scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TEXNIK MATN TARJIMASI MUAMMOLARI, LINGVISTIK XUSUSIYATLARI VA ZAMONAVIY YECHIMLAR

Shomurodova Zebiniso Rajabovna

Abstract

Ushbu maqolada konchilik sanoatiga oid texnik matnlarni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan lingvistik, semantik, terminologik hamda pragmatik muammolar chuqur tahlil qilinadi. Konchilik texnologiyalarining murakkabligi, jarayonlarning ko‘p-bosqichliligi, atamalar tizimining standartlashtirilmaganligi va ko‘pma’nolilik texnik tarjima sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shuningdek, tarjima jarayoniga zamonaviy yondashuvlar - korpus lingvistikasi, terminologik bazalar, kompyuter yordamida tarjima, mashina tarjimasi va tarjimadan keying tahrir texnologiyalarining tatbiqi bo‘yicha ilmiy asoslangan yechimlar taklif etiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 797 TEXNIK MATN TARJIMASI MUAMMOLARI, LINGVISTIK XUSUSIYATLARI VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Shomurodova Zebiniso Rajabovna Katta o‘qituvchi, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17830266 Annotatsiya. Ushbu maqolada konchilik sanoatiga oid texnik matnlarni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan lingvistik, semantik, terminologik hamda pragmatik muammolar chuqur tahlil qilinadi. Konchilik texnologiyalarining murakkabligi, jarayonlarning ko‘pbosqichliligi, atamalar tizimining standartlashtirilmaganligi va ko‘pma’nolilik texnik tarjima sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shuningdek, tarjima jarayoniga zamonaviy yondashuvlar - korpus lingvistikasi, terminologik bazalar, kompyuter yordamida tarjima, mashina tarjimasi va tarjimadan keying tahrir texnologiyalarining tatbiqi bo‘yicha ilmiy asoslangan yechimlar taklif etiladi. Kalit so‘zlar: konchilik, texnik matn, lingvistik tahlil, terminologiya, korpus lingvistikasi, mashina tarjimasi, ilmiy tarjima. Konchilik sohasi iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri bo‘lib, u nafaqat tabiiy boyliklarni qazib olish, balki geologik razvedka, qazib olish texnologiyalari, xavfsizlik injiniringi, transport logistikasi va qayta ishlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu kompleks tizimni yorituvchi texnik matnlar yuqori darajadagi ilmiy aniqlik va terminologik izchillikni talab qiladi. Texnik matn tarjimasi, ayniqsa konchilik sanoati singari murakkab sohaga oid matnlar, oddiy til bilimidan ko‘ra ko‘proq - soha bilimlari, texnologik jarayonlarni tushunish, xalqaro standartlardan xabardorlikni talab qiladi. Tarjimada yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar esa bevosita ishlab chiqarish xavfsizligi, texnologik jarayonlarning noto‘g‘ri amalga oshirilishi, ishlab chiqarishdagi tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Shu bois konchilik sohasi texnik matn tarjimasini o‘rganish nafaqat lingvistika, balki texnika, geologiya va kon muhandisligi bilan kesishuvchi ko‘p fanli tadqiqot hisoblanadi. Konchilik terminlari asosan ingliz tili (global sanoat standartlari), rus tili (postsovet konchilik maktabining ta’siri), nemis tili (klassik kon injiniringi), mahalliy atamalar (o‘zbek, qozoq, tojik konchilik leksikasi) ta’siri ostida shakllangan bo‘lib, bu terminologik sathda bir nechta variantlarning mavjudligiga sabab bo‘ladi. Masalan: beneficiation plant - boyitish fabrikasi, minerallarni tayyorlash zavodi, qazilma qayta ishlash majmuasi. Bu esa tarjimada izchillikni buzadi. Konchilik matnlarida quyidagi sintaktik xususiyatlar keng tarqalgan: murakkab aniqlovchilarhigh-pressure longwall hydraulic support systems… passiv konstruktsiyalarThe ore body was classified according to… sifatdoshlardan hosil bo‘lgan terminlarshaft sinking, drillability, fracturability, washability. ko‘p komponentli texnik birliklarunderground coal gasification monitoring and control system. Ularni o‘zbek tiliga moslashtirish parallel konstruktsiyalarni yaratishni talab qiladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 798 Texnik terminlar ko‘pincha bir nechta ma'noga ega bo‘ladi: face - zaboy, front, yuzasi, sirt, kesim qismi. seam - qatlam, damar, ko‘mir yotqizig‘i. fall - cho‘kish, qulash, yorilish. boltbolta (mexanika), sanka (qurilish), murvat (umumiy), tirgak (elektrotexnika). current - tok (elektrotexnika), oqim (gidravlika), joriy (vaqtni ifodalashda), zamonaviy (texnologiyada). joint-boglama (qurilish), burama (mexanika), chok (materialshunoslik), tirqish (geologiya) plateplastina (elektrotexnika), plita (qurilish), taglik (mashinasozlik), planka (anatomiya) head - bosim (gidravlika), kallak (vint), boshqaruv (kompyuter texnikasi), sarlavha (dokumentatsiya) power - quvvat (fizika), energiya (elektrotexnika), daraja (matematika), kuch (mexanika) stress - kuchlanish (materialshunoslik), stress (psixologiya), urg'u (tilshunoslik), yuklama (qurilish) field - maydon (fizika), soha (dasturiy ta'minot), dalacha (qishloq xo'jaligi), kon (geologiya) band - tizma (elektronika), tasma (mexanika), guruh (kommunikatsiya), qator (matematika) Ushbu hollarda ma’no tanlovi kontekstga qat’iy bog‘liq bo‘ladi. Konchilik matnlarida buyruq-jadvalli (instructions), xavfsizlikka oid (safety protocols), standartlashtirilgan (ISO, GOST, ASTM), formula va graflarga boy (engineering reports) matnlar bo‘lishi sababli tarjimon pragmatik funksiyani saqlashi shart. Konchilik sohasi texnik matn tarjimasida uchraydigan muammolardan biri terminologik standartlarning yetishmasligidir. O‘zbek tilida umumiy texnik terminlar bo‘lsa-da, konchilik bo‘yicha yagona, yangilanib boruvchi davlat terminologik standartlari to‘liq shakllanmagan. Bu esa turli mutaxassislar tomonidan turli termin variantlarining qo‘llanishi, bir xil atamaning bir necha parallel tarjimalari, ilmiy adabiyotlarda nomuvofiqlik kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Tillararo kategoriyalarning to‘liq mos kelmasligi esa ba’zi texnologik jarayonlar boshqa tillarda ekvivalenti bo‘lmagan terminlar bilan yuritiladi rus konchilik an’analarida mavjud “штрек”, “квершлаг”, “уклон” atamalari ingliz tilida bir necha terminlar orqali ifodalanadi. Ingliz kon injiniringidagi longwall, room-and-pillar tizimlari ba’zan ruscha tizimlar bilan to‘liq mos kelmaydi. Bu jarayinda ekvivalent tanlash tarjimon uchun murakkab vazifa bo‘lib qoladi. Qisqartmalar va kodlash tizimlari. Konchilik matnlarida yuzlab, CMS, UCG, LHD, PPE, HSE, MSHA kabi qisqartmalar qo‘llanadi. Ba`zi qisqartmalar ko‘pincha bir nechta ma'noga ega bo‘ladi: PPE -“Personal Protective Equipment” PPE - “Preliminary Placer Evaluation” Bu holat esa tarjima jarayonida chalkashlikka olib kelishi mumkin. Tarjima jarayonida texnik hujjatlarda o‘lchovlar, fizik kattaliklar, raqamli ko‘rsatkichlarda SI standartlari, britan o‘lchov tizimi, postsovet tizimi aralash keladi. Bularni moslashtirish tarjimon zimmasiga tushadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 799 Jarayonni noto‘g‘ri tushunish semantik xatolarga olib keladi. Masalan: coal washing - “ko‘mir yuvish” emas, ko‘mirni boyitish jarayoni, gas drainage - “gaz drenaji” emas, gazni ajratib chiqarish tizimi. Texnik matn tarjimasi sifatini oshirishda zamonaviy yondashuvlar quyidagilardan iborat: terminologik lug‘atlar yaratish bu yagona ekvivalentni tanlaydi, variantlar sonini kamaytiradi va tarjima izchilligini ta’minlaydi. Bunda har bir termin uchun terminning ta’rifi, qo‘llanish konteksti, soha guruhi (geologiya, kon injiniringi, xavfsizlik, mexanika), ekvivalentlari misol gaplar kiritilishi zarur. Korpus lingvistikasi asosida yondashuv ham tarjima jarayonini mukammallashishiga olib keladi. Maxsus konchilik matnlari korpusi yaratilib, unda parallel matnlar, standartlar, qo‘llanmalar, patentlar, ilmiy maqolalar jamlanganda, avtomatik tarjima izchilligi ortadi. Kompyuter dasturlar yordamida tarjima esa terminologiya xotirasini yaratadi, avvalgi tarjimalarni takror ishlatishga imkon beradi matn izchilligini kafolatlaydi. Bu ayniqsa texnik hujjatlar tarjimasida juda muhimdir. Tarjima jarayonida tarjimonning kon muhandislari, geologlar, xavfsizlik mutaxassislari bilan hamkorlikgi juda muhimdir. Ilmiy-texnik tarjima yakka tartibdagi jarayon emas, ko‘p tarmoqli hamkorlik mahsulidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki konchilik terminlarining ~40–45 % hollarda kontekstga qarab ma’nosi o‘zgaradi. Qisqartmalarni noto‘g‘ri talqin qilish texnik xatoning asosiy sababi (20–25 %). Sohaning texnologik jarayonlarini bilmaslik semantik xatolarni 30 % dan ortiq hollarda keltirib chiqaradi. CAT va termin baza qo‘llanganda tarjima xatolari 60 % ga kamayadi. Mutaxassis bilan maslahatlashish xatolarni 70 % gacha pasaytiradi. Demak, texnik tarjima aniq ilmiy yondashuvlar bilan qo‘llab-quvvatlanishi zarur. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, konchilik sohasi texnik matnlarini tarjima qilish murakkab, ko‘p fanli kompetensiyalarni talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Asosiy muammolar terminologik nomuvofiqlik, ko‘p ma’nolilik, sintaktik murakkablik, qisqartmalar va texnik jarayonlarni noto‘g‘ri talqin qilishdir. Ularni bartaraf etishning zamonaviy yechimlari quyidagilar yagona terminologik standartlarni yaratish, ilmiy asoslangan terminologik bazalar tuzish, korpus lingvistikasi va texnologiyalaridan foydalanish, sohaviy mutaxassislar bilan hamkorlik qilishdir. Ushbu yondashuvlar nafaqat konchilik sohasi tarjimalarining balki barcha texnik sohaga oid tarjimalarning ilmiy aniqligi, pragmatik mosligi va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Newmark, P. (1988). A Textbook of Translation. Prentice Hall. 2. Perry, R.H. & Green, D. (Eds.). (2007). Perry's Chemical Engineers' Handbook (8th ed.). McGraw-Hill. 3. Qodirov, A. (2021) Zamonaviykimyoterminologiyasi, Toshkent. 4. Rajabovna, S. Z. (2022). Peculiarities of translating technical texts from uzbek into English. 5. Robinson, D. (2003). Becoming a Translator: An Introduction to the Theory and Practice of Translation. Routledge. 6. Шомуродова, З. Р. (2020). Основное содержание перевода научной и технической литературы. Вопросы науки и образования, (11), 70-74.