scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JAMIYAT BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH

Xakimova Muxabbat Fayzievna

Abstract

Jamiyatning barqaror rivojlanishi fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faolligiga bog‘liq. Xotin-qizlar jamiyatning mustahkam va taraqqiy etgan tarkibida muhim rol o‘ynaydi. Ular iqtisodiy salohiyatni oshirish, oila va mahalla barqarorligini ta’minlash, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashda hamda ijtimoiy tenglikni rivojlantirishda faol ishtirok etadi. Shuningdek, xotin-qizlarning siyosiy va jamoat faolligi davlat boshqaruvi va ijtimoiy qarorlar samaradorligi uchun ham muhimdir. O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi davlat siyosatida alohida o‘rin egallaydi. Respublikada gender tengligini ta’minlash, ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda faolligini oshirishga qaratilgan qator qonunlar va dasturlar qabul qilingan. Masalan, “Ayollar va erkaklar teng huquqlari to‘g‘risida”gi qonun, davlat dasturlari va lokal loyihalar orqali xotin-qizlarning ijtimoiy ishtirokini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Full text

INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 140 JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA XOTINQIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH Xakimova Muxabbat Fayzievna Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.17836312 Jamiyatning barqaror rivojlanishi fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faolligiga bog‘liq. Xotin-qizlar jamiyatning mustahkam va taraqqiy etgan tarkibida muhim rol o‘ynaydi. Ular iqtisodiy salohiyatni oshirish, oila va mahalla barqarorligini ta’minlash, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashda hamda ijtimoiy tenglikni rivojlantirishda faol ishtirok etadi. Shuningdek, xotin-qizlarning siyosiy va jamoat faolligi davlat boshqaruvi va ijtimoiy qarorlar samaradorligi uchun ham muhimdir. O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi davlat siyosatida alohida o‘rin egallaydi. Respublikada gender tengligini ta’minlash, ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda faolligini oshirishga qaratilgan qator qonunlar va dasturlar qabul qilingan. Masalan, “Ayollar va erkaklar teng huquqlari to‘g‘risida”gi qonun, davlat dasturlari va lokal loyihalar orqali xotin-qizlarning ijtimoiy ishtirokini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqei yanada mustahkamlandi. Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston xotin-qizlariga yo‘llagan tabriklarida inson tom ma’noda erkin, ozod va farovon yashaydigan fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida jonkuyar va fidoyi xotin-qizlarning o‘rni va ta’siri tobora ortib borayotganini ta’kidlar ekan, jumladan shunday degan edi, “...oldimizda yangi-yangi muammo va sinovlar paydo bo‘layotgan hozirgi g‘oyat murakkab davrda siz, muhtarama opa-singillarimiz hayotning turli soha va tarmoqlarida – bu davlat va jamiyat qurilishi, sanoat yoki qishloq xo‘jaligi bo‘ladimi, ta’lim-tarbiya yoki sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sport bo‘ladimi – bularning barchasida biz bilan yonma-yon turib, fidokorona mehnat qilib kelayotganingizni xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi”. Bugungi kunda xotin-qizlarning ilm taraqqiyotidagi o‘rnini kengaytirish, ularning iqtidorlarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Jamiyatimizda xotin-qizlar jamoat tashkilotlarining huquqiy vakolatlarini kengaytirish, faoliyat samaradorligini yanada oshirishga ham katta e’tibor berilmoqda. Hozirda xotin-qizlarning salmoqli qismi ta’lim muassasalarida, nodavlat notijorat tashkilotlarining ta’lim, ayollar huquqlari, reproduktiv salomatlik, kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, atrofmuhitni himoyalash kabi sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Har qanday tuzum va har qanday ijtimoiy muhitda ayollar ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish orqali oila farovonligiga erishiladi. Oila farovon bo‘lsa, bu o‘z navbatida, jamiyatning ravnaqiga olib keladi. Shuning uchun xotin-qizlar masalasini olib chiqish orqali jamiyat miqyosida tahsinga loyiq juda ko‘p vazifalarni bajarish mumkin. Ayolga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlar uning tabiatga, odamlarga yaqinlik, doimo yaxshilikni o‘ylab yashash, halol mehnat qilish, dunyoning tengsiz ne’mat va go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Ayol ma’naviyati ijtimoiy hayotning yorqin ko‘zgusidir. Chunki ayolda ham oilaviy turmush, ham iqtisodiy va siyosiy hayot o‘z aksini ko‘rsatadi. Ayol ma’naviyatining har bir qirrasi jamiyat ijtimoiy siyosiy hayoti bilan uzviylashadi. INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 141 Bizning davlatimiz mustaqillikka erishgan kunidan boshlab, yurtimizda ayollarning ijtimoiy muammolarini hal etish uchun ularga ish o‘rinlarini yaratish, xotin-qizlarning iqtisodiy sohada, tadbirkorlikda, fan va texnika taraqqiyotida hamda davlat qurilishidagi nufuzini ko‘tarish, o‘rnini kengaytirish kabi masalalar davlat siyosati darajasida ulug‘landi. Ayolni ulug‘lash va uni himoya qilish borasida qabul qilingan muhim xujjatlar ayollarning barcha qatori mehnat va ijod qilishi, ijtimoiy hayotda va davlat qurilishida ishtirok etishi lozimligini isbotlab berdi. Tarixdan ma’lumki, butun dunyoda ilg‘or fikrli insonlar hamisha, asrlar osha xotin-qizlar masalalariga juda katta ahamiyat qaratib kelganlar. Buning sababi, ayolning tabiatan go‘zalligi, donologi, oqilaligi, bunyodkorligi, yaratuvchanligi, mehnatsevarligi, yurtparvarligi, adolatliligi, mehr-shafqatliligi, eng muhimi, uning nozik jismiga hattoki juda kuchli erkakning ham qo‘lidan kelmaydigan og‘ir, o‘ta mas’uliyatli, shu bilan birga, sharafli, muqaddas vazifaning - onalik vazifasining yuklatilganligida bo‘lsa, ajab emas. Chunki ayol kishigagina onalik va oiladagi bosh tarbiyachilik rolini birvarakayiga olib borish, amalga oshirish tabiatan in’om etilgandir. O‘zbekistonda bir qator qonun hujjatlari, jumladan, Prezidentning xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, xususan, gender tengligi va ayollarni zo‘ravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish to‘g‘risidagi farmon va qarorlari qabul qilingan. Gender tengligiga erishish, xotin-qizlarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirish yangi O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Siyosiy-huquqiy qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda ayollar va erkaklarning teng huquqli ishtiroki demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi turli nazariy maktablar va ilmiy manbalarda muhokama qilingan. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ayollarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy faolligi ko‘plab ijtimoiy muammolarni samarali hal qilishda muhimdir. Iqtisodiy faollikda xotin-qizlar tadbirkorlik, kichik va mikro biznesda ishtirok etishi, ish o‘rinlari yaratishi va oila iqtisodini mustahkamlashi bilan bog‘liq. Siyosiy faollikda ayollarning mahalliy va davlat darajasida qaror qabul qilish jarayonlariga jalb etilishi jamiyatda demokratiya va barqarorlikka hissa qo‘shadi. Ijtimoiy faollikda mahalla va oilada faol ishtirok etish orqali ayollar bolalar va yoshlarning ijtimoiy tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi, barqarorlikni mustahkamlaydi. Har bir soha bo‘yicha ayollarning ishtiroki jamiyatda barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, tadbirkor ayollar yangi ish o‘rinlari yaratish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi, siyosiy faollik yuqori bo‘lgan ayollar mahalliy qarorlar samaradorligini oshiradi, ijtimoiy faollik esa oila va mahalla barqarorligini mustahkamlaydi. Bugungi kun o‘zbek ayoli ma’rifatli, ma’naviyati yuqori, tafakkuri teran, shu bilan birga zamonamizga hos barcha ijobiy xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan oqila va dono bo‘lishi hamda ayol jamiyatning negizi hisoblangan oilada farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanib qolmasdan, jamiyatda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lmog‘i lozim. Hozirgi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini, ijtimoiy-siyosiy faolliklarini oshirish taqozo etilmoqda va xotin-qizlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator masalalarga alohida e’tibor berib kelinmoqda, jumladan: xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini, ijtimoiy-siyosiy faolliklarini oshirish, ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlash; INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 142 xotin-qizlarning intellektual salohiyatini oshirish va o‘zlaridagi salohiyatni turli jabhalarda namoyon etishlari uchun yanada keng va real imkoniyatlarni yaratib berish; ayollarning uy-ro‘zg‘or, bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan yumushlaridan, o‘z oilalaridan uzoqlashmagan holda oila daromadini ko‘paytirishiga o‘z ulushini qo‘shishini, uyda turib mehnat faoliyati bilan band bo‘lishlarini ta’minlash; oilalarda yuzaga kelgan muammolarni hal etish, onalarning farzandlar tarbiyasi va parvarishi borasidagi tashvishlarini kamaytirish; xotin-qizlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning kichik va oilaviy biznes bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoitlarni yaratish va tadbirkor ayollarga har tomonlama ko‘maklashish; mamlakatda sog‘lom onani shakllantirish, aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish; oilalar, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va boshqalar. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan ayollarga jahon davlatlarining hech birida kuzatilmagan ehtirom va hurmat ko‘rsatiladi. Mustaqillikka erishganimizdan buyon, ayol zotini ulug‘lash uchun uning nomiga yillar ataldi, ayol nomida mukofotlar joriy etildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatda ayollar sonini ko‘paytirish haqida kvotalar joriy qilindi. Bugungi kunda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarda xotin-qizlar ulushi 47 foizga, oliy ta’limda 53 foizga, ayollar davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizga yetgan, tadbirkorlik faoliyatida esa 40 foizga yetdi. Rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi – 33 foiz. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, inson huquqlariga oliy qadriyat sifatida qaralayotgan yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash uchun barcha huquqiy asoslar, shart-sharoitlar mavjud. Jumladan, vakillik organlariga oid saylov qonunchiligida ayollarga imtiyozlar belgilangan. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etishlari uchun O‘zbekistonda yaratilgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar davlat siyosatining muhim yo‘nalishidir. Ayollar va bolalar salomatligini muhofaza etish muammolarini hal etishga xotin-qizlarni tobora ko‘proq jalb etishga; ayollarning moliyaviy kreditlardan foydalanishini ta’minlashga, ayollar va bolalar jinoyatiga qarshi kurashga, ekologik xavfsizlikka, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda, qonun loyihalari muhokamasida, saylov jarayonida xotin-qizlarning qatnashishiga katta ahamiyat berilmoqda. Bizning yurtimizda ayollarning ijtimoiy muammolarini hal etish uchun ularga ish o‘rinlarini yaratish, xotin-qizlarning iqtisodiy sohada, tadbirkorlikda, fan va texnika taraqqiyotida hamda davlat qurilishidagi nufuzini ko‘tarish, o‘rnini kengaytirish kabi masalalar davlat siyosati darajasida ko‘tarildi. O‘zbekistonda birinchi navbatda, ayollarni, oilani, onalik va bolalikni himoya qilishning huquqiy bazasi yaratildi, ikkinchidan, ayollar va oilani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga, joylarda ularga aniq yordam ko‘rsatishga alohida ahamiyat berildi va bu ishlar bugungi kunda amalga oshirib kelayotganini guvohi bo‘lib turibmiz. Ayolni ulug‘lash va uni himoya qilish borasida qabul qilingan muhim xujjatlar ayollarning barcha qatori mehnat va ijod qilishi, ijtimoiy hayotda va davlat qurilishida ishtirok etishi lozimligini isbotlab berdi. Prezidentimizning «Ayollarning jamiyatdagi mavqei va rolini ko‘tarish davlatchiligimizning ustuvor va asosiy yo‘nalishlaridan biridir» degan so‘zlarining o‘zi ham yurtimizda ayollar ijtimoiy xuquqlarining naqadar kafotlanganligidan dalolat beradi. Jamiyatda yuzaga keladigan ma’naviy barkamollik, avvalo, uning eng kichik yacheykasi bo‘lmish – oilaning mustahkam va barkamol bo‘lishiga bevosita bog‘liqdir. Oiladagi ma’naviy INTERNATIONAL PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF WOMEN IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY: CREATING AN OBSCENE ATMOSPHERE OF OPPRESSION AND VIOLENCE”, NOVEMBER 21, 2025 143 vaziyat – avvalo ayolning aqliy salohiyati, ongi, dunyoqarashi darajasiga chambarchas bog‘langan. Bu esa ayoldan bilim darajasi keng va chuqur bo‘lishini talab qiladi. Umuman olganda, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish natijasida jamiyatda barqarorlik darajasi o‘sadi, mahalla, oila va ta’lim sohasida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik mustahkamlanadi, xotin-qizlar siyosiy va iqtisodiy qarorlar qabul qilish jarayonlariga kengroq jalb etiladi, jamiyatda gender tengligi va fuqarolik ishtiroki yanada mustahkamlanadi. Xotinqizlarning ijtimoiy faolligi jamiyat barqarorligi va taraqqiyotida strategik ahamiyat kasb etadi. Ular nafaqat oila va mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi, balki iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda ham ahamiyatli rol o‘ynaydi. Shu bois, davlat siyosatini, jamiyat va oila institutlarini xotin-qizlarning faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar asosida amalga oshirish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni. Manba xs.uz/index.php/uzhzhatlar/item/12984-1. 2. 2021 yil1 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi” PQ-5020sonli qarori 3. “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hujjat. 2023-yil 17-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4607-sonli Farmoni 4. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Lex.uz