TO WHAT EXTENT ARE EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN READY FOR INCLUSIVE EDUCATION?
Abstract
This article is about educational institutions operating in Uzbekistan It is aimed at demonstrating the levels and indicators of how ready to take children with anomalies into their arms, and to prepare them for social activities without mental crisis and stress.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1252 O’ZBEKISTONDA TA’LIM MASKANLARI QANCHALIK INKLUYUZIV TA’LIMGA TAYYOR? Samarqand davlat universiteti Kattaqo’rg’on filiali Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-kurs talaba si Aralova Maftuna Zafar qizi Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan bilim yurtlari o‘z quchog‘iga anomalligi mavjud bo‘lgan bolalarni ham olishiga, hamda ijtimoiy faoliyatlariga ruhiy inqiroz va stresslarsiz ularni tayyorlay olishga qay darajada tayyor ekanligining joriylashtirilgan va bugungi kunda amaliylashtirilayotganganlik darajalarini va ko‘rsatgichlarini namoyon qilishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: ijtimoiy moslashuv, integratsiya, maxsus tarbiyaga muhtoj, hissiy ta’sir, ongli munosabatni shakllantirish, muommo, yechimlar, maxsus ta’limga muxtoj. НАСКОЛЬКО ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ УЧРЕЖДЕНИЯ УЗБЕКИСТАНА ГОТОВЫ К ИНКЛЮЗИВНОМУ ОБРАЗОВАНИЮ? Аралова Мафтуна Зафар кызы, студентка 2 курса кафедры начального образования Каттакурганского филиала Самаркандского государственного университета Аннотация: В данной статье описаны уровни и показатели уровня готовности действующих в Узбекистане образовательных учреждений принять детей с аномалиями и подготовить их к социальной деятельности без психического кризиса и стресса, направленного на проявление. Ключевые слова: социальная адаптация, интеграция, потребность в специальном образовании, эмоциональное воздействие, формирование сознательного отношения, проблема, пути решения, потребность в специальном образовании. TO WHAT EXTENT ARE EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN READY FOR INCLUSIVE EDUCATION? Aralova Maftuna Zafar kizi, 2nd year student of the Primary Education Department, Kattakurgan Branch of Samarkand State University Abstract: This article is about educational institutions operating in Uzbekistan It is aimed at demonstrating the levels and indicators of how ready to take children with anomalies into their arms, and to prepare them for social activities without mental crisis and stress. Key words: social adaptation, integration, needs special education. emotional impact, formation of conscious attitude, problem, solutions, needs special education. Kirish. Bugungi kunda dunyo miqyosida butun insoniyatning 15 % i inklyuziv ta’limga muxtoj insonlar sanaladi. Ular biz bilan bir muhitda bir obyektga nisbatan subyekt sifatida faoliyat yuritishi uchun jamiyat tayyormi? nafaqat jamiyat, balki jamiyatni tashkil etuvchi oilalar, oilalarni davom ettiruvchi avlodlar va avlodlarga ta’lim beruvchi ta’lim maskanlari ijtimoiy ta’lim faoliyatiga qay darajada tayyor? Agarda ta’lim maskanlari tayyor bo‘lganda ham, nega imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimiga jalb etish kerak? Ko'chaning chetidagi sog‘lom tilanchiga sadaqa qilayotgan anomalligi mavjud shaxs, nogiron deb qo‘l uchida ko‘rsatilayotgan inson xatti-harakatlari
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1253 tasvirlangan jarayon kimni nogiron ekanligini ko‘rsatadi. Buni atoqli psixolog olim L. S. Vigotskiyning «Har qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom etadi» degan fikri bilan tasdiqlash mumkin. 1 uush ular nega maktablarda, ko‘cha-ko‘ylarda erkin hayot kechirmayapti? Vaholanki, barcha teng huquqliligi ko‘p bora e’tirof etilgan. Bu e’tirof ostida har bir kishining jamiyatda mavjud barcha imkoniyatlardan birdek va barcha qatori teng foydalana olishi yotadi. Yildan-yilga anamalligi bo‘lgan o’quvchilarda kompetensiyalarni, sog’lom insonlar bilan birga ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish, ularni motivatsion ta’limini individuallashtirishdan ijtimoiylashtirishga talab ortmoqda. Ushbu jarayonlarni bajarishda inklyuziv ta’limning ma’lum bir muommolari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat; Maxsus tarbiyaga muhtoj bolalarga nisbattan salbiy munosabat, imkoniyati cheklangan bolalarning hamjamiyatda ko‘rinmaslik muammosi, imkoniyati cheklangan bolalarning maktabda ko‘rinmaslik muammosi, moddiy mablag‘ muammolari, ta’lim muassasalarini moslashtirish, sinfda o'quvchilar sonining ko‘pligi, kambag'allik, jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish, imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi, favqulodda vaziyatlar, mojarolar, qochoqlar, kadrlar masalasidagi muammolar va shu kabilar . uush o‘zi inklyuziv ta’lim nima? U nega ijtimoiylashishi kerak? Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta’lim tizimi inklyuziv ta’lim deyiladi. Inklyuziv ta’lim maxsus tarbiyaga muhtoj bolalarni ta'lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta’lim maktablarini maxsus tarbiyaga muhtoj bolalarga moslashtirishni ko‘zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir. Anomalligi mavjud shaxslarning inklyuziv ta’limga qamrab olishning asosiy sababi mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ishtirok etishi, tegishli infratuzilma xizmatlaridan foydalanishi, tibbiy xizmat ko‘rsatishi, ish bilan ta’minlanishi va erkin foydalanishi uchun sharoit yaratishga, ularda boqimandalik hissini kamaytirish faoliaytlarini ongli idrok etishga qaratilgan. Metodologiya. O‘zbekiston ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim amaliyoti Sovet Ittifoqi davridan boshlangan. Sovet ittifoqi davrida maxsus tarbiyaga muhtojlar ixtisoslashtirilgan o‘quv yurtlarida tengdoshlaridan ajratilgan holda o‘qigan. Bugungi kunda ilm-fan ancha oldinga ketdi, G‘arb olimlarining ko‘plab ilmiy va amaliy sinovdan o‘tgan ilmiy tadqiqotlarida maxsus tarbiyaga muhtojlarni o‘qitishda eng katta samaraga ularning tengdoshlari bilan guruhda birgalikda o‘qishga erishilishi isbotlangan.Aynan shu bois ham so‘nggi yillarda respublikamizda maxsus tarbiyaga muhtojligi bo‘lgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ huquqiy baza sohasida davlat darajasida qator ijobiy islohotlar amalga oshirildi. Jumladan: 1. 2020yilda “Maxsus tarbiyaga muhtojligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi, unda maxsus tarbiyaga muhtojlarning uy-joy olishda imtiyoz va yengilliklar, ta’lim olishi, ularni ish bilan ta’minlash, shuningdek mavjud infratuzilma, axborot va davlat xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishlarini ta’minlash belgilangan. 2. 2021-yil 7-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-695-sonli “Maxsus tarbiyaga muhtojlarning huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunini (Nyu-York, 2006 yil 13 dekabr) imzoladi, unda quyidagilar koʻzda tutilgan: Maxsus tarbiyaga muhtojlarning huquqlari va 1 Madatov I.Y, Inklyuziv ta’lim. Darslik /.; Toshkent, Best-Publish nashriyoti, 2024. – 240 b 186-b
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1254 maxsus tarbiyaga muhtojlar hayotining barcha jabhalarida boshqalar bilan teng huquqqa layoqatli ekanligini tan olish. Ushbu holatni hisobga olgan holda, tegishli sharoitlarda va qonun hujjatlariga muvofiq maxsus tarbiyaga muhtojligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va qarorlar qabul qilish mexanizmlaridan, shu jumladan maxsus tarbiyaga muhtojlarning muomala layoqatini cheklashdan foydalanish imkoniyatini Sh. Mirziyoyevning 4860-sonli “Alohida taʼlimga muhtoj bolalarni oʻqitish va tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu qonunga ko‘ra “2020-2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”da alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash boʻyicha quyidagi vazifalar belgilandi: - alohida ta’limga ehtiyojlari boʻlgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash; - alohida ta’limga ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; - alohida ta’limga ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar shuningdek tegishli kadrlar bilan ta’minlash ; - alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktabinternatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar. 2 Qarorda inklyuziv taʼlim tizimining normalarini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish nazarda tutilgan. Tahlil. Bugungi kunda respublikamizda imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan 86 ta maktabda 22 mingdan ortiq, sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6 mingdan ortiq o‘quvchi, uy sharoitida esa 13 mingdan ortiq o‘quvchi ta’lim oladi. Hozirda O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.Maktabda tahsil olish uchun quyidagi muommolar mavjud bo’lib ular quyidagilardir; -maktablarda o‘quv-dars jarayonlarini tashkil etuvchi yetarli pedagogik bilimga ega bo‘lgan kadr va pedagoglarning yetishmasligi; -barcha maktablarda ham inklyuziv ta’limiga mos tarzda moslachuvchan (maktab o‘quvchilari tomonidan anomalligi mavjud bo‘lgan tengdoshlarini qabul qila olmasligi) ta’lim berishga tayyor emasligi; -maktablarda shart-sharoitlar ( harakat-tayanch qismida kamchiliklari bor bolalar uchun bino tuzilmalari, ko‘zida ojizligi mavjud bolalar uchun “Brayl alifbosi” shaklidagi darsliklar)ning yo‘qligi; -maktabga borgan alohida yordamga yordamga muhtoj bolalarga boshqa bolalarning salbiy( anomalligi mavjud bolalarda hissiy zo‘riqish holatlariga sabab bo‘luvchi holatlarga sabab bo‘lishlari kabi) munosabatlari; 2 Shomaxmudova R. Inklyuziv ta'limnining nazariy va amaliy asoslari. O'quv-metodik qo'llanma. Toshkent. 2007. XT "Razzoqov O.J." bosmaxonasi - B.11.2023 16-b
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1255 -bu holatdagi o‘quvchilar bilan o‘qituvchi individual ishlay olmasligi va bilim darajasi kamligi, vaholanki, umum ta’lim maktablarida bir sinfda 26 ta 30 tagacha o‘quvchilar o‘qitiladi. Ushbu kamchiliklar moddiy bazaga borib taqalsada, 4-kamchiliklar pedagogik jarayonlarda (maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’lim), oilaviy muhitda anomallik to‘g‘risida yetarli darajada fikrlar sig‘imi to‘ldirilmaganligi ijtimoiylashgan inklyuziv ta’lim shaklini joriy etish uchun salbiy bir oqibat sanaladi. Boshlangich sinf õquvchilari o'rtasida "Agar odamlar birdan gapira olmay qolsa nima bõladi? " degan sõrovnoma òtkazildi. Sõrovnomada yangicha g'oyalar, mantiqiy fikrlash , qatiyatlilik bõlgani kabi salbiy yondashuv larga ham duch keldik. Sinf umumiy õqchivchilarini 90% i nazdida ‘ishlashimiz yõqoladi, birga suhbatlasha olmaymiz’ va shu kabi javoblar gavdalangan va keltirilgan, ammo õquvchilarning 10% ida quyidagi javoblar yozib qoldirilgan edi: ‘Agar biz gapirmay qõysak, gapirolmasak sababidan bizni ham internatga olib borib qõyishadi’. Oddiy 4-5 sõz birikmasidek kõrinadi, ammo bu vaziyat achinarlidir. Vaholanki, bola nigohida yetishmovchiliklarga ega bõlganlar internat((INTERNAT (lot. internus — ichki) — Oʻzbekistonda maktablar va ayrim oʻquv yurtlari qoshida oʻquvchilar uchun, shuningdek, ota-onasiz qolgan bolalar (q. Internat maktab, Mehribonlik uyi, nogironligi mavjud shaxslar uchun yashkil etilgan joy)) larda qolishi kerakligi haqida fikrlarning mavjudligi. uush bunday fikrga ega bõlishning sababi nimada? Tashqi muhit va pedagogik tahsil misolida kõrsak. Pedagogik tahsilning yetishmasligi .Ma'lumot yetishmasligi: O‘qituvchilar, tarbiyachilar yoki otaonalar nogironlik haqida yetarli bilimga ega bo‘lmasa, ular nogiron bolalarni noto‘g‘ri tushunadi yoki ularni faqat imkoniyati cheklangan deb qabul qiladi.Shu boisdan ham õquvchilarda xuddi shunday kayfiyat uygonishiga sabab bõladi. Notõgri izohlangan birgina jumla bir shaxs hayotiga nisbatan butun bir salbiy qarashlarning kelib chiqishiga sabab bolib qoladi, aynan pedagog faoliyatida. Stereotipik yondashuvlar: Ba'zida pedagogik ta'limda nogiron bolalar masalasi yuzaki yoritiladi, bu esa stereotiplar (masalan, "nogiron bola hech narsaga qodir emas") ni paydo bo‘lishiga olib keladi va nogironligi bor bolalar va sog'lom bolalar birga hamkorlikda õqitishga kirishilganda jamoa õrtasida anomalligi bor bolalarga nisbatan yaroqsizlik qarashi onga inkos beradi Inklyuziv ta’limga tayyor emaslik: Ko‘plab pedagoglar maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash uchun yetarli tayyorgarlikka ega emaslar, bu esa ularni chetlab o‘tishga yoki noto‘g‘ri baholashga olib keladi. Tashqi muhit (ijtimoiy va madaniy omillar) Jamiyatdagi stigma: Ayrim jamiyatlarda nogironlik hali ham uyatli, yashiriladigan narsa sifatida qaraladi. Bu bolalarga nisbatan salbiy munosabat va noto‘g‘ri qarashlarni kuchaytiradi.uuddi 60-70yillardagi kabi ota-onalarning farzandlarini bunday holatda saqlaganliklarini eslab õtishimiz mumkin bõladi. Bundayin xatti -harakatlar asosida jamiyatning bir bõlagini boqimandalik ruhida ulg’ayishiga olib keladi. OAVdagi noto‘g‘ri tasvirlar: Nogironlik ko‘pincha dramatik yoki rahm-shafqat uyg‘otadigan tarzda ko‘rsatiladi, bu esa bolalarning asl imkoniyatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qiladi.Jamiyatni bir qanot ostida tasvirlab qõyishiga sabab bõladi, xolos. Bu esa yuksak aqliy yoxud jismoniy quvvatga ega bõlgan insonlarni qafas ortida saqlab turganday bõlib qoladi, eng achinarlisi esa bu qafas himoya emas balki cheklash vazifasini õtaydi. Atrofdagilarning xabardor emasligi: Ota-onalar, qo‘shnilar, o‘qituvchilar va boshqa jamiyat a’zolari nogironlik haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lmasa, ular bolalarni to‘g‘ri baholay olmaydi.Nogohon
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1256 qõl uchida kõrsatilgan inson shaxsga, bolaga nisbatan ruhiy zarba, kuzatuvchilar uchun esa salbiy fikr kayfiyati bõlib qoladi Ushbu muommoni yechishda insonlarda sodir bo‘ladigan kasalliklar asosida tushuntirish mumkin, albatta, har bir bolada jarohatlanish (qo‘l-oyoq tana a’zolarining shikastlanishi natijasida harakatlana olmasliklari va shu kabilar)lar yuzga kelishi mumkin. Demak, ularda sodir bo‘lgan kasalliklar anomalligi mavjud o‘quvchilarda davomiy ekanligini o‘quvchilar ongiga singdirish kerak. Anomalligi mavjud o‘quvchilar hayotini iloji boricha o‘zlari tomonidan bayon etish sharoitini tashkil etish kerak. Bundan tashqari virtual ta’sirni(shaxsiy avatar) tashkil etish o‘rinlidir. Yaqin yillar oralig‘ida inklyuziv ta’lim samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun ayni shu jarayon qo‘llanilishiga ishonch bildirish mumkin, binobarin, yillar insonlarni buyuk kashfiyotlariga guvoh bo‘lmoqda. Virtual ta’sirdagi faoliyatlar, ya’ni avatarlar matnli, grafik tasvirlar yokida teginish hissi orqali jonli vedio avatarlar bo‘lishi mumkin. Eng muhimi virtual tarzdagi har bir ta’sir hayot bilan chambarchas bog‘liqdir. Klassik sensorli taqlid qiluvchi virtual haqiqat immersiv muhitni boshdan kechirish uchun idrok tizimini aldashga asoslangan boʻlsa-da, virtual olamlar odatda aqliy va hissiy jihatdan jozibali tarkibga tayanadi, bu esa immersiv tajribani keltirib chiqaradi. Maxsus ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning hayotdagi kamsitilishlari va ularni ijtimoiylashuviga yo’l qo‘yilmasligining oldini olish uchun ularning o‘zlarini virtual anamallik holatiga tushira olish imkoniyati samarali bo’ladi. Zotan, tanasi boshqa dard bilmas deganlaridek. Kelajak taraqqiyti uchun kundalik faoliyatimizdagi ba’zi vaziyatlarda virtual ta’sirdan ijobiy natijalarga erish uchun foydalanish o‘rinlidir. Xulosa. Inklyuziv ta’limning maktablarda ijtimoiylashuvi jamiyatning har bir a’zosiga teng imkoniyat yaratish, ijtimoiy adolat va bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangan holda rivojlanishiga xizmat qiladi. Maktab muhitidagi hamkorlik o‘zaro tushunish va hurmatni shakllantirishga, erkin hayot kechirishning katta bir yo‘li bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, barcha o‘quvchilar orasida do‘stona munosabatlar mustahkamlanib, ularning shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zero, hozirgi shart-sharoitni e’tiborga olgan holda maxsus ta’lim muassasalaridan voz kechmasdan, qisqartirmasdan, aksincha, bosqichma-bosqich o‘tish, umumta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YuATI. 1.Madatov I.Y, Inklyuziv ta’lim. Darslik /.; Toshkent, Best-Publish nashriyoti, 2024. – 240 b 2. D.S.Qaxarova "Inklyuziv ta"lim texnologiyasi" o'quv va metodik qo'llanma.2014-yil. 3. Shomaxmudova R. Inklyuziv ta'limnining nazariy va amaliy asoslari. O'quv-metodik qo'llanma. Toshkent. 2007. uT "Razzoqov O.J." bosmaxonasi - B.11.2023 4. Sh.Mirziyoyevning 4860-sonli “Alohida taʼlimga muhtoj bolalarni oʻqitish va tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori