TECHNOLOGY FOR DEVELOPING STUDENTS' INDEPENDENT THINKING SKILLS IN PRIMARY EDUCATION
Abstract
This article analyzes the content of the development of students' independent thinking skills in the process of primary education, its pedagogical and psychological foundations, as well as historical roots. The role of interactive methods and modern educational technologies in increasing students' mental activity will also be highlighted.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1264 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH KO‘NIKMMALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Toirova Zebiniso Faxriddin qizi, Termiz davlat pedagogika instituti talabasi Ilmiy rahbar Jovliyev Jo‘rabek Alisher o‘g‘li, Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning mazmuni, uning pedagogikpsixologik asoslari hamda tarixiy ildizlari tahlil qilingan. Shuningdek,interfaol metodlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining o‘quvchi fikrlash faolligini oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich ta’lim, mustaqil fikrlash, ta’lim texnologiyasi, muammoli ta’lim, kritik fikrlash Аннотация: В данной статье анализируется содержание развития навыков самостоятельного мышления учащихся в процессе начального образования, его педагогико-психологические основы, а также исторические корни. Также будет освещена роль интерактивных методов и современных образовательных технологий в повышении мыслительной активности учащихся. Ключевые слова: начальное образование, независимое мышление, образовательные технологии, проблемное обучение, критическое мышление. Abstract: This article analyzes the content of the development of students' independent thinking skills in the process of primary education, its pedagogical and psychological foundations, as well as historical roots. The role of interactive methods and modern educational technologies in increasing students' mental activity will also be highlighted. Keywords: primary education, independent thinking, educational technologies, problem-based learning, critical thinking Kirish: Globallashuv sharoitida ta’limning asosiy vazifasi – o‘quvchilarga tayyor bilimni berish emas,balki ularda mustaqil fikrlash,tahlil qilish,dalillash va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdir.Ayniqsa,boshlang‘ich ta’lim bosqichida bola tafakkurining tabiiy rivojlanishi kuchli bo‘lgani sababli,bu jarayonni to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.Aynan shu davrda ularda mustaqil fikrlash,kuzatish,savol berish,shubha qilish,solishtirish,tahlil qilish,xulosa chiqarish kabi muhim fikrlash faoliyatlarini shakllantirish nihoyatda muhim sanaladi.Mustaqil
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1265 fikrlash ko‘nikmalari bolalarning keying bosqichlardagi o‘quv faoliyatiga,ijodiy qobiliyatlariga va ijtimoiy hayotga moslashuviga bevosita ta’sir qiladi. Boshlang‘ich ta’limda mustaqil fikrlash deganda o‘quvchining bilimni faqat yod olish emas, balki uni tushunib, izchil tahlil qilishi, shaxsiy fikrini bildirishga intilishi tushiniladi. Mustaqil fikrlash o‘quvchining o‘zi kuzatish, solishtirish,taqqoslash,savolberish va xulosa chiqarish orqali bilim hosil qilish jarayonidir. Bunda: - o‘quvchi faol subyektga aylanadi; - o‘quv jarayoni qiziqish,tadqiqot va izlanishga asoslanadi; - tayyor javob emas,yo‘naltiruvchi savol asosiy vosita bo‘ladi; - o‘quvchida kritik,ijodiy va mantiqiy fikrlash shakllanadi. Bu ko‘nikmalar nafaqat o‘quv jarayonida, balki kundalik hayotda ham shaxsga mustahkam poydevor yaratadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar o‘quvchini bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun interfaol metodlar,muammoli o‘qitish, loyiha asosida o‘qitish,guruhli ishlar, fikr almashish,tafakkur xaritalari kabi mustaqil fikrlashni rivojlantirishda asosiy vosita sifatida qaralmoqda. Mustaqil fikrlash g‘oyasi qadimdan buyuk mutafakkirlar tomonidan yuqori baholangan. Sharq mutafakkirlari orasida Abu Nasr Farobiy o‘quvchini fikrlashga majbur qiluvchi savollar orqali bilim berish tarafdori bo‘lgan va ta’limning asosiy vazifasi aqlni faol holga keltirish ekanini ta’kidlagan. Ibn Sino esa bilimni kuzatish,tajriba va solishtirish orqali o‘zlashtirish kerakligini aytib,o‘quvchiga keragidan ortiq yordam berish uning tafakkurini susaytiradi, degan fikrni ilgari surgan. Beruniy ham izlanishning boshlanishi savoldan ekanligini ta’kidlab, har bir ilmiy bilish jarayonida shaxsning mustaqil fikrlashi muhim o‘rin tutishini qayd etgan. G‘arb mutafakkirlari orasida Sokratning savol-javobga asoslangan usuli o‘quvchining o‘zida yashirin bo‘lgan fikrni uyg‘otishga qaratilgan bo‘lib, bugungi interfaol ta’lim metodlarining ildizi sanaladi. Aflotun ham bilimni o‘qituvchi bermaydi, balki o‘quvchi o‘zi kashf qiladi, degan g‘oyani ilgari surgan. Komenskiy esa ta’limni “ko‘rish-idrokfikrlash” zanjiri asosida tashkil etish zarurligini ta’kidlagan. Zamonaviy pedagogik nazariyalarda ham mustaqil fikrlash markaziy o‘rinda turadi.Vigotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasida o‘quvchi mustaqil fikrlashi uchun o‘rtacha darajadagi yo‘naltirish yetarli ekani ilmiy asoslab berilgan. Piaget bolaning tafakkuri bosqichma-bosqich rivojlanishini isbotlab, har bir yosh davriga mos fikrlash faoliyati shakllanishini ta’kidlagan. Bloom taksanomiyasi esa bilish jarayonini eslab qolishdan tortib tahlil, sintez va baholashgacha bo‘lgan
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1266 bosqichlarga ajratib, mustaqil fikrlashni chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, qadimiy va zamonaviy pedagogik qarashlarning barchasi bitta xulosaga olib keladi, o‘quvchi o‘zi o‘ylaganida, izlanganida, savol berganida va xulosa chiqarganida haqiqiy bilimga ega bo‘ladi. O‘quvchilarga tanlov erkinligi berilgan vazifalar, ochiq savollar, hayotiy muammolar asosida tashkil etilgan topshiriqlar mustaqil fikrlashga chorlaydi. Masalan, “Agar sen muallim bo‘lsang,qanday dars o‘tkazarding?”, “Bu hikoyadagi voqea boshqacha yakunlansa,qanday bo‘lardi?”, “Seningcha bu muammoning yana qanday yechimi bor?” kabi savollar o‘quvchining o‘z qarashini shakllantirishga undaydi. Bunday yondashuvlar orqali bola o‘zi mustaqil ravishda fikr yurita boshlaydi, o‘zining qarorini asoslashga harakat qiladi va eng muhimi xatolaridan qo‘rqmaydi. Mustaqil fikrlashni rivojlantirishda o‘quvchilarning ruhiy holati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi bolaga to‘g‘ri javob topishdan ko‘ra fikr bildirish imkoniyatini bersa, bu bola uchun katta rag‘bat bo‘ladi. Har bir bolaning fikrini eshitish, uni qadrlash, hurmat bilan yondashish orqali o‘qituvchi sinfda ochiq, demokratik muhit yaratadi. Bu esa bolaning ijtimoiy fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘z fikrini og‘zaki ifoda etish ko‘nikmasi bilan bir qatorda yozma nutq orqali fikrlashni rivojlantirish ham muhim. Shu maqsadda kundalik tutish, qisqa esse, kichik insho, surat asosida voqea tuzish kabi topshiriqlar o‘quvchilarning fikr yuritish, hodisalarni mantiqan tartiblash va xulosaga kelish qobiliyatini oshiradi. Yana bir muhim omil bu – metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, o‘quvchini nafaqat bilim olishga, balki o‘zining qanday o‘rganayotganini anglashga o‘rgatish kerak. Bundan tashqari, o‘quvchilar orasida fikrlar xilma-xilligini qadrlash va baholash madaniyatini shakllantirish ham zarur. Har bir o‘quvchining fikrini tinglash, ularga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lish orqali sinfda ochiqlik, ishonch va erkin fikrlash muhiti yaratiladi. Bu muhit o‘z navbatida o‘quvchilarning o‘z fikrini dadil ifoda etishiga va boshqalar fikriga hurmat bilan yondashishga o‘rgatadi. Shuningdek, mustaqil fikrlashni shakllantirishda o‘quvchilarning real hayotiy muammolar bilan ishlashi katta ahamiyatga ega. Dars mazmunini hayotiy va kritik fikrlash bilan bog‘lab tushuntirish masalan, “Agar sen do‘konga borsang va puling yetmasa,nima qilrading?”, “Sinfigizda kelishmovchilik bo‘lsa, qanday hal qilgan ma’qul?” kabi vaziyatlar asosida muhokama o‘tkazish o‘quvchilarda real fikrlash, mulohaza qilish, qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. O‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan rag‘batlantirish usullari ham mustaqil fikrlashga turtki bo‘ladi. Mustaqil fikrlashni shakllantirishda o‘qituvchining darsga tayyorgarligi
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1267 ham muhim rol o‘ynaydi. Har bir mashg‘ulotda o‘quvchilarning intellektual faolligini oshiruvchi topshiriqlar, savollar va vaziyatlar rejalashtirilsa, bu darsni faqat bilim olish emas, balki fikrlash maktabiga aylantiradi. O‘quvchilarni darsda passiv tinglovchi emas, faol ishtirokchi sufatida jalb qilish esa o‘z navbatida ularda o‘z fikrini himoya qilish, muloqotga kirishish, xulosaga Bugungi kunda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalari ham mustaqil fikrlashga xizmat qilmoqda. Masalan, interaktiv dasturlar, test ilovalari, virtual laboratoriyalar va simulyatsion muhitlar o‘quvchilarga mavzuni o‘zi mustaqil izlanishi orqali o‘rganish imkonini beradi. Bu texnologiyalar bolalarni axborotni qidirish, solishtirish, tahlil qilishga o‘rgatadi. Raqamli vositalardan maqsadli foydalanish orqali o‘quvchi faqat iste’molchi emas, balki ijodkorga aylanishi mumkin.Yana bir muhim jihat — bu ko‘p tarmoqli fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishdir. O‘quvchiga bir mavzuni turli fanlar, turli burchaklar orqali ko‘rsatish orqali unda murakkab tushunchalarni to‘laqonli anglash, sabab-oqibat munosabatlarini tushunish, muammolarni har xil yo‘llar bilan yechish ko‘nikmasi shakllanadi. Masalan, “tabiat”, “inson”, “yaxshilik” kabi mavzularni o‘qish, atrof-muhit, mehnat ta’limi, musiqa darslari bilan bog‘lash orqali o‘quvchi mavzuni chuqurroq tushunadi va o‘z fikrini shakllantiradi.Mustaqil fikrlashni shakllantirish uchun o‘quvchilar orasida savol berish madaniyatini rivojlantirish lozim. Ko‘pchilik hollarda savol berish faqat o‘qituvchiga tegishli faoliyat sifatida qaraladi. Aslida esa, bola savol bera olmasa, mustaqil fikrlash jarayoni yuzaga chiqmaydi. O‘quvchilar savol berishga o‘rgatilgach, ular nafaqat tayyor bilimni eshitadi, balki shubha qiladi, tanqidiy qaraydi, o‘z savoliga o‘zi javob topishga harakat qiladi. Bu esa faol tafakkurning eng muhim belgisidir. Ayni vaqtda ta’lim jarayonida ijodiy topshiriqlarning ulushi ham oshirilishi zarur. Hikoya yozish, kichik dramatizatsiyalar qilish, o‘z voqeasini o‘ylab topish, rasm asosida hikoya tuzish kabi ijodiy mashg‘ulotlar bolalarning tasavvurini, mantiqiy fikrlashini va mustaqil g‘oya ilgari surish salohiyatini oshiradi. Bunday topshiriqlarning jozibadorligi ularni o‘quvchilarga majburiyat emas, balki zavqli intellektual o‘yin sifatida ko‘rsatishidadir.Mustaqil fikrlashni shakllantirishda o‘yinli metodlar, rolli mashg‘ulotlar, ertak asosida muhokama qilish kabi usullar ham muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa kichik yoshdagi o‘quvchilarda o‘yin orqali fikrlash, taqqoslash, sabab-oqibatni tushunish faoliyatlari tez rivojlanadi. Bunday usullar bolaga og‘irlik qilmaydi, balki ularning tabiiy qiziqishlari orqali bilimga intilish uyg‘otadi.kelish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini kuchaytiradi. Xulosa Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish – zamonaviy pedagogikaning eng muhim strategik yo‘nalishlaridan biridir. Mustaqil fikrlash o‘quvchilarga tayyor bilimni yod olish emas, balki uni tahlil
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1268 qilish, tushunish, amalda qo‘llash va o‘z fikrini asoslash imkonini beradi. Bu esa keyingi ta’lim bosqichlarida ham, hayot faoliyatida ham mustaqil qaror qabul qilish, mas’uliyatni his etish, mantiqiy mushohada yuritish kabi fazilatlar uchun poydevor yaratadi. Tarixiy manbalar ko‘rsatadiki, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Sokrat, Komenskiy kabi buyuk mutafakkirlar ta’limning markazida o‘quvchining faol fikrlashi turishi lozimligini ta’kidlaganlar. Zamonaviy olimlar – Vigotskiy, Piaget, Bloom – bu g‘oyani ilmiy asoslab berdilar. Demak, mustaqil fikrlashni rivojlantirish – tasodifiy yondashuv emas, balki asrlar davomida takomillashgan pedagogik an’ana va ilmiy konsepsiyalarning uzviy davomidir. Bugungi boshlang‘ich ta’limda interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar, guruhlarda ishlash, tadqiqotga asoslangan o‘qitish va refleksiv yondashuv kabi texnologiyalar aynan shu qadimiy va zamonaviy ilmiy qarashlarning uyg‘un natijasidir. Bu texnologiyalar o‘quvchini bilim oluvchi emas, bilim yaratuvchi, fikr bildiruvchi subyektga aylantiradi. Shunday qilib, mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchini tarbiyalash – nafaqat ta’limning sifati, balki jamiyatning intellektual salohiyati, raqobatbardoshligi va kelajak taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. Boshlang‘ich ta’limda bu ko‘nikmaning shakllanishi esa keyingi barcha bosqichlar uchun mustahkam start nuqtasini yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mukhtarova L.A. Ways of formation of ecological culture in children of primary age // AJMR:Asian Journal of Multimensional Research Journal. Vol 10, Issue 4, April, 2021. - Pp 648-652. (Impact Factor 7.699). 2. Mukhtarova, L. A. (2021). THE USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF A CULTURE OF ENVIRONMENTAL SAFETY. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 792-797. 3. Mukhtarova Lobar Abdimannabovna. (2021). POSSIBILITIES OF AN INTEGRATIVE APPROACH TO THE FORMATION OF A CULTURE OF ENVIRONMENTAL SAFETY. European Scholar Journal, 2(11), 43-44. 4. Muxtarova, L. A. (2021). Use of multimedia technologies in the educational process. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1781-1785. 5. Мухтарова, Л. А. (2018). Пути Использования Возможностей Мультимедиа В Повышении Качества И Эффективности Уроков Чтения В Начальных Классах. Научные горизонты, (11-1), 247-252.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1269 6. Мухтарова, Л. А. (2018). Развитие И Формирования Критического Мышления У Школьников Начальных Классах. Гуманитарный трактат, (24), 1314. 7. Мухтарова, Л. А. (2018). Развитие творческого мышления у школьников начальных классов. Гуманитарный трактат, (24), 9-10. 8. Kulmuminov, U., & Mukhtarova, L. (2023). POSSIBILITIES OF CREATIVE THINKING AND ITS MANIFESTATION IN THE EDUCATIONAL PROCESS. Open Access Repository, 4(02), 81-84. 9. Lobar Mukhtarova, & Shahnoza Isakova. (2023). METHODOLOGY OF SPEECH DEVELOPMENT OF VISUALLY IMPAIRED STUDENTS. Academia Repository, 4(10), 360–371. Retrieved from 10. Mukhtarova Lobar Abdimannabovna, & Saidakhmatova Nafisa Soatmurod kizi. (2023). DEVELOPMENT OF READING UNDERSTANDING SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Academia Science Repository, 4(04), 18–22. Retrieved from 11. Daminova Dilbar Melimurodovna, & Mukhtarova Lobar Abdimannabovna. (2023). PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES OF FORMING MATHEMATICAL LITERACY SKILLS OF PRIMARY SCHOOL PUPILS. Open Access Repository, 4(3), 971–976. 12. Erkin Babamuratov, Dzhuraeva Ulmashon, & Zhovliev Zhurabek. (2023). METHODS OF IDEOLOGICAL WORK FOR YOUTH WITH IDEOLOGICAL DEPRESSION. World Bulletin of Social Sciences, 27, 136-143. 13. Jorabek Jovliev. (2023). EDUCATION OF PRIMARY CLASS STUDENTS IN THE SPIRIT OF NATIONAL AND GENERAL HUMAN VALUESTECHNOLOGY. Open Access Repository, 10(10), 51–55. 14. Erdanova Zamira Olimovna 2023/10/8 CONDITIONS OF USING AL-HAKIM AL-TIRMIZI'S PEDAGOGICAL VIEWS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM Academia Repository 4, 10, 1-9 15. Erdanova Zamira Olimovna 2023/10/8 THE CONTENT AND ESSENCE OF USING AL-HAKIM AL-TIRMIZI'S PEDAGOGICAL VIEWS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM World Bulletin of Social Sciences 27, 18-22 16. Erdanova Zamira 2023/5/30 AL-HAKIM AT-TERMIZIY QARASHLARIDAN OLIY TA`LIMDA FOYDALANISHNING AHAMIYATI Journal of Universal Science Research 1, 5, 1466-1471 66 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us INTERNATIONAL CONFERENCE ON
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 1270 MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 01, Issue 02, 2024 17. Nilufar BOYNAZAROVA. (2023). NATURE AND HUMAN HARMONY IN PERSONAL MORAL DEVELOPMENT. World Bulletin of Social Sciences, 27, 6 9. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/3219 18. Nilufar Boynazarova. (2023). ISSUES OF ENVIRONMENTAL PROTECTION AND FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE OF PRIMARY CLASS STUDENTS. World Bulletin of Social Sciences, 27, 10-12. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/3220 19. .Nilufar Boynazarova. (2023). FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE IN PRIMARY CLASS STUDENTS. Open Access Repository, 9(10), 99–102. Retrieved from https://oarepo.org/index.php/oa/article/view/3553 20. Boynazarova.N. (2023). BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BUGUNGI KUNDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISH. Interpretation and Researches, 2(1). извлечено от https://interpretationandresearches.uz/index.php/iar/article/view/960