Xususan, 2020 yilda qabul qilingan yangi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasida ta’lim olish shakllari qatorida dual ta’lim alohida INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 124 huquqiy maqomga ega shakl sifatida belgilandi. Mazkur qonunning 17-moddasida dual ta’lim “o‘quvchilarga zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni berishga qaratilgan ta’lim shakli bo‘lib, unda ta’lim jarayonining nazariy qismi ta’lim muassasasida, amaliy qismi esa o‘quvchining ish joyida (korxonada) amalga oshiriladi” deya ta’rif berilgan. Bu me’yoriy jihatdan muhim qadam ortidan, Prezidentning 2020 yil 6-noyabrdagi PF-6108-son farmoni bilan 2021-22 o‘quv yilidan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlarida amaliyotga yo‘naltirilgan (dual) ta’lim dasturlarini joriy etish vazifasi qo‘yildi. Germaniya tajribasini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya hamkorlik komissiyasi qarorlari asosida 2021 yil 29-martda Vazirlar Mahkamasining 163-son qarori qabul qilinib, kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizomda dual ta’limni amalga oshirishning maqsad va vazifalari, ta’lim muassasasi, korxona va o‘quvchining huquq va majburiyatlari yozma shartnoma asosida aniq belgilandi. Shu bois, hozirgi islohotlar davrida ta’lim va ishlab chiqarish uyg‘unligini joriy qilish ustuvor vazifaga aylandi. Prezident Sh.Mirziyoyev 2019 va 2020 yillarda Germaniyaga rasmiy tashriflari davomida mamlakatimiz kasbiy ta’limiga dual tizimni kiritish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 10-iyundagi PQ4356-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston professional ta’limida dual tizimni joriy etish bo‘yicha eksperimental dastur boshlandi. Xalqaro tashkilotlar ko‘magida konkret loyihalar amalga oshirila boshlandi: masalan, Yevropa Ittifoqining “Central Asia DARYA” dasturi va YTF (European Training Foundation) eksperti Yeva Yansova ta’kidlaganidek, “O‘zbekistonda dual ta’limga ustuvor ahamiyat berilmoqda, bu borada huquqiy baza yaratildi va kasbiy ta’lim tashkilotlarining 50%dan ortig‘i hozirda kamida bitta ixtisoslikda dual ta’lim elementlarini joriy etdi”. Yana bir yorqin misol – Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan hamkorlikda 6 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha tanlab olingan 15 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarida dual ta’lim pilot loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Bu pilot muassasalar zamonaviy o‘quv verstaklari, laboratoriya jihozlari va hatto ayrim tarmoqlar bo‘yicha maxsus mini-sex uskunalari bilan ta’minlanmoqda. Jumladan, yengil sanoat (tikuvchilik) yo‘nalishida 15 ta kasbiy ta’lim tashkilotlariga yangi tikuv mashinalari, avtomatlashtirilgan stanoklar va raqamli smart-doska uskunalari o‘rnatib berildi. Bunda maqsad – o‘quvchilarning olgan nazariy bilimlarini darhol ish joyida qo‘llash, korxonalar esa o‘z navbatida malakali kadrlar zaxirasini shakllantirib borishidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 15sentabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotda dual ta’limni rivojlvantirish va shart-sharoit yaratish, texnikumlarda “investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida har bir loyiha bo‘yicha dual ta’lim yo‘lga qo‘yilishi hamda kasbiy ta’lim masalasiga alohida to‘xtaldi. Jumladan, kelasi yili sanoatda qariyb 45 milliard dollarlik 456 ta yirik loyiha boshlanadi. Endi texnikumlarda “investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida har bir loyiha bo‘yicha dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yili sanoatda qariyb 45 milliard dollarlik 456 ta yirik loyiha boshlanadi. Umuman, dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshiriladi. Hamkor korxonalarga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi, dual ta’lim orqali ishlayotgan o‘quvchilar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov ikki barobar qisqartiriladi. Biroq, dual ta’limni samarali yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston sharoitida bir qator huquqiy, metodik, pedagogik va infratuzilmaviy shart-sharoitlarni muhayyo etish zarur. Avvalo, dual ta’lim ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan maqbul tartibga solish masalasi turadi. Bu borada 2020 yilgi Qonun va 2021 yilgi Vazirlar Mahkamasi qarori muhim asos bo‘ldi, lekin hali amaldagi Mehnat kodeksi va tegishli nizomlarga qo‘shimcha tartiblar kiritish talab etiladi – masalan, o‘quvchilarning korxonadagi mehnat faoliyati davomida mehnat INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 125 muhofazasi, sug‘urta, stipendiya va ish haqi masalalarini aniqlash masalalari. Xususan, Germaniyadagi korxonalar kabi shogirdlar bilan shartnoma tuzish huquqi berilishi va ularni nazorat qiluvchi sertifikatlangan ustozlar tayinlash amaliyotini joriy etish lozim. Shu maqsadda, O‘zbekistonda ham korxona ustozlari uchun malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi. 2024 yildan boshlab har yili korxonadan biriktirilgan ustozlar ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan bepul qisqa muddatli kurslarda pedagogik mahoratlarini oshirishlari mumkin. Dual ta’limning metodik asoslarini mahalliy sharoitga moslashtirish uchun esa o‘quv rejalari va kasbiy standartlarni qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. Metodoligik jihatdan dual tizimni joriy etish uchun ta’lim tashkilotlari va korxonalar o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish zarur – bu borada hududiy tarmoq korxonalari bilan texnikumlar o‘rtasida shartnomaviy klasterlar tuzish maqsadga muvofiq. Germaniya tajribasida kichik korxonalar birlashib, korxonalararo o‘quv markazlari tashkil etib, umumiy talablarni bajarishga erishgani ma’lum. O‘zbekistonda ham shunaqa tarmoqlararo o‘quv-amaliyot markazlarini viloyatlarda tuzish mumkin (masalan, mashinasozlik yoki agrar sektor bo‘yicha bir nechta korxona ishtirokida regional o‘quv poligoni). Bunday infratuzilmaviy yechimlar kichik va o‘rta biznesning dual ta’limda ishtirokini oshiradi va davlat tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Yana bir muhim shart – ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini ishlab chiqarishga yaqinlashtirishdir. Yuqorida ta’kidlanganidek, ayrim pilot ta’lim tashkilotlari yangi uskuna va laboratoriyalar bilan jihozlandi. Kelgusida barcha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy ustaxonalar, mini-sexlar bilan ta’minlash, o‘quvchilar o‘quv qurollari bilan emin-erkin ishlay oladiganb real ishlab chiqarish muhiti yaratish darkor. Zero, dual ta’limning mohiyati — “maktabda kichik korxona, korxonada esa kichik maktab” tamoyilini amalga oshirishdir (R.Choriyev ta’biri). Biroq ushbu ta’lim shaklini tashkil etish va samaradorlikka erishish uchun hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolalar mavjud. Dual ta’limni kasbiy ta’lim uchun afzalliklari va jarayonda aniqlangan muammolar Dual ta’limning kasbiy ta’lim uchun afzalliklari Dual ta’limni tashkil etish jarayonida aniqlangan muammolar Ta’limning amaliyotga yo‘naltirilganligi, ya’ni ish joyida amaliy bajarib kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirilishi; Ishlab chiqarishda, ya’ni haqiqiy ish sharoitida(mashinalar, qurilmalar, ish jarayonlari) kasb o‘rganadi; O‘zi tanlagan kasbi bo‘yicha ishlab chiqarish muhitini o‘rganadi; Ta’lim tashkiloti va ish beruvchi korxonalar o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanishi; Korxonalarda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarni kasbiy rivojlanishi; Ish beruvchi korxonada ta’limning amaliy qismi uchun ustoz va ta’lim tashkilotida ta’limning nazariy qismi uchun maxsus fan o‘qituvchilarini biriktirilishi; O‘quvchilarni o‘quv davri davomida Ish beruvchilar dual ta’lim shaklini tashkil etish bo‘yicha qonuniy mas’ul qilinmaganligi (savdo sanoat palatasi, kasaba uyushmalarini dual ta’lim bilan aloqasi mavjud emas); Ish beruvchilar voyaga yetmaganlarni ishga olishni xohlamasligi (ularga kasbiy kompetensiyaga ega, voyaga yetgan tayyor ishchi kerak); Ish beruvchi talablari va kasbiy ta’lim dasturlaridagi nomuvofiqlik; Ish beruvchilar ta’lim uchun ortiqcha xarajatni xohlamasliklari; Ish beruvchilar o‘quvchilarni arzon ishchi kuchi sifatida ko‘rishi; Shartnoma xarajatlarini (O‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim uchun) ish beruvchi INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 126 oylik ish haqi olishi va aniq ish o‘rniga ega bo‘lishi; O‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim uchun qabulni yil davomida tashkil etilishi; Ish beruvchilarga o‘quvchilarning o‘zini namoyish etish imkoniyati; Ish beruvchilar o‘quv davri davomida malakali ishchiga ega bo‘lishi. to‘lab bermasligi; Ish beruvchilar uchun hej qanday rag‘bat (masalan soliqdan imtiyozlar)ning mavjud emasligi; Ota-onalar voyaga yetmagan farzandlarini kun davomida ishlashini xohlamasligi; Dual ta’lim bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning faqatgina ta’lim tizimi uchun qabul qilinganligi, ya’ni bir tomonlama ishlashi. Kasbiy ta’limda dual ta’limni rivojlantirish uchun, yuqorida tahlilda ko‘rsatib o‘tganimizdek, yuzaga kelayotgan muammolarga ham yechim topish talab etiladi. Ish beruvchi tashkilotlar xarajatlardan ko‘ra dual ta’limdan keladigan manfaatlarni nazarda tutishlari kerak bo‘ladi, ya’ni: Korxona o‘zining malakali mutaxassisi tajribasidan foydalanib, talablariga to‘liq javob beradigan malakali mutaxassisga ega bo‘ladi; Xizmatlar va mahsulotlarning unumdorligi va sifatini oshiradi; Ta’limga kiritilgan kapital natijasida o‘quv davri davomida daromadga erishadi; Xodimlarni o‘qitish va adaptatsiya (moslashish) jarayoni xarajatlarini tejaydi; Ijtimoiy mas’uliyatiga o‘z hissasini qo‘shadi. Dual ta’limni joriy etish orqali mehnat bozoriga yangi texnologiyalardan foydalana oladigan malakali yosh kadrlarni tayyorlashga hamda ta’lim va ishlab chiqarish, korxona va kasbiy ta’lim tashkiloti hamkorligi asosida o‘quvchilarni kasbga tayyorlashga erishiladi. Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, xalqaro tajribani hisobga olgan holda O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni muvaffaqiyatli joriy etish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi: • Huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish: dual ta’lim qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini aniqlashtiruvchi me’yoriy hujjatlarni to‘liq ishlab chiqish (o‘quvchikorxona-texnikum o‘rtasidagi uch tomonlama shartnomalar, mehnat qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar) zarur. Bu borada Germaniya va Avstriyaning qonunchilik modelini o‘rganib, korxonalarga shogird qabul qilish huquqini beruvchi litsenziyalash yoki akkreditatsiya tizimini joriy etish mumkin. • Korxonalarni jalb etish va rag‘batlantirish: xususiy sektor dual ta’limning bevosita ishtirokchisi bo‘lgani sababli, ularning manfaatdorligini oshirish muhim. Korxonalar uchun soliq imtiyozlari, davlat subsidiyalari yoki grantlar orqali shogirdlarni o‘qitish xarajatlarining bir qismini qoplab berish mexanizmlarini joriy etish tavsiya etiladi. Shuningdek, yuqori malakali kadr tayyorlagan korxonalarni rag‘batlantiruvchi tanlov va sertifikatlar (masalan, “Eng yaxshi ustoz-korxona” kabi) ta’sis etish ijobiy samara beradi. • O‘quv dasturlari integratsiyasi: dual ta’lim uchun maxsus o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish talab etiladi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mundarijasi bir-birini to‘ldirishi kerak. Bunda kasb standartlari asosida “nima o‘rgatish” va “nimani amalda bajara olish” yorqin bayon etilishi lozim. Masalan, tikuvchilik yo‘nalishida o‘quvchi kasbiy ta’lim tashkilotida materialshunoslikni o‘rgansa, shuning darhol ilovasi sifatida korxona sexida asosiy INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 127 operatsiyalarni bajarib ko‘rishi zarur. Buning uchun kasbiy ta’lim tashkiloti o‘qituvchilari va korxona ustalari hamkorlikda o‘quv-amaliy dasturlarni rejalashtirishi talab etiladi. • Pedagogik kadrlar va ustozlarni tayyorlash: dual tizimda yangi rol – korxonadagi o‘quv ustozi (master-nastavnik) muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, korxonalarda malakali mutaxassislarni maxsus pedagogik tayyorgarlikdan o‘tkazish kerak. Yuqorida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda 2024 yildan bunday ustozlar uchun qayta tayyorlash kurslari boshlandi. Bundan tashqari, kasbiy ta’lim tashkiloti o‘qituvchilarini ham ishlab chiqarish tajribasiga yaqinlashtirish zarur – ularni davriy ravishda korxonalarga stajirovkaga yuborish, amaliy ko‘nikmalarini oshirish dual ta’lim sifatini ta’minlaydi. • Axborot tizimlari va hamkorlik platformalari: dual ta’limni keng joriy etish uchun o‘quvchilar, korxonalar va ta’lim tashkilotrini bog‘lovchi elektron platformani ishga tushirish dolzarbdir. Bu platforma orqali, masalan, bitiruvchi yoki o‘quvchi o‘z sohasi bo‘yicha qaysi korxonada dual tartibda o‘qish imkoni borligini ko‘rishi, korxona esa o‘z talabiga mos nomzodlarni tanlab, ta’lim tashkiloti bilan bitim tuzishi imkoniyati yaratiladi. Bunday raqamli yechimlar dual ta’limni tezkor va shaffof tarzda keng joriy etishga xizmat qiladi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, xalqaro tajriba dual ta’lim tizimi samaradorligi yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Germaniya va Avstriya misolida ko‘rinib turibdiki, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasi yoshlarni ish bilan ta’minlash muammosini samarali yecha oladi, iqtisodiyot uchun raqobatbardosh kadrlar zaxirasini yaratadi va o‘quvchida tanlagan kasbi bo‘yicha mustahkam motivatsiya hosil qiladi. Shu bilan birga, har bir mamlakat dual ta’limni o‘z milliy sharoiti va ehtiyojlaridan kelib chiqib tatbiq etganini ko‘ramiz – masalan, Fransiyada dual ta’lim “alternatsiya” (navbatlash) shaklida bo‘lsa, Finlyandiyada davlat ta’lim muassasalari vakillari korxonalar bilan yaqin hamkorlikda o‘quvchilar amaliyotini tashkil etadi. O‘zbekiston uchun ham dual ta’limni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir modelni ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirish emas, balki moslashtirib joriy etish maqsadga muvofiq. Yuqorida sanalgan huquqiy, metodik va tashkiliy choralarning izchil amalga oshirilishi bu yangi tizimning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ayni paytda yurtimizda boshlangan pilot dasturlar ijobiy natija bermoqda: rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 2024 yil oxiriga kelib dual ta’lim qamrovi 33 ming nafar o‘quvchiga yetdi va yil sayin ortishi kutilmoqda. Demak, xalqaro tajribadan to‘g‘ri xulosa chiqarilgan holda, mamlakatimiz kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni keng qo‘llash orqali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, yoshlarni mehnat bozoriga tayyor holda olib kirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa iqtisodiyot tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, yoshlar bandligini ta’minlash va ustuvor taraqqiyot maqsadlariga erishishning muhim omili sifatida xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Choriyev R.K. Kasb ta’limi mutaxassislarini dual tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish: Ped. fan. dokt. (DSc) diss. – Toshkent, 2020. – 271 b. 2. Pardayev M.Q., Ochilova H.N. (2022). «Dual ta’limda – birdaniga bilim va kasb-hunar o‘rganadi». Journal of Marketing, Business and Management, 2022. 3. Valiyev M.Sh., Maxkamov A.H. (2021). «Professional ta’lim tizimida dual ta’limni joriy etishning huquqiy asoslari». “Professional ta’lim muassasalarida dual ta’limni tashkil etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari” mavzuidagi respublika ilmiyamaliy konferensiya materiallari, Buxoro. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 128 4. Абдигапбарова У.М. Совершенствование подготовки педагогических кадров в республике Казахстан на основе дуално-ориентированного подхода // Метариалы И Республиканской конференции ученых и учителей «Интегратсия деятелности школыколледжа-вуза в условиях дуалноориентированного образования». – Алматы, 2016, май 12-13. – С. 5-7. 48 5. Avliyaqulov A.K., Xodjayev N.S., “Professional ta’lim tizimida dual ta’limning modeli” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti, 2020 yil, 48-52 b. 6. N.Abduraxmanova, N.Sirojiddinova, D.Yosinov. Professional ta’limda dual ta’lim: afzallik va muammolar. “Professional ta’limda kadrlar tayyorlashda dual ta’limni joriy qilish uchun yangi g‘oyalar va innovatsiyalar: xalqaro tajriba, muammolar va istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Professional ta’limni rivojlantirish instituti 18.05.2024. 179-187 betlar 7. U.Alijonov. Dual ta’lim bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk natijalar va amaliy loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar (Alijonov, 2024; Asia Today axboroti, 2024).