scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SATIRA, YUMOR VA LATIFALAR TARJIMASIDA MILLIY RUHIYATNI SAQLASHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Iskanova Nasiba Parmonovna

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqola satira, yumor va latifalarni tarjima qilish jarayonida milliy ruhiyatni saqlab qolishning nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qiladi. Milliy madaniyatning o‘ziga xosliklarini ifoda etuvchi hazil-mutoyibalarni boshqa tillarga o‘girishda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada tarjimonning madaniyatlararo kompetensiyasi, asl asar mazmuni va uning milliylik jihatlarini xorijiy auditoriyaga yetkazish mas’uliyati alohida ta’kidlanadi. Shu bilan birga, tarjima jarayonida hazilning lingvistik va pragmatik jihatlariga, shuningdek, turli xalqlarning madaniy an’analari va hissiy qabul qilish o‘ziga xosliklariga e’tibor qaratiladi. Ushbu tadqiqot, tarjima nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ilmiy izlanishlar uchun dolzarb bo‘lib, turli tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi samarali muloqotga xizmat qiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 728 SATIRA, YUMOR VA LATIFALAR TARJIMASIDA MILLIY RUHIYATNI SAQLASHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI Iskanova Nasiba Parmonovna dotsent, Renessans ta’lim universiteti ORCID ID 0009 -0001-1498-5862 https://doi.org/10.5281/zenodo.17828948 Annotatsiya. Mazkur maqola satira, yumor va latifalarni tarjima qilish jarayonida milliy ruhiyatni saqlab qolishning nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qiladi. Milliy madaniyatning o‘ziga xosliklarini ifoda etuvchi hazil-mutoyibalarni boshqa tillarga o‘girishda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada tarjimonning madaniyatlararo kompetensiyasi, asl asar mazmuni va uning milliylik jihatlarini xorijiy auditoriyaga yetkazish mas’uliyati alohida ta’kidlanadi. Shu bilan birga, tarjima jarayonida hazilning lingvistik va pragmatik jihatlariga, shuningdek, turli xalqlarning madaniy an’analari va hissiy qabul qilish o‘ziga xosliklariga e’tibor qaratiladi. Ushbu tadqiqot, tarjima nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ilmiy izlanishlar uchun dolzarb bo‘lib, turli tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi samarali muloqotga xizmat qiladi. Аннотация. Данная статья анализирует теоретические и практические аспекты сохранения национального духа в процессе перевода сатиры, юмора и анекдотов. Рассматриваются проблемы, возникающие при передаче юмористических произведений, отражающих особенности национальной культуры, на другие языки, а также пути их решения. В статье особое внимание уделяется межкультурной компетенции переводчика, содержанию оригинального произведения и ответственности за передачу его национальных особенностей зарубежной аудитории. Кроме того, акцент сделан на лингвистических и прагматических аспектах юмора в переводе, а также на особенностях восприятия, обусловленных культурными традициями различных народов. Данное исследование является актуальным для теории и практики перевода, способствуя эффективному диалогу между различными языками и культурами. Abstract. This article analyzes the theoretical and practical aspects of preserving national spirit in the translation of satire, humor, and anecdotes. The challenges arising when transferring humorous works, reflecting the peculiarities of national culture, into other languages are examined, along with possible solutions. The article places special emphasis on the translator's intercultural competence, the content of the original work, and the responsibility for conveying its national characteristics to a foreign audience. Moreover, the article focuses on the linguistic and pragmatic aspects of humor in translation, as well as the perception nuances influenced by the cultural traditions of different peoples. This research is relevant to translation theory and practice, promoting effective dialogue between different languages and cultures. Kalit so‘zlar: yumor, milliylik, madaniyatlararo muloqot, latifa, uyg‘unlik. Ключевые слова: юмор, национальная идентичность, межкультурная компетенция, анекдот, согласованность. Key words: humor, national identity, intercultural competence, anecdote, consistency. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 729 KIRISH Inson hayoti, uning kundalik faoliyati va munosabatlarida turli xil hissiy holatlar yuzaga keladi. Shu holatlar orasida yumor, latifa va hazillar alohida o‘rin tutadi. Ular nafaqat odamlarni birlashtirish, balki stress va ziddiyatli vaziyatlarda ko‘nglini bir oz bo‘lsada ko‘tarish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Hazil-mutoyibalar, latifa va hazillar insonning psixologik holatini yengillashtirib, ruhiyatini ijobiy tomonga o‘zgartiradi, shuningdek, jamiyatdagi madaniy va ijtimoiy munosabatlarni yanada yaxshilaydi. Bu kabi hazil-mutoyibaga boy bo‘lgan kulguli va ma’noli ifodalar, o‘z navbatida, milliy ruhiyatni, an’anaviy qadriyatlarni va madaniy o‘ziga xoslik darajalarini aks ettirishi mumkin. Latifaning mohiyati uning maqsad va vazifalarida, qahramonlar va personajlar o‘rtasidagi hazilkashlik munosabatlarida, syujet va kompozitsion tuzilmasida, hamda badiiy vositalarni yuqori mahorat bilan qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Latifalarning asosiy maqsadlaridan biri jamiyatdagi insonlarning xatolari va kamchiliklarini, zaif tomonlarini kulgili tarzda ko‘rsatish orqali ularga tanqidiy yondashishdir. Latifalar kelajak avlodni kamtarlik, adolat va yaxshilik ruhida tarbiyalashga intilgan. Zaiflik va kamchiliklar kulgili qahramon obrazi orqali ifoda etilgan. Yumorga xos asarlarda tartibsizliklar, tajribasizlik, kamtarlik va fe’l-atvor kamchiliklari, shuningdek, xatolar va nuqsonlar samimiy hazillar tarzida bayon etilgan. 1 Satira, yumor va hazil nafaqat o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatda, balki til va madaniyatlararo muloqotda ham muhim rol o‘ynaydi. Har bir xalq o‘zining alohida hazil, yumor va satira turi bilan tanilgan bo‘lib, bu orqali millatning o‘ziga xos dunyoqarashi, qiziqishi va tarixiy tajribasini ifoda etadi. Shu sababli, satira, latifa va hazillar tarjimasida milliy ruhiyatni saqlash, madaniyatlararo muloqotni kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega. Bu maqola, inson hayotidagi hazil va yumorning o‘rni, ularning milliy va madaniy jihatlari, shuningdek, tarjimadagi murakkabliklar haqida misollar orqali batafsil tahlil qiladi. O‘zbek latifalari xalq og‘zaki ijodining boy qismi bo‘lib, ular milliy madaniyat, turmush tarzi va qadriyatlarni aks ettiradi. O‘zbek latifalarining asosiy mavzularidan, biri latifalarda aqlzakovat, topqirlik va donolik mavzusi keng yoritiladi. Ko‘pincha, zukkolik bilan muammoni hal qiluvchi qahramonlar xalqning aql-idrok va tafakkurga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi. O‘zbek millatiga xos satira, yumor, latifa va komediyada, o‘zbek xalqining kundalik turmushidagi voqealar, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, hayotning oddiy qirralari, jumladan, qo‘niqo‘shnilar, bozor va oilaviy hayotga oid latifalar kulgili tarzda yoritiladi. Latifalarda ko‘pincha Nasriddin Afandi kabi donishmand va hazilkash personajlar yoki kulgili qahramonlar tasvirlanadi. Ularning kutilmagan javoblari va hazillari odamlarni kuldirib, shu bilan birga ularga ma’naviy saboq beradi. O‘zbek latifalarida jamiyatdagi muammolar, masalan, qiziquvchanlik, dangasalik, ochko‘zlik yoki haddan tashqari urf-odatlarga ergashish hazil bilan tanqid qilinadi. Bu latifalar kulgi bilan birga chuqur ma’no ham kasb etadi. Barcha millatlarga xos bo‘lgan er-xotin, qaynona-qaynota bilan bo‘lgan kulguli voqealar oilaviy hayotning yorqin jihatlarini, o‘zbek oilalarida uchrab turadigan jiddiy oilaviy munosabatlar, hazil-mutoyiba tarzida ko‘rsatib beradi. O‘zbek latifalari xalqning turmush tarzi va dunyoqarashini aks ettirib, madaniyat va milliy ruhiyatning asl ko‘rinishini namoyon etadi. 1 Yuldoshev U.R. Peculiarities of translation of Uzbek national anecdotes into English. Филологические науки, Языкознание. 2021. (pp50-54) INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 730 Satira, yumor va latifalarni boshqa tillarga tarjima qilish jarayonida bir qator qiyinchiliklar uchraydi. Bu qiyinchiliklar asosan tilning o‘ziga xosligi, madaniy tafovutlar va mazmunning nozik jihatlarini saqlab qolish bilan bog‘liq bo‘ladi. 2 Low Peter Alan shunday deb ta’kidlaydi: "Hazilni, hatto semantik jihatdan to‘g‘ri bo‘lsa ham, tabassum hosil qilmaydigan tarzda tarjima qilish — bu xiyonatdir". U hazillarni tarjima qilish uchun sakkizta strategiyani taklif qiladi: 3 Birinchidan, hazil, latifaning asosiy qismi tarjima qilinadi, kerak bo‘lsa, izohlar qo‘shilishi mumkin, bu esa hazilning tayyorlov qismiga tegishli bo‘ladi. Tarjimada e‘tibor berilishi kerak bo‘lgan ikkinchi qoida, bu ona tilidan boshqa chet tiliga tarjima qilinayotganda, hattoki mubolag‘a, qo‘shimcha kulguga moil keladigan so‘zlarni qo‘shishi mumkun hisoblanadi. Uchunchi yo‘l esa, jumlalarga mavzuga mos jumlalar qo‘shish maqsadga muvofiq hisoblanadi. To‘rtinchi tavsiyada esa, gaplar o‘rniga so‘z yordamida tarjima usulidan foydalansa bo‘ladi. Beshinchi tavsiyada, muallif tarjima jarayonida izoh berib o‘tish lozimligini aytib o‘tsa, oltinchi maslahatda tarjimon e’tibor berishi kerak bo‘lgan narsa, tarjimada mubolag‘adan foydalanish to‘g‘ri hisoblanadi. Bu esa, matnni mazmuni o‘zgarishiga sabab bo‘lmasdan, yanada hazil, kulguga boy tarjima hosil bo‘ladi. Keying holatda, muallif hazilga moil matn boshqa ma’noga ega bo‘lganligi, lekin xuddi shunday kulgili bo‘lgan boshqa matn bilan almashtirish, ba’zi hollarda tarjimasiz qoldirish ham mumkunligini aytib o‘tgan. Qo‘yida, ingliz tilida berilgan hazil matnni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonidan namuna keltirib o‘tmoqchimiz. One day a painter; looking out of his window, saw an old countryman going by and thought the man would make a good subject for a picture. So he sent out his servant to tell the man that her master would like to paint him. The old man hesitated and asked what the painter would pay him. She said he would give him a pound. The man still hesitated: «Come on,» she said, «it’s an easy way to earn a pound».«Oh, I know that,» he answered, «I was only wondering how I should get the paint off afterwards.» Qo’yida, biz mazkur matnni so’zma-so’z tarjima qilishga harakat qildik. Bir kuni bir rassom derazadan tashqariga qarab, keksa bir qishloqda yashovchini o‘tayotganini ko‘rib, bu kishining rasmini chizish rassom uchun yaxshi ob'ekt bo‘lishini o‘yladi. Shunday qilib, u xizmatchisini yuborib, odamga uning rasm chizishini aytishni buyurdi. Keksa kishi biroz ikkilanib, rassom unga qancha pul to‘lashini so‘radi. Xizmatchi, bir funt berishini aytdi. U yana ikkilanib, «Haqiqatan ham,» dedi xizmatchi, «bu bir funtni osonlikcha topishning yo‘lidir». «Ha, men buni bilaman», deb javob berdi u, «men faqat bo‘yoqni keyin qanday yuvib tashlashimni o‘ylayotgan edim». Ushbu tarjimadagi ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish va ba’zi so‘zlarni tushurib yoki qo‘shib, o‘zbek kitobxoniga tushunarliroq qilish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Tarjimada o‘zbek tilining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, o‘zbek tilida ko‘proq ishlatiladigan ifodalarga moslashtirishning maqsadi — o‘quvchiga oson va ravon tushuniladigan tarjima taqdim etishdir. "Ikkilanib" so‘zi aslida «hesitating»ning o‘zbekchasiga yaqin tarjimasi. 2 Kovács Gabriella. Translating Humour – A Didactic Perspective. Acta Universitatis Sapientiae, Philologica, 12, 2 (2020) 68–83 3 Low Peter Alan. 2011. Translating jokes and puns. Perspectives: Studies in Translatology 19(1): 59–70 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 731 Ammo «biroz o‘ylab» yoki «o‘ylab turib» deb o’zgartirish ham mumkin, chunki bu ifodalar kitobxon uchun ko‘proq tushunarli bo‘ladi. Tarjimada "bo‘yoqni keyin qanday yuvib tashlashimni o‘ylayotgan edim" qismida, asl inglizcha matndan tushunishga qaratilgan o‘zgarishlar kiritish mumkin. Masalan, "Keyin bo‘yoqni qanday yuvib tashlashimni o‘ylab turibman" — bu gapda noziklik va kishi qanday shubha bilan murojaat qilayotgani yaxshi aks etadi. Bu kabi o‘zgartirishlar tarjima mazmunini yanada tushunarli qilishiga sabab bo‘ladi va o‘zbek tilidagi oddiy va tabiiy ifodalarni qo‘llash orqali maqsadga erishish mumkin bo‘ladi. Quyida, biz barcha ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirishga harakat qildik. Bir kuni bir rassom deraza oynasidan tashqariga qarab o‘tirib, yo‘lda ketayotgan qishloq ahlilaridan keksa bir kishini ko‘rib qolib, bu kishining rasmini chizish orzusi paydo bo‘ldi. Shunday qilib, u xizmatchisini keksa kishini oldiga yuborib, rassom uni rasmini chizish rejasi borligini aytishni buyurdi. Keksa kishi biroz o‘ylab turib, rassom unga qancha pul to‘lashini so‘radi. Xizmatchi, bir funt berishini va bu bir funtni osonlikcha topishligini o‘qtirdi. Qishloqlik keksa kishi unga bu yusunda pul topishga roziligini, ammo keyin bo‘yoqlarni tanasidan qanday yuvib tashlashini o‘ylayotganini aytdi. Women’s tear Three husbands met each other. The first one who was a soldier said: – A woman’s tear is a classic weapon but very dangerous. The second one who was a weather forcaster said: – A woman’s tear is a light shower but it can become a flood that can drown many people. The third one who was a chemist said: – A woman’s tear is a special chemical that can ruin steely hearts. Uch erkak o‘rtoqlar Mark, Anderson, va Jim uchrashib qolishdi. Ularning suhbati mavzusi ayollari hayotda qiynalgan hollarda to‘kayotgan ko‘z yoshlari haqida borardi. Harbiy sohada faoliyat yuritadigan Mark ayolning ko‘z yoshlari — bu klassik qurol, ammo juda xavfli ekanligini, ob-havo ma’lumotlar markazida ishlaydigan Anderson esa, ayolning ko‘z yoshlarini yengil yomg‘ir, lekin u toshqin bo‘lib, ko‘plab odamlarni cho‘ktirishi mumkinligini, kimyogar Jim esa ayolning ko‘z yoshlari maxsus kimyoviy modda u temir yuraklarni ham buzib yuborishligi mumkinligini aytdi. O‘zbek kitobxoni uchun tushunarli hamda qiziq taassurot qoldirish maqsadida, ushbu latifani tarjima qilish jarayonida so‘z qo‘shish (addition), tushurib qoldirish (omission), sodda darak gaplarni qo‘shma gapga aylantirishga (substitution) harakat qildik. Tarjimonning milliy madaniyatni va tarjima qilinayotgan madaniyatni chuqur tushunishi zarur. Agar tarjimonning madaniy kompetensiyasi yetarli bo‘lmasa, latifa yoki yumorning asosiy ma’nosi yo‘qolib ketishi kuzatiladi. Quyida o‘zbek xalq latifalari tarjimasidan misollar keltirib o‘tmoqchimiz. Kunlardan birida hokim yo‘lda ketayotgan ekan, ko‘chada eshak yetaklab ketayotgan Afandini ko‘rib, haydovchiga: — Otaxonni yonida to‘xtat, bir boplay uni - debdi. Hokim Afandiga qarab: — Ha, Afandi, eshakni o‘qishga olib ketayapsizmi? - deb haydovchisi bilan qotib kulishibdi. Gapga javoban Afandi: — Ha, o‘qishga olib ketayapman. O‘qisa hokim bo‘ladi, o‘qimasa haydovchi - debdi. One day, the mayor was traveling along the road when he saw Nasriddin Afandi leading a donkey. He told the driver to stop by the old man in order to make a fun of him" The mayor looked at Nasriddin Afandi and asked: "Hey, Afandi, are you taking the donkey to school?" He and his driver burst out laughing. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 732 In response, Nasriddin Afandi said: "Yes, I’m taking my donkey to school. If it studies, it’ll become a mayor; if it doesn’t, it’ll become a driver." O‘zbek tilidagi “bir boplay uni” iborasi ko‘p ma’noli bo‘lib, odatda kontekstga qarab tanbeh berish, urishmoq, kamsitish, yoki masxara qilish mazmunlarida qo‘llanadi. Biroq iboraning asosiy pragmatik vazifasi — adresatga nisbatan negativ munosabat yoki jismoniy/og‘zaki tajovuz ni ifodalashdir. Shu bois uning ingliz tilidagi ekvivalenti to'g‘ridanto‘g‘ri so‘zma-so‘z emas, balki funksional-ma’no asosida belgilanadi. Lingvistik ekvivalent sifatida vaziyatdan kelib chiqib quyidagilar ancha mos keladi: to scold him (urishmoq), to reprimand him (tanbeh bermoq), to rough him up (jismoniy tajovuz ishorasi bor), to deal with him / to teach him a lesson (ko‘chma, kontekstga mos). Agar matnda aynan masxara qilish ma’nosi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, “to make fun of him” mos keladi, lekin “bir boplay”ning keng pragmatik spektrini to‘liq berolmaydi. Shunday qilib, "boplay uni"ni “to make fun of him” deb tarjima qilish faqat matnda masxara qilish ma’nosi nazarda tutilgan hollarda to‘g‘ri, aks holda bu tarjima semantik jihatdan torayib ketadi va iboraning asosiy pragmatik yukini yo‘qotadi. O‘zbek latifalaridagi Nasriddin Afandi kabi milliy obrazlar boshqa madaniyat vakillariga notanish bo‘lishi mumkin. Bu obrazlarni tarjima qilish jarayonida ularning mazmuni va rolini tushuntirishga ehtiyoj tug‘iladi. Bu personaj haqidagi ma’lumotni matn ostida izohlab ketish talab qilinadi. Ko‘plab o‘zbek latifalarida tanqidiy mazmun, ijtimoiy masalalar yoki xalqning turmush tarzidagi kamchiliklar kulgili shaklda tasvirlanadi. Tarjimada bunday hazillarni boshqa madaniyatga moslashtirish murakkablik tug‘diradi. O‘zbek latifalari ko‘pincha so‘z o‘yinlariga asoslanadi. Bunday hazillarni boshqa tilga tarjima qilishda so‘zning ma’nosini va hazilning samarasini saqlab qolish deyarli imkonsiz bo‘lib qolishi mumkin. O‘zbek hazillari ko‘pincha hissiy ohang va muloqot uslubiga bog‘liq. Boshqa tilga tarjima qilganda, o‘sha samara va kulgili ta’sirni yetkazish qiyin bo‘lishi mumkin. O‘zbek tilida hazil, yumor ko‘pincha iltifot va nozik mulozamat bilan boyitilgan bo‘ladi. Boshqa tilda bu jihatlarni saqlab qolish qiyin, chunki ularning ohangi yo‘qolishi mumkin. Satira, yumor va laifalarni tarjima qilishda, tarjimon bilishi lozim bo’lgan masalalar mavjuddir. Ya’niki, tarjimondan milliy va madaniy kompetensiyasini oshirish, madaniyatlararo muvofiqlashtirish uchun izohlar (footnotes) va sharhlarni qo‘llashni yo‘lga qo‘yish, til va madaniyatga mos ekvivalentlar yaratishga e’tibor qaratish, hazilning asl mazmunini saqlab qolish yo‘llari ustida nazariy hamda amaliy bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. Tarjimonning madaniyatlararo kompetensiyasi, milliy va jahon humor an’analari bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishi, kontekstni qayta modellashtira olishi hamda auditoriya psixologiyasini hisobga olishi mazkur jarayonning muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omillar sifatida namoyon bo‘ldi. Shu bilan birga, ba’zi realiyalar, hazilning lingvokulturologik asoslari yoki mental obrazlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish imkonini bermagan holatlarda adaptatsiya, kompensatsiya, ekvivalent almashtirish kabi strategiyalardan foydalanish milliy ruhiyatni yo‘qotmasdan matnning illokutiv kuchini saqlab qolishda samarali vosita bo‘lishi isbotlandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, satira va yumor tarjimasida milliy ruhiyatni to‘liq ifodalash tarjimashunos uchun ijodiy yondashuvni, madaniyatlararo muloqot mexanizmlarini chuqur o‘zlashtirishni va humorning universalligi hamda milliyligi o‘rtasidagi muvozanatni topishni talab etadi. Bu jarayonning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish va amaliyotga INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 733 tatbiq etish nafaqat tarjimalarning sifatini oshiradi, balki milliy madaniyatning global axborot makonida izchil va haqqoniy namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Ballard, Michel. 1996. Wordplay and the didactics of translation. The Translator 2(2): 333– 346 2. Yuldoshev U.R. Peculiarities of translation of Uzbek national anecdotes into English. Филологические науки, Языкознание. 2021. (pp50-54) 3. Kovács Gabriella. Translating Humour – A Didactic Perspective. Acta Universitatis Sapientiae, Philologica, 12, 2 (2020) 68–83 4. Low, Peter Alan. 2011. Translating jokes and puns. Perspectives: Studies in Translatology 19(1): 59–70 5. Abrams, М.H. A Glossary of Literary terms. Cornell University. Printed in the USA, 1999. 6. Afandi latifalari. URL: www.ziyouz.com kutubxonasi 7. Латифалар, ҳажвиялар, хандалар, ҳазиллар, приколлар ва анекдотлар https://latifa.uz/uz_latn/popularpage