ZAMONAVIY INGLIZ YOZMA REKLAMA MATNLARINING LINGVOSTILISTIK TAHLILI
Abstract
This article examines the linguo-stylistic and psycholinguistic features of modern English advertising texts. The study focuses on lexical-semantic characteristics, stylistic devices, and psychological impact of advertising language. The research demonstrates the crucial role of language in shaping emotional responses, cognitive engagement, and consumer behavior in contemporary advertising.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 801 ZAMONAVIY INGLIZ YOZMA REKLAMA MATNLARINING LINGVOSTILISTIK TAHLILI Sulaymanova Saodat yetakchi òqituvchi, IIV Navoiy akademik litseyi https://doi.org/10.5281/zenodo.17830304 Abstract. This article examines the linguo-stylistic and psycholinguistic features of modern English advertising texts. The study focuses on lexical-semantic characteristics, stylistic devices, and psychological impact of advertising language. The research demonstrates the crucial role of language in shaping emotional responses, cognitive engagement, and consumer behavior in contemporary advertising. Annotatsiya. Maqola zamonaviy ingliz yozma reklama matnlarining lingvostilistik va psixolingvistik xususiyatlarini chuqur o`rganishga bag`ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi reklama matnlarining leksik-semantik boyligi, stilistik vositalari va ommaga psixologik ta`sirini tahlil qilishdir. Ushbu maqola lingvistik, stilistik,va psixolingvistik amaliy tadqiqotlar va marketing strategiyalari uchun foydali manba hisoblanadi. Kalit so`zlar: Ingliz reklama matnlari, lingvostilistika, leksik-semantik xususiyatlar, stilistik vositalar, psixolingvistika, metafora, emotsional ta`sir, brend imdiji, xaridorlarni jalb etish. BOB. Kirish. Zamonaviy reklama - bu nafaqat mahsulot yoki xizmatni targ`ib qiluvchi vosita, balki inson hissiyotlariga, tafakkuriga va xatti-harakatlariga bevosita ta`sir qiluvchi kommunikativ mexanizm hisoblanadi. Ingliz yozma reklama matnlari, ayniqsa, lingvistik va psixologik bilimlar kesishgan nuqtada vujudga keladi. Ularning asosiy vazifasi - ommani mahsulot yoki bredga ijobiy munosabatga undash, xarid qilishga rag`batlantirish va bred imidjini o`rnini saqlash va mustahkamlab olishdir. Reklama tili o`zining leksik -semantik boyligi, fonetik uyg`unligi bilan farqlanib turadi. Shu orqali u xaridorlarda ijtimoiy, madaniy va shaxsiy bog`liqlikni uyg`otadi. Ushbu maqolada ikki zamonaviy ingliz reklama kampaniyasi tahlil qilinadi: Morrisons - “Fresh from Market Street” (2025, Buyuk Britaniya), Maxwell House- “Maxwell Apartment” (2025, AQSH). Tahlilning maqsadi_ reklama matnlarining leksik-semantik xususiyatlarini , ularning ommaga qanday hissiy va kognitiv ta`sir ko`rsatishini ochib berishdir. Adabiyotlar sharhi Zamonaviy ingliz reklama matnlarining lingvostilistik va psixolingvistik xususiyatlari bo`yicha bir qancha olimlar izlanish olib borganlar. Adabiyotlar tahlili shuni ko`rsatadiki, reklama matnlarining lingvostilistik xususiyatlari va psixolingvistik ta`siri sohasida izlanishlar bir necha yillardan buyon olib borilmoqda. Ilmiy izlanishlar reklama tilining leksik-semantik boyligi, stilistik vositalari, metafora va emotsional so`zlar orqali xaridorlarni jalb qilish va xarid qilishga bo`lgan ishtiyoqini oshirishni ko`rsatadi. Shu bilan bir qatorda, Morrisons va Maxwell House kabi zamonaviy reklama kampaniyalari oldingi nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida o`zining lingvostilistik va psixolingvistik strategiyalarini shakllantiradi. David Ogilvy (1983, “Ogilvy on Advertising”) reklama tili va stilistik vositalarining samaradorligini amaliy tajribalar orqali o`rganib, qisqa, aniq va emotsional mazmunli matnlarning omma ongiga ijobiy ta`sir
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 802 etishini ta`kidlagan. George Lakoff va Mark Johnson (1980, “Metaphors We Live By”) metafora nazariyasini ishlab chiqib, metaforik ifodalarning inson kognitsiyasiga, hissiyot va qaror qabul qilishiga ta`sirini ko`rsatgan. 1. BOB. Ingliz yozma reklama matnlarining lingvostilistik xususiyatlari Reklama tili, ayniqsa ingliz yozma reklamalari, tilshunoslik va psixologiya kesishgan nuqtada shakllanadi. Uning asosiy vazifasita`sir o`tkazish va ishontirish. Shu sababli reklama matnining leksik-semantik qatlamida ma`lum bir semantik yo`llar qo`llaniladi: emotsional so`zlar, baholovchi birliklar, neologizmlar, metaforik ifodalar va ijobiy konnotatsiyaga ega birliklar. Quyida bu jihatlar ikki hozirda mavjud reklama kampaniyasi misolida tahlil qilinadi. Masalan: Morrisons- “Fresh from Market Street” (Buyuk Britaniya, 2025 y). Bu reklama 2025yil fevral oyida Buyuk Britaniyada efirga uzatilgan, ITV va youtube platformalarida tarqatilgan. Rasmiy manba: Morrisons official youtubeFresh from Market Street (2025). Ushbu reklamada asosiy urg`u “freshness” (yangi, tabiiylik) tushunchasiga beriladi. Da`vat yoki shior - “Fresh from Market Street”- liksik jihatdan oddiy, ammo semantik jihatdan ko`p qatlamli ibora hisoblanadi. “Fresh” so`zi esa yangi, haqiqiy ishonchli manbadan, degan yashirin ma`noni ham beradi. “Street Market” esa an`anaviy ingliz bozori haqidagi madaniy bog`liqlikni anglatadi ya`ni tabiiy, mahalliy va insoniy ahloqlarga boy muhitni ifodalaydi. Bu reklama matnida so`zning bevosita ma`nosi va qo`shimcha, hissiy ma`no uyg`unlashgan. Shu yo`l bilan “Morrisons” o`zini shunchaki supermarket emas, balki mahalliy, ishonchli, sog`lom oziq ovqatlar manbai sifatida targ`ib qilingan. Reklamada metafora va obrazlilik ham kuchli ifoda vositasi sifatida ishlatilgan. “Fresh from Market Street” iborasi metonimik xarakterga ega chunki unda go`yoki barcha mahsulotlar to`g`ridan to`g`ri bozor rastalaridan, mahsulot yetishtirib bergan inson qo`lidan kelayotgandek. “Freshness” so`zi metaforik tarzda hayot, tozalik, yangi boshlanish ramzi sifatida tushuniladi. Bu reklama matni fonetik jihatdan ham uyg`un bo`lib, “f” tovushining takrori (“Fresh-from”) hissiy ohang beradi va tinglovchining e`tiborini tortadi va “r” tovushi (“Fresh”, “from”, “Street”) ohangni davom ettiradi, nutqqa yumshoqlik va ta`biiy oqim beradi. Bu uyg`unlik reklama eshituvida oson qabul qilinishini, yodda qolishini va brend nomini kuchaytiradi. Takror tovushlar orqali reklama tili melodik, emotsional va esda qolarli tus oladi. Yana bir asosiy xususiyatlardan biri sintaktik soddalik va parallel tuzilma. Bu struktura parallelizm tamoyiliga asoslanadi, ya`ni bir xil grammatik tuzilma ichida ma`no kuchayadi, ritm hosil bo`ladi, ma`no qatlamlari semantik jihatdan bog`lanadi, eshitganda tinglovchida tabiiy muvofiqlik yaratiladi. Bundan tashqari, ushbu reklama matni buyruq uslubida bo`lib, iste`molchilarga to`g`ridan-to`g`ri murojaat shaklini hosil qiladi. Pragmatik jihatdan bu dialogik effekt beradi , ya`ni reklama tinglovchi bilan muloqotga kirishadi. Psixolingvistik nuqtai nazardan, buyruq mayli harakatga undovchi kuchga ega. Natijada reklama xaridorlarni passiv tomoshabin emas, balki faol ishtirokchiga aylantiradi. Lingvostilistik jihatdan reklama matni faqat til vositasi emas, balki psixologik ta`sir mexanizimi bo`lishi kerak. So`z tanlovi, ohang, va sintaktik tuzilma iste`molchining ongiga ijobiy obraz yaratadi. Reklama matnida hissiy javobni uyg`otish uning psixolingvistik xususiyatlaridan biridir. “Welcome to the Maxwell Apartmentwhere every cup feels like home” (AQSH, 2025y), shiorli reklama matni AQSH da 2025yil 25-sentabrda “Maxwell Apartment” nomiga vaqtinchalik o`tgan “Maxwell House” qahva brendi reklama matni hisoblanadi. Bu reklama Amerikada ijarada yashovchilar soni ko`paygani va uy narxlari oshgani bilan bog`liq iqtisodiy haqiqatlarga hazil-mutoyiba shaklidagi kreativ yondashilgan reklama matni. Ushbu qahva reklama matni “home” so`zi orqali uy hissi, xavfsizlik, rohat va shaxsiy qulaylik obrazi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTEGRATION OF MODERN LINGUISTICS WITH SCIENCE, EDUCATION, AND PRACTICE IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION: NEW APPROACHES, OPPORTUNITIES, AND CHALLENGES”, DECEMBER 4, 2025 803 shakllangan. Ushbu reklama matnida vizual va lingvistik stimullar birgalikda xaridorlar ongida yaxshi his tuyg`u uyg`otadi va brend bilan bog`liq ijobiy uyg`unlikni mustahkamlaydi. Tomoshabinlar vizual va lingvistik stimullar orqali o`zini reklamadagi tajriba ichida tasavvur qilishadi. Bu brendga ijobiy munosabat va xarid qilishga intilishni kuchaytiradi. Reklama tilida ishlatilgan ijobiy xarakterli leksika “welcome”, “home”, “every cup”, “feels” so`zlari ijobiy his tuyg`ularni uyg`otadi. Buyruq mayli va interaktiv elementlar, “enjoy”, “try” kabilar xaridorni faol xatti-harakatga undaydi. Lingvistik stimullar xaridorlarni psixologik jihatdan tayyorlaydi va brend bilan hissiy bog`lanishni kuchaytiradi go`yoki qavha issiq, tanish, uy kabi qulay tuyg`uni beradi. Reklama faqat mahsulotni targ`ib qilmaydi, balki, psixologik jihatdan iste`molchining hissiy va aqliy hatti-harakatini boshqaradi. 2. BOB. Xulosa Tahlil natijalari shuni ko`rsatadiki, zamonaviy ingliz reklama matnlari nafaqat mahsulot yoki xizmatni targ`ib qiluvchi vosita, balki iste`molchini hissiy, aqliy va ijtimoiy xattiharakatlarini boshqaruvchi murakkab kommunikativ tizim sifatida faol ishlaydi. Ingliz reklama tilining lingvostilistik va psixolingvistik qatlamlari birgalikda xaridorda chuqur uyg`unlikni namoyon qiladi, brendga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi va xarid qilish ishtiyoqini kuchaytiradi. Morrisons - “Fresh from Market Street” (Buyuk Britaniya,2025 y) reklamasida: leksik-semantik vositalar orqali sog`lomlik, ishonchlilik va mahalliylik tushunchalari mustahkamlanadi. Stilistik vositalar, jumladan, metafora, alliteratsiya, parallelizm xaridorda ritmik va hissiy javobni uyg`otadi hamda mahsulot sifati va brend haqidagi ijobiy obrazni kuchaytiradi. Maxwell House- “Maxwell Apartment” (AQSH, 2025y) reklamasida: lingvistik va psixolingvistik vositalar yordamida uy qulayligi, iliqlik va shaxsiy qulay hudud obrazlari yaratilgan. Metaforik iboralar va ijobiy so`zlar iste`molchini xotirjamlik, rohat va qulaylik hissi bilan bog`laydi, bu esa xatid qilish ishtiyoqini yanada oshiradi. Psixolingvistik mexanizmlar orqali ommani nafaqat passiv tomoshabin, balki faol brend ishtirokchisiga aylantiradi. Ilmiy izlanish reklama tilining lingvostilistik va psixolingvistik jabhalarini chuqur tahlil qilish orqali brendlarni omma ongida samarali o`rin qoldirish va reklama kommunikatsiyasini eng muqobil imkoniyatlarini yoritadi. Bu natijalar nafaqat ingliz yozma reklama matnlarini tahlil qilish, balki zamonaviy marketing, brend strategiyasi va kommunikatsiya sohasida amaliy tadqiqot olib borish uchun ham muhim ilmiy asos yaratadi. ADABIYOTLAR 1. Austin, J.R. (1962). How to do Things with Words. Oxford: Oxford University Press. 2. Cutler, A. and van Dijk, P. (2005). Multimodal Discourse Analysis of Advertising. Amsterdam: John Benjamins. 3. Kotler, P and Armstrong, G. (2000). Prinsiples of Marketing (9th ed.). Upper Saddle River, NJ: Prentice Hall. 4. Kristeva, J. (1980). Powers of Horror: An essay on Abjection. New York: Columbia university Press 5. Lakoff, G., and Johnson, M. (1980). Metaphors We Live By. Chicago: University of Chicago Press 6. Ogilvy, D. (1983). Ogilvy on Advertising. London: Crown Publishing 7. Searle, J. R. (1969). Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. Cambridge: Cambridge University Press. 8. Sinclair, J. (1991). Corpus, Concordance, Collocation. Oxford: Oxford University Press.