scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"FARHOD VA SHIRIN" DOSTONI NASRIY BAYONLARINING XALQCHILLIK XUSUSIYATLARI (MAHZUN QISSASI MISOLIDA)

Isaqova Ellora Madamin qizi

Abstract

Ushbu maqola Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonining o‘zbek adabiyotida xalq qissasi shaklida qayta ishlanishi, xususan, Mahzunning “Qissai shahzoda Farhod va Shirin” asari misolida uning badiiy va g‘oyaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Dostonning nasriylashtirilishi sabablari, muallifning syujet va mazmunni saqlashga intilishi, shuningdek, asar tilidagi xalqchil iboralar, an’anaviy boshlanmalar va sa’j san’atlarining qo‘llanilishi yoritilgan. Tadqiqot xalq qissalarining yozma adabiyot va xalq og‘zaki ijodidan teng oziqlanganligi haqidagi xulosani beradi.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 11 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONI NASRIY BAYONLARINING XALQCHILLIK XUSUSIYATLARI (MAHZUN QISSASI MISOLIDA) Isaqova Ellora Madamin qizi ToshDO‘TAU 1-bosqich tayanch doktoranti [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqola Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonining o‘zbek adabiyotida xalq qissasi shaklida qayta ishlanishi, xususan, Mahzunning “Qissai shahzoda Farhod va Shirin” asari misolida uning badiiy va g‘oyaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Dostonning nasriylashtirilishi sabablari, muallifning syujet va mazmunni saqlashga intilishi, shuningdek, asar tilidagi xalqchil iboralar, an’anaviy boshlanmalar va sa’j san’atlarining qo‘llanilishi yoritilgan. Tadqiqot xalq qissalarining yozma adabiyot va xalq og‘zaki ijodidan teng oziqlanganligi haqidagi xulosani beradi. Kalit so‘zlar: xalq qissasi, nasriylashtirish, xalqchillik, sa’j, Abdurauf Fitrat, bayt Abstract.This article analyzes the artistic and ideological features of Alisher Navoiy’s poem “Farhad and Shirin” as it was reinterpreted in Uzbek literature in the form of a folk tale, specifically using Mahzun’s work “Qissai shahzoda Farhod va Shirin” (The Tale of Prince Farhad and Shirin) as an example. The reasons for the poem’s prose adaptation , the author’s attempt to preserve the plot and content, as well as the use of vernacular phrases, traditional beginnings, and the art of rhymed prose in the language of the work are highlighted. The study concludes that folk tales are equally nourished by written literature and oral folk creativity. Key words: folk tale, prose adaptation, vernacularism/folk spirit, rhymed prose, Abdurauf Fitrat, couplet. KIRISH (INTRODUCTION) Sharq adabiyotining eng mashhur mavzularidan biri bo‘lgan “Farhod va Shirin” qissasi asrlar davomida turli ijodkorlar tomonidan qalamga olingan. Ular orasida buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning (XV asr) “Xamsa” tarkibiga kirgan “Farhod va Shirin” dostoni, avvalgi “Xusrav va Shirin” syujetini o‘zgartirib, mehnat, hunar va komil inson g‘oyalarini ilgari surganligi bilan ajralib turadi. Yozma adabiyotda Nizomiy Ganjaviy asos solgan “Xusrav va Shirin” mavzusi Sharq adabiyotida markaziy o‘rin tutadi. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni bu mavzuning o‘zbek adabiyotidagi eng yuksak namunasidir. Asarning yuksak badiiyati asrlar davomida xalq e’tiborini qozongan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan doston tilining o‘ziga xos xususiyatlari uning kitobxon ommasiga yetib borishini qiyinlashtirgan. Shu sababli, Navoiy ijodini keng INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 12 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us xalq orasida targ‘ib etish, sodda va tushunarli uslubda qayta bayon etish masalasi o’rtaga chiqqan. Bu ehtiyoj adabiy manbalar asosida yaratilgan xalq kitoblarining vujudga kelishiga turtki bo‘ldi. Bir qancha ijodkorlar “Xamsa” dostonlarining nasriy bayonlarini yozishga muvaffaq bo’lishgan. Shunday ijodkorlar orasida Qo’qonda ijod qilgan shoir Mahzun ham mavjud. Uning “Farhod va Shirin” qissasi adabiyotimizga tanish. Ushbu maqolada Mahzunning “Qissai shahzoda Farhod va Shirin” asari misolida Navoiy dostonining nasriy bayonidagi xalqchillik xususiyatlarini, badiiy va g’oyaviy o‘zgarishlarni tahlil qilish hamda bunday asarlarning yozma va og‘zaki ijod an’analari bilan bog‘liqligini aniqlashdan iborat. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (METHODS) Mahzun qalamiga mansub “Qissai Farhod va Shirin” haqida ilk ma’lumot bergan olim bu – Abdurauf Fitratdir. Olim o‘zining “Farhod va Shirin” dostoni to‘g‘risida” nomli maqolasida (“Alanga” jurnali,1930-yil.1-2-son) syujetning Sharq adabiyotga kirib kelishi, Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, Navoiy tomonidan ishlanishini qiyosiy tahlilga tortadi. Mahzun qalamiga mansub “Qissai Farhod va Shirin” 1907-yil G‘ulomiya matbaasida nashr etilgan. Mahzun qissasi Umar Boqiy nasriy bayonlari qatorida Alisher Navoiy dostonlarining ilk nasriy bayonlari sifatida e’tirof etilib,o‘tgan yillar davomida M.Afzalov, S.Erkinov, N.Mallayev, A.Erkinov tomonidan o‘zbek xalq og‘zaki ijodida shu turkumdagi asarlarga qiyosan batafsil tadqiq etilgan. Jumladan, Navoiy haqidagi o‘zbek afsona va rivoyatlarini yozib, ularni ommalashtirgan folklorshunos M.Afzalovning Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti bahsiga bag‘ishlangan yirikroq tadqiqoti “Farhod va Shirin”ning xalq varianti” mavzusidagi dissertatsiyasidir(1948). Tadqiqotchi Farhod va Shirin haqidagi bir qator rivoyat, afsona va ertaklarni tahlil qiladi, ularning mushtarak va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritadi. Maqolada qiyosiy–tarixiy metod orqali Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni va Mahzunning nasriy bayoni o‘rtasidagi syujet, kompozitsion tuzilma va badiiy uslubdagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlash, shuningdek, Mahzun asaridagi xalq so‘zlashuv tiliga xos elementlar, iboralar, maqollar va an’anaviy san’atlarni (sa’j, musajja’) ajratib o‘rganish va adabiyotshunos olimlarning mazkur asarlar bo‘yicha tadqiqotlariga tayanish, Mahzun qissasi manbalariga (Navoiy, Nizomiy, Dehlaviy, xalq afsonalari) oid ma’lumotlarni umumlashtirish masalasi yoritilgan . NATIJALAR (RESULTS) “Xamsa”ning nazmiyligi yo‘qotilganiga qaramay, Mahzun asarning syujet, kompozitsion tuzilma, ma’no va mazmunini saqlashga harakat qilgan. Nasriylashtirish natijasida “Xamsa” dostonlarining o‘zgarishi, ya’ni xalqona uslubga moslashishi INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 13 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us kuzatiladi. Mahzun asarda asosiy e’tiborni mehnatkash va ijodkor Farhod obraziga qaratadi, Xusrav voqeasi istisno qilinganda, barcha hikoyalar Farhod atrofida jamlanadi. Bu Navoiy dostonidagi Farhodga berilgan yuksak bahoning xalqchil bayonidir. Mahzun Farhodning aqliy kamolotiga emas, balki ishqiy iztirob sabab bo‘lgan sargardonlik va mashaqqatlariga ko‘proq urg‘u beradi. Farhodning hakkok bo‘lishi Navoiyda komillik belgisi bo‘lsa, Mahzun matnida bu holat ishq sababli kasbini almashtirgan shoh obrazini yanada qiziqarli qiladi. Farhodning otasi saroyidagi “Hech nima qilolmas erdi” degan ta’kid ham uning Navoiy Farhodidek faol qahramon emas, balki Majnun obraziga yaqinlashganini ko‘rsatadi, deya olamiz. Asarni o’qish davomida unda bir qancha xalqchil xususiyatlar ko’zga tashlanadi: -tilning soddaligi: asar tili nihoyatda xalqchil va ravon, oddiy ibora va maqollardan foydalanilgan. Izohtalab so‘zlar deyarli uchramaydi. -qo‘shimcha detallar: asar xalqning turmush tarzi va sharoitidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha detallar bilan boyitilgan, bu esa uning omma orasida keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. -an’anaviy boshlanmalar: voqealarni boshlash, tugatish yoki o‘quvchi diqqatini jamlash uchun alqissa, alg‘araz, vaqteki, chun kabi an’anaviy birikmalar faol qo‘llanilgan. -ifodaviy iboralar: qahramonlarning ruhiy holatini kuchaytirish maqsadida zor-zor chun abri navbahor yig‘ladi kabi kuchli hissiy iboralar ishlatilgan. Bu kabi iboralar dostonda ko’plab uchraydi. -sa’j va musajja: muallif nasrda ham, nazmda ham sa’j san’atidan unumli foydalangan. Masalan, nasrda: sarvi ravon va oromijon, siym badan va nozik andom. Nazmda esa musajja’ (qofiyalanishga yaqin ichki ohangdoshlik) qo‘llanilib, g‘azallarda go‘zal ohangdorlikni yuzaga keltirgan: “holimni, murodimni, yoshimni”. Navoiy dostoni va Mahzun matni o‘rtasidagi eng katta farqlar syujetning rivojlanishida ko‘rinadi: 1. Xazina motivi . Mahzun matnida Farhod otasidan Shirinni ko‘rishdan avval tog‘dagi xazinani olish uchun ruxsat so‘raydi va oladi. Bu xazina keyinchalik manzur bo‘lmagani uchun boshqalarga in’om qilinadi. Bu epizod Navoiy dostonida mavjud emas. Mahzun bu orqali Farhodning boylikka beparvoligini va qahramonlikka moyilligini ta’kidlaydi. 2. Dengizdagi halokat. Mahzun matnida Farhod otasi bilan Shirin izidan ketayotganda dengizda halokatga uchraydi va otasi (Chin xoqoni) undan judo bo‘lib, firoq g‘amiga botadi (bu holat matndagi yig‘i-g‘azallar orqali kuchaytirilgan). Navoiy dostonida INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 14 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us bunday jismoniy halokat va otadan ayrilish epizodi mavjud emas; Farhodning yo‘lga chiqishi safar shaklida bo‘ladi. 3. Shofur obrazidagi o’zgarish. Navoiy dostonida Farhodga yor bo‘lgan so‘fiylik yo‘lidan yuruvchi do‘st – Shofur obrazi yaratilgan. Mahzun matnida bu obraz Farviz (Xusrav Parvizning o‘g‘li) bilan uchrashuvi orqali mustaqil bir syujet chizig‘ini oladi. Shofur Farhodning ishqiy sargardonligidan qo‘rqib, boshqa shahzodaga xizmat qilishga o‘tadi va uni Shiringa oshiq qiladi. Bu Navoiy dostoniga nisbatan yangi va kutilmagan syujet burilishi hisoblanadi. Mahzun tomonidan qalamga olingan “Farhod va Shirin” syujeti an’anaviy Sharq ishqiy dostonlari syujetini o‘ziga asos qilib olgan bo‘lsa-da, u Alisher Navoiy dostonining komil inson, ilm va hunar g‘oyalaridan biroz uzoqlashib, fojiali ishq, sargardonlik va g‘am-alam mavzularini kuchaytirishga xizmat qiladi. Mahzun Farhod obrazini Navoiy Farhodidek ideal qahramon emas, balki sargardonlik va mahzunlikka yuz tutgan, o‘z ruhiy iztiroblari bilan Majnunga qiyoslangan oshiq sifatida tasvirlaydi. Shofur va Farviz epizodlarini kiritishi esa syujetga Navoiy dostoni an’analaridan chetlashgan, yangi voqealar qo‘shgan. Bu holat, Navoiy asarlarining keyingi davr ijodkorlariga nafaqat ulug‘ namuna bo‘lganini, balki ular tomonidan o‘z davrining adabiy didi va talablariga mos ravishda qayta ishlanib, boyitilganini ko‘rsatadi. MUHOKAMA (DISCUSSION) Mahzun qissasi yozma adabiyot (Navoiy, Nizomiy, Dehlaviy) va xalq og‘zaki ijodi (afsona va rivoyatlar)dan teng oziqlangan degan xulosani tasdiqlaydi.Adabiyotshunos Fitrat ta’kidlaganidek, garchi Mahzun asli manbadan (Navoiy dostonidan) uzoqlashgan bo‘lsa ham, bu holat xalq orasida shunga yaqin syujetga ega afsonalar mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Mahzunning “Qissai shahzoda Farhod va Shirin”i o‘z davri kitobxoniga Navoiy ruhiyatini yetkazishdagi muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan.Qissadagi uslubiy vositalarning (sa’j, iboralar) faol qo‘llanilishi asarning faqatgina tushunarli bo‘lishini ta’minlab qolmay, balki uning badiiy qimmatini ham oshirgan. Bu xalq qissalari janrining o‘ziga xos estetik talablari mavjud bo‘lganini isbotlaydi. Navoiyning dostonlari keyingi asrlarda nasriylashtirilishi orqali zamonaviy o‘quvchiga yetkazib berilgan, bu esa buyuk ajdod ijodining tadrijiy yo‘lini va adabiy merosning uzluksizligini namoyish etadi. Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni ham yuksak badiiy g‘azallar bilan bezalgan, ammo Mahzun matnida ishqiy iztiroblar tasvirida nasriy bayonlar kuchli histuyg‘ularni ifodalovchi yig‘i va nolalarga to‘la g‘azal va baytlar bilan tez-tez almashinib turadi. Farhodning Shirinni ko‘rib behush bo‘lishidan keyin o‘qigan “Voy INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 11, 2025 15 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us boshimg‘a tushubdur yuz tuman savdoyi ishq” g‘azali, uning Majnunona holatini ifodalaydi. Mahzun matnida shoir taxallusining tez-tez uchrab turishi, bu dostonning muallifga xos individual his-tuyg‘ular ifodasi ekanligini ta’kidlaydi. Qahramonlarning monolog va dialoglari asosan she’riy baytlar orqali ifodalanadi, bu asarning xalq dostonchiligiga va ijro etishga mo‘ljallanganligini ko‘rsatadi. XULOSA (CONCLUSION) Mahzunning “Qissai shahzoda Farhod va Shirin” asari buyuk shoir Alisher Navoiy ijodini keng xalq ommasi orasida targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynagan yuksak xalqchil nasriy bayon hisoblanadi. Asarning tili ravon, sodda, xalq iboralari va maqollari bilan boyitilgan bo‘lib, bu uning xalqqa yaqinligini ta’minlagan. Nasriylashtirish jarayonida Mahzun asar syujetini saqlab qolish bilan birga, unga xalq og‘zaki ijodi elementlarini qo‘shgan holda, o‘ziga xos badiiy uslubni shakllantirgan. Bu esa dostonning xalq adabiyotida mustahkam o‘rin egallashiga asosiy omil bo‘lgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Маллаев Н. Алишер Навоий ва халқ ижодиёти. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1974.- 384 б. 2. Навоий Алишер. Фарҳод ва Ширин. Насрий баён муаллифи Ғафур Ғулом. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1975. - 248 б. 3. Навоий А. Хамса. Нашрга тайёрловчи П.Шамсиев. – Тошкент: ЎзбФА нашриёти, 1960. - 854 б. 4. Навоий Алишер. Фарҳод ва Ширин. Насрий баёни билан қайта тўлдирувчи А.Ҳайитметов. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1982. - 592 б. 5. Фитрат А. Танланган асарлар. – Тошкент: Маънавият, 2000. -208 б. 6. Эркинов С. Шарқ адабиётида Фарҳод қиссаси. – Тошкент: Фан, 1985. - 64 б. 7. Эркинов С. Алишер Навоийнинг “Фарҳод ва Ширин”и ва унинг қиёсий таҳлили. – Тошкент: Фан, 1971. -276 б.