scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI TA'LIMIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Dilnoza Yusupova, Diyora Nurimova

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonini tashkil etish hamda unda o‘quvchilar faolligini oshiruvchi usullar haqida so‘z borgan. Interfaol usullarning ona tili darslaridagi ahamiyati bayon etilgan. O‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llanuvchi bir qator ta’limiy metodlar tahlil qilingan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 644 BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI TA’LIMIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH 1Dilnoza Yusupova, 2Diyora Nurimova 1Profi university Navoiy filiali talabasi, 2Profi university Navoiy filiali o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17825111 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonini tashkil etish hamda unda o‘quvchilar faolligini oshiruvchi usullar haqida so‘z borgan. Interfaol usullarning ona tili darslaridagi ahamiyati bayon etilgan. O‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llanuvchi bir qator ta’limiy metodlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Interfaol, metod, dars, usul, ta’lim, sinf, guruh. Interfaol usullar yordamida darslarni tashkil etish ta’lim samaradorligi yanada oshiradi. Bu kabi usullar o‘tilgan darslarni va o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni mustaqil tahlil qilishga hamda xulosalarni o’zlari chiqarishlariga yordam beradi. O‘qituvchi bu orqali shaxs va jamoaning rivojlanishi, shaklanishi, bilim olishi va tarbiyalanishi uchun sharoit yaratib beradi. Dars mashg‘ulotlarida zamonaviy metodlardan foydalanilsa, o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishiladi. Ta’lim metodlarini har bir darsning mavzusidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda darsni turli -tuman jadallashtiruvchi metodlar bilan boyitish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini yanada ko‘tarishga olib keladi. Buning uchun o‘qituvchi dars jarayonini yanada oqilona tashkil qilishi,o‘quvchilarning qiziqishini oshirib, ularning ta’lim jarayonidagi faolligini muttasil rag‘batlantirib turishi, o‘quv materialini kichik -kichik bo‘laklarga ajratishi lozim. Ularning samaradorligini oshirishda “Aqliy hujum”, “kichik guruhlarda ishlash”, “bahs”, “munozara”, “muammoli vaziyatga yo‘naltiruvchi matn”, “loyiha”, “rolli o‘yinlar” kabi metodlarni qo‘llash va o‘quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undashi zarur. Bu kabi metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi Bu metodlar o‘quvchilarni faol ishtirok etishiga va mustaqil fikrlashiga undaydi. Interfaol metod - o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi ham o‘quvchini faollashtirishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari majmui. Interfaol metodlar darsda: -pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish; -o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi; -o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlar bo‘yicha puxta bilimlarning eg.allanishining ta’minlashi; -o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalari va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarirni shakllantirishi; -o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shartsharoitlar yaratish ; -pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur. [1] INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 645 O‘qituvchilar ham darsda interfaol metodlardan foydalansa, o‘quvchilarning faol bo‘lishlariga, ijodiy, tanqidiy fikrlay oladigan, o‘z g‘oyalarini erkin bayon eta oladigan shaxslarga aylanishlariga erishadilar. Metod aslida yunoncha ”metodos” so‘zidan olingan bolib, ”bilish va tadqiqot yoli”, ”nazariya ”, ”ta’limot” kabi ma’nolarini bildiradi.Metodika (yun.methodike) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining usullarining yigindisi yoki o‘qitish usullari haqidagi ta’limot – ta’lim berish me’todlari , yo‘llari va vositalari haqidagi fandir.[2] Fikrlashning olti xil usuli “Olti shlyapa “metodi Bu metod o‘quvchilarda olti xil tartibda fikrlashni o‘rgatadi. Bu metod ko‘pincha o‘qish savodxonligi , ona tili, tarbiya, tabiiy fan doirasida qo‘llanadi. Bu metodni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida ko‘proq qo’llasa, o‘quvchilar ongida fikrlashning turli xil sifatlarini o‘stirishga yordam beradi. Keling, bu metodni 2-sinf o‘qish darsligidagi Rauf Tolibning “Sayoq bola” asari misolida ko‘rib chiqamiz.  Oq shlyapani kiygan o‘quvchi aniq ma’lumotlar ramzi bo‘ladi. Ushbu shlyapani kiygan o‘quvchi hikoyadan esda qolganlarini barchasini aytib berishi kerak.  Qizil shlyapani kiygan o‘quvchi emotsional holatlarni gapirib beradi, ya’ni hikoyadagi Tojivoy Sevinchdan o‘yinga tushgani va tuflisi sababli kekkaygani va hokazo  Yashil shlyapani kiygan o‘quvchi ijodiy fikrlash, yaratuvchanlik va o‘zgartirish ramzi bo‘ladi, ya’ni ushbu shlyapani kiygan o‘quvchidan unga agar imkoniyat berilsa, hikoyadagi qaysi vaziyatni yoki qahramon taqdirini qanday o‘zgartirishi so‘raladi. Interfaol metodlar Olti shlyapa Xatosini top Kodli jadval Grafik test Torrans metodi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 646  Qora shlyapani kiygan o‘quvchi tanqidiy fikrlar,zararli tomonlar, salbiy munosabatlarni aytib beradi, ya’ni hikoyadagi har bir vaziyatga tanqidiy yondashishi kerak bo’ladi.  Sariq shlyapani kiygan o‘quvchi hikoyadagi foydali va ijobiy tomonlarini gapirib beradi, ya’ni hikoyadagi ijobiy obrazlarning foydali tomonlarini gapiradi.  Moviy shlyapani kiygan o‘quvchi xulosalar, yechimlar, takliflar, umumlashtirish ramzi bo‘ladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘qituvchilar ham ta’lim jarayonida bu kabi texnologiyalardan foydalansa o‘quvchilarning faol bo‘lishlariga, ijodiy ,tanqidiy fikrlay oladigan, o‘z g‘oyalarini erkin bayon eta oldigan shaxslarga aylanishlariga erishadilar Foydalanilgan adabiyotlar 1. ”Boshlang‘ich sinf darslarida zamonaviy metodlar va interaktiv o‘yinlardan foydalanish” bo‘yicha metodik qo‘llanma Rajabova Shoira Xamidova 2. ”Ona tili o‘qitish metodikasi” Safo Matchonov