A COVERAGE OF THE DAILY LIFE HISTORY OF THE UZBEKISTAN SSR IN 1985-1991 BASED ON THE WORK "FIELDS LEFT BY MY FATHER".
Abstract
The article analyzes the issues of food and industrial product supply to the population of Uzbekistan during 1985-1991 in the symbolic novel “The Fields Left by My Father”. It examines the discrepancies between the daily labor activities of peasants, children, and women and the official data. Additionally, it shows how the system worked in presenting information that did not align with reality to society.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1224 O’ZBEKISTON SSRNING 1985-1991-YILLARDAGI KUNDALIK HAYOT TARIXI ”OTAMDAN QOLGAN DALALAR” ASARI ASOSIDA YORITILISHI Turg’unpulatova Manzalatxon Sharobiddin qizi Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti stajyor o’qituvchisi Anotatsiya. Ushbu maqolada “Otamdan qolgan dalalar” ramziy romanida 1985-1991yillarda O’zbekiston aholisining oziq-ovqat hamda sanoat mahsulotlari bilan ta’minlanish masalalari, dehqonlar, bolalar, ayollar kundalik mehnat faoliyatlari bilan rasmiy ma’lumotlar o’rtasidagi tafovutlar tahlil qilingan, shuningdek haqiqatga mos kelmagan ma’lumotlarni jamiyatga taqdim etishda tizimning qanday ishlashi ko’rsatilgan. Kalit so’zlar: 1985-1991-yillar, O’zbekistonning kundalik hayoti, ayollarning mehnati, ayollarning o’zlarini yoqib yuborishi, pestitsidlar, ish vaqti, ijtimoiy tengsizlik, qishloq aholisining turmush sharoitlari, “paxta ishi” Abstract. The article analyzes the issues of food and industrial product supply to the population of Uzbekistan during 1985-1991 in the symbolic novel “The Fields Left by My Father”. It examines the discrepancies between the daily labor activities of peasants, children, and women and the official data. Additionally, it shows how the system worked in presenting information that did not align with reality to society. Key words: 1985-1991, daily life in Uzbekistan, women’s labor, women’s self-immolation, pesticides, working hours, social inequality, living conditions of the rural population, “cotton production”. Аннотация. В символическом романе “Поля, оставленные моим отцом” анализируются вопросы обеспечения населения Узбекистана продовольственными и промышленными товарами в период с 1985 по 1991 годы, а также различия между официальной информацией и повседневной трудовой деятельностью крестьян, детей и женщин. В статье также рассматривается, как система представляла общественности информацию, не соответствующую действительности. Ключевые слова: 1985-1991 годы, повседневная жизнь Узбекистана, труд женщин, самосожжение женщин, пестициды, рабочее время, социальное неравенство, условия жизни сельского населения, “хлопковое дело”. KIRISH (ВBЕДЕНИЕ / INTRODUCTION) Asar 1985-1991-yillarni, ayniqsa qishloq aholisining turmush tarzini, mehnatini va siyosiyiqtisodiy sharoitini yoritishda muhim ahamiyatga ega. 1985-1991-yillar orasida qishloqlarda ishlayotgan dehqonlar va oddiy aholi turmush tarzini to’liq tushunish juda murakkab edi, chunki ko’p hollarda haqiqatlar ochiq aytilmasdi. Bu, tizimning repressiv tabiati, davlatning ijtimoiy nazorati va axborotga cheklovlar qo’yishi bilan bog’liq edi. Natijada, odamlar o’z fikrlarini erkin bildira olishmasdi, hamda ko’plab haqiqatlar yashirilib qolardi. Asarda Dehqonqul va boshqa qahramonlarning hayotini tasvirlash orqali, muallif real holatlarni ochib beradi. Yashirin voqealar va ijtimoiy holatlar qog’ozda yoritilmagan, balki bu haqda aholi bilan suhbatlarda ham aniq ma’lumot olish qiyin bo’lgan. Shu sababli, asarda yoritilgan voqealar va holatlar real hayotdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sharoitlar bilan mos keladi. Aholining ongi ruslashtirilgan va ko’plab odamlar
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1225 o’zlarini erkin ifodalashdan qo’rqishardi, chunki bu sovet tizimida jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD Tadqiqot jarayonida belgilangan vazifalar yechimini topish maqsadida quyidagi kompleks nazariy va empirik tadqiqot metodlaridan foydalanildi: ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, muammoga oid hujjatlarning nazariy hamda qiyosiy pedagogik tahlili, shuningdek, fanlararo yondashuv, kundalik hayot tarixini tadqiq etish usullari, analiz, sintez, sotsiologik usullardan foydalanish (anketa, so’rovnomalar), og’zaki tarix metodlaridan (intervyu olish)dan keng foydalanilgan. Asar 1985-1991yillar O’zbekiston aholisi turmush darajasining noaniq va murakkab holatini to’liq ochib beradi. Ushbu yillardagi O’zbekistonning real hayotini o’rganishga qaratilgan muhim manba hisoblanadi. NATIJALAR (РЕЗУЛЬТАТЫ / RESULTS) Romanda paxta terish mashinasi orqasidan chiqqan fan nomzodlarining yirik yutuqlari bo’lishiga qaramasdan, ularning ilmiy ishlari amalda samara bermasligini ko’rsatish, o’sha davrdagi ilmiy izlanishlarning ko’plab hollarda amaliyotga o’ta olmaganini anglatadi. Demak, ilmiy bilimlar va amaliy texnologiyalar o’rtasidagi uzviy bog’lanishning yo’qligi ko’rsatiladi. Ziyodning paxta dalasida uxlab qolishi, so’ng biroz vaqt o’tib vafot etishi [1, 97-b.], organizmda kimyoviy moddalar to’planib, salomatlikka doimiy zarar yetkazayotganini ko’rsatadi. Pestitsidlar, ayniqsa, toksik kimyoviy moddalar, reproduktiv tizimga ham zarar yetkazishi mumkin. Ularning uzoq muddat ta’siri, reproduktiv organlarga zarar yetkazishi mumkin. “O’zbekiston bolalar o’limi bo’yicha Ittifoqda birinchi o’rinda turgan. Bu yerda 1980-yillarda har ming boladan 31 tasi bir yoshga yetmasdan nobud bo’lgan, bu ko’rsatkich Ukrainada 17 tani, Belorussiyada 18 tani, Litvada 19 tani, Latviya va Estoniyada 17 tani tashkil etgan”[2]. Demografik holat qay darajada bo’lganini quyidagi jadvaldan ham bilishimiz mumkin. Tug’ilish, o’lim va aholining tabiiy o’sishi[3.]. Yillar Tug’ilganl ar soni O’lganlar soni Tabiiy o’sish Har 1000 aholi hisobiga Tug’ilish O’lim Tabiiy o’sish 1980 540,0 118,9 421,1 33,9 7,5 26,4 1985 1986 1987 1988 679,1 708,7 714,4 694,1 131,7 132,2 133,8 134,4 547,4 576,5 580,6 559,4 37,4 37,9 37,3 35,3 7,3 7,1 7,0 6,8 30,1 30,8 30,3 28,5 1989 668,8 126,9 541,9 33,3 6,3 27,0 1990 691,6 124,5 567,1 33,7 6,1 27,6 Asarda Dehqonqul onasining “paxta og’iroyoqni bilmaydi” degan so’zlari orqali, aslida, O’zbekiston qishloq ayollarining mehnatdagi ruhiy va psixologik holatini ifodalash mumkin. Bu ibora, faqat mehnatning jismoniy og’irligi haqida emas, balki ayollarning mehnatni, hayotni qanday idrok etishi va ularning mehnat jarayonida qanday psixologik holatlarni boshdan kechirishi haqida chuqur ma’no beradi. Ayollar ko’pincha o’z jismoniy mehnatini ruhiy jihatdan ham yengillashtirishga
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1226 harakat qiladilar. Ular paxta maydonida yoki boshqa ish joylarida, og’ir mehnatni amalga oshirayotganda, bu ishning ruhiy og’irligini bilmaslikka, ba’zan esa, shunchaki “odatga” aylantirishga harakat qiladilar. Ayollar o’zlariga g’amxo’rlik qilish va hayotni davom ettirish uchun ko’pincha o’z ruhiy holatini e’tiborga olmaydilar. Ayollarning mehnatdagi ruhiy holati, asarda “paxta og’iroyoqni bilmaydi” iborasi orqali ko’rsatilganidek, ba’zida faqat jismoniy og’irlikni qabul qilish, ruhiy zo’riqishdan bexabar bo’lishga olib keladi. Bu, o’z navbatida, ayollarni ichki stress, charchoq, va o’zligini yo’qotish kabi salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. Ayollar ko’pincha mehnatdagi qiyinchiliklarni va ruhiy zo’riqishni boshqa odamlarning oldida ko’rsatmaslikka, shuningdek, o’zlarini kuchli va sabrli ko’rsatishga harakat qiladilar. Ayollar, asarda tasvirlanganidek, ko’pincha oilaviy majburiyatlar va mehnatni o’zaro uyg’unlashtirishga harakat qiladilar. Paxta terimi, qishloq ayollari uchun faqat iqtisodiy foyda keltiradigan emas, balki o’z oilalarini boqish va ularni tirikchilik qilish uchun zarur bo’lgan ish sifatida qaraladi. Shu bilan birga, bu mehnatning og’irligi, ayollarda ichki konfliktlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular o’zlari va oilalari uchun muhim bo’lgan bu mehnatni bajarishdan boshqa yo’l topolmaydilar, ammo bu mehnatning ruhiy og’irligi va uzluksizligi, ichki stress, xavotir va charchoqqa olib keladi. “1986-1987-yillarda respublikada 270 nafar ayol o’zini-o’zi yondirib yubordi”[4, 624-b.]. “O’zbekiston respublikamiz bo’yicha shu oxirgi ikki yilda yeti yuz ellik uch xotin-qiz o’ziga o’zi o’t qo’yibdi!”[5, 233-b]. Asarda rasmiy statistik ma’lumotlar bilan kundalik hayotda sodir bo’layotgan voqealar bir-biriga mos emasligi, asl haqiqatni yashirish mohirona tarzda yoritib berilgan. Bu voqea faqat biror kishining o’z joniga qasd qilishidan ko’ra, O’zbekiston jamiyatidagi og’ir siyosiy va ijtimoiy sharoitlarga qarshilikni ifodalaydi. Bu harakat, ayollarning faqat o’z shaxsiy inqirozlari emas, balki ular yashayotgan tuzumga nisbatan kengroq norozilik va qarshiliklarini aks ettiradi. Biroq, bu ayollar o’z jismoniy va ruhiy holatlarining chegara tugaganini his qilib, mavjud tizim va jamiyatdagi nohaqliklarga qarshi chiqishga qaror qilganlar. O’zini o’zi yoqib yuborish, bu nafaqat shaxsiy norozilikni, balki jamiyatdagi adolatsizlik va repressiyaga qarshi ochiq qarshilikni anglatadi. Asarda ayollar o’zini o’zi yoqib yuborish orqali, o’zlarining umidsizlik va noxush hayotdan qutulish istagini ifodalashadi. Ularning o’z joniga qasd qilishlari, mavjud tuzumning ularni e’tiborsiz qoldirishi, ozodlik va hurriyatdan mahrum etilishi haqida ochiq qichqiriqdir. Bu voqea, tuzumning repressiv xususiyatiga qarshi ayollarning “yashirin” isyonini ochib beradi. Ularning o’zini o’zi yoqib yuborishlari, nafaqat o’z joniga qasd qilish, balki tuzumning zo’ravonligini, uning tengsizlikni yaratishini va jamiyatda o’zgarishlarga kuchli ehtiyoj borligini ochiq ravishda ko’rsatadi. Ayollar, o’zlarini o’zi yoqib yuborish orqali jamiyatning ko’rinmas, ammo real bo’lgan muammolarini, uning repressiv va tengsizlikka asoslangan tizimini ochib berishga harakat qiladilar. Ayolarning o’zini o’zi yoqib yuborishi, faqat shaxsiy inqiroz yoki hissiy holat emas, balki jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy, siyosiy va psixologik muammolarga qarshi kuchli, ta’sirli va ochiq norozilikdir. Asarda Dehqonqul ayolining tunda non yopishi, hatto yuvinishga vaqti yo’qligi, farzandiga qarash bilan kechalari uyqudan xoli qolishi, jamiyatda ayollarning kundalik mehnatdagi og’irligini ochib beradi va nihoyat, o’zini o’zi yoqib yuborishi, aynan tuzumga qarshi bevosita norozilik namoyishidir. Ushbu tasvirlar orqali muallif ayollarning jamiyatdagi og’ir mehnatlari, ruhiy va jismoniy charchoqlari hamda ijtimoiy adolatsizliklarga qarshi kurashlarini ifodalashga intiladi. O’zini yoqib yuborishi, bu tugallangan ishlarning natijasi bo’lib, faqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham eng og’ir “o’zini yo’qotish”dir. Paxta ishlab chiqarishning aynan 1985-1991-yillaridagi sharoitlari qishloq aholisi uchun jiddiy qiyinchiliklarga sabab bo’ldi. Ushbu yillar mobaynida paxtachilikka bo’lgan e’tiborning
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1227 kuchayishi, dehqonlarning mehnat sharoitlarini juda og’irlashtirdi. Aholi, ayniqsa, qishloq hududlarida, arzon va kam sifatli oziq-ovqatlar bilan ta’minlangan, bu esa vitaminlar va zarur moddalar yetishmasligiga olib keldi. Vitaminlar va minerallar tanqisligi, immun tizimining zaiflashishiga va turli kasalliklarga sabab bo’lgan. Dehqonqul farzandlari orqali Tog’ay Murod buni o’sha davrdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi va bu holatning insonlar, ayniqsa yosh avlodga ta’sirini badiiy tarzda aks ettiradi. Bu asar orqali, muallif bizga nafaqat tarixiy voqealarni, balki insonning hayoti va sog’lig’iga ijtimoiy sharoitlarning qanday ta’sir qilishi haqida chuqur fikrlar beradi. Boshqaruv, o’z navbatida, dehqonlarga qarshi yuqori bosimlar, majburiy mehnat va to’lovlarsiz ishlashni talab qilardi. “1990yilda respublika aholisi 70 foiziga yaqinining jami daromadi tirikchilik o’tkazish uchun zarur bo’lgan eng quyi darajadan ham past edi”[6.]. MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ / DISCUSSION) Asarda Dehqonqul xotinining holati, aslida, kuchli mehnat, umidsizlik va ichki kurashni ko’rsatadi. U jamiyatning pastki qatlamidagi hayotining og’irligi, oilaviy majburiyatlar va ijtimoiy burchlarni bajarishdan boshqa hech narsaga vaqt ajratishga imkon topmagan. Klara Xo’jayevna tomonidan keltirilgan shizofrenichka [7, 237-b.]. esa bu holatni idealogik kuch bilan manipulyatsiya qilishga qaratilgan. Klara Xo’jayevna jamiyatdagi mavjud tizimni ochishdan qo’rqib, Dehqonqul xotinining sog’lomligini buzishga urindi, uning ichki kurashini noto’g’ri diagnostika qilishga harakat qildi. Bu, albatta, tuzumning haqiqiy yuzini ochib qo’yishning dalilidir. Klara Xo’jayevnaning bu kasallik haqidagi yasalgan tahmini, asar ichidagi tuzumning qanday qilib haqiqiy holatni yashirishga, o’z g’oyalarini qo’llab quvvatlashga harakat qilayotganini ko’rsatadi. Dehqonqul xotinining aslida sog’lom va kuchli bo’lishiga qaramasdan, unga shizofrena tashxisi qo’yilgan va bu, jamiyatning ichki real kundalik hayotini to’g’ri tasvirlanmasligiga olib kelgan. Klara Xo’jayevnaning bu fikrlarini qo’llab-quvvatlash, tuzumni yashirish va o’zini himoya qilishga xizmat qilgan, natijada real statistik ma’lumotlar yo’qotishiga sabab bo’lgan. Bu, o’z navbatida, tuzumning o’zini yashirishga va idealistik fikrlarni qo’llashga intilishining yomon natijalaridan biri edi, xolos. 1985-1991-yillardagi O’zbekistonning real hayotini o’rganishga qaratilgan muhim manba hisoblanadi. Dehqonqulning soat 09:00 da dalaga chiqishini aytishi [8, 268-b.]. aslida haqiqatdan uzoq bo’lgan, lekin ijtimoiy tizim va bosimning ta’siri ostida aytilgan yolg’on gapdir. Paxtachilar, ayniqsa qishloq aholisining ish vaqti, ish jadvali va mehnat normativlari ko’pincha ma’lum bir rasmiy maqsadlar va rejalarga bog’liq edi. Aslida, ko’plab dehqonlar ertalabdan kechgacha, quyosh chiqqanidan to shomgacha dalada bo’lishgan, ko’plab ishchilar esa quyosh chiqmasdan salqinda ko’proq ishinmizni tugatib olamiz deyishgan, lekin bu mehnatni ko’rsatish yoki rasman tan olishda boshqacha yondoshuvlar mavjud edi. Dehqonqulning muhbirga soat 09:00 da dalaga chiqishini aytishi, uning o’z sharoitlaridan qochishga, tizimdan qo’rqishga va jamiyatning rasmiy fikriga mos kelishga bo’lgan intilishidir. Agar u rostini aytsa, ya’ni dalaga quyosh chiqqandan oldin chiqqanini va shomgacha ishlaganini aytsa, bu nafaqat o’zining shaxsiy hayotiga ta’sir qilgan bo’lar edi, balki jamiyat va davlat tizimiga qarshi norozilik sifatida qabul qilinishi mumkin edi. Shu sababdan, u o’zining ish faoliyatining asl haqiqatini yashirishga majbur bo’ladi. Agar Dehqonqul rostini aytsa, uning hayoti xavf ostida bo’lishi mumkin edi, chunki Sovet davrida haqiqatni ochiq aytish ko’pincha jazoga olib kelardi. Rasmiy statistikalar qanday-u, asl kundalik hayotda turmush sharoitlari qandayligini muallif mohirona tasvirlab beradi. Paxta mehnati va shuning atrofida yaratilgan rasmiy tizimning bosimi ostida odamlar hayotidagi haqiqiy holat yashiriladi. Asarda ko’rinib turibdiki, Dehqonqulning yolg’on gapirishining yana bir sababi - jamiyatdagi qattiq kuzatuv, rasmiy tartiblar va nazoratdir. Sovet davrida, jamiyatdagi har bir
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1228 faoliyat - ish va mehnat, o’zaro muloqot, hatto kundalik hayot ham davlat tomonidan kuzatib borilgan. Yolg’on gapirish va haqiqatni yashirish nafaqat shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash, balki jamiyatdagi mavjud tizimning ta’siridan saqlanishning yo’li edi. Bu yolg’on gapirish orqali Dehqonqul totalitar tuzumga bo’lgan moslashuvini, o’zining xavfsizligini va hayotini himoya qilishni maqsad qilgan. “Dehqonqulning uyining bir tomoniga Norboy chavandoz otini boylab qo’yishi, boshqa tomoniga esa Chori magazin mudiri Volga mashinasini qo’yib, so’ng bu otni ham Volga mashinasini ham Dehqonqulniki qilib ko’rsatilishi”, har bir xonadonda bunday mashina bor degan yolg’on intervyu olishining maqsadi - bu asarda Sovet davridagi jamiyatdagi ijtimoiy bosim, rejalar va rasmiy statistikaning qanday manipulyatsiya qilinayotganini ko’rsatish uchun ishlatilgan juda ta’sirli va simvollik tasvirdir. Aslida esa Dehqonqulning bittagina qo’yi bo’ladi, uni ham Markazdan kelgan mehmonlar uchun so’yadi. Dehqonqulning xotiniga atlas ko’ylak olib bera olmasligi, uning iqtisodiy ahvolining qanchalik og’irligini chuqur ifodalaydi. Asarda Dehqonqulning mehnatkashligi, fidoiyligi va oddiy qishloq hayotidagi insoniy qiyinchiliklari ko’rsatilgan bo’lsa-da, uning Klara Xo’jayevnaga yoqmasligi asarda yana bir qiziqarli va o’ylantiruvchi masala sifatida ko’rinadi. Klara Xo’jayevnani tasvirlash orqali muallif jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning, sinflarning va odamlarning o’rtasidagi tafovutlarni ochib beradi. U ko’p vaqtini yerda ishlashga, dehqonchilik qilishga bag’ishlaydi. Dehqonqul qishloq hayotining eng mehnatkash va oddiy kishilaridan biridir. U ko’p vaqtini yerda ishlashga, dehqonchilik qilishga bag’ishlaydi. Klara Xo’jayevna Dehqonqulni,- “ilg’or paxtakoringiz betidan buzilgan pes-ku? Ko’nglimni aynitib yubordi-ya!”[9, 116-b]. deb haqoratlashi, ijtimoiy farqlarni, qishloq va shahar hayoti o’rtasidagi keskin tafovutlarni ochib beradi. Uning bu reaksiyasi, jamiyatdagi yuqori sinfning quyi sinfga nisbatan o’zini yuqori tutishiga misol bo’ladi. Bu tafovutni Tog’ay Murod o’z asarida kuchli badiiy vositalar orqali ko’rsatadi. Asarda Dehqonqul va Klara Xo’jayevna o’rtasidagi qarama-qarshilik, faqat tashqi ko’rinishdagi farqni emas, balki ularning dunyoqarashidagi farqlarni ham ko’rsatadi. Klara Xo’jayevnaning fikri, jamiyatdagi yuqori qatlamning past sinfga bo’lgan qarashlarini ko’rsatadi. “1983yil sentyabrda SSSR Bosh prokurori A.Rekunkov topshirig’iga ko’ra, SSSR Prokuraturasining alohida muhim ishlar bo’yicha tergovchisi T.Gdlyan boshchiligida mamlakatning turli mintaqalaridan to’plangan 200 kishidan iborat tergov guruhi tuzilib, O’zbekistonda faoliyat boshlaydi” [10, 216-b.]. Asarda Dehqonqulni zo’rlashga urinish va uning qilmagan aybni bo’yniga olishga majbur bo’lishi, sovet tizimidagi nohaqlikni ko’rsatadi.“O’zbekiston tergov usullari o’tkaziladigan maydon”ga aylanib qoladi [ 11.]. XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ / CONCLUSIONS) Dehqonqul xotinini baxtli qilish uchun ko’proq mehnat qilsa ham, ularning turmush sharoitlari o’zgarmaydi. Bu, qishloq dehqonlarining hayotidagi qat’iyatlilik va sabr-toqatni ko’rsatadi, lekin ayni paytda ular jamiyatning og’ir iqtisodiy sharoitlarida hech qanday haqiqiy o’zgarish yaratolmaydilar. O’z orzulari va umidlarini amalga oshirish uchun kurashayotgan Dehqonqulning tasviri, jamiyatning ko’plab oddiy odamlarining bir xil holatini aks ettiradi. Bu, o’sha davrda O’zbekistonning iqtisodiy tizimining zaifligini va aholi turmush darajasining pastligini ko’rsatadi. Dehqonqulning paxtaga sadoqati, aslida, tizimning dehqonlardan talab qiladigan, o’zlari uchun emas, balki tizimning ehtiyojlari uchun ishlashga majbur qilish siyosatini ko’rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (ИСПОЛЬЗОВАННАЯ ЛИТЕРАТУРА / REFERENCES):
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1229 1.Otamdan qolgan dalalar: roman / Tog’ay Murod. – Toshkent: Zukko kitobxon nashriyot-matbaa uyi, 2022. 97-b 2.https://kompy.info/-qayta-qurish-davrida-aholi-turmush-tarzining-ogirlashuvi-reja.html?page=2 3. https://images.app.goo.gl/MnNGD4EfenbrpXFa6 4.O’zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob O’zbekiston sovet mustamlakachiligi dav-rida Ilmiy muharrir: M.Jo’rayev. - Toshkent: Sharq, 2000. 624-b 5.Otamdan qolgan dalalar: roman / Tog’ay Murod. – Toshkent: Zukko kitobxon nashriyot-matbaa uyi, 2022. 233-b 6.https://kompy.info/-qayta-qurish-davrida-aholi-turmush-tarzining-ogirlashuvi-reja.html?page=2 7.Otamdan qolgan dalalar: roman / Tog’ay Murod. – Toshkent: Zukko kitobxon nashriyot-matbaa uyi, 2022. 237-b 8. O’sha manba 268-b 9.Otamdan qolgan dalalar: roman / Tog’ay Murod. – Toshkent: Zukko kitobxon nashriyot-matbaa uyi, 2022. 116-b 10.Лиханов Д. Кома: “Оганѐк” журнали, 1989 йил. № 4, 21б. 11.“Тошкент ҳақиқати” газетаси, 1990-йил 3-февраль.