ROBERT BERNS VA MUHAMMAD YUSUF IJODIDA MUHABBAT MAVZUSINING RANG-BARANGLIGI
Abstract
Mazkur maqolada Robert Bernsning “Sevgi”, “Ko‘mirchining dildori”, “Qalbim meni tog‘larda” kabi bir qator she’rlari tarjimalari, Muhammad Yusufning “Vatanni seving”, “Rafiqamga”, “Meni o‘p”kabi muhabbat tarannum etilgan she’rlari tahlil qilinib, qiyosiy jihatdan o‘rganildi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, Bernsning romantik she’riyati asosan g‘arbona poetika bilan bog‘liq bo‘lsa, Muhammad Yusuf ijodi sharqona ohang, xalqona sodda timsollar, milliy ruh bilan uyg‘unlashgan. Bu ikki shoirda muhabbatning konseptual talqini o‘xshash va farqli qirralarga ega bo‘lib, ularni bir maqolada qiyosiy tahlil qilish o‘zbek adabiyotshunosligi uchun ilmiy yangilik hisoblanadi.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 208 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17824327 ROBERT BERNS VA MUHAMMAD YUSUF IJODIDA MUHABBAT MAVZUSINING RANG-BARANGLIGI Karimova Shaxnozaxon Karimovna Filologiya fanlari fanlari doktori (PhD), Buxoro davlat pedagogika instituti Daminova Fotima Nurmamat qizi Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Robert Bernsning “Sevgi”, “Ko‘mirchining dildori”, “Qalbim meni tog‘larda” kabi bir qator she’rlari tarjimalari, Muhammad Yusufning “Vatanni seving”, “Rafiqamga”, “Meni o‘p”kabi muhabbat tarannum etilgan she’rlari tahlil qilinib, qiyosiy jihatdan o‘rganildi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, Bernsning romantik she’riyati asosan g‘arbona poetika bilan bog‘liq bo‘lsa, Muhammad Yusuf ijodi sharqona ohang, xalqona sodda timsollar, milliy ruh bilan uyg‘unlashgan. Bu ikki shoirda muhabbatning konseptual talqini o‘xshash va farqli qirralarga ega bo‘lib, ularni bir maqolada qiyosiy tahlil qilish o‘zbek adabiyotshunosligi uchun ilmiy yangilik hisoblanadi. THE DIVERSITY OF THE THEME OF LOVE IN THE WORKS OF ROBERT BURNS AND MUHAMMAD YUSUF Karimova Shaxnozaxon Karimovna Doctor of Philosophy in Philological Sciences (PhD), Bukhara State Pedagogical Institute Daminova Fotima Nurmamat qizi A Graduate Student of Bukhara State Pedagogical Institute
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 209 ABSTRACT In this article, translations of several poems by Burns such as “A red, red rose” “The Coalman’s sweetheart,” and “My heart’s in the Highlands,” as well as Muhammad Yusuf’s love-themed poems like “Love your homeland,” “To my wife,” and “Kiss me,” are analyzed and studied in a comparative perspective. The relevance of this research lies in the fact that while Burns’s romantic poetry is primarily associated with Western poetics, Muhammad Yusuf’s work is infused with Eastern melody, folk-like simplicity, and national spirit. The conceptual interpretation of love in these two poets contains both similarities and differences, and conducting a comparative analysis of them within a single article represents a scholarly novelty for Uzbek literary studies. МНОГООБРАЗИЕ ТЕМЫ ЛЮБВИ В ТВОРЧЕСТВЕ РОБЕРТА БЁРНСА И МУХАММАДА ЮСУФА Каримова Шахнозахон Каримовна PhD по филологическим наукам, Бухарский государственный педагогический институт Даминова Фотима Нурмамат кизи Магистрант Бухарского государственного педагогического института АННОТАЦИЯ В данной статье были проанализированы и сравнительно изучены переводы ряда стихотворений Бёрнса, таких как «Любовь», «Возлюбленная угольщика», «Моё сердце в горах», а также лирические стихи Мухаммада Юсуфа — «Любите Родину», «Моей жене», «Поцелуй меня». Актуальность данного исследования заключается в том, что романтическая поэзия Бёрнса в основном связана с западной поэтикой, тогда как творчество Мухаммада Юсуфа
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 210 гармонично сочетается с восточной мелодикой, народной простотой и национальным духом. Концептуальное осмысление любви у этих двух поэтов имеет как общие, так и отличительные черты, и их сопоставительный анализ в рамках одной статьи представляет собой научную новизну для узбекского литературоведения. KIRISH Muhabbat mavzusi jahon adabiyotining eng qadimiy va barqaror mavzularidan boʻlib, oʻz navbatida keng ko‘lamli hamdir: Vatanga, yorga, ona tabiatga boʻlgan muhabbat va insoniy mehr-oqibat shular jumlasidandir. Shotland xalqining buyuk kuychisi, orziqib kutilgan shoiri Robert Berns [1,5] va oʻzbek xalqining suyukli shoiri Muhammad Yusuf ijodida yuqorida sanab oʻtilgan mavzularning har biriga misralar topiladi, nafaqat topiladi, balki ularning har ikkalasi muhabbat kuychilari hisoblanishadi. Ularning sheʼrlari ravon oʻqiladi, sababi - ular chin dildan, yonib kuylaganlar. Tadqiqot maqsadi - Robert Berns va Muhammad Yusuf ijodida muhabbatning romantik, vatanparvarlik va insoniy mehr ko‘rinishlarini poetik, semantik va qiyosiy jihatdan tahlil qilish. METODLAR Ushbu tadqiqotda Berns va Muhammad Yusuf lirikasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlash maqsadida qiyosiy-tahliliy metoddan foydalanildi. Shuningdek, har ikkala shoir ijodida muhabbat mavzusining ifodalanishini yoritishda poetik tahlil va semantik tahlil kabi bir qator metodlar ham qo‘llanildi NATIJALAR Bu ijodkorlar lirikasida Ona yurtga boʻlgan muhabbat yuqori pardalarda tarannum etilgan. Robert Berns oʻz ona yurtiga xitoban "Qalbim meni togʻlarda" sheʼrida shunday deydi: Alvido, ey vatanim! Dovruqli Shimol, Shon-sharaflar o‘lkasi, endi yaxshi qol!
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 211 Quvg‘indaman dunyoda, ammo bilurman: Men bir umr farzanding bo‘lib qolurman! [1,10] Siyosiy jarayonlar sababidan, yaʼni inglizlar istilosi natijasida minglab shotlandlar oʻz zaminlarini tark etishga majbur boʼlishgan. Shoir aslida Lowlands (mamlakatning tekislik qismi) da tugʻilgan boʻlsa-da, Highlands (togʻliklar) madaniyati, musiqasi va tabiatini juda qadrlagan va vatandoshlari nomidan shu sheʼrni yozgan. "Qalbim meni togʻlarda" metaforasi orqali shoir oʻzini hamisha shu vatanga tegishli ekanligini, ruhan u bilan birga ekanligini hamda "Bir umr farzandi boʼlib qolish" ini taʼkidlagan. Misralardagi takror esa asosiy fikrni kuchaytirib, musiqiylik yaratgan. O‘z Vatanini beg‘araz mehr-muhabbat bilan sevgan, hamisha uning xizmatiga shay turgan, istiqlolni kuylashdan charchamagan, yurt tuprog‘ini tildan qo‘ymagan Muhammad Yusufdek fidoyi farzandlar nomi-yodi hamisha barhayotdir. Shoir ijodida ona Vatanga muhabbat eng birinchi oʻringa qoʻyilishi kerakligi “Vatanni seving” she’rida bot-bot ta’kidlab o‘tilgan: Unutmang, bu koʻhna charxi falakda, Vatandan boshqasi hammasi mayda. Ko‘ngilda orzudek osmon musaffo, Tuproq tinch bo‘lmasa muhabbat qayda? Sevsangiz, avval shu Vatanni seving, So‘ng shahlo ko‘z-u gulbadanni seving. [4,41] Muhammad Yusuf “yuragining Olampanohi bo‘lgan” Vatan haqida hamisha jo‘shib yozadi. Shoir nazdida Vatanga muhabbat - Vatan uchun fido bo‘lmoqqa tayyor turish, o‘ziga hech narsa tilamaslik, buyuk sadoqat, ixlosdan iborat. Do‘stlar, og‘iz to‘ldirib Vatan Deya olmoq o‘zi baxt ekan! - deb xayqiradi “Hur o‘lkam” she’rida. [6,13] She’riyatning yuragi hisoblangan yorga muhabbat mavzusi Robert Burns ijodida asosan yetakchilik qiladi. “Sevgi” she’ri muhabbat tarannumining yorqin namunasidir.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 212 Shoir sevgini o‘zining “bog‘i” - ruhiy olamidagi bir qizil atirgulga o‘xshatib, uni o‘ziga hamisha hamrox, ilhom manbai sifatida tasvirlaydi. Sevgim, sendan-da hatto Chiroyliroq bir g‘uncha. U sen bilan birga, to Ummonlar quriguncha. [1,25] Shoirning sevgilisi - go‘zal, lekin uning qalbidagi sevgisi undan-da go‘zal. Keyingi misralarda shoir muhabbatining abadiyligiga ishora qilib, mubolag‘a san’atidan foydalanmoqda, ya’ni ummonlarning qurishi - imkonsiz, shunday ekan shoirning muhabbati ham zavol bilmas. “Ko‘mirchining dildori” she’rida muhabbat butun bo‘lishi uchun har ikki tomondan talab etiladigan sifatlar aks ettirilgan. Muallif ko‘mirchining dildoriga muhabbat izhor etib, unga “ipaklarga o‘rashini”, “cho‘ri-xizmatkorlar ham berishini” va’da qilib, moddiy manfaat evaziga ko‘mirchidan voz kechishini taklif etadi. Shunda dildor javob beradi: - Bo‘yim baravar oltin, Gavhar uyib qo‘ysang ham, Gapingni qaytib olgin, Ko‘mirchida voz kechmam! Sevgimiz ko‘p bebaho, Kulbamiz ham juda keng. Vafo qilar doimo Qora ko‘mirchim mening! [1,45] Bunda, muhabbat moddiyatdan ustun qo‘yiladi, mansab, boylik muhabbatda mezon emasligi uqtiriladi. Ko‘mirchi oddiy inson bo‘lsa-da undagi soflik, mehnatkash va vafo dildori tomonidan ulug‘lanib, katta ishonch bildiriladi. Shuningdek, ramziy o‘xshatish ham mavjud: muhabbat bor joy - kenglik, baxt, yorug‘likdir.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 213 Muhammad Yusufning "Bizni birovlardan ne kamimiz bor?" retorik soʻrogʻi bilan boshlanuvchi "Ey jufti halolim" sheʼri allaqachon muhabbat madhiyasiga aylanib ulgurgan, misralar quyilib kelaveradi. Axir aytishadi-ku, yurakdan chiqqan misralar to‘g‘ri yuraklarga boradi: Garchi men bilan hech yo‘qday ishlaring, Men haqdadidr hatto ko‘rgan tushlaring. Sevdim demasang ham sevging izhori - Ko‘zing to‘la mehr jilmayishlaring. [3,115] Ha, haqiqiy oʻzbek ayollari shunday sevadi, sevgisini hadeb izhor etavermasa ham oʻzining sof muhabbatini mehri, eʼtibori, yorining "boshida parvona" boʻlishi, "bir bor qosh uymasligi" bilan ifoda etadi. Shoirning "Sevdim demasam ham sevgim izhori - Umr oʻrtasida bildim qadringni!.." deyishi koʻngilga taskin beradi. Shuningdek, "Rafiqamga" she’rida ham Muhammad Yusuf suyuklisiga munojotini takrorlanmas misralarda ifoda etgan: Gulim, seni gulday asray olmadim, Suyib siylolmagan sultoning boʻldim. Mehringni mehrim-la oqlay olmadim, Netay, sen yaxshi, men yomoning boʻldim... Dorga osgil meni, doringga shukur, Boringga shukurlar, boringga shukur.[3, 113] Misralarda shoir oʻzini ayblab, kechirim va hukm soʻraydi, bu munojot sheʼrning taʼsirchanligini oshirgan. U suyukli yorini gulga oʻxshatib, tashbehni qoʻllagan, shuningdek, gulday nozik boʻlishga zid oʻlaroq uni asray olmaganligi tazod sanʼati orqali ifodalangan. Keyingi misralarda shoir rafiqasiga "ortidagi nurli izlari uchun", "o‘g‘ilga alishmas qizlari uchun" rahmatlar aytadi. Naziram, ko‘ngilda bir ko‘shk bezaylik, Gulim yur, dilim yur, gulzor kezaylik. Biz endi to‘ysak ham visoldan to‘yib, Biz endi bezsak ham baxtdan bezaylik...
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 214 Muhammad qadriga yetmagan ey hur - Boringga shukurlar, boringga shukur. Yuqoridagi misralarda muhabbat – ko‘ngil ko‘shki, gulzor, visol, baxt kabi obrazlar orqali go‘zallik, mehr, qadrlash va ruhiy to‘liq baxt sifatida tasvirlangan. Ayniqsa, sheʼrning har bandi yakunida takrorlanib keluvchi "Boringga shukurlar, boringga shukur" jumlalari suyuklisining shoir uchun naqadar kerakli inson ekanligi, hayotidagi ajralmas o‘rnini ifodalab kelgan. Shoir ijodidan quyidagi misralarda yorga bo‘lgan muhabbatning oshkora, samimiy ifodasi yoritilgan: O‘p meni Bo‘sangdan bo‘g‘ilib o‘lay o‘lsam ham, O‘p meni sevgilim oʼp, so‘nggi bor o‘p. [5,34] Bu yerda shoirning ichki his tuyg‘ulari shunchalik kuchli, oqibatini o‘ylamaydigan darajadaki, sevgilisining visolini eng buyuk orzu sifatida ko‘rsatadi va so‘nggi o‘pichni muqaddas, hayotiy ehtiyojga tenglashtiradi. MUHOKAMALAR Muhammad Yusuf hamda Robert Bernsning mazmunan yaqin, ruhiyati o‘xshash lirik-falsafiy satrlarini birgalikda tahlil qilsak: Muhammad Yusuf Robert Berns Sizga nima? Siz uxlang, Hech ishingiz bo‘lmasin. Kimda kimning ko‘ngli bor, Qo‘yavering, o‘ynasin… O‘ksimasin qiz qalbi, Yigit rayi o‘lmasin. Kimda kimning ko‘ngli bor, Qo‘yavering, o‘ynasin… Bo‘liq javdarzor aro Kimdir kimni chorlasa, Kimnidir kim quchsa yo, Qandini ursin rosa! Ishimiz nima jo‘ra, Nima bizga - poylab sir? Shomda javdarzor aro O‘pishib tursa kimdir!.. Har ikki she’r ham muhabbatga aralashmaslik, yoshlarning erkin tuyg‘ulariga hurmat va hayotiy oddiylik g‘oyasini kuylaydi. Lekin, bu misralar
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 215 zamirida sharq va g‘arbga xos nozik farqli jihatlar borki, bu so‘z qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Shotland shoirida oshkoralik, erkin so‘z qo‘llash mavjud bo‘lsa, o‘zbek ijodkori “o‘ynasin” so‘zining o‘ziga barcha ma’noni yuklayapti. XULOSA Robert Berns hamda Muhammad Yusuf she’rlari aynan muhabbat mavzusi jihatdan taqqoslanganda bir qator o‘xshash va farqli jihatlar kuzatildi. Muhammad Yusuf ijodida muhabbat mavzusi markazida, asosan, ona Vatan sevgisi, xalqiga bo‘gan muhabbat turgan bo‘lsa, Robert Berns she’rlarida romantika, ehtiros, adolat, ozodlik ustunlik qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Бёрнс, Роберт Қўшиқ ва балладалар, Мухаммад Али таржимаси. Адабсанъатнашр, 1971. - 128 бет 2. Yusuf, Muhammad Biz baxtli bo’lamiz She’rlar to’plami / Muhammad Yusuf; tuzuvchi va nashrga tayyorlovchilar: Nazira as-Salom, Madina Muhammad Yusuf qizi. - T.: Nihol, 2014. - 192 b 3. Yusuf, Muhammad Ulugʻimsan, Vatanim. She’rlar / Muhammad Yusuf: To’plovchi va nashrga tayyorlovchi N. Salomova: So’z boshi A. Oripovniki, - T.: Oʻzbekiston, 2012. - 208 b 4. Yusuf, Muhammad Aytilmagan qo’shiqlarim. She’riy to’plam/ M. Yusuf. - T.: “Ziyo nashr” nashriyoti, 2019. - 128 b 5. Юсуф, Мухаммад. Мухаммад Юсуф замондошлари хотирасида / Мухаррир У.Қўчқоров. - Тошкент: “ADIB” нашриёти, 2014. - 232 б 6. Karimova Shakhnozakhon Karimovna, & Daminova Fotima Nurmamat qizi. (2024). SYMBOLIC IMAGERY OF HOMELAND IN THE POETRY OF ROBERT BURNS AND MUHAMMAD YUSUF. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 12(11), 126–130. Retrieved from https://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/6004 7. Karimova Shakhnozakhon Karimovna, & Daminova Fotima Nurmamat qizi. (2025). ROBERT BERNS VA MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA INSONIY QADRIYATLARNING IFODALANISHI ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, №2/2025, 54-58