scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AYOLLARNING ILM-FAN VA TA'LIM SOHASIDAGI ISHTIROKI, IMKONIYATLAR, TO'SIQLAR VA KELAJAKDAGI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Nodira Sulaymonova, Saidov Javohir Olimjon o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda ayollarning ilm-fan va ta'lim sohasidagi o‘rni, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘llari, mavjud imkoniyatlar va to‘siqlar tahlil qilinadi. XXI asrda innovatsiya, raqamli texnologiyalar va fan taraqqiyoti ijtimoiy barqarorlikning asosi sifatida qaralayotgan bir vaqtda, ayollarning bu sohalardagi faolligi global darajada dolzarb masalaga aylangan. Xususan, BMT Bosh Assambleyasining 2015-yildagi qarori asosida 11-fevral sanasining “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” deb belgilanishi dunyo hamjamiyatining ushbu muammo yechimiga e’tiborini oshirgan.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 129 AYOLLARNING ILM-FAN VA TAʼLIM SOHASIDAGI ISHTIROKI, IMKONIYATLAR, TO'SIQLAR VA KELAJAKDAGI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI 1Nodira Sulaymonova, 2Saidov Javohir Olimjon o‘g‘li 1Jizzax davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti talabasi, 2Jizzax davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17836278 Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda ayollarning ilm-fan va taʼlim sohasidagi o‘rni, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘llari, mavjud imkoniyatlar va to‘siqlar tahlil qilinadi. XXI asrda innovatsiya, raqamli texnologiyalar va fan taraqqiyoti ijtimoiy barqarorlikning asosi sifatida qaralayotgan bir vaqtda, ayollarning bu sohalardagi faolligi global darajada dolzarb masalaga aylangan. Xususan, BMT Bosh Assambleyasining 2015-yildagi qarori asosida 11-fevral sanasining “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” deb belgilanishi dunyo hamjamiyatining ushbu muammo yechimiga e’tiborini oshirgan. Annotation. This article analyzes the role of women in science and education in modern society, exploring the ways to unlock their potential, existing opportunities, and current challenges. In the 21st century, when innovation, digital technologies, and scientific development are seen as the foundation of social stability, women's active participation in these fields has become a globally relevant issue. In particular, the decision of the United Nations General Assembly in 2015 to designate February 11 as the “International Day of Women and Girls in Science” has increased the global community’s attention to addressing this issue. Аннотация. В данной статье рассматривается роль женщин в науке и образовании в современном обществе, пути раскрытия их потенциала, а также существующие возможности и препятствия. В XXI веке, когда инновации, цифровые технологии и научный прогресс считаются основой социальной стабильности, активное участие женщин в этих сферах становится актуальной глобальной проблемой. В частности, решение Генеральной Ассамблеи ООН 2015 года об объявлении 11 февраля Международным днём женщин и девочек в науке привлекло внимание мировой общественности к необходимости решения данного вопроса. Kalit so’zlar: Prezident Shavkat Mirziyoev , Gender stereotiplari, Qo‘llab-quvvatlovning yetishmasligi , Ijtimoiy mas’uliyatlar, Stereotiplarni yo‘q qilish , Ta’lim va ilm-fanda teng sharoit yaratish, Texnologik imkoniyatlardan foydalanish , Oilaviy va ijtimoiy qo‘llabquvvatlash. BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabr 70-sessiyasida 11-fevral-“Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida e’lon qilingan bo‘lib, ushbu sana mamlakatimizda kengnishonlanibkelinmoqda.[https://uniwork.buxdu.uz/] .O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak” degan so’zlari “Beshikdan qabrgacha ilm izla” degan ulug’ hadis iborasiga hamohangligi, nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 130 bilimli, yuqori saviyali, ilm-ma’rifatli va yuksak ma’naviyatga ega bo’lishi oldimizda turgan eng ustuvor vazifalardan biridir. Oʻzbekistonda aynan ayollarni e’zozlash, qizlarni o’qitish, ularga oliy ta’lim uchun ham shart-sharoitlar yaratib berish ilm izlovchi mendek opa-singillarim uchun muhtaram Prezidentimiz tomonidan qo‘llabquvvatlanmoqda. Aynan bir so‘zlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro,, xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ayollarni ushbu bayram bilan tabrikladi. «Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi», — dedi prezidentimiz o‘z nutqida. Aynan shu tuyg‘udan men o’zim ta’sirlanib, o’z oldimga ulkan maqsadlarni qo‘yib, o‘z soham bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib, jahonda “O’zbekiston” deya atalgan ulug‘vor vatanimni ko’kka ko’tarish niyatidaman.Prezidentimiz va ota-onamning menga bildirgan ishonchlarini hech qachon esdan chiqarmasdan, olg‘a qadam tashlab, Vatanimni rivojlanishi uchun harakat qilman. Prezident qiyoslash uchun misollar keltirdi. Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda bu raqam qariyb 5 barobar ko‘payib, 500 ming nafarni tashkil etmoqda. Shu tariqa bugungi kunda oliy ta’lim olayotgan talabalar orasida qizlarning ulushi 50 foizga yetgani tarixda misli ko‘rilmagan natijadir. Yangi tartibga muvofiq, magistraturada o‘qiyotgan 10 mingdan ortiq talaba qizlar uchun 68 mlrd so‘mdan ziyod kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab berildi. 65 mingdan ko‘proq talaba xotin-qizlarga 727 mlrd so‘mga yaqin foizsiz ta’lim krediti ajratildi. [https://www.gazeta.uz/oz/2023/03/07/womens/]Bu raqamlar o‘z-o‘zidan kelib qolmaydi, aksincha ayollarga berilayotgan imkoniyatlar ortidan bu ishonchni oqlagan holda o‘qib, bilim olib, yurtga foyda tegadigan farzand bo‘lish meni va mendek qizlarning orzusi va maqsadi hisoblanadi. Bundan yigirma yillar oldinga nazar tashlaydigan bo‘lsak, aynan ayollarni, qizlarni o‘qitish tushunchasi hozirgi kungiga qaraganda e’tibor kamroq edi. O‘sha vaqtlarda ayollarning asosiy ishi farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish bo‘lib qolgan. Farzandga tarbiya berish borasida ayollarning tutgan o‘rni nihoyatda baland ekanligiga tarix guvohdir. Tarixdan ma’lumki, qanchalar buyuk zotlarning ortlarida albatta bir buyuk ona yoki bir buyuk ayol turgan bo‘ladi. Masalan, Ahmad ibn Hanbal robialloh hayotlariga nazar tashlasak, ul zot otalaridan erta yetim qolgan. Onalari yakka-yu yagona farzandlarini ilmga muhabbatli qilib voyaga yetkazganlar. Ahmad ibn Hanbal balog‘atga yetgach, ro‘zg‘or tashvishi o‘laroq, darslarga biroz qatnasha olmaydilar. Shunda onalari: “Men och o‘tirsam ham roziman, faqat ta’lim olishlikni tashlab qo‘yma” deb nasihat qiladilar. Imom Ahmad G‘azzoliy yoshlik chog‘lari haqida quyidagilarni hikoya qiladilar: “Olti yoshimda onam meni tong saharda uyg‘otib, o‘zi tahorat oldirar edi. Tahorat olib bo‘lganimdan so‘ng,chiroyli kiyimlarni kiygazib, qo‘limdan yetaklab masjidga olib kelardi. Meni xonaqohga kirgizib, o‘zi masjidning pana bir joyiga o‘tib olardi. Bir ozdan keyin muazzin kelib, bomdod namoziga azon aytardi”. Dunyoni yayov kezib ilm olgan Imom Ahmadning hayoti ana shunday boshlangan ekan. Hadis ilmining ustozlaridan Sufyon Savriyning onasi o‘g‘lini ilm yo‘liga yo‘llab shunday degan edi: “O‘g‘lim, ilm o‘rganing, ro‘zg‘or tashvishlarini o‘ylab fikringizni bo‘lmang. Men insha Alloh ip yigirib, sotib o‘qishingizga ko‘maklashaman”. Natijada, Sufyon Avzoiy ta’riflaganidek: “Islom ummati uning so‘zini bir ovozdan qabul qiladigan nodir ulamolardan” bo‘lib yetishgan. Yana Imom Sufyonning onalari, o‘g‘lida ilmga qiziqish va mehr-muhabbatni INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 131 uyg‘ota olgan onalardan biri sifatida gavdalanadi. Voqi ibn Jarroh — Imom Sufyonning shogirdlaridan bo‘lib, ustozining volidasi o‘g‘liga aytgan quyidagi so‘zlarini keltiradi: “O‘g‘lim, ilm talabida jiddu-jahd qil. Ehtiyojlaring borasida o‘zim g‘amxo‘rlik qilaman. Birorta hadisni o‘rganar ekansan, uning xulqatvoringda aks etayotganiga nazar sol. Agar unday bo‘lmayotganini sezsang, bilginki, olgan ilming zararingga bo‘libdi. Unda hech qanday foyda yo‘qdir.” Hadislarimizda ham olimlarni ayollar, onalar katta qilganligi, tarbiya va ta’lim ham berganligini guvohi bo‘ldik. Ilmiy kitoblarda ham ayollarimiz, onalarimizning o‘rni beqiyos hisoblangan. Ayollarning ilm-fanga kirib kelishida bir nechta asosiy to‘siqlar mavjud. Avvalo: “Qiz bola o‘qib, dunyoni olib berarmidi?”, “Qiz bolani o‘qitgandan nima foyda?”, “Qiz bola uyro‘zg‘or ishlarini pishirkuydirini bilsa bo‘ladi”, “Farzandga tarbiya berib, uy yumushlarini qilsa ham bo‘ladi” degan qarashlar bizning aholimiz orasida uchrab turadi. Ayollarning ilm-fan olishi uchun eng asosiy to‘siqlarga to‘xtalib o‘tsak: Gender stereotiplari: "Ilm-fan erkaklar sohasi" degan noto‘g‘ri qarash ayollarning so‘nggi tanloviga ta’sir qiladi. Bu stereotiplarni yengish uchun maktab darajasidan boshlab gender xabardorligini oshirish muhim. Qo‘llab-quvvatlovning yetishmasligi: Ayol ilmiy kadrlarni rag‘batlantiruvchi dasturlar va moliyaviy yordamlar yetarli emas. Maxsus grantlar va stipendiyalar ajratish bu to‘siqlarni kamaytiradi. Ijtimoiy mas’uliyatlar: Oilaviy majburiyatlar ko‘pincha ayollarni ilmiy faoliyatdan cheklaydi. Ish va shaxsiy hayot o‘rtasida muvozanatni ta’minlovchi tizimlarni shakllantirish lozim. Ilm-fanda ayollarning ishtirokini oshirish va ularning o‘rnini kuchaytirish uchun rivojlanish yo‘nalishlari turli yo‘nalishlarda amalga oshirilishi kerak. Quyida ba'zi asosiy rivojlanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan: [https://zenodo.org/records/] Ilm-fanda ayollarning ishtirokini oshirish uchun ta’lim tizimida o‘zgarishlar zarur. STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohalariga qizlarni jalb qilish va ularning bu sohalarda malakalarini oshirish uchun aynan biz — kadrlar — qayta tayyorlanish, bilim dargohlariga va malaka oshirish oliy dargohlariga borib o‘z salohiyatini oshirib bormoqda. Asosan, ayollar tarbiyaviy va jismoniy parvarishga urg‘u beradigan ishlarga moyil bo‘lib, texnika, mexanika, mahorat va ijodiy fikrlashga tayanadigan ishlarda kamroq faoliyat ko‘rsatadilar. Lekin aytib o‘tish joizki, O‘zbekistonda oxirgi ikki yilda magistr qizlar soni 2-3 baravarga ko‘paygan. Bundan tashqari, ilmiy yo‘nalishlarni tanlashda gender farqlar ham nisbatan kamroq kuzatilmoqda. [https://cyberleninka.ru/] Bundan tashqari, 48 foiz respondent ayollar ilm-fan bilan shug‘ullanish uchun moliyaviy yetishmovchilik muammo ekanini ta’kidlagan. Ilm-fan sohasiga kirib borish uchun tadqiqot olib borish, ilmiy ishlanmalar bilan shug‘ullanish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish va akademik resurslardan foydalanish zarur. Biroq, bularning barchasi ma’lum miqdorda mablag‘ talab qiladi. Afsuski, bu borada barcha ayollar teng imkoniyatlarga ega emas. Ilmiy grantlar va stipendiyalar soni ortib borayotgan bo‘lsa-da, ularning har doim ham barcha talabgorlar uchun yetarli emasligi aniq. [https://uz24.uz/uz/articles/women-struggles-25-212] Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, agar biz ayollarning ilm-fan va ta’lim sohasidagi ishtirokini faol qo‘llab-quvvatlasak, bu nafaqat ayollarning shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqaradi, balki jamiyatning intellektual va innovatsion salohiyatini ham sezilarli darajada oshiradi. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 132 Bu yo‘lda quyidagilarni amalga oshirish zarur: Stereotiplarni yo‘q qilish: Ommaviy axborot vositalari va ta’lim tizimi orqali “Ilm ayollar uchun emas” degan noto‘g‘ri tasavvurlarni bartaraf etish. Ta’lim va ilmfanda teng sharoit yaratish: Qizlar uchun qo‘shimcha grantlar, stipendiyalar, ilmiy loyihalarda ustuvor ishtirok imkoniyatlarini yaratish. Ilmiy faoliyatda muvaffaqiyatli ayollarni targ‘ib qilish: Rol modellarga aylangan olima ayollar haqida ko‘proq ma’lumot berish, ular ishtirokidagi seminar va uchrashuvlarni ko‘paytirish. Texnologik imkoniyatlardan foydalanish: Onlayn ta’lim, masofaviy laboratoriyalar, IT sohasidagi kurslar orqali chekka hududlardagi qizlarga ham ilm-fanga yo‘l ochish. Oilaviy va ijtimoiy qo‘llabquvvatlash: Ayollarni ilmiy faoliyatga jalb qilishda oilalar va jamoatchilikning ongini oshirish, ularni rag‘batlantirish. Aynan shu yo‘nalishlarda izchil harakat qilsak, kelajakda O‘zbekiston ilm-fan sohasida xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lgan, yetakchi olima ayollarga ega bo‘lgan taraqqiy etgan davlatga aylanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. X.X.RAXMATOVA. MA’RIFATLI AYOL – KELAJAK 2. POYDEVORINING YARATUVCHISIDIR. Buxoro davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi. Ma’rifatli ayol tushunchasi qalbimizga juda ham ma’qul keladiga 3. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ,,Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ayollarni ushbu bayram bilan tabrikladi. 4. Ilm-fan bilan shug'ullanayotgan ayollar uchun yana bir jiddiy muammo — oila va kasbiy faoliyatni muvozanatlashtirish.12-fefral 2025yil. [https://uz24.uz/uz/articles/womenstruggles-25-2-12] 5. Tulyaganova Dilnoza Ravshanbekovna. ,,ILM-FANDA AYOLLAR 6. ISHTIROKI IMKONIYATLARNI KENGAYTIRISH YO‘LLARI” 7. Nargiza Shoaliyeva.,,ILM-FAN VA TEXNALOGIYA RIVOJIDA AYOLLARNING O'RNI “, PhD, dotsent O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi.Toshkent, O'zbekiston Email: [email protected].